International journal of theoretical and practical research
Scientific Journal
Year: 2023 Issue: 3 Volume: 3 Published: 31.03.2023
http://alferganus.uz
Citation:
Abduraxmanova, Sh. R. (2023). Strategies for increasing of the textile industry in Uzbekistan. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (03), 31-39.
Abduraxmanova, Sh. R. (2023). O'zbekistonda to'qimachilik sanoati raqobatbardoshligini oshirish strategiyalari. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (03), 31-39.
Doi:
https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7821356
QR-Article
EC-frH
Abduraxmanova, Shoxida Ravshanovna
doctoral student of the Department of
Management Ferghana Polytechnic Institute
UDC 336.7:338 (575.1)
STRATEGIES FOR INCREASING OF THE TEXTILE INDUSTRY IN
UZBEKISTAN
Abstract. The article provides strategies for increasing the competitiveness of textile industry enterprises, effective organization of strategic actions, their development and promotion. The problems existing in the industry were analyzed as a result of the study of regulatory documents and statistical data on textile support. As a result of the analyzes carried out by the author, a number of proposals and comments were made for the development of enterprises through the strategies of increasing competitiveness, increasing the sales volume and quality of products, and gaining a place in the world market.
Key words: competitiveness, strategy, brand, quality, marketing, human resources management, technology, investment projects.
Abduraxmanova, Shoxida Ravshanovna
"Menejment" kafedrasi tayanch doktoranti Farg'ona politexnika institute
O'ZBEKISTONDA TO'QIMACHILIK SANOATI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH STRATEGIYALARI
Annotasiya. Maqolada to'qimachilk sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish strategiyalari, strategik xatti-xarakatlarni samarali tashkil etish, ularni rivojlantirish va taraqqiy ettirish ko'zda tutilgan. To'qimachilikni qo'llab quvvatlashga doir me'yoriy hujjatlar, statistik ma'lumotlar o'rganilishi natijasida sohada mavjud bo'lgan
muammolar tahlil qilingan. Muallif tomonidan o'tkazilgan tahlillar
31
T. 3 №3 2023
natijasida raqobatbardoshlilikni oshirish strategiyalari orqali korxonalarni rivojlantirish, mahsulotlarning sotuv hajmini va sifatini oshirish, jahon bozorida o'z o'rniga ega bo'lishi uchun bir qator taklif va mulohazalar bildirib o'tilgan. Kalit so'zlar: Raqobatbardoshlik, strategiya, brend, sifat, marketing, inson resurslarini boshqarish, texnologiya, investitsion loyihalar.
Абдурахманова, Шохида Равшановна
докторант кафедры "Менежмент " Ферганский политехнический институт
СТРАТЕГИИ ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ТЕКСТИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация. В статье приведены стратегии повышения конкурентоспособности предприятий текстильной отрасли, эффективная организация стратегических действий, их разработка и продвижение. В результате изучения нормативных документов и статистических данных по текстильному обеспечению проанализированы проблемы, существующие в отрасли. В результате проведенных автором анализов, был сделан ряд предложений и замечаний по развитию предприятий через стратегии повышения конкурентоспособности, увеличения объема продаж и качества продукции, завоевания места на мировом рынке.
Ключевые слова: конкурентоспособность, стратегия, бренд, качество, маркетинг, управление человеческими ресурсами, технологии, инвестиционные проекты.
Kirish
Hozirgi kunda O'zbekistonda engil sanoat va to'qimachilik sohasi tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda. Yurtimizda qabul qilingan qator qaror va farmonlar, shu jumladan, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2023 yildagi PF-2-sonli "Paxta to'qimachilik klasterlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning export salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmonlarida mamlakatimizda milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot - 1,6 baravar oshirish hamda to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2-3 baravarga oshirish, to'qimachilik sohasining eksport salohiyatini 2023 yil yakuniga ko'ra 5 milliard AQSH dollariga etkazish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini 65 dan 81 foizga oshirish hamda 35000 ta bo'sh ish joyini to'ldirish rejalashtirilgan.
