Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sug‘urta bozori / sug‘urta mukofoti / sug‘urta to‘lovi / ixtiyoriy va majburiy sug‘urta / sug‘urta brokeri / adjaster / syurveyer / aktuariy / sug‘urta agenti. / Insurance market / insurance premium / insurance payments / voluntary and compulsory insurance / insurance broker / adjuster / surveyor / actuary / insurance agent.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Murtazayev N.R.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lamini kengaytirish, sug‘urta tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha o‘rganilgan. Sug‘urta xizmatlari bozorining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE INSURANCE MARKET IN UZBEKISTAN

This article discusses in detail the issues of further development of the financial market of Uzbekistan, expanding the coverage of the population with high-quality financial services, and support for insurance companiesInsurance is mentioned as an effective means of protecting the property interests of individuals and legal entities at all stages of human development.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI»

Murtazayev N.R. katta o'qituvchi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Uzbekistan, Qarshi

O'ZBEKISTONDA SUG'URTA BOZORINI SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MASALALARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko 'lamini kengaytirish, sug'urta tashkilotlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalalari atroflicha o'rganilgan. Sug'urta xizmatlari bozorining samaradorligini ifodalovchi ko 'rsatkichlar tahlili ko'rib chiqilgan.

Kalit so 'zlar: Sug 'urta bozori, sug 'urta mukofoti, sug 'urta to 'lovi, ixtiyoriy va majburiy sug'urta, sug'urta brokeri, adjaster, syurveyer, aktuariy, sug'urta agenti.

Murtazayev N.R. head teacher

Karshi Institute of Engineering and Economics

Uzbekistan, Karshi

ISSUES OF INCREASING THE EFFICIENCY OF THE INSURANCE

MARKET IN UZBEKISTAN

Abstract. This article discusses in detail the issues of further development of the financial market of Uzbekistan, expanding the coverage of the population with high-quality financial services, and support for insurance companiesInsurance is mentioned as an effective means of protecting the property interests of individuals and legal entities at all stages of human development.

Keywords: Insurance market, insurance premium, insurance payments, voluntary and compulsory insurance, insurance broker, adjuster, surveyor, actuary, insurance agent.

Kirish.

O'zbekistonda sug'urta xizmatlari bozorining samaradorligini oshirish yurtimizning makroiqtisodiy barqarorligi va iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi eng muhim tamoqlardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi "Sug'urta bozorini rivojlantirish masalalari muhokamaciga" bag'ishlangan yig'ilishida "Sohaga nazoratchi emas, ilg'or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o'rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug'urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak"ligi ta'kidlab o'tilgan[1].

Shundan kelib chiqib "sug'urta sohasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish" sohaning ustuvor vazifasi sifatida belgilab berildi. Ushbu ustuvor vazifalarni amalga oshirilishini ta'minlashda sug'urta kompaniyalarining xalqaro va xorij bozorlariga chiqishini ta'minlash hamda ijobiy korporativ boshqaruv tizimini amaliyotga tadbiq etish muhim hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-sonli Farmoni, 2019 yil 17 yanvardagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5635-sonli, 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4412-sonli Qarorlari qabul qilingan[2].Bundan tashqari "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonun O'zbekiston Respublikasi Prezdenti tomonidan 2021 yil 25 noyabrda imzolanib, 2022 yil 25 fevraldan boshlab kuchga kirdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan sabablarni aniqlash va vaqtida ularni bartaraf etish Prezident Sh.Mirziyoyev o'zlarining iqtisodiy sohaga bag'ishlangan xar bir ma'ruzalarida ta'kidlashlari asnosida mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini yanada rivojlantirish va xalqaro reytinglarni qo'lga kiritish ustuvor ekanligini ifodalaydi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligining ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yil IV chorak yakuni holatiga O'zbekiston sug'urta tashkilotlarining umumiy soni 42 tani tashkil etdi, ularning ustav jamg'armalari so'mdagi miqdori 1545784 mln. so'mni tashkil yetdi. Ustav kapitalining so'mdagi qiymati o'tgan moliya yilining xuddi shu davriga nisbatan 109 foizga o'sgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorida ravishda sug'urta mukofotlar umumiy tushumi yig'indisi o'sib borishi bilan birga, uning YAIMdagi ulushi hamda sug'urta to'lovlarining hajmi ham ortib bormoqda. Mamlakatimizda 2009 yildan boshlab sug'urta bozorida aktuar tashkilotlar faoliyati tashkil etildi. Ohirgi yillar davomida aholining sug'urtaga bo'lgan munosabatlari tobora yaxshilanib, fuqarolarning sug'urtalovchilarga bo'lgan ishonchi ortib, sug'urta ishiga jiddiy yondoshilmoqda. Respublikamizdagi sug'urta kompaniyalari xodimlari professionalliklari ham sezilarli darajada oshdi.

