Научная статья на тему 'YENGIL AVTOMOBILLARDA YOQILG`I SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI'

YENGIL AVTOMOBILLARDA YOQILG`I SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3833
231
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtomobilsozlik / dvigatel / avtomobil / elektromobil / eksplutatsiya / Automotive industry / Engine / Automobile / Electric car / Exploitation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Asqarov Ixtiyor Baxtiyorovich, Raxmatov Utkirjon Farxod Ogli

Ushbu maqola mamlakatimizda avtomobilsozlik va yengil avtomobillarda yonilg`i sarfini kamaytirish to`g`risida bo`lib, unda avtomobilsozlikning mamlakatimizga kirishi va yengil avtomobillarda yonilg`i sarfini kamaytirish afzalliklari, uning ilmiy, nazariy va texnik usullari hamda ushbu mavzuda dunyoda bo`layotgan jarayonlarni o`z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO REDUCE FUEL CONSUMPTION IN CARS

This article is about automotive industry in our country and reducing fuel consumption. In this article you can take information about how becoming automotive industry early years in the country and Advantages of reducing fuel consumption on light vehicles, its scientific, theoretical and technical methods, as well as the ongoing processes in the world on this topic.

Текст научной работы на тему «YENGIL AVTOMOBILLARDA YOQILG`I SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI»

YENGIL AVTOMOBILLARDA YOQILGI SARFINI KAMAYTIRISH

USULLARI

Asqarov Ixtiyor Baxtiyorovich-P.F.D., Dots. JizPI "Transport Vositalari Muhandisligi" kafedrasi mudiri

Annotasiya: Ushbu maqola mamlakatimizda avtomobilsozlik va yengil avtomobillarda yonilg^i sarfini kamaytirish to^g^risida bolib, unda avtomobilsozlikning mamlakatimizga kirishi va yengil avtomobillarda yonilg^i sarfini kamaytirish afzalliklari, uning ilmiy, nazariy va texnik usullari hamda ushbu mavzuda dunyoda bolayotgan jarayonlarni o^z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: Avtomobilsozlik, dvigatel, avtomobil, elektromobil, eksplutatsiya,

Annotation: This article is about automotive industry in our country and reducing fuel consumption. In this article you can take information about how becoming automotive industry early years in the country and Advantages of reducing fuel consumption on light vehicles, its scientific, theoretical and technical methods, as well as the ongoing processes in the world on this topic.

Key words: Automotive industry, Engine, Automobile, Electric car, Exploitation.

Аннотация: Эта статья про автомобильную промышленность в нашей стране и снижение расхода топлива. В этой статье вы можете получить информацию о том, как автомобильная промышленность начала развиваться в стране и о преимуществах снижения расхода топлива на легковые автомобили, ее научных, теоретических и технических методах, а также о текущих процессах в мире по этой теме.

Ключевые слова: Автомобильная промышленность, Двигатель, Автомобиль, Электромобиль, Эксплуатация.

Hozirda rivojlangan dunyo yuzida avtotransport vositalari eng ilg'or o'rinni egallaydi. Avtomobillar deganda bizning koz oldimizga eng birinchilardan bo'lib Mercedez-benz, BMW (Bavarian Engine Works Company), Ferrari kabi yetuk avtomobil korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalar keladi. Va bu turdagi avtomobillar sinfi "Lyuks" tasnifidagi mashinalar qatorini boshqarishi bilan

Raxmatov Utkirjon Farxod o^gli JizPIAvaAXyo^nalish 102M-20guruh magistranti:

KIRISH

mashxurdir. Oxirgi yillarda avtomobilsozlik sanoati dunyo bo'ylab keng tarqalmoqda va avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar soni dunyo bo'yicha deyarli 70 ga yaqindir [3]. Albatta shu o'rinda O'zbekiston o'z avtosanoatiga ega davlatlar qatoridadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yengil avtomobillarda yoqilg'i sarfini kamaytirish usullari tadqiqot obyekti sifatida tahlil etildi. .Yengil avtomobillarning kashf etilish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR O'zbekiston tarixida ilk avtomobilsozlik kirib kelishiga qaraydigan bo'lsak bu mustaqilligimizning ilk sanalariga to'g'ri keladi. Mamlakatimizning birinchi prezidenti I. A. Karimov tashabbuslari bilan 1992-yil 29-avgustda Koreyaning "Daewoo" kompaniyasi bilan qo'shma hamkorlikda shartmo imzolangan. Ushbu shartnomaga asosan Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996-yillarda avtomobil zavodi qurib bitkazilib 1996-yilda ilk avtomobil ishlab chiqarila boshlandi. O'sha davrda mamlakatimiz dunyoning 28-avtomobilsozligi bor davlati sifatida ro'yxatdan o'rin egalladi. O'z deu da ilk avtomobillar 3 turda bo'lib Neksiya, Damas va Tiko avtomobillari edi. Bunda Neksiya dvigatel sig'imi 1500 sm3ga teng bo'lgan, Tiko esa ancha iqtisod avtomobili bo'lib uning dvigatel hajmi 800 sm3 bo'lgan. Va so'ngi rusumdagi avtomobil bu mini-van turkumiga kiruvchi 7 o'rindiqli dvigatel hajmi 800sm3ga teng bo'lgan Damas avtomobilidir. Shundan so'ng o'zbek avtomobilsozligida yangi sahifa ochildi va shu davrgacha Neksiya 2, Lasetti, Matiz, Spark, Kobalt, Epica, Malibu, Neksiya 3, Gentra, Kaptiva kabi bir qancha turli xil avtomobillar ishlab chiqarildi [1].

Bu avtomobillar dvigatel sig'imlariga etibor qaratadigan bo'lsak ular mikro tirajli avtomobillardan tortib o'rta tirajli dvigatelli avtomobillargacha ishlab chiqarildi. Ushbu avtomobillarda yonilg'i sarfi mikro tirajlilarda 100 km ga 5-8 litrni tashkil etgan bo'lsa, kichik tirajli avtomobillarda esa 7 litrdan 14 litrgachaham chiqdi [2].

Ushbu avtomobillarning dvigatel hajmi iqtisodiy dvigatelga mos edi. Hozirgi davrga kelib avtomobilsozlikda yengil avtomobillarda yonilg'i sarfi yanada iqsodli bo'lishi zarur. Ammo o'tgan 25 yil davr ichida kata o'zgarish bo'lmadi. Quyida keltirmoqchi bo'lgan ma'lumotim Mersedes-Benz avtomobillarining yonilg'i sarfi bo'yicha va bunda taqqoslashimiz mumkin bo'lgan detallar bor [4]. Ushbu ro'yxatdagi 2 litr hajmdagi Mersedes-E200 avtomobili yoqilg'i turi benzin misolida ko'rib chiqamiz: Bunda natijalar quyidagicha (1-jadval):

1-jadval

Mercedes E 200 avtomobilning tavsifi

Avto markasi Dvigatel hajmi Yoqilg'I turi Ot kuchi 100 km yoqilg'i sarfi Uzatmalar qutisi Yetaklovchi G'ildirak