© ®
32
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Qo'yilgan masala bo'yicha mavjud adabiyotlar tahlili to'qimachilik sohasida ko'plab tadqiqotlar olib borilayotganligi va raqobatbardoshlik strategiyalari ko'plab etakchi olimlar tomonidan tadqiq etilganligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, engil sanoatning raqobatbardoshlik strategiyalarini nazariy va uslubiy jihatlarini rivojlantirishga doir fikr mulohazalarini chet elda shu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan bir guruh olimlardan F.Kotler [2], A.Tompson [3], M.B.Shifrin [4], L.V.Shulgina [5], M.J.Talasov [6], asarlarida bayon qilingan. Shuningdek, respublikamizning bir qator olimlari N.Q.Yo'ldoshev [8], B.Kattakishiyev [9], I.Mamayusupov va boshqalarning ishlarida ko'rish mumkin.
Yuqoridagi olimlarning tadqiqotlariga asosan shu narsa ma'lum bo'ldiki, yurtimizda to'qimachilik sohasida bir qator muammolar mavjud bo'lib, ularni hal etishda raqobatbardosh strategiyalarning o'rni nihoyatda ahamiyatlidir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning vositaviy-uslubiy apparati tizimli yondashuv doirasida tadqiqotning umumilmiy uslublari: mantiqiy va vaziyatli tahlil, expert baholash, so'rovnoma, kuzatish, intervyu, guruhlash, taqqoslash kabi taxlil vositalarini qo'llashga asoslanadi. Ushbu vositalar tadqiqot olib borishning turli bosqichlarida turli kombinasiyalarda foydalaniladi, yakuniy natijalar, xulosalar va takliflarni ilmiy asoslanganligini ta'minlashga imkon beradi.
Tahlil va natijalar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, raqamlarga e'tibor qaratsak, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 458,2 trln. So'mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 83,2 % ini tashkil etdi.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish, ta'mirlash va o'rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi - 20,3 % (2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 112,8 %), metallurgiya sanoatining ulushi -23,2 % (2021 yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 103,9 %) ga to'g'ri keldi, shuningdek, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 17,2 % (2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 109,2 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi - 9,2 % (2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 97,7 %) ni, to'qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 17,9 % (2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,6 %) ni tashkil etdi .Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 13,7 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 9,8 % ga o'sgan bo'lsa, ishlab chiqarish hajmida 62 757,0 mlrd. So'm kuzatildi. Shuningdek, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 13,8 % ni tashkil etgan bo'lsa, uning fizik hajm indeksi 119,5 % ekanligi kuzatildi5.
_https:// stat.uz/uz/
5
33
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,8 %, fizik hajm indeksi 105,5 % ni, ishlab chiqarish hajmida esa 17 210,1 mlrd. So'm kuzatildi. 2021 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko'ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,6 % ga, fizik hajm indeksi esa 118,7 % ga to'g'ri keldi.
O'tgan besh yil davrdagi ma'lumotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ishlab chiqarishning hozirgi holati hech qanday holatda ko'ngildagidek emasligi ayon bo'ladi. To'g'ri ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 24,8 mlrd. So'mdan 62 757,0 mlrd. So'mgacha, ya'ni 2,5 barobar, uning fizik hajmi indeksi 107,4% dan 109,8% gacha o'sish kuzatilgan.
yanvar-dekabr yanvar-dekabr
2018 2019 2020 2021 2022 2018 2019 2020 2021 2022
1-rasm. To'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi6
Shuningdek, o'tgan besh yil davrda kiyim ishlab chiqarish hajmi 7,7 mlrd. So'mdan 17 210,1 mlrd. So'mgacha, ya'ni 2,5 barobar, uning fizik hajmi indeksi 103,3 % dan 105,5 % gacha o'sish kuzatilgan.
https://stat.uz/uz/
6
34
T. 3 №3 2023
2-rasm. Kiyim ishlab chiqarish hajmi7
Biroq, bu o'sish ko'rsatkichlari mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud bo'lishiga qaramay, bu salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotganligini ko'rsatmoqda, deyish mumkin.
Afsuski, shuning uchun ham sanoat mahsulotlari tarkibida metallurgiya sanoatining ulushi - 23,2 %, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 17,2 % ni tashkil etgani holda to'qimachilik sanoatining ulushi juda pastligicha qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizda bu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ham xomashyo, ham mehnat resurslari jihatidan yetarli imkoniyatlar mavjud.
Ayni paytda faoliyat yuritayotgan qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardosh bo'lmagani uchun tashqi bozorda u qadar raqobatbardosh emas. Bir so'z bilan aytganda, iste'molchi didiga to'g'ri keladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hali kerakli darajada emas. Buning sabablaridan biri, bu to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda asosiy e'tibor kichik ixtisoslashtirilgan korxonalar faoliyatiga qaratilganligi bo'lib, ular yirik korxonalarning o'rnini bosa olmaydi. Buning bir qancha sabablari bor. Kichik korxonalarda ishchi kuchi 30-40 kishidan oshmaydi. Boshqa tomondan, kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati past va hajmi kam.
Bugungi kunda to'qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishda sifat va narx mutanosibligi, daromad darajasi, aholi va demografik tuzilishi, iqlim va geografik xususiyatlari, dizayn va modaga muvofiqligi, mahsulot brendi, ijtimoiy va ekologik standartlarga muvofiqligi va boshqa raqobatbardosh xususiyat va funksiyalar saqlanib qolishi iste'molchi tanlovida qolmoqda. Mahsulot sifatini oshirish va assortimentini yaxshilash muammolari, birlamchi xomashyo ishlab chiqarishdan tortib to yakuniy tayyor mahsulot chiqarishgacha bo'lgan reja barcha jarayonlar bilan chambarchas bog'liq [13].
Bu sohada mahsulot sifatini tubdan yaxshilash uchun paxta matolari, jun va ipak tolalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish zarur. Boshqa tomondan, ilg'or texnologiyani joriy etish orqali uni shakllantiruvchi mukammal ishlab chiqarish-texnik bazani yaratish orqali mahsulot sifatini oshirish mumkin.
|_https://stat.uz/uz/
35
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL
ISSN 2181-2357
T. 3 №3
RESEARCH!__.
ISJIF 2023:5.971
Shuningdek, yangi texnologiyalar va nou-xaularni jalb etish maqsadida jahon bozori talablariga mos, sifatli va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu borada tajribaga ega xorijiy hamkorlarning ishtirokini qo'llab-quvvatlash zarur.
Respublikamiz yengil sanoatini to'liq tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga ya'ni, kapitalni kam va ko'proq mehnat talab qiladigan tarmoqlarni (kiyim-kechak va trikotaj sanoati) rivojlantirishga yo'naltirilishi hamda xom ashyosini qayta ishlash va yakuniy tayyor mahsulotga yetkazishning yangi imkoniyatlarini yaratish zarur. Bu Respublika hududlarida mehnat resurslaridan foydalanish va mahsulotlar yetkazib berishda tayyor mahsulot ulushini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Aynan, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar sifat darajasini oshirish, ularning eksport salohiyatini kuchaytirish, ayniqsa, to'qimachilik sanoati korxonalari raqobatbardoshligini ta'minlash muhim masala hisoblanadi [1].
Bugungi shiddatli bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida barcha ishlab chiqaruvchilar raqobatchilarni engishga xarakat qilib oldinga intilmoqda. Brendlar xar tomonlama narxli va narxsiz raqobatni qo'llagan holda to'qimachilik sanoatidan tortib sport kiyimlari sanoatigacha bo'lgan xar bir sanoat shiddatli raqobatga duch keladi. Brend raqobatda o'z o'rnini yo'qotsa boshqa brend unga qarshi chiqishga tayor. Kompaniyalar uchun raqobat strategiyalarini rejalashtirish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Raqobat strategiyasi o'zi nima? Raqobat strategiyasi - bu korxonaning bozordagi mavqeyini himoya qilish va sanoatda barqaror raqobatbardosh ustunlikka ega bo'lish uchun ishlab chiqadigan kompleks xarakatlar rejasi.
Biz to'qimachilik sanoatidagi raqobatni ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi ishlab chiqarilgan matolarning sifati, bozordagi narxi va ulardagi iste'molchilarning aynan shu korxona mahsulotini tanlashi uchun kurash deb hisoblaymiz. Raqobatning asosiy sabablarini ko'rib chiqish kerak: birinchisi - iste'molchi uchun tanlash erkinligi; ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi uchun tanlash erkinligi [15-18]. Demak, sanoat korxonalarining raqobatbardoshligi jozibador, sifatli, iste'mol va narx hususiyatlari majmuasiga ega bo'lgan, etkazib berish sharoitida xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish va tijorat muvaffaqiyatini ta'minlaydigan matolar ishlab chiqarishga asoslanadi. Daromad olish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va ishchilarning ijtimoiy muammolarini hal etish uchun tovar ishlab chiqaruvchilarning to'g'ri tanlangan strategiyasi katta ahamiyat kasb etadi [12].