1-jadval

O'zbekiston sug'urta bozorining tuzilishi

Sug'urta bozori tuzilishi 31.12.2020 31.12.2022 O'zgarish +\-

Sug'urta tashkilotining soni shu jumladan hayot sug'urtasi bo'yicha 40 8 42 8 +2 0

Sug'urta tashkiotlarda umumiy ustav kapitali(mln so'mda) 1 439 193 1 545 784 +106591

Sug'urta brokerlar soni 5 5 0

Aktuariylar soni 5 5 0

Sug'urta agentlar soni 8900 9536 +636

shu jumladan yuridik shaxslar uchun 2639 2774 +135

To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi azolari 19 23 +4

sug'urta tashkilotalari

O'zR Moliya vazirligining www.mf.uz internet sahifasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

Mamlakatimiz milliy sug'urta bozorida faoliyat ko'rsatayotgan sug'urta kompaniyalari sug'urta faoliyatining ma'lum tarmog'iga ixtisoslashish bilan bir vaqtning o'zida universal faoliyatni ham olib bormoqdalar. Yildan yilga sug'urta tashkilotlarining faoliyat doiralarini yanada kengaytirish hamda barqaror faoliyat yuritishlari uchun davlat tomonidan ularning ustav kapitallari tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida oshirilib borilmokda. Bu kabi islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad, mamlakatimizda rivojlanayotgan sug'urta bozorining sug'urta maxsulotlarini assortimentini ko'paytirish, barqarorligi ta'minlash bilan mutanosib ravishda aholida sug'urta mahsulotlariga nisbatan madaniyatni oshirishdan iboratdir. Hozirgi kunda mamlakat sug'urta bozorida faoliyat ko'rsatayotgan sug'urta kompaniyalarining aktivlari ham turlicha. Davlat sug'urta kompaniyalarining ustav kapitallari va jami aktivlari boshqa sug'urta kompaniyalarinikidan sezilarli darajada ko'p, hamda ularning ta'sischilari davlat idoralari va tashkilotlari bo'lganligi uchun ularga bo'lgan sug'urtalanuvchilar ishonchi yuqoridir, ular tomonidan 2022 yilda yig'ib olingan sug'urta mukofotlari jami sug'urta mukofotlarining 42,3foizini tashkil etdi.Sug'urta tizimi sug'urta bozorining professional ishtirokchilari bo'lgan tijorat tashkilotlaridan iborat hisoblanadi. Sug'urta bozori hayotni sug'urta qilish va umumiy sug'urta qilish tarmoqlarini o'z ichiga qamrab oladi. Sug'urta xizmatlarining umumiy tendensiyalari va rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari, sug'urta bozorining rivojlanishi, uning tuzilishi, bizga mamlakatimizda sug'urta xizmatlari samaradorligini baholash imkoniniberadi. Shu bilan birga sug'urta bozorining rivojlanishi miqdoriy va sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilish, sug'urta munosabatlarini iqtisodiy hamda huquqiy tartibga solish darajasini baholash, sug'urta xizmatlarining umumiy rivojlanishiga ta'siri darajasini baholash muhim hisoblanadi. Ayni paytda sug'urta bozorida 42 ta sug'urta tashkiloti (shu jumladan: 34 ta umumiy sug'urta, 8 ta hayotni sug'urta qilish tarmog'ida), 5 ta sug'urta va qayta sug'urta brokeri, 22 ta assistans, adjaster va syurveyer, 5 ta aktuariy, 9 mingdan ortiq sug'urta agenti faoliyat ko'rsatab kelmoqda[10].Dunyoda sug'urta bozorining rivojlanganligini ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkich bu sug'urta tushumlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda YAIMning 0,4 foizini sug'urta tushumlari tashkil etadi xolos. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'urta mukofotlari 28 ming so'mni tashkil etmoqda va bu juda past ko'rsatkich hisoblanadi. Sug'urta munosabatlaridagi barcha tomonlarning huquqlari bir xil emasligi, sug'urta

shartnomalarida sug'urta to'lovlari bo'yicha aniq meyor va shartlar mavjud emasligini yuridik va jismoniy shaxslarning sug'urtaga ishonchini oshirishga to'sqinlik qilmoqda.

