OTLARDA UCHRAYDIGAN PARASKARIDOZ KASALLIGI KELIB CHIQISHI VA OLDINI OLISH CHORALARI
Kamoljon Hamzayev Xanifa Xushvaqtova Kumush Rozzoqova
Samarqand veterinariya meditsinasi institut Toshkent filiali
ANNOTATSIYA
Maqolada otlarda uchraydigan paraskaridoz kasalligining kelib chiqishi, rivojlanishi, yuqish yo'llari va oldini olish choralari. Ushbu kasallikda otlarda bo'ladigan o'zgarishlar, kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oqibatlari haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Paraskaridoz kasalligi hayvonlarda vaqtida davolanmaganda hayvonning o'limiga sabab bo'luvchi parazitar kasallik hisoblanadi.
Kalit so'zlar: paraskaridoz, ot, gelmintozlar, parascaris equorum, fyulleborna, degelmintizatsiya.
OCCUPATION AND PREVENTION OF PARASCARIDOSIS IN HORSES
ABSTRACT
The article describes the origin, development, routes of transmission and prevention of parascaridosis in horses. Here's a few basic facts about a stomp pad and how it is used. Parascaridosis is a parasitic disease that causes the death of an animal if not treated in time. Equine parascaridosis is one of the most common helminthiases on the planet. Because the toxin produced by ascarids manifests itself in the form of allergic reactions, bronchial asthma and skin rashes. Inflammatory diseases of the intestinal wall occur due to prolonged parasitism in the intestine.
Keywords: parascaridosis, grass, helminthiasis, parascaris equorum, fulleborna, deworming.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda yilqichilik, naslchilik, va ot sportini rivojlantirish, mahalliy zotdor otlarni ko'paytirish, zamonaviy beshkurash va polo sport turni ommalashtirish, sohaga to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash yo'lida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yilqichilik - otlarni urchitish, ko'paytirish, zotni takomillashtirish va naslchilik ishlari bilan shug'ullanuvchi chorvachilikning bir tarmog'i hisoblanadi. O'zbekiston diyorida yilqichilik an'analari va madaniyati minglab yillar bilan o'lchanadi. 20-asr boshida butun dunyoda 125mln, shu jumladan, O'zbekistonda 590ming bosh yilqi mavjud bo'lgan. So'nggi yillarda qishloq xo'jalik mahsulotlari ichida mashina mexanizmlardan keng ko'lamda foydalanish va avtomobil -yo'l transportining rivojlanishi natijasida ot kuchiga bo'lgan talab so'nib bordi. 1990-yilga
kelib O'zbekistondagi yilqi soni atigi 89 ming boshni tashkil etdi. Xalqimizda ot sportiga qiziqishi juda yuqori bo'lib, bugungi kunda ham otga bo'lgan mehr so'ngani yo'q. Xalq bayramlarida ko'pkari va boshqa ot bilan o'ynaladigan sport o'yinlari o'ynalishi an'ana sifatida avlodan-avlodga o'tib kelmoqda. Hozirgi kunda dunyo yilqichiligi 4 ta asosiy yo'nalishda rivojlanmoqda: naslchilik yilqichiligi, ishchi otlarni yetishtirish va ishchi otlar yilqichiligi, mahsuldor yilqichilik.Yurtimizda ham yilqichilikka katta e'tibor berilmoqda . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida'' 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasi hududida yilqi sonini ko'paytirish yilqichilikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ot sportini va shu jumladan ko'pkari sport turini rivojlantirish va ommalashtirish vazifa qilib qo'yilgan. Yurtimizda yilqichilikni rivojlantirish hamda aholi qaramog'idagi otlarni naslini yaxshilash uchun aholini otlar hamda ularni parvarish qilish saqlash va mashq qildirish ko'nikmalarini rivojlantirib aholi orasida ot sporti madanyatini yaxshilash muhim hisoblanadi. Yilqichilikni rivojlantirish uchun otlar orasida uchraydigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklar, parazitar hamda invazion kasalliklar kata to'siq bo'lib hisoblanadi. Samarqand viloyati Payariq tumanida aholi qaramog'idagi 100 bosh otlarda izlanishlar klinik, kaprologik hamda terapevtik tekshiruvlar o'tkazilganda ma'lum bo'ldiki otlar orasida tarqalish bo'yicha ichki yuqumsiz kasalliklar 44 % ni, yuqumli kasalliklar 18 % ni, turli xildagi xirurgik travmalar, o'smalar 12 % ni hamda parazitar kasalliklar 26 % ni tashkil etar ekan. Bundan kelib chiqadiki aholi orasidagi otlarda parazitar kasalliklar ham keng tarqalgan bo'lib otlarning naslini va sifatini yaxshilashda hamda ishchanligi va sport bilan shug'ullanishiga kata to'siq bo'lmoqda. Bunday parazitar kasalliklarda otlar orasida keng tarqalganlari otlar paraskaridozi, oksio'roz hamda trematodozlar hisoblanadi. Otlar paraskaridozi bilan zararlanganda hayvonda holatining yomonlashuvi, ishchanligining tushib ketishi ozib ketish va vaqtida chora ko'rilmaganda o'lim holatlari ham ko'plab kuzatiladi.
