Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBILSOZLIK SANOATI VA BIZNESINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBILSOZLIK SANOATI VA BIZNESINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2387
180
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AVTOMOBIL BIZNESI / AVTOMOBIL SANOATI / MARKA / SINF / BAHO / POZITSIYA / DIVERSIFIKATSIYA

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raximberdiev I.U.

Ushbu maqolada 2010-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida avtomobilsozlik sanoati va biznesini rivojlanish tendensiyalari tahlil qilib o‘tiladi. Shuningdek, avtomobil markalari va sinflari kesimida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar qarab chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF AUTOMOTIVE INDUSTRY AND BUSINESS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

This article analyzes the trends in the development of the automotive industry and business in Uzbekistan in 2010-2020. In addition, the article considers the relationship of production indicators in the context of brands and classes of cars.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBILSOZLIK SANOATI VA BIZNESINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

Raximberdiev I. U., iqtisod fanlari nomzodi

dotsent

Toshkent davlat transport universiteti

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBILSOZLIK SANOATI VA BIZNESINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada 2010-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasida avtomobilsozlik sanoati va biznesini rivojlanish tendensiyalari tahlil qilib o'tiladi. Shuningdek, avtomobil markalari va sinflari kesimida ishlab chiqarish ko'rsatkichlari, ular o'rtasidagi bog'liqliklar qarab chiqiladi.

Kalit so'zlar: avtomobil biznesi, avtomobil sanoati, marka, sinf, model, baho, pozitsiya, diversifikatsiya.

Rakhimberdiev I. U., candidate of economics

associate professor Tashkent Transport University

TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF AUTOMOTIVE INDUSTRY AND BUSINESS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. This article analyzes the trends in the development of the automotive industry and business in Uzbekistan in 2010-2020. In addition, the article considers the relationship of production indicators in the context of brands and classes of cars.

Keywords: automotive business, automotive industry, brand, class, model, price, position, diversification.

Ma'lumki, O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari sifatida tarkibiy o'zgartirishlami chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste'mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o'rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va sanoatga soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish belgilandi.

Bu sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida oziq-ovqat mahsulotlari, to'qimachilik, metallurgiya va avtotransport vositalari ishlab chiqarish boshqa sohalarga nisbatan salmoqli ulushga ega bo'lgani holda asosiy strategik

tarmoqlardan biri sifatida shakllandi. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasi o'laroq, ushbu sohalarning ulushi 2010 yilda umumiy sanoat mahsulotlari hajmining 60,5 foizini va 2020 yilga kelib esa 62,9 foizga etganligini e'tirof qilishimiz mumkin.

Haqiqatan ham, respublikamiz sanoatining rivojlanishida avtomobilsozlik sohasi alohida ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Hususan, avtomobilsozlik biznesi ichki bozorda aholining avtomobillarga bo'lgan talabini qondirish, mamlakatdan valyuta chiqib ketish oqimini kamaytirish hamda eksport orqali davlatga valyuta tushumini oshirish asosida to'lov balansining ijobiy saldosini ta'minlashda sezilarli ulushga egadir. Shuningdek, sohaning rivoji aholi bandligini ta'minlash, real daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga hizmat qiladi [2]. Bundan tashqari kapital talab va bilimtalab soha sifatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o'ynaydi [3]. Avtomobilsozlik sohasiga muttasil qiziqish hamda uning insoniyat hayot tarziga sezilarli ta'siri ko'plab tadqiqotlarda o'z tasdig'ini topgan.

Avtomobilsozlikni shakllantirish va rivojlantirishning qator yo'nalish va usullari mavjud bo'lib, ulardan jahon amaliyotida keng qo'llanilib kelinmoqda. Biz bevositda O'zbekiston avtomobilsozligi tahliliga o'tishda oldin avtomobil sanoatini shakllantirishda qo'llanilayotgan yo'nalish va usullarga qisqacha ta'rif berib o'tishni joiz topdik. CKD (completely knocked down), ya'ni to'liq demontaj qilingan mashina to'plamini yig'ish usuli, bunda mahsulot qismlar shaklida yetkazib beriladi va manzilda yig'ilishini bildiradi. Ushbu termin avtomobil sanoatidan kelib chiqqan bo'lib, turli komponentlar dunyo bo'ylab yetkazib beriladi va import qilingan davlatda yig'iladi.

CKD usulidan tashqari (semi knocked-down), ya'ni yarim demontaj qilingan mashina to'plamini yig'ish usulidan foydlanilib kelinmoqda.

Ushbu usul uzoq vaqtdan beri dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan MDH mamlakatlarida qo'llaniladi. SKD usulida avtombillar yig'ish zavodiga shartli ravishda g'ildiraksiz, rul va eshiklarsiz yetkazib beriladi.

Bevosita O'zbekistonda avtomobil sanoati rivojining keyingi yillardagi rivojlanish tendensiyalariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, 2010-2020 yillarda sanoatda avtotransport vositalari, treylerlar va yarim priseplar ishlab chiqarish ulushi 10 - 14 foiz atrofida tebranganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin (1-rasm).