O'zbekistonda sug'urta bozorining tadrijiy taraqqiyotini ilmiy - nazariy jihatdan o'rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:

1. Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning yagona siyosatini belgilash:

- sug'urta munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonun hujjatlari ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish;

- davlat, tashkilot va fuqarolarning majburiy sug'urta sohasidagi manfaatlari sug'urta yo'li bilan himoyalanishini ta'minlovchi meyoriy huquqiy asosni takomillashtirish.

2. Sug'urtaga aholining keng qatlami va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar jalb qilinishini rag'batlantiruvchi shart sharoitni yuzaga keltirish:

- tibbiy sug'urta, uzoq muddatli hayot sug'urtasi, pensiya sug'urtasini rivojlantirish uchun huquqiy meyoriy asos yaratish;

- sug'urta tashkilotlarining to'plagan mablag'larini investitsiyalashning samarali shakllarini ishlab chiqish orqali ularni joylashtirish, amalga oshiriladigan sug'urta operatsiyalarining foyda keltirishini oshirish uchun qo'shimcha kafolat yaratish.

3. Sug'urta bozorining infratuzilmasini takomillashtirish va rivojlantirish -fuqarolar va mulkchilikning turli shakllaridagi yuridik shaxslarning manfaatlari yo'lida sug'urta munosabatlari jarayoniga hamroh bo'luvchi hamda davlatning sug'urta siyosatini amalga oshirishga yordam beruvchi sug'urta tashkilotlari rivojlanishida ko'maklashish.

4. Sug'urta sohasidagi xalqaro hamkorlikni tartibga solish:

- xorijiy sug'urtalovchilarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatini tartibga solish chora tadbirlarini ishlab chiqish;

- xalqaro sug'urta munosabatlarini (avalambor qayta sug'urta sohasida) kengaytiruvchi meyoriy xuquqiy asosning rivojlanishini ta'minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi "Sug'urta bozorini rivojlantirish masalalari"ga bag'ishlangan ma'ruzasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy jurnali. № 6, dekabrb, 2020 yil. ISSN: 21В1-1016 10

3. 2019 yil 17 yanvardagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF 5635-sonli Farmoni.

4. 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4412-sonli Qarori.

5. Страхование: принципы и практика /Составитель Девид Бланд. Пер. с англ. под науч. ред. доц. Орланюк-Малицкой Л.А.-М.:Финансы и статистика. 988 с.

6. Бахматов Сергей Александрович, Бородавко Любовь Сергеевна. Журнал "Экономика и бизнес", "Страхование инвестиций, осуществляемых в форме капитальных вложений, в свете вступления России во Всемирную торговую организацию". 2013 г. №3.

7. Л. И. Рейтмана. "Страхование от А до Я" Москва. С. 480.

8. Г.Д.Aдиловa. "Иктисодий глобаллашув шароитида сугурта хизматларини такомиллаштиришнинг йуналишлари" Автореферат. 64 б.

9. Н.Г.Ищенко. Страховое право ес: система, источники, основные направления развития. Научный журнал: Евразийский юридический журнал ИССН: 2073-4506. № 4 (83) 2015 г. - С. 1-7

10. Т.А.Оберемко. Роль страховых посредников. ВИИ Международная студенческая научная конференция Студенческий научный форум - 2015 г. - С. 1-7.

11. И.Х.Абдурахмонов. "Теория и практика страхования" Ташкент. 2019 г.

12. Murtazaev, N. R., Ways to Ensure the Financial Sustainability of Insurance Companies and Increase its Efficiency,(2021) 4th Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements, 22-25. econferecegloble.com

13. Murtazaev, N. R. (2023). O'zbekiston iqtisodiyotida sug'urta faoliyatining tutgan o'rni. XORAZM MA'MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI -12/2-2023. 74-77. ISSN 2091-573 X

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.