Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA TERI LEYSHMANIOZINING TARQALISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI'

O’ZBEKISTONDA TERI LEYSHMANIOZINING TARQALISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
655
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chora tadbirlar / teri leyshmanioz / epidemiologiya / profilaktika.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Baxrom Eshnazarovich Tuxtarov, Lenara Xudoyberdi Qizi Elmurodova

O’zbekiston aholi orasida teri leyshmanioz kasalligining tarqalganligi, epidemiologik xususiyatlari va oldini olish chora-tadbirlari yoritilgan. Teri leyshmaniozi odamlarda va hayvonlarda uchraydigan transmissiv protozoy kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi leyshmaniylar hisobdanadi. Teri leyshmaniozini iskaptopar chivinlar orqali yuqadi. Kasallik mavsumiy harakterga ega bo‘lib, epidemik mavsum asosan may, iyun oylarida boshlanadi, eng ko‘p kasallanish esa avgust-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ko‘proq qishloq aholisi kasallanadi. Endemik o‘choqlarda mahalliy bolalarga nisbatan boshqa joydan kelgan bolalar va kattalar ko‘proq kasallanadi. Profilaktik choralar asosan kasallik keng tarqalgan endemik o‘choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasallik manbai bo‘lgan kemiruvchi hayvonlarni yo‘qotishga qaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA TERI LEYSHMANIOZINING TARQALISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTONDA TERI LEYSHMANIOZINING TARQALISHI VA UNING

OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Baxrom Eshnazarovich Tuxtarov Lenara Xudoyberdi qizi Elmurodova

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika fakulteti Gigiyena Umumiy gigiena va ekologiya kafedrasi kafedrasi 2 - bosqich magistratura mudiri rezidenti

ANNOTATSIYA

O'zbekiston aholi orasida teri leyshmanioz kasalligining tarqalganligi, epidemiologik xususiyatlari va oldini olish chora-tadbirlari yoritilgan. Teri leyshmaniozi odamlarda va hayvonlarda uchraydigan transmissiv protozoy kasallik bo'lib, qo'zg'atuvchisi leyshmaniylar hisobdanadi. Teri leyshmaniozini iskaptopar chivinlar orqali yuqadi. Kasallik mavsumiy harakterga ega bo'lib, epidemik mavsum asosan may, iyun oylarida boshlanadi, eng ko'p kasallanish esa avgust-sentabr oylariga to'g'ri keladi. Ko'proq qishloq aholisi kasallanadi. Endemik o'choqlarda mahalliy bolalarga nisbatan boshqa joydan kelgan bolalar va kattalar ko'proq kasallanadi. Profilaktik choralar asosan kasallik keng tarqalgan endemik o'choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasallik manbai bo'lgan kemiruvchi hayvonlarni yo'qotishga qaratiladi.

Tayanch so'zlar: chora - tadbirlar, teri leyshmanioz, epidemiologiya, profilaktika.

Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda odamlar orasida eng ko'p tarqalgan kasalliklardan biri bu parazitar kasalliklardir. Teri leyshmaniozi odamlarda va hayvonlarda uchraydigan transmissiv protozoy kasallik bo'lib, qo'zg'atuvchisi leyshmaniylar hisobdanadi. Teri leyshmaniozini iskap topar chivinlar orqali yuqadi. Dunyo bo'yicha har yili taxminan 51 million kishi vafot etadi[1]. Shularning 17 millionga yaqini yuqumli va parazitar kasalliklar tashkil etadi. Leyshmanioz butun dunyo bo'yicha 98 ta davlatlarda endemik holda uchraydigan, tropik kasallikdir. JSST bergan ma'lumotlariga ko'ra dunyo bo'yicha teri leyshmaniozi bilan kasallanish 12 millionga yaqin bemor bor [2]. Shu bilan birga har yilitaxminan 600 minga yaqin yangi kasallanish holatlari uchraydi.