1-rasm. O'zbekiston Respublikasida 2010-2020yillarda sanoat ishlab chiqarishida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim priseplar ishlab

chiqarish ulushi dinamikasi

Bu davr oralig'ida ishlab chiqarish sanoati nominalda 38119,0 mlrd. so'mdan 367078,9 mlrd.so'mga o'sgan bo'lsa, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim priseplar ishlab chiqarish hajmi 3562,3 mlrd.so'mdan 33718,9 mlrd.so'mga o'sgan bo'lib, ishlab chiqarish sanoatining 2010 yilga nisbatan real o'sish qiymati 2,1 barobarni, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim priseplar ishlab chiqarish 2,6 barobarni tashkil etganligini guvohi bo'lamiz (2-rasm).

Tahlil qilinayotgan davr oralig'ida asosiy e'tiborga molik bo'lgan davr sifatida, 2016 yilda soha ishlab chiqarish hajmida keskin pasayish kuzatilganligi, ya'ni 4,6 foizni tashkil etganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 2017 yildan boshlab soha faoliyatida o'sish kuzatila boshlagan hamda o'tgan 2020 yilga kelib sohaning sanoatdagi ulushi 11,1 foizni tashkil qilgan.

O'zbekistonda avtomobil biznesi rivojining tahliliga to'xtalgan holda, sohada mahsulot ishlab chiqarishning nominal qiymati hamda oldingi yilga nisbatan real o'sish darajalari ko'rsatkichlaridan foydalanilganligini qayd qilib o'tishimiz lozim. Mazkur tahlilni amalga oshirish uchun avtomobilsozlik sanoatini rivojlanish ko'rsatkichlarini keyingi 4 yildagi tendensiyasiga e'tibor qaratildi hamda qiyosiy tahlili amalga oshirildi (3-rasm).

2-rasm. O'zbekiston Respublikasida 2010-2020yillarda sanoat mahsulotlari va avtotransport vositalari ishlab chiqarishning real qiymatdagi o'sish

dinamikasi

Bugungi kunda O'zbekistonda avtotransport vositalarini ishlab chiqarish sohasi ancha rivojlangan soha bo'lib hozirda davlatimizda yuk avtomobillari,

avtobuslar va engil avtomobillar ishlab chiqilmoqda. So'nggi 4 yilda bozordagi rivojlanishga e'tiborimizni qaratgan holda 1 - jadval ma'lumotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, bu davr oralig'ida engil avtomobil ishlab chiqarish 2020 yilga kelib 2017 yilga nisbatan 99,7% foizga, yuk avtomobillari ishlab chiqarish 10,2% ga oshgan bo'lsa, bu davr oralig'ida avtobuslarni ishlab chiqarish esa 39,3% ga kamayganligini ko'rishimiz mumkin.

40000

35000 _167.1 172 5_33530.3_33718.9

30000 IMZIJ^^V,.

25000

20000 ^^H ^^H

15000

10791.8

loooo ^^m

2017 2018 2019 2020

^^m toeap uaxcy/iOTH x^jkmm (m/ipa Cvm) Vcmui cypbarM %

3-rasm. 2017-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi avtomobil biznesida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va o'sish sur'atlari

Demak, amalga oshirgan hisob-kitoblarimiz natijalariga ko'ra, respublikamizda avtomobil bozorida engil avtomobillar ishlab chiqarish salmog'i yuqori ekanligi aniqlandi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarida engil avtomobillar ulushi 2017 yilda 96,7, avtobuslar ulushi 0,7, yuk avtomobillari ulushi 2,6 fozni tashkil qilgan bo'lsa 2020 yilga kelib engil avtomobillar ulushi 98,3, avtobuslar ulushi 0,2, yuk avtomobillari ulushi 1,5 fozni tashkil qildi.

Xulosa qilib aytganda, keyingi davrda avtomobil bozorida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atining kamayish tendensiyasi kuzatilgan va 2020 yilga kelib oldingi yilga nisbatan fizik hajm indeksi 99.8 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, avtomobillar narxining tabakalashgan shaklda oshirilishi ishlab chiqarishda markalar ulushini o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Chunki, bu modellar narxi orasidagi farqni qisqarishi aholi o'rtasida nisbatan yuqori imkoniyatlarga ega bo'lgan avtotransport vositalari, ya'ni Cobalt va Lacetti (Gentra) modellariga talabni oshishiga sabab bo'lmoqda.

References:

1. Y3ÖeKHCTOH Pecny6.HKacH npe3HgeHTHHHHr 2017 HH. 7 ^eBpangara nO-4947-COH.H «2017 - 2021 HH..apga Y36eKHCTOH Pecny6.HKacHHH pHBO^namupHmHHHr öemTa ycTyBop fiyHannmH 6yÖHHa X,apaKaraap CTpaTern^CH TyFpHCHga"rH

2.Ueno, Hiroya and Muto, Hiromichi, the Automotive Industry of Japan, In Kazuo Sato, (ed), Industry and Business in Japan, M.E. Sharpe, Inc., New York, 1980, pp.139-190.

3. Saberi, Behzad. The role of the automobile industry in the economy of developed countries. International Robotics & Automation Journal. 4. 10.15406/iratj.2018.04.00119.

200 100 160 1« 1» 100 80 60 40 20 O

4. Mutoh, Hiromichi, The Automotive Industry, In Ryutaro Komiyaet al.(eds), Industrial policy of Japan, Academic press Inc., Californiya, 1988, pp 307-331.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.