Mercedes E 200 2.0 Benzin 184 6.1 Mexanik 6 pog'onalik Orqa yetaklovchi

Bunda 6 pog'onalik mexanik uzatmalar qutisi va 2 litr hajmga ega bolgan avtomobil 184 ot kuchiga ega. Avtomobil og irligi esa 2180kg ni tashkil etadi. 100km ga avtomobil kata trassada 5 litr, Shahar siklida esa 8 litrgacha yonilg'i sarfi mavjud. Aralash siklda esa bu ko'rsatgich 6.1 litrni tashkil etadi. Ushbu avtomobil 2013 yilda ishlab chiqarish boshlangan. Endi ushbu avtomobilning yoqilg'i sarfiga monand tarzda Spark yengil avtomobilini tanlaymiz va uning misolida huddi shu xususiyatlarni ko'rib chiqamiz. Sparkning dvigatel hajmi 1250 sm3 va 5 bosqichli mexanik uzatmalar qutisidan iborat. Mashinaning ot kuchi 85 hamda uning ogirligi 1355 kg tashkil etadi. Uning aralash sikldagi yonilg'i sarfi 6.2 litrni tashkil etadi. Bunda yoqilgi sarfi ikki avtomobildaham bir xil. Spark esa hozirda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillar orasida eng iqtisodli va eng yengil avtomobil hisoblanadi. Bu ikki avtomobil misolida har xil og'irlikka, har xil dvigatelga va ot kuchiga ega bolgan avtomobillarda deyarli bir xil yoqilg'i sarfini ko'rsatmoqchi boldik. Agarda huddi shunday og'irlikka ega boshqa avtomobil tanlasak va u Chevrolet Gentra avtomobili bolsa, unda Gentra avtomobilida yoqilg'i sarfi aralash siklda 9litrni tashkil etadi. Bundan ko'rinadiki yonilg'i sarfi bo'yicha yangiliklar qilinishi kerakdir.

Huddi shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan arzon yoqilg'i turi bo'lgan metan gazidan foydalanish ko'rsatkichi mamlakatimizda 90 foizga yaqinni tashkil etadi. Albatta metan gazi ekologik jihatdan qolgan yoqilg'i turlaridan ancha yaxshi va arzon, lekin masalaning boshqa jihatlari ham bor ularni quyidagi rasmda keltiramiz (1-rasm).

• Gaz yoqilg'isming yen g il avtomobillardagi salbiy oqibatlari

• Avtomashinaga metan gazini o'rnatishhavf darajasini oshiradi.

• Avtomashinaga qo" shim cha yuklariishni keltirib chiqaradi va eksplutatsiya

natijasida ko'pgina detallarga yetarlicha zarar keltiradi.

• Avtomashinaning eng asosiy agregati bo'lgan motor qismini tezroq buzilishiga

olib keladi.

• Avtomashinaning zavod tomonidan beriladigan garant qismidan chiqishi.

• Avtomoashinaning zavod tomonidan aytilgan xususiyatlarining pasayishi.

1-rasm. Gaz yoqilg'izining yengil avtomobillardagi salbiy oqibatlari

Albatta oz o'rnida savol tug'ilishi tabiiy nega Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar gaz yoqilg'i turiga otkazilgandan keyin ishchi kuchi sustlashadi va motorning tezda ishdan chiqishiga olib keladi?!

Bunga javobni biz ilmiy tomondan berishga harakat qilamiz: Ya'ni asosiy sabablardan biri bu bizning avtomobilsozligimizda hozirda motorlarimiz faqatgina benzin yoqilg'i turi uchungina ishlab chiqarilishidir. Bunda oktanlar soni muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shuning uchun motorning qaysi yoqilg'i turi uchun ishlab chiqarilishi esa eng dolzarb masala hisoblanadi.

Hozirgi davrda dunyoda avtomobillarni arzon, ekologik toza yoqilg'i turiga o'tkazishga bo'lgan harakat oxirgi 10 yillikda juda jadallashdi. Va so'nggi yillardagi avtomobil olamida shov-shuvga aylanayotgan elektro mobillar dunyo bozoriga juda ildamlik bilan kirib kelmoqda. Aslini olganda elektro mobillar iqtisodiy jihatdan juda arzon va ekologik toza mahsulotligini inobatga olsak elektro mobillar asrimizning keyingi dekadasida dunyoda ichki yonuv dvigatellar o'rnining teng yarmini egallab olsa ajab emas. Shu o'rinda aytib o'tib ketish joiz bo'lgan o'rinlar bor, hozirda elektromobillar elektr toki sig'imi (batareykalari) rivojlanish bosqichida bo'lsada yetarli batareyka shu kunga qadar ham yaratilganicha yo'q. Va bu eng dolzarb masaladir. Yana bir muammoli masala shundan iboratki batareykani quvvatlash uchun yetarli darajada insonga kerak bo'ladigan vaqtda quvvatlash tezligi hali yaratilmadi. Bu esa ichki yonuv dvigatellarini ishchi kuchidan voz kechishni kechiktiradigan omillardandir. Shunday ekan bu holat haliham bizga ichki yonuv

