Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY, TASHKILIY VA HUQUQIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY, TASHKILIY VA HUQUQIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
106
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta faoliyati / sug’urta bozori / ustav kapitali / minimal talab / sug’urta nazorati / sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi / insurance activity / insurance market / authorized capital / minimum requirements / insurance control / insurance market development agency

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rizaqulov Sh.Sh.

Ushbu maqolada mamlakatimizda sug’urta bozorining holati va unda mavjud muammolar, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirishda sug’urta munