Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI EKIN MAYDONLARINING 2017-2020 YILDAGI STATISTIK KO’RSATKICHLARI'

O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI EKIN MAYDONLARINING 2017-2020 YILDAGI STATISTIK KO’RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
307
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxtachilik / yer resurslari / qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar / fermer xo’jaliklari / eksport hajmi / donli ekinlar / bog’dorchilik / tuproq unumdorligini oshirish. / cotton farming / land resources / land used in agriculture / farms / export volume / grain crops / horticulture / increasing soil fertility.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh Qo’ziboyev

Ushbu maqolada O’zbekiston qishloq xo’jaligiga tegishli yerlar maydonining yillar mobaynida o’zgarib borishi, yutimizda qaysi ekin turlari maydonlari yildan yilga ortib borayotganligi haqida aniq statistik ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, paxtachilikning boshqa tarmoqlar bilan uzviy aloqada rivojlanishi, yurtimizda ekin maydonlarini qanday yerlar hisobiga ko’paytirib borilayotganligi haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL INDICATORS OF THE AGRICULTURAL AREA OF UZBEKISTAN IN 2017-2020

This article provides accurate statistical data on the changes in the area of agricultural land in Uzbekistan over the years, which crops are increasing year by year in our country. the information about the increase in the amount of land is given.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI EKIN MAYDONLARINING 2017-2020 YILDAGI STATISTIK KO’RSATKICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGI EKIN MAYDONLARINING 2017-2020 YILDAGI STATISTIK KO'RSATKICHLARI Qo'ziboyev Shuhratbek Tursunaliyevich

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon melioratsiyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7335668

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston qishloq xo'jaligiga tegishli yerlar maydoniningyillar mobaynida o'zgarib borishi, yutimizda qaysi ekin turlari maydonlari yildan yilga ortib borayotganligi haqida aniq statistik ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, paxtachilikning boshqa tarmoqlar bilan uzviy aloqada rivojlanishi, yurtimizda ekin maydonlarini qanday yerlar hisobiga ko'paytirib borilayotganligi haqida ma'lumotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: paxtachilik, yer resurslari, qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar, fermer xo'jaliklari, eksport hajmi, donli ekinlar, bog'dorchilik, tuproq unumdorligini oshirish.

СТАТИСТИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ПЛОЩАДИ

УЗБЕКИСТАНА В 2017-2020 ГГ.

Аннотация. В данной статье приведены точные статистические данные об изменении площади сельскохозяйственных угодий Узбекистана по годам, площади которых с каждым годом увеличиваются, приведены сведения об увеличении количества земель.

Ключевые слова: xлопководство, земельные ресурсы, земли, используемые в сельском хозяйстве, фермерские хозяйства, объем экспорта, зерновые культуры, садоводство, повышение плодородия почвы.

STATISTICAL INDICATORS OF THE AGRICULTURAL AREA OF UZBEKISTAN IN 2017-2020

Abstract. This article provides accurate statistical data on the changes in the area of agricultural land in Uzbekistan over the years, which crops are increasing year by year in our country. the information about the increase in the amount of land is given.

Keywords: cotton farming, land resources, land used in agriculture, farms, export volume, grain crops, horticulture, increasing soil fertility.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan murojatnomasida shunday degan: Iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o'sishini ta'minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo'lgan qishloq xo'jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur. Tarmoqdagi hozirgi o'sish sur'atlari bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o'zgarish bo'maydi deganlar. Shuning uchun hozirgi vaqtda dehqon va fermer xo'jaliklariga har tomonlama yengilliklar va imtiyozlar berilmoqda. Buning negizida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va uni chetga eksport qilish hajmi ham ortib bormoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasining ekin maydonlari yillar kesimida quyidagi ko'rsatkichlarga

erishdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

l.Sug'oriladigan yerlar jami :

2017-yil 4 mln 198 ming 900 gektar

2018-yil 4 mln 191 ming 200 gektar

2019-yil 4 mln 210 ming 100 gektar

2020-yil 4 mln 214 ming 300 gektar

2.Qishloq xo'jalik yerlari:

2017-yil 3 mln 702 ming 400 gektar

2018-yil 3 mln 694 ming 600 gektar

2019-yil 3 mln 694 ming 800 gektar

2020-yil 3 mln 693 ming 800 gektar

3.Qishloq xo'jaligi ekinlari ekin maydoni:

2017-yil 3 mln 143 ming 400 gektar

2018-yil 3 mln 95 ming 500 gektar

2019-yil 2 mln 984 ming 700 gektar

2020-yil 3 mln 55 ming 200 gektar 4.Shu jumladan donli ekinlar maydoni:

2017-yil 1 mln 397 ming 500 gektar

2018-yil 1 mln 400 ming 200 gektar

2019-yil 1 mln 331 ming 100 gektar

2020-yil 1 mln 375 ming 600 gektar 5.Texnik ekinlar maydoni:

2017-yil 1 mln 225 ming 600 gektar

2018-yil 1 mln 137 ming 100 gektar

2019-yil 1 mln 78 ming gektar

2020-yil 1 mln 91 ming 900 gektar 6.Shu jumladan paxta ekin maydonlari:

2017-yil 1 mln 201 ming 200 gektar

2018-yil 1 mln 108 ming 100 gektar

2019-yil 1 mln 50 ming 600 gektar

1-rasm

Yerdan foydalanish dinamikasi.

_____CE)—_____

<JInIiI«M| XO'JllIIttllIlt loycIllIlllllllMllunn yorlur

qnytn clio'lliinlsh, *.|aytii Mhovrlnnish V« luproq crozlyasl etnnont vo imn*«portnin|X qo'shimclm yor cunlldithi lia nid et uirttrjoy dnlmlnri KjtrjiM ho'liKhi

Yuqorida berilgan rasmda ko'rib turganimizdek Qishloq xo'jalik yerlari aynan shu yo'llarda o'zlashtirilib ekin maydonlarini ko'paytirish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Shuning bilan qishloq xo'jaligi yerlarini maydonini keskin ko'paytirish bilan birgalikda tabiat komponentlariga ham ziyon keltirib qo'yilmoqda. Yerlarni tadrijiy o'zlashtirilishi inson ehtiyojini qondirilishi bilan birgalikda o'simlik, hayvon, tuproq va xattoki yer osti suvlariga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bilamizki, har bir ekin turi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

albatta boshqa ekin turlari bilan aloqada bo'ladi. Ya'ni almashlab ekiladi, hosil yaxshi bo'lishi uchun yonma-yon xolda ekiladi, yoki ma'lum bir ekinga ziyon keltirsa bir hududga ekilmaydi. Qishloq xo'jaligining ayrim ekin turlari borki ko'plab tarmoqlarga bog'liq xolda rivojlanadi. U tarmoqlarni xomashyo bilan ta'minlaydi yerni tayyorlab beradi yoki tuproqni unumdorligini oshirishida katta yordam beradi. Bunga misol tariqasida paxtachilikning boshqa tarmoqlar bilan aloqasini rasmda ko'rib tahlil qilishimiz mumkin.

2-rasm

Paxtachilikning boshqa tarmoqlar bilan aloqasi.

Yurtimizda ekin turlari maydonlarining qisqarishi yoki ortib borishi unga bo'lgan talab, ehtiyojning kamayishi yoki ortib borishiga bog'liq xolda yildan yilga o'zgarib boradi.

MUHOKAMA

Mustaqilikdan oldingi davrlarga taqqoslaydigan bo'lsak yurtimizda paxta ekin maydonlari yildan yilga qisqarib bormoqda. Aksincha g'o'zaning maydon birligi ko'p hosil beradigan navlari yaratilmoqda va ekilmoqda. Paxta tolasi eksportiga yildan yilga barham berilib ichki ehtiyojni qondirishga va qayta ishlashga yetadigan hosil olish ko'zda tutilmoqda. Paxta ekin maydonlarining qisqarishi natijasida don, sabzavot-poliz, yem-xashak va bog'dorchilikka ixtisoslashgan dehqon va fermer xo'jaliklari soni ortib bormoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, rivojlanib borayotgan O'zbekiston sharoitida qishloq xo'jaligini tubdan isloh qilish va agrar sohadagi kamchiliklarni bartaraf qilish, yerlarni ishdan chiqib ketishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni oldini olish asosiy vazifamiz bo'lib turibdi. XXI asr fan texnika taraqqiyoti davrida yerlar maydonini ko'paytirish emas, balki tabiiy landshaftlarni ham asrab qolish, mavjud yerlardan unumli foydalanish,qishloq xo'jaligi mahsulotlari importiga barham berish lozim.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojatnomasi.

2. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining 2021-yildagi statistik to'plami.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.