Kasalikkning kelib chiqishi. Otlar paraskaridozi sayyoramizda eng keng tarqalgan gelmintozlardan biri hisoblanadi. Chunki askaridalar ishlab chiqqan toksin allergik reaksiya, bronxial astma va teri toshmalari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ichakda uzoq vaqt parazitlik qilishi sababli ichak devorlarining yallig'lanish kasalliklari vujudga keladi. Paraskaris yirik nematoma bo'lib, urg'ochisining uzunligi 18-40sm ni, erkagining uzunligi 15-20sm ni tashkil etadi. Urg'ochisi yumaloq tuxum chiqaradi, diametri 0,09-0,1 mm, jigarrang, qalin silliq qobiq bilan qoplangan. Paraskaris to'g'ridan - to'g'ri oraliq xo'jayinlarsiz rivojlanadi. Bu nematodaning tashqi muhitdagi tuxumlari 1-2 haftada invaziv bosqichga yetadi. Invaziya alimentar yo'l bilan tushadi. Otlar oziq - ovqat yoki suv bilan invaziv tuxumini iste'mol qilish orqali kasallanadi. Ichakka tushgan tuxumdan lichinka chiqadi va u ichak devoridagi qontomirlariga o'tib
qon orqali o'pka va boshqa organlarga migratsiya qiladi. Migratsiya qilish yakunlangach u og'iz bo'shlig'iga qayta tushadi va ovqat hazm qilish orqali qayta yutilib ichakka tushadi. U yerda 2-2,5 oydan keyin, yetuk jinsiy voyaga yetgan nematodaga aylanadi. Rivojlanishning barcha bosqichlarida paraskaris tuxumlari past haroratga chidamli bo'ladi. Najasning namligi 25% dan past va havoning nisbiy namligi 75% dan past bo'lsa , parazit tuxumlari qurib ketish natijasida nobud bo'ladi. 40* dan yuqori haroratlarda tuxumlarning butunlay nobud bo'lishi sodir bo'ladi. Yuqish yo'llari. Hayvonlarning yoshiga, infeksiyaning intensivligiga va parazitning rivojlanish bosqichiga bog'liq. Infeksiya otxonalardan, yaylovlardan, yurish maydonlaridan, yem - xashaklardan, poldan va ifloslangan to'shamalardan yuqadi. Gelmint tuxumlarining uzoq vaqt invaziv qobiliyati saqlanib qolish xususiyatiga ega. Emuvchi ot bolalari devorni yalash, turli xil narsalarni, quruq najaslarni og'ziga olish, shuningdek onasining ifloslangan yelini oraqali ham gelmentni yuqtirib olishi mumkin. Klinik belgilar. Bu kasallik bilan asosan yosh otlar kasallanadi . Kasallik juda xavfli bo'lib toylarni o'limigacha olib keladi. Bunda ishtaxaning yo'qolishi, tana haroratining ko'tarilishi, qorinda muntazam sanchiq kuzatiladi. Ot organizmiga tushgan paraskaridoz gelminti ovqat hazm qilish orqali ichakka tushadi, ichakdan o't pufagiga o'tib, uni bekitib quyadi. Ichakdan hatto nafas yo'llariga ya'ni lichinkalar o'pkaga ham o'tadi. O'pkadan o'tayotganda vaqtda hayvon yo'taladi, ba'zan burnidan yiring aralash suyuqlik keladi, harorati ko'tariladi, asabiylik, bezovtalik alomatlari paydo bo'ladi. Hayvon ozib ketadi. Jinsiy voyaga yetgan gelmintlarning ta'siridan oshqozon va ichaklar yallig'lanib, ovqat hazm qilish buziladi, qorni kattalashadi, ich ketadi yoki qotadi , sanchiq paydo bo'ladi va otlarning ish qobiliyati pasayadi.Bu kasallik bahor oylarida ortib kuzda eng yuqori darajaga yetadi.Organizmdagi askaridalar o'zidan zaharli moddalar chiqaradi, butun organizmni zaharlaydi va hayonda umumiy zaharlanish kuzatiladi. Voyaga yetgan hayvon tashuvchi hisoblanadi. Otlar paraskaridoz kasalligini davolashda bir qancha dori darmon preparatlari qo'llaniladi masalan albendazol suyuqliklari va parashoglari, bendaz tabletkalari, va shunga o'xshash bir qancha dori darmon preparatlari ishlatiladi. Samarqand viloyati Payariq tumanida aholi qaramog'idagi turli vaqtda ketma ket kasallangan 5 ta toylarda paraskaridoz kasalligiga brovermiktin dori preparatini tasirini o'rgandik. Bu dori priparatini tanlashimizdan maqsad bu dori priparati qonga so'rilishi ancha yaxshi tez va nojuya tasirlar hamda homilaga tasirlari kamdan-kam holatda qayd etiladi. Dori priparati teri ostiga 50 kilo tana vazniga 1 ml miqdorida qo'llaniladi va birinchi inyeksyadan 15 kun o'tgach yana qayta dori inyeksya qilinadi shunda dori priparatining tasiri juda yaxshi natija beradi. Kasallikning og'ir kechishida hayvonda tana haroratining ko'tarilishi, kuchli ich ketish, kabi belgilar kuzatiladi va hayvon tez orada halok bo'ladi.
