INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
YURTIMIZDA MEVA-SABZAVOT YETISHTIRISH VA EKSPORT QILISHNING YILLAR BO'YICHA O'ZGARIB BORISH TENDENSIYASI Bekzodbek Umarov Baxtiyorjon o'g'li
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon
melioratsiyasi" kafedrasi assistenti Maxamatjonova Mashhura Ma'rifjon qizi
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi Begijonova Mahmuda Ma'rufjon qizi
Andijon davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7342688 Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavot yetishtirish, ularninghajmi va eksport miqdori haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, yillar kesimida har yillik o'zgarishlar statistik ma'lumotlarda ko'rsatilgan. O'zbekistonning qaysi viloyatlari bog'dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashganligi, bir yilda meva mahsulotlari qancha miqdorda eksport qilinishi haqida aniq ma'lumotlar ko'rsatilgan
Kalit so'zlar: meva-sabzavot,eksport miqdori,yillar kesimi,qishloq xo'jaligi mahsulotlari, fermar xo'jaligi, intensiv bog'dorchilik.
ИЗМЕНЕНИЕ ТЕНДЕНЦИЙ ВЫРАЩИВАНИЯ И ЭКСПОРТА ПЛОДОВОЩЕЙ В
НАШЕЙ СТРАНЕ ЗА ГОДЫ Аннотация. В данной статье представлена информация о производстве фруктов и овощей в Республике Узбекистан, их размерах и объемах экспорта. Также показаны ежегодные изменения в статистических данных. Какие регионы Узбекистана специализируются на садоводстве и виноградарстве, конкретная информация о том сколько плодово-ягодной продукции экспортируется в год показано
Ключевые слова: фрукты и овощи, объем экспорта, годовой разрез, сельскохозяйственная продукция, фермерское хозяйство, интенсивное садоводство. CHANGES IN TRENDS IN GROWING AND EXPORT OF FRUITS IN OUR COUNTRY
OVER THE YEARS
Abstract. This article provides information on the production of fruits and vegetables in the Republic of Uzbekistan, their size and export volume. Also, annual changes are shown in statistical data. Which regions of Uzbekistan specialize in horticulture and viticulture , specific information on how much fruit products are exported in a year is shown
Keywords: fruits and vegetables, amount of export, year section, agricultural products, farm, intensive horticulture.
Kirish
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan murojatnomasida shunday degan: Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o'sishini ta'minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo'lgan qishloq xo'jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur. Tarmoqdagi hozirgi o'sish sur'atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o'zgarish bo'maydi deganlar. Shuning uchun hozirgi vaqtda dehqon,fermer va bog'dorchilik xo'jaliklariga har tomonlama yengilliklar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
va imtiyozlar berilmoqda. Buning negizida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va uni chetga eksport qilish hajmi ham ortib bormoqda.
O'zbekistonda adir va tog'oldi hududlar o'zlashtirilib bog'dorchilik xo'jaliklari yaratilmoqda.Yurtimizdagi asosiy bog' va tokzorlar Farg'ona vodiysi viloyatlari,Samarqand,Surxondaryo viloyatlariga tog'ri keladi.Birgina Samarqand viloyatining o'zida O'zbekistondagi daraxtlarning 30 foizi,tokzorlarning 15 foizi to'g'ri keladi.Oltiariq va Andijonning uzumlari,Samarqand mayizi nafaqat yurtimizda balki dunyoga mashhurligi bilan ajralib turadi.Oltiariq uzumlarining sifati va mo'l hosilligi yurtimizga juda katta iqtisodiy manfaat kelirmoqda.O'zbekiston olimlari tomonidan uzumning ertapishar va uzoq muddat sifati buzilmay turadigan navlari yaratildi.Hozirgi vaqtda bu navlar eski navlar o'rniga almashtirilib ekilmoqda.
O'zbekiston bir yilda o'rtacha 350-400 ming tonna uzum hosili olinmoqda.Yetishtirilgan uzumni bir qismi qaytai shlanmoqda,mahalliy bozorlarni yil bo'yi ta'minlab kelinmoqda va ortgan qismi jahon bozoriga chiqarilmoqda.Mevachilik va sabzavotchilik ham aholi soni ortib ehtiyoj ko'paygani sari bu sohada ham yuqori samaradorlikka erishilmoqda.O'zbekiston iqlimi yilning kattagina qismida issiq va yorug' bo'lishi vegetatsiyaning uzoq davom etishi mevalarning vitaminlarga boy shirindan-shakar bo'lishiga sababchi bo'ladi.O'zbekistonda 2017-yildan buyon bog'lar maydoni kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.Intensiv bog'lar va serhosil navlar ekilmoqda.Asosan O'zbekiston sharoitida Turkiya hosildor intensive navlari ekilmoqda.Mevalarning katta qismi Rossiya,Qozog'iston,Xitoy,Janubiy Koreya,Yevropa mamlakatlari hattoki AQSH ga ham eksport qilinmoqda.Quyida ularning eksporti hajmi haqida yillar kesimida ma'lumotlar berib o'tamiz.
Meva-sabzavotlar eksport tarkibi mln AQSH dollari hisobida.
1.Mevalar va rezavorlar
2017-yil ,4 mln 191 ming 200 gektar
2018-yil 357,7 mln dollar
2019-yil 406,8 mln dollar
2020-yil 353,9 mln dollar
2.Sabzavotlar
2017-yil 217,7 mln dollar
2018-yil 307,7 mln dollar
2019-yil 471,3 mln dollar
2020-yil 400,0 mln dollar
3.Uzum
2017-yil 159,5 mln dollar
2018-yil 179,7 mln dollar
2019-yil 223,7 mln dollar
2020-yil 188,3 mln dollar
4.Yeryong'oq
2017-yil 10,6 mln dollar
2018-yil 22,9 mln dollar
2019-yil 14,4 mln dollar
2020-yil 16,5 mln dollar
5.Yangi qovun
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
2017-yil 3,3 mln dollar
2018-yil 6,5 mln dollar
2019-yil 13,1 mln dollar
2020-yil 35,6 mln dollar
Xulosa qilib aytganda,yurtimizda qishloq xo'jaligi sohasi tubdan o'zgartirilyapti.Kamchiliklar bartaraf etilib,dehqonchilik va fermer xo'jaligiga imtiyozlar,qulayliklar yaratilmoqda.Yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chetga eksport qilish yo'lga qo'yilmoqda.Bu borada klaster fermer xo'jaliklari ham juda katta ishlarni amlaga oshirdi.Xalqimizni turli xildagi ne'matlar bilan ta'minlab,xalqaro bozorda O'zbekiston mahsulotini sotishni yo'lga qo'ymoqda shuningdek, yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda o'z xissasini qo'shmoqda.
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojatnomasi.
2. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining 2021-yildagi statistik to'plami.
3. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.
4. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.
5. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.