dvigatelli avtomobillarda yonilg'i sarfini kamaytiradigan avtomobillar ustida ishlashimiz kerakligini anglatadi.

Avtomobillarda yonilg'i sarfini kamaytirishi mumkin bolgan omillar:

1) Shubhasiz, har qanday murakkab mexanizm doimiy e'tiborni talab qilishi hech kimga sir emas. Avtomobil ham bundan mustasno emas. Ba'zi ekspertlarning fikriga ko'ra, mashina agregatlari va ehtiyot qismlarining normal ishlashini ta'minlash yoqilg'ining 25 foizigacha tejashga imkon beradi. Bunda TXK ni oz vaqtida amalga oshirish kozda tutiladi.

2) Aerodinamik holatlar. Bunda hattoki avtomobil oynalarining ochiq holati 4-5% yolnilg'i sarfiga ta'sir o'tkazishi mumkin. Avtomobilning tomiga o'rnatilgan yukxona 10%gacha yoqilg'i sarfiga ta'sirni yuzaga chiqaradi. Avtomobil antenalari esa 2 % ni tashkil etadi.

3) Garajlarning ahamiyati. Nafaqat avtoulovingizni xavfsizligini ta'minlash uchun ajoyib imkoniyat, balki yonilg'i sarfini kamaytirishning bir usuli hisoblanadi. Issiq mavsumda bu maslahat juda dolzarb emas. Ammo sovuq havoda avtoulovni qizdirish uchun nisbattan ko'proq vaqt kerak boladi bu oz navbatida ortiqcha yoqilg'i deganidir. Bundan tashqari, havo harorati qancha past bo'lsa, qo'shimcha xarajatlar shunchalik ahamiyatli bo'ladi. Yana shuni aytish lozimki, avtomobil motorini motadil haroratda tutush juda muhimdir.

4) To'g'ri moyni tanlash. Dvigatel yog'i dvigatel qismlarining ishqalanish kuchini o'zgartirishi mumkin. Agar u sifatsiz bo'lsa, demak u o'z vazifalarini bajara olmaydi. Bu yoqilg'ining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Zamonaviy formulalar, masalan, ROLF ENERGY 10W-40 SL / CF, sovuq boshlanganda va yuqori ish haroratida barqaror moylash plyonkasini hosil qiladi, shuningdek, dvigatelni oson ishga tushirishga yordam beradi va chiqindilarni sarfini minimal darajada kamaytiradi. Yog' tanlashda siz ishlab chiqaruvchining tavsiyalarini, avtomobilning yoshini, ishlash xususiyatlarini va boshqalarni hisobga olishingiz kerak.

5) G'ildiraklarga e'tiborli boyish lozim. Ba'zi avtomobil egalari g'ildiraklarni iloji boricha kattaroq qilib o'rnatishga harakat qilishadi. Masalan, R14 o'rniga R16 qo'yadi. Bu avtoulovni ko'tarishga imkon beradi va bu variant yanada chiroyli ko'rinishi mumkin. Ammo bunday holatlar yoqilg'ining ortiqcha sarflanishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi manbalarning ta'kidlashicha, 1 sm radius qo'shilishi har 100 km ga 1 litr iste'molni ko'payishiga olib keladi. Shinalar bosimini nazorat qilish haqida unutmaslik lozim. Ko'rsatkichlar ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan ko'rsatkichlarga mos kelishi kerak. Shunday qilib, bosimning 0,5 kg / sm2 ga

pasayishi yonilg'i sarfini taxminan 3 foizga ko'payishiga olib keladi. Shinalarning mavsumiy o'zgarishi haqida unutmaslik lozim.