To'qimachilik sanoatida rivojlanish ancha yuqori sur'atlar bilan avj olmoqda, lekin shu bilan birgalikda bir nechta muammolar ushbu sohaning boshqaruv tizimida va korxonalar strategiyasini muvaffaqiyatli shakllantirishda quyidagi kabi ba'zi bir kamchiliklar:
• inson resurslarini boshqarish;
• zamonaviy menejmentni to'g'ri shakllantira olmaslik;
• marketing, moliya, ishlab chiqarish tizimlarini to'g'ri yo'lga qo'ya olmaslik; resurslar taqsimotidagi nomutanosiblik;
• sifat menejmentining darajasi ba'zi hollarda qoniqarsiz ekanligi ;
36
INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL
ISSN 2181-2357
T. 3 №3
RESEARCH!__.
ISJIF 2023:5.971
• brendning kam taniqliligi sababli mijozlarning tovarga nisbatan ishonchining ortishiga to'sqinlik qilmoqda.
O'zbekistonda to'qimachilikni rivojlantirish va milliy brendlarni jaxon bozoriga olib chiqish uchun juda katta salohiyat mavjud, lekin bizning ulushimiz xali xam past foizlarda ekanligi achinarli. Raqobatbardoshlikni aniqlashga qaratilgan aniq modellar mavjud emas.
Shuningdek, yuqori darajadagi kadrlarni tayorlashda o'qitishning yangi texnologiyalarini qo'llash va shu sohada xalqaro hamkorlik deyarli yo'lga qo'yilmagan. Agar shu muammolarni bartaraf etishga ko'proq e'tibor qaratilsa, raqobatbardoshlik strategiyalarini qo'llash orqali ulkan natijalarga erishiladi.
Yuqoridagi muammolarni o'rganar ekanmiz, to'qimachilik sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish va ularni qo'llab quvvatlash bo'yicha quyidagi 37trategic xatti - xarakatlarni amalga oshirish va yo'lga qo'yish zarur deb hisoblaymiz. Strategik xatti - xarakatlarni 2 ta darajada, ya'ni korxona va mamlakat darajasida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Korxona darajasida:
• tarmoqda mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish;
• yo'qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish;
• yangi texnologiyalarni joriy etish va qo'shilgan qiymat zanjirini bilimlar va innovasiyalar asosida tizish hisobiga mehnat samaradorligini oshirish;
• Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish;
• ishlab chiqarish jarayoniga tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish.
Mamlakat darajasida:
•Respublikada mavjud mahalliy sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash;
•to'qimachilik sohasida faoliyat yurita boshlagan tadbirkorlarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ma'lum muddatga davlat imtiyozlari berish;
•to'qimachilik sanoatida sifatni oshirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar asosida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish [14];
•to'qimachilik sanoatining asosiy tabiiy xomashyosi bo'lgan paxta билан биргаликда ipak va jun ishlab chiqarishni rag'batlantirish va ushbu ishlab chiqarish yo'nalishlari bilan samarali integratsiya aloqalarini o'rnatish;
•korxonalarni modernizatsiya qilish uchun imtiyozli kreditlar berish, daromad solig'ini kamaytirish amaliyotini joriy etish;
•eksportchi korxonalar faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish; •eksportchi korxonalarga ko'rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish;
•mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga chiqarishda ko'maklashish tizimini takomillashtirish;
•to'qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim e'tibor qaratish [15];
37
T. 3 №3 2023
SJIF 2023:5.971
shart-sharoitlarini
•ma'muriy to'siqlarni qisqartirish, biznesni kreditlash yengillashtirish [10].
Xulosa qilib aytganda, to'qimachilik sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish strategiyalari davlat, hududlar va korxonalarning muvofiqlashtirilgan harakatlari orqali uzoq muddatli istiqbolda barqaror raqobatbardosh ustunliklarning yagona mexanizmini yaratish strategiyasiga asoslangan holda uni hal qilishda kompleks yondashuvga asoslanishi kerak. Bozor munosabatlari, tashkiliy - iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ayniqsa, aholining moddiy ahvolini yuksaltirish, marketing xizmati faoliyatini faollashtirishga muhim o'rin berilishi kerak/
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 28.01.2022 yildagi PF-60-son,.