Sungi 10 yilni statistik ma'lumotlariga ko'ra teri leyshmaniozi bilan kasallanish kursatkichi o'sib bormoqda [3]. Markaziy Osiyo mamlakatlarida leyshmaniozning asosiy epidemik zoonaz O'zbekiston va Turkmanistonda joylashgan bo'lib, bu yerlarda kasallanishning epidemiologik jihatdan uziga xos xususiyatlari tufayli ZTL xozirgi kunning dolzarb muammosi ekanini anglatadi [4]. Epidemilogik jihatdan O'zbekistondagi ZTL ning eng faol tabiiy 5ta uchoqlari: Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqolpog'iston Respublikasida uchraydi [5]. O'zbekiston hududida teri leyshmaniozining 40 ga yaqin ajratilgan alohida uchoqlari mavjud: Qarshi, Zarafshon, Surxondaryo, Jizzax, Nurota, Sirdaryo, Jizzax cho'llari, quyi Amudaryo, Ustyurt va Farg'ona, ular epidemik jihatdan farq kiladi. YA.X.Xudoyberdieva fikriga ko'ra [6], O'zbekistondagi tabiiy uchoqlar tog' va cho'llar, katta qum sichqoni, ikki kanotli hashoratlar (iskabtoparlar) uchun qulay shart sharoitlar bor. O'zbekistondagi ZTL tabiiy uchoqlarning epidemiologik ahamiyati bir xil emas. Cho'l hududlaridagi uchoqlarning nofaol yoki faolligi juda past. Qayerda antropogen omillarning ta'siri atrof-muhitga sezilarli bulsa, qoidaga kura, usha erda ZTLning epidemik avj olishi vujudga keladi. Odamlar er uchastkalarini uzlashtira boshlagach bir necha bor odamlarning kasallanishi kuzatilgan yoki ilgari gullab-yashnagan Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududlarida bir necha bor qayd etilgan [7]. Termizda ZTL tarkibini taxlil qilish natijasida, ushbu uchoqda leyshmaniozning 2 turi (L.major va L.turanica) tarqalganligi aniqlandi. Leyshmaniozning yuqish mavsumi (sentyabr) oxirida, katta kum sichqon L.Major (92.7%) kuproq tarqalishi aniqlangan. Yuqish mavsumi bulmagan vaqtda katta g.-m syachkoi: L. Majorga nisbatan kamroq tarqatgan (59,5%). Aholining ZTL bilan kasallanishida har biruchoq o'zining alohida xususiyatiga ega.

Aholi yashash joydari va tabiiy uchoqlarning uzaro xalqning aloqa qilishi, joylashuvi, migratsiya darajasi va ular oila a'zolariga bog'liq. Tabiiy uchoqlarning axolining immunitet darajasi oilaning yashash xususiyatlari ayniqsa muhim |8|. Surxondaryo viloyati DSENM ining Leyshmanioz bilan kasallanish bo'yicha 2002-2016 yillardagi rasmiy hisobotlari. Ushbu ish bajarilishida epidemiologik, parazitologik va statistik usullardan foydalanildi. 2011-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida bolalarning teri leyshmaniozi bilan kasallanish holatlarini aniqlash maqsadida katta yoshdagilar va bolalar o'rtasidagi kasallanish ko'rsatkichlarining solishtirma tahlili o'tkazilganda quyidagicha natijani ko'rish mumkin.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

1-rasm. O'zbekiston Respublikasida 2011-2021 yillar mobaynida teri leyshmaniozining bolalar va katta yoshdagi aholi orasida tarqalaganligi

Klinikasi: Leyshmaniozning qishloq turi 2-3 haftalik inkubatsion davrdan keyin, terida birinchi kundanoq, o'tkir yallig'lanish belgilari bilan kechadigan furunkulsimon tugun yoke do'mboqchalar hosil bo'lishi bilan boshlanadi. 1-2 hafta o'tgach,leyshmanioma markazida nekroz notekis, chuqur chegarali yara vujudga keladi. Yaraning shakli noto'g'ri ovalsimon, tubi sarg'ish-kulrang nekrotik parda bilan qoplangan bo'ladi.

Ayrim holatlarda, qo'shimcha jarohat oqibatida bemor og'riqdan shikoyat qilishi mumkin. Kasallik o'chog'idan bir necha santimetr uzoqlikda, mayda ikkilamchi leyshmaniomalar (ya'ni tugunchalar) paydo bo'lib, yaralanadi va keyinchalik bir-biriga qo'shilib ketishi mumkin. Leyshmaniozning ikki turida ham limfa tomirlarining og'riqsiz yallig'lanishi xarakterlidir va bu tomirlarning ustki qismi notekisligi bilan tasbehni eslatib turadi.

Leyshmaniozning qishloq turidayaralar tezda (2-3 oy) 4-6 sm va undan kattaroq bo'lib, atrofida ko'tarilib turgan infiltrat (halqa) bilan ajralib turadi. Keyinchalik yara nekrozlardan tozalanib, ustida baliqning qizil ikrasini eslatadigan granulyatsiyalar rivojlanadi. Bu yaralar tezda yaxshi bo'lib ketishining belgisidir.