Amalyotga tavsiyalar
Otlar orasida zararlanish asosan, kasal va sog' hayvonlar birga boqilganda, otxonalarda zoogigiyenik sharoit yomon bo'lganda , go'nglarni o'z vaqtida chiqarmaslik va zararsizlantirmaslik oqibatida kelib chiqadi. Kasalllikning oldini olish uchun qulunlar avgustda va sutdan ajratilgandan so'ng, toylar va katta otlar bahorda va kuzda rejali degelmintizasiya qilish zarur. Otlar najasini Fyulleborn usulida tekshirish. Paraskaridalar bilan kasallangan ot bolalari najaslarida har doim nematode tuxumlari topilmaydi, shuning uchun diagnostik degelmintizatsiya qilish tavsiya etiladi.
Xulosalar:
1. Mamlakatimizda otlar orasida paraskaridoz bilan kasallanish 30%ni tashkil etadi.
2. Otxonalarda qulunlar, toylar va otlarni saqlash, parvarishlash , emlash ishlarini vaqtida olib borish, gigiyena qoidalarini to'g'ri joriy qilish.
3. Otlar orasida parazitar kasalliklarning kelib chiqishi oldini olish, otxonalarda, yaylovlarda va yurish maydonlarida infeksiyalarni tarqalmaslik choralarini ko'rish.
4. Otlarni muntazam degelmintizatsiya qilish zarur.
5. Otxonalarni har doim toza saqalash, go'nglarni vaqtida olib ch iqish va dezinfeksiya ishlarini o'z vaqtida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
6. Otlar hamisha vetvrachlar nazoratida bo'lishi lozim.
REFERENCES
1. Андреевский, И.С. Книга о болезнях лошадей / И.С. Андреевский. - М.: Либроком, 2012. - 532 с.
2. Антонцев, Б. Коннозаводство России в начале 21 века / Б. Антонцев // Коневодство и конный спорт. - 2001. - № 1. - С. 2-4.
3. Борхунова, Е.Н. Морфофункциональные особенности сухожилий и костносухожильных соединений пальца грудной конечности у рысистых лошадей: автореф. дис. канд. биол. наук / Е.Н. Борхунова. - М.: МГАВМиБ, 2000. - 15 с.
4. Васильев, В.К. Лечение хирургических заболеваний спортивных лошадей на госконюшне «Бурятская» / В.К. Васильев, В.А. Леонтьева // 198
Вестник Бурятской государственной сельскохозяйственной академии им. В.Р. Филиппова. - 2009. - № 3. - С. 7-13.
5. Вогел К. Ваша лошадь. Полное практическое руководство по уходу за лошадьми / К. Вогел. - М.: БММ, 2003. - 192 с.
6. Жукова, М.В. Ветеринария: Тендинит. Найти и обезвредить. Часть 2. Методы и эффективность лечения / М.В. Жукова, М. Савицкая // Мустанг. 2008. - №6 (74).
7. Зеленевский, Н. В. Клиническая анатомия лошади / Н. В. Зеленевский,
В. И. Соколов. - М.: Колос, 2001. - 408 с.
8. К вопросу о профилактике спаечного процесса при повреждении сухожилий / А.Н. Зохиров [и др.] // Научное обеспечение агропромышленного производстваматериалы: межд. научно-практ. конф. - Курск: Курская государственная сельскохозяйственная академия им. профессора И.И. Иванова,2012. - С. 80-84.
9. Лечение лошади. Выпуск 1. Заболевания конечностей у рысистых и верховых лошадей М.: «ГорКа&Говорун». 2007г. - 40с.