2. Philip Kotler: Marketing Essentials. (1984). / Филип Котлер: Основы маркетинга. Перевод на русский язык: Бобров, В.Б.-М., (1990).
3. Томпсон, A.A., Маргарет Питереф., Джон Гембл. (2015). Стратегический менеджмент. Создание конкурентного преимущества. Вильямс.
4. Шифрин, М.Б. (2019). Стратегический менеджмент. Издательство Юрайт.
5. Шульгина, Л.В., Овсянников, С.В. (2009/3). Актуальные проблемы разработки антикризисной стратегии промышленного предприятия. ФЭС: Финансы, Экономика, Стратегия. (11-15)
6. Таласов, М.Ж., Тулеметова, А.С., (2008). Пути достижения конкурентоспособности продукции текстильной промышленности. Сборник научных трудов вузов России. (Проблемы экономики, финансов и управление производством), (25).
7. Горина, Я.М., (2012). Факторная оценка конкурентоспособности предприятий текстильной промышленности. Вестник Череповецкого государственного университета, (41).
8. Yo'ldoshev, N.Q. (2019). Strategik menejment. Darslik.-T.: Iqtisodiyot.,122 b
9. Kattakishiyev B., Mamayusupov I. (2008). Strategik menejment fanidan praktikum. - T.,Fan va texnologiya, 232 b.
10. Xonkeldievа, G.Sh., Shakirova, Yu.S., (2021). То^тасЫНк sаnoаti korxonаlаridа eksportbop mаxsulotlаr ishkb chiqаrishni tаshkil etish. Monografiya, Fаrg'onа, AL-FERGANUS.
11. Abduraxmanova, Sh.R. , (2021). Issues of application of competitive strategies in textile enterprises. World Economics & Finance Bulletin (WEFB) №5, Berlin, https://scholarexpress.net/index.php/wefb/article/view/426
12. Абдурахманова, Ш. Р., (2022). Повышение конкурентоспособности текстильных предприятий. Наука сегодня: Фундаменталные и прикладные исследования. Материалы международной научно-практической конференции. (Вологда).
© ©
38
T. 3 №3 2023
SJIF 2023:5.971
korxonalarida
13. Abduraxmanova, Sh.R., (2022). To'qimachilik sanoati raqobatbardoshlikni bosharish strategiyasi. Far PI, ITJ, maxsus son (S)
14. Ашуров, M. С., Куртаяниди, К. И., (2021). Миллий инновaция тизимини шaкллaнтиришнинг aйрим муaммолaри Ba ечимлaри, Логистикa Ba икгисодиёт (Узбекистан), (3). // Ashurov, M. S., Kurpayanidi, K. I., Some problems of forming a modern innovative system, Logistics and economy (Uzbekistan), (3).
15. Ашуров, М.С. (2019). Узбекистондa тaдбиркорлик мухитининг зaмонaвий x^ara Ba уни сaмaрaли ривожлaнтириш муaммолaрини бaxолaш. Mоногрaфия. // Ashurov M.S. (2019). Assessment of the current state of the business environment in Uzbekistan and the problems of its effective development. Monograph. Globe Edit Academic Publishing, European Union.
16. Ashurov, M., Kurpayanidi, K., Oripov, D., Shakirova, Y., Muydinova, G. (2023). Strategies for Improvement and Evaluation of the Quality Management System of Uzbekistan Manufacturers. In: Beskopylny, A., Shamtsyan, M., Artiukh, V. (eds) XV International Scientific Conference "INTERAGROMASH 2022". INTERAGROMASH 2022. Lecture Notes in Networks and Systems, vol S74. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-031-21432-S 167
17. Ashurov, M. S. & Kurpayanidi, K. I., (2020). COVID-19 pandemic sharoitida tadbirkorlik va uni rivozhlantirish masalalari: nazaria va amaliyot. Monograph. GlobeEdit Academic Publishing. https://doi.org/10.S281/zenodo.4046090
18. Kurpayanidi, K. (2022). Institutional conditions for the development of entrepreneurship in the context of the transformation of the national economy. Economic Innovations, 24(3(84), 67-76. Doi: https://doi.org/https://doi.org/10.31S20/ei.2022.24.3(84).
39