Yara o'rnida paydo bo'lgan chandiq ko'p yillardan keyin ham bemorning leyshmanioz bilan kasallanganini ko'rsatib turadi. Bu atrofik chandiq shtamp qo'yilgandek aniq chegarali, usti tekis va yaltiroq, chegara qirrasi notekis bo'lib, atrofida vaqtinchalik giperpigmentatsiya kuzatiladi. O'tkir nekrozlanadigan qishloq turidagi leyshmaniozda ilk toshmalar vujudga kelgandan to yaralar bitgungacha 2-3 oydan 5-6 oy vaqt o'tishi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

mumkin. Shahar turi leyshmaniozida tuzalish davri o'rtacha 1 yilga teng bo'ladi va bu narsa kasallikka "yil yarasi" deb nom berilishigaasos bo'lgan.

Tadqiqot maqsadi. O'zbekistonda teri leyshmanioz kasalligining tarqalganligi, epidemiologik xususiyatlarini o'rganish va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish.

Tadqiqot materiallari.O'zbekiston Respublikasi SSVning statistik

ma'lumotlari asosida viloyatlar kesimida Teri leyshmanioz bilan kasallanishi bo'yicha epidemiologik va statistik usullardan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari. Respublikada Teri leyshmanioz bo'yicha epidemiologik vaziyatni barqaror deb bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, Respublikada 2017 yilga kelib Teri leyshmaniozi bilan kasallanish darajasining oshishi 32% tashkil qilgan (2013 yilda aniqlangan 512 ta holat 2017 yilga kelib 741 taga oshgan, intensiv ko'rsatkichda -100 ming aholiga 1,7 dan 2,3 ga oshgan). Bunday holatni respublikamiz aholisi orasida kasallikning yildan yilga turg'un holatda qayd etib turilganligi, uning aksariyat hollarda surunkali tus olishi va noxush asoratlarga, olib kelayotganligi yaqqol ko'rsatib turibdi (2-rasm).

O'zbekiston Respublikasida 2002- 2016 yillar davomida ro'yxatga olingan teri leyshmanioz kasalligining tahlili shuni ko'rsatadiki, kasallanish ko'rsatkichi 100 ming aholiga, har xil yillarda 17,3 - 67,09 bo'lganligi aniqlandi. Tahlilning dastlabki yili -2001 yilda respublikamizda teri leyshmaniozi bilan kasallanishning intensiv ko'rsatkichi har 100 ming aholiga

54,19 tashkil qilgan va tahlil etilayotgan yillar mobaynidagi eng yuqori ko'rsatkich 2005 yil 49,09 ni tashkil etgan. 2016 yildan boshlab pasayish tendensiyasi kuzatilib, 2020 yil eng kam ko'rsatkich39,3 ni tashkil etgan.

Kasallik ko'rsatkichining 2020 yilda keskin kamayishiga sabab, 2020 yil koronavirus COVID-19 pandemiyasi tufayli respublikamizning barcha aholisi pandemiya qoidalariga rioya etib, uyda bo'lishi, jamoat joylariga, bog'cha va maktablarga bormasdan sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy amal qilishganligi tufayli ko'pgina kasalliklarningkamayganligi kuzatildi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

0

500

1000

1500

2000

2500

Тошкент ш. ] 32

Андижон вил. 0

Бухоро вил. Жиззах вил.

450

1364

Кашкадарё вил.

538

Навоий вил.

303

Наманган вил. 0

Самарканд вил.

267

Сурхондарё вил.

Сирдарё вил. Ц 57 Тошкент вил. Ц 49 Фаргона вил. ] 41

2278

Хоразм вил. ZI 84

КК. Рес.

813

2-rasm. O'zbekiston Respublikasida 2011-2021 yillarda teri leyshmaniozi bilan kasallanishning viloyatlar bo'yicha qayd etilishi

