SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
O'ZBEKISTONDA RAYONLASHTIRISH MASALALARI VA ISTIQBOLLI
IMKONIYATLARI
Mavludaxon Mo'minjon qizi Ibroximova
TVCHDPI magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bosh masalalaridan biri -rayonlashtirish masalasi, uning mamlakat uchun ahamiyati yoritilgan. O'zbekiston sharoitida rayonlashtirishning o'ziga xos jihatlari va istiqbolli imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: rayon, hududiy ishlab chiqarish majmualari, inson resursi, hudud iqtisodiy-gegrafik imkoniyatlari, ma'muriy hududiy tuzilish, milliy iqtisodiyot, ixtisoslashuv.
KIRISH
Har bir mamlakat taraqqiyoti birinchidan, shu mamlakat geografik joylashuvi, tabiiy boylik va imkoniyatlari bilan, ikkinchidan shu mamlakat xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy ongi yuksalish darajasi bilan belgilanadi. Xalq o'z tabiiy boyliklaridan unumli foydalanishi uchun unda iqtisodiy bilim zarur darajada shakllangan bo'lishi lozim. Masalan, Yapon xalqi tabiiy qazilma boyliklari boshqa davlatlarga nisbatan katta bo'lmasada, xalqining iqtisodiy bilimi va intellektual salohiyati samarasida dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o'rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan xalqning mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, munosib islohotlarni, yangiliklarni o'z vaqtida amalga oshirishga doir bilimlarini oshirishda geografiya va iqtisodiyot fanlarining o'rni beqiyos. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bog'liq.
Mavjud resurs (inson - ishchi kuchi resursi, xomashyo resursi, eksport-import omillari)larni to'g'ri taqsimlash, ulardan oqilona foydalanish mamlakat qudratini namoyon etishning asosiy shaklidir. Mustaqillik ne'mati o'laroq O'zbekiston o'z boyliklarini o'zi tasarruf etish, o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini qo'lga kiritdi. Dastlabki mustaqillik yillaridagi islohotlar samarasida o'z imkoniyatlarimizdan o'zimizning manfaat va maqsad yo'lida foydalanishimiz mumkin bo'ldi. Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Yurtimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo'lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati misli ko'rilmagan darajada yuksaldi. O'zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijliklarning O'zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda"[1]. Mustaqillik yillarida ijtiomiy-iqtisodiy rayonlashtirish masalalarida ko'plab islohotlar amalga oshirildi. Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy-siyosiy rayonlashtirish sohasida yangi Ko'kdala tumani tashkil etildi. (Chiroqchi tumani 1926-yilda tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunda tuman markazidan eng chekka qishloqqacha bo'lgan masofa 65100 kmni tashkil etar edi. Bu esa, aholining tuman markaziga borib-kelishi uchun 2-3 ta yo'lovchi transportidan foydalanishiga va bir kun yo'qotilishiga sabab bo'layotgan edi. Shuningdek, Chiroqchi tumanida 45 mingdan ortiq tarbiyalanuvchisi bo'lgan 230 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 93 mingdan ortiq o'quvchisi bo'lgan 234 ta umumta'lim maktabi hamda 8 ta oilaviy poliklinika faoliyat yuritib, ularni samarali boshqarish birmuncha qiyinchiliklar tug 'dirayotgan edi.[2])
ASOSIY QISM
Har bir fanning o'ziga xos tushuncha va qonuniyatlari bo'ladi. Fan tilida bu tushunchalar fan kategoriyalari deb ataladi. Ana shu kategoriya va qonunlar tegishli fanning mazmun-mohiyatini anglashda asosiy manzil hisoblanadi. Iqtisodiy geografiyaning kategoriyalari bo'lib, hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy geografik o'rin hisoblanadi. Aytish mumkinki, bular iqtisodiy geografiyaning "asosi" - tayanch ustunlaridir. Ana shu kategoriyalarni mukammal o'zlashtirgan talaba, o'quvchida iqtisodiy geografik fikrlash va bilim shakllangan deya olamiz. Bu kategoriyalarning mazmuni quyidagicha:
Hududiy mehnat taqsimoti — iqtisodiy geografiyaning asosiy fundamental tushunchasi hisoblanadi. Chunki ushbu fanning qolgan barcha tushunchalari, hududiy mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Hududiy mehnat taqsimotini iqtisodiy geografik jarayon, uning natijasida vujudga kelgan rang-barang iqtisodiy makonni, ishlab chiqarishning hududiy tarkibini, "areal, nuqta va chiziqlarning" o'zaro munosabatini iqtisodiy geografik vaziyat yoki holat sifatida ko'rish mumkin. Mazkur tushuncha orqali fanning maqsad va vazifalari ham yaqqol namoyon bo'ladi.
Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Agar ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida kishilarning kasb-hunari, nima bilan mashg'ul bo'lishi (o'qituvchi, muhandis, tabib, savdogar va h.k.) shakllansa, hududiy mehnat taqsimoti Iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishiga, iqtisodiy makonning turli-tumanligiga olib keladi. Hududiy mehnat taqsimotining doimiy «yo'ldoshi» yoki uning ajralmas jihati ixtisoslashuvdir. Ammo ixtisoslashuv ham ijtimoiy va hududiy bo'ladi. Bu yerda hududiy ixtisoslashuv nazarda tutiladiki, u turli joylarning ma'lum mahsulot ishlab chiqarishi bilan shug'ullanishini anglatadi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Ta'kidlash lozimki, ixtisoslashuv barcha narsa yoki mahsulotni ishlab chiqarish bilan belgilanmaydi. Uning uchun quyidagilar talab etiladi:
— mazkur tarmoq mintaqa yoki milliy iqtisodiyot tarkibida salmoqli o'ringa ega bo'lmog'i lozim;
— yaratilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni to'la qondirgan holda tovar sifatida bozorga chiqarilishi kerak;
— ixtisoslashuv rayonlararo yoki mamlakatlararo tovar ayirboshlash, tashqi savdo aloqalarini taqozo etadi va h.k.
Yuqoridagi talablarga muvofiq aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi tabiiy gaz, paxta va paxta tolasi, ipakchilik, qorako'lchilik, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Aynan ana shu va yana bir qator iqtisodiyot tarmoqlari mamlakatimizning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab beradi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni iqtisodiy makonda alohida sohalar bo'yicha "bo'lib" yuboradi. Natijada har bir joyning "kimligi", nima bilan shug'ullanishi vujudga keladi. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq orqali joy (mamlakat, viloyat, rayon, shahar va h.k.) tushuniladi, joy esa — uning nima bilan mashhurligini bildiradi. Masalan, kofe deganda Braziliya, Braziliya deganda kofe; Choy deganda Xitoy va Hindiston, O'zbekiston deganda paxta; ko'mir deganda Angren...
Hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga qator omillar ta'sir qiladi. Ularga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiy geografik o'rin, bozor iqtisodiyoti (talab va taklif munosabati) kabilar kiradi.
Jumladan, tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning turli tumanligi mamlakat yoki mintaqada xo'jalik yuritish ning turli yo'nalishlarini vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Tog', voha va vodiy, cho'l, o'rmonzor, issiq iqlim yoki qurg'oqchilikda shularga mos holda iqtisodiyot ixtisoslashuvi ham turlicha bo'ladi. Faraz qilaylik, agar O'zbekiston hududi (tabiati) faqat Qizilqum cho'llari yoki Ustyurt platosi yoki faqat Farg'ona vodiysidek bo'lganda, ehtimol, xo'jalik tizimi ham ancha bir tomonlama bo'lar edi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mamlakat, mintaqa hududining yer usti tuzilishi, iqlim, qazilma boyliklari qanchalik turli-tuman bo'lsa bu yerda hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish uchun shunchalik katta imkoniyatlar mavjud bo'ladi. Hududning tabiiy geografik jihatdan har xilligi bu uning "baxtidir", zero tabiatda, Yerki, ularni boshqarish boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda osonroq va qulayroq. Xo'sh, iqtisodiy rayonlar nima uchun kerak?
Avvalambor bu rayonlarsiz iqtisodiy geografiya fanining o'zi ham bo'lmaydi (rayon — joy, yer, hudud, demak "geo"). Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiy rayon iqtisodiy geografiyadir. Binobarin, iqtisodiy geografiya fanining tarixi iqtisodiy rayonlarning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining natijasidir. Iqtisodiy rayonlarsiz, hududning ichki jihatdan iqtisodiy turli-tumanligini
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
anglamasdan turib mamlakat iqtisodiy geografiyasini o'rganish mumkin emas. Zero, har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan mintaqalar birligi bilan ifodalanadi; m intaqalar, ichki hududlarsiz "mamlakat" mavhum tushuncha bo'lib qolaveradi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy geografiyasini faqat xo'jalik tarmoqlari orqali, "yoppasiga", umuman yoki "o'rtacha" o'rganib bo'lmaydi. Nazariy va asosiy jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy siyosatini olib borishda zarur. Sababi, davlat o'zining barcha ichki qismlariga, ularning imkoniyat va ehtiyojlari, muammolaridan kelib chiqqan holda "muomala" qiladi.[3]
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida davlatning mintaqaviy siyosati maxsus vositalar (byudjet-kredit, soliq, investitsiya mexanizmlari) yordamida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari. Iqtisodiy geografiyadagi bu tushuncha ham uning tub mohiyatini belgilaydi. O'z nomidan ma'lum bo'lishicha, u ma'lum hududda xo'jalik tarmoqlarining joylanishi, majmua (kompleks) shaklida faoliyat ko'rsatishini bildiradi.
Hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, tashqi iqtisodiy aloqalar transportsiz amalga oshmaydi. Transport iqtisodiy geografik jarayonlarni harakatga keltiruvchi asosiy kuch, iqtisodiyotning qon tomiridir. Hududiy mehnat taqsimotining bir necha bosqichlari (darajalari) mavjud:
— xalqaro mehnat taqsimoti;
— mamlakatlararo mehnat taqsimoti;
— mamlakat ichidagi mehnat taqsimoti;
— yirik iqtisodiy mintaqalar (viloyatlararo) doirasidagi mehnat taqsimoti;
— viloyat ichidagi (quyi ma'muriy rayonlar yoki tumanlararo) mehnat taqsimoti;
— mahalliy mehnat taqsimoti (qishloq tumanlari doirasida)[4].