6) Eng asosiysi haydash jaroyinidir. Haydovchi bu jarayonda o'z bilimi va malakasidan foydalanadi. Bunda iloji boricha manzil uchun to'g'ri yo'nalish tanlash kerak bo'ladi. Tirbandlida turganda ko'p yoqilg'i sarf bo'ladi. Avtomobilni tezlikda joyidan qo'zg'atib harakatga keltirish bu yoqilg'ining tejamkorligiga putur yetkazadi. Imkon qadar daqiqasiga 1500-2500 aylanishlar sonida avtomobilni haydashlik tejamkorlikni oshiradi. Ayni manashu jihatlar avtomobilda 20% gacha yoqilg'i tejamkorligiga olib keladi.

7) Ortiqcha vaznni kamaytirish. Har 50-100 kg uchun yukning pasayishi iste'molning 0,4-0,7 litrgacha pasayishiga olib kelishi isbotlangan.

8) Yana bir dolzarb masala bu yo'l bo'lib unda yo'lning sifati avtomobilning yoqilg'i sarfiga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Imkon boricha avtoulovni tekis bo'lgan yo'llarda eksplutatsiya qilish maqsadga muvofiqdir.

Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin. Avtomobillarda zavod tomonidan berilgan xususiyatlarni yo'qotmasdan o'z vaqtida avtomobilga texnik xizmat ko'rsatilishi, avtomobilga tavsifîga ko'ra to'g'ri yoqilg'i quyilishi, avtomobilni kunlik vizual kuzatuv qilinishi albatta avtotransport vositasining uzoq vaqt davomida faoliyat olib borishini taminlaydi. Bundan tashqari albatta avtotransport vositasiga tashqi omillar ta'siri mavjudligini inobatga olamz. Bunday omillardan qochib bo'lmaydi, va shularni hisobga olgan tarzda avtotransport vositasini to'g'ri eksplutatsiya qilish haydovchiga ma'sulyat yuklaydi. Bunda Haydovchining bilim malakasi, ko'nikmasi katta rol o'ynaydi. Yuqorida keltirib o'tilgan holatlar hisobga olinib haydovchi tomonidan to'g'ri eksplutatsiya yo'lga qo'yilsa albatta bunda avtotrasport vositasining texnik ish qobilyati uzoq vaqt saqlanib qolinadi, yo'llarda esa avtotransport vositasining harakat xavfsizligi darajasi ham ta'minlangan bo'ladi. Bundan tashqari haydovchi yuqorida ko'rsatilgan 8 ta tavsiyaga amal qilib avtotransport vositasini boshqarishi albatta yoqilg'i sarfini minimal darajagacha kamaytiradi. Yoqilg'i sarfini kamayishi hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan. Qish faslida gaz va benzinga bo'lgan talab har yili 30 % gacha oshadi. Yuqorida keltirilgan tavsiyalar orqali esa bu muammoni bartaraf etish mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

ADABIYOTLAR ROYXATI (REFERENCES)

1. Адилов, О. К., Умиров, И. И. У., & Барноев, Л. (2020). Транспортни хдвфсиз бошкдриш курсаткичларини бахдлаш. Academic research in educational sciences,(1).

2. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ДЕТАЛЕЙ, КРИТИЧЕСКИХ ПО НАДЕЖНОСТИ АВТОМОБИЛЕЙ. Academic research in educational sciences, (1).

3. https://en.wikipedia.org/wiki/List of automobile manufacturers

4. http://www.auto-abc.eu/Mercedes-E-klase/g853-2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.