Teri Leyshmaniozining epidemiologik xususiyatlari Respublikaning Sahro va yarim sahroli hududlarda yashovchi boshqa xil yovvoyi kemiruvchilar va kamdan-kam hollarda toshbaqalar ham infeksiya manbayi bo'la oladi. Kasallikni yuqtiruvchi iskabtopar chivinlar — Rhlebotomus raratasii, Rh.camcasicus, Rh.sergenti hisoblanadi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Ular sahroda qum sichqonlarining inida (bitta inda 500 ga yaqin) istiqomat qiladi. 111 Kasallik transmissiv yo'l bilan, yoki qum sichqonlaridan iskab topar orqali odamga yuqadi. Kasallikni yuqishi sahroli hududlarda aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab to setabr oyining oxirigacha davom etishi mumkin. Iskabtoparlar asosan tunda, ko'proq kechqurun yarim tungacha chiqadi. Sichqon qoni bilan iskabtopar oshqozoniga tushgan xivchinsiz leyshmaniyalar (amastigotlar) bir sutka davomida xivchinli (lentomonal, promastigot) shaklga o'tadi va to'rtinchi sutkada iskabtopar tomog'ida to'planadi. Shunday qilib, iskabtopar qon so'rganidan 6—8 kun keyin odam va hayvonlar uchun xavfli bo'lib qoladi. Iskabtopar odamni chaqqanda parazit teriga kiradi va shu tariqa kasallik yuqadi. Issiq sahroda odamlar ustlarini yopmasdan va hatto yalang'och yotganlari tufayli chivin chaqishi va yara hosil bo'lishi terining barcha qismida ham bo'lishi mumkin. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo'lib, epidemik mavsum asosan moy, iyun oylarida boshlanadi, eng ko'p kasallanish esa avgust-sentabr oylariga to'g'ri keladi. Ko'proq qishloq aholisi kasallanadi. Endemik o'choqlarda mahalliy bolalarga nisbatan boshqa joydan kelgan bolalar va kattalar ko'proq kasallanadi. Bu hol mahalliy aholida oldindan orttirilgan immunitet borligidan dalolat beradi.

Profilaktik chora-tadbirlar. Profilaktik choralar asosan kasallik keng tarqalgan endemik o'choqlarda iskabtopar chivinlarni hamda kasallik manbai bo'lgan kemiruvchi hayvonlarni yo'qotishga qaratiladi. Kasallik o'chog'ida dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Endemik o'choqlarda ishlovchi odamlarni chivin chaqishidan asrash choralariko'riladi.

Leyshmaniozga qarshi profilaktikchora-tadbirlar quyidagicha o'tkaziladi: kemiruvchi hayvonlar (masalan, sichqonlar) kovaklarini xlorpikrin, sianidlar bilan zaharlash usulida yo'qotish; chivinlarni - ular yashaydigan turg'un suv hovuzlarni insektitsidlar(DDT, tiofos, geksoxloran) bilan zaharlash;

odamlarni himoya qilish uchun maxsus vositalarni (pashshaxona, maxsus malhamlar, «Tayga» malhami, chinnigul yog'i, dimetilftalat, kerosin, ayrim efir yog'lar) ishlatish.

Kasallangan odamda umrbod saqlanadigan immunitet rivojlanganini ko'zda tutib, endemik hududlarga(ekspeditsiyaga) chiqib ketishni mo'ljallagan odamlarga bugungi kundaturli emlash usullari taklif qilinadi. Bemor davolanmasa ham vaqti kelib kasallik o'z- o'zidan o'tib ketishini ko'zda tutgan holda shifokor tomonidan bemorga og'riq bezovta qilsa analgetiklar, yaralarniikkilamchi infeksiyadan himoya qilish maqsadida antibakterial va antiseptik malhamlar bilan birga yaralarni tez bitib ketishiga qaratilgan vositalar tavsiya qilinadi.

Teri leyshmaniozi qishloq (zoonoz) xili qo'zg'atuvchisining toza undirmasi (ya'ni L.mojor ning tirik ultrasi) bilan (0,1—0,2 ml) emlash ham yaxshi natija beradi. Bu

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

vaksinani endemik zonagakirishidan 3 oy oldin qo'llash kerak.Emlashdan hosil bo'lgan immunitet umrbod saqlanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abdiev T.A., Suvonkulov U.T., Kovalenko D.A., Abdiev F.T., Arziev X.YU. Rasprostranennost gelmintozov v Uzbekistane // Problems biologii i meditsinti. -Samarkand, - 2014. - №3. - S. 16-17.

2. Asadova M.M., YUldasheva K.X., Rasulov SH.M., Mirtazaeva N.A. O'zbekistonda exinokokkoz kasalligining epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktikasi // Infeksiya, immunitet i farmakologiya. - Toshkent. 2014.- №5. - B. 31-34.

3. Oni^enko G.G. Zabolevaemost parazitarntimi boleznyami v Rossiyskoy Federatsii: nauchnoe izdanie // Epidemiologiya i infeksionntie bolezni.- M., 2007.-S. 4-6.

4. Rasulov Sh.M., Matnazarova G.S., Mirtazayev A., Xamzayeva N.T. Improving the epidemiology, epizootology, and prevention of echinococcosis in Uzbekistan //European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 2020, Volume 7, Issue 2, Pages 3029-3052 (ejmcm.com).

5. Khidir Yu.A., Shomurod R.M., Mansur S.T. Blood Indications In Echinococcosis Of Large Horned Animals //The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery (ISSN- 2689-0968) Published: February 27, 2021 Pages: 9-15

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.