Iqtisodiy rayonlashtirish - geografik mehnat taqsimoti obyekti kelib chiqadigan yirik mintaqalar yoki mamlakatning iqtisodiy rayonlari o'zaro bo'ysunishining tizimli ajratilishidir[5].
Iqtisodiy rayonlashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad - hududiy rejalashtirish, prognozlash (bashorat qilish) va ijtimoiy-iqtisodiy regional siyosatni amalga oshirish uchun optimal sharoit yaratishdir.
Makroiqtisodiy mintaqa mamlakatning yirik iqtisodiy makoni bo'lib, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga ta'sir qiluvchi tabiiy resursiar, aholining hududiy taqsimlanishi va xo'jaliklarning shakllanishida tarixiy omillarning mujassamlanishiga bog'liq bo'lishi bilan tavsiflanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududidagi geografik rayonlar:
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
2. Mirzacho'l (Jizzax va Sirdaryo viloyatlari);
3. Farg'ona (Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari);
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
4. Zarafshon (Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari);
5. Janubiy (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari);
6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpoqiston Respublikasi, Xorazm viloyati).
Hududlarni alohida iqtisodiy rayonga ajratish uchun lar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• Katta iqtisodiy va demografik salohiyatga ega bo'lishi (aholisi kamida 1,5—2,0 mln kishi, yalpi milliy mahsulotdagi ulushi 5 foizdan ortiq);
• Mamlakat milliy iqtisodiyoti va uning eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi;
• Ichki hududiy-iqtisodiy jihatdan yaxlitlik;
• Rayon hosil qiluvchi tarmoq va markazlaming mavjudligi;
• Mintaqaviy iqtisodiyotning kompleks rivojlanganligi;
• Xo'jalikning bazaviy sohalariga ega bo'lishi (elektr energetika, qurilish va paxta tozalash sanoati);
Transport va boshqa infra tuzilmalaming shakllanganligi va boshqalar. O'zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari:
O'zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo'lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, "Navoiy", "Angren", "Jizzax", "Urgut", "G'ijduvon", "Qo'qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o'rni yaratilgan.
Shuningdek, "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo'stonliq-farm", "Parkent-farm" singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo'yicha ham barcha chora-tadbirlar ko ' rilyapti.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo'lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o'rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro'yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Shuningdek, bo'sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko'rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag'batlantirish maqsadida mazkur binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.
Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish yo'llari
Lekin shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi: mazkur yo'nalishda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilyaptimi? Agar kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi o'rnini tahlil qiladigan bo'lsak, ularda hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni rivojlantirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligi ko'zga tashlanadi.
XULOSA
Mamlakat o'zining taraqqqiyoti uchun o'z imkoniyatlarini munosib va qulay joylashtirishi, sanoat va qishloq xo'jaligi bo'yicha rivojlangan hududlar bilan bu sohada nisbatan qoloq hududlar o'rtasida o'zaro sinergetik(hamkorlik) faoliyatini yo'lga qo'yishi, kam taraqqiy etgan hududlarga qolgan hududlar bilan teng raqobatga ega bolib olishi uchun zaruriy ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy imtiyozlar yaratib berishi dunyo mamlakatlari tajribasida ijobiy baholangan. Iqtisodiy rayonga bo'lish ishlari ko'pgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. O'zbekistonda mamlakat hududini iqtisodiy rayonlarga bo'lish bo'yicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bog'liq holda O'zbekiston FA Iqtisodiyot institutida XX asrning 60-yillari boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga bo'lish masalalari bo'yicha ayrim qarashlar olg'a surilgan[6].
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlardan tashqari hududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy geografik o'rin (turli xo'jalik obyektlarining — vujudga kelganligi, joylashganligi, rivojlanish xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy ishlab chiqarish majmualarini to'g'ri tashkil qilish, infrastruktura tizimidan oqilona foydalanish esa iqtisodiy geografik samaradorlik va farovonlikni ta 'minlaydi.
REFERNCES
1. Prezident Shavkat MirziyoyevNING "Bir makon, bir yoT' loyihasi xalqaro forumida so'zlagan nutqidan.
2. https : //qalampir.uz/uz/news
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
3. Abdullayev O. Iqtisodiy va sotsial geografiyaga kirish. O'quv dasturi. Namangan. Universitet. 2020.
4. J.A.Namozov. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya: shakllanishi, rivojlanishi va muammolariga oid ba'zi mulohazalar. Academic research in educational sciences. Toshkent 2021. 427-436-b
5. A.Soliyev, I.Safarov. Iqtisodiy va siyosiy geografiya. Darslik. Toshkent. 2003.
6. https://uz.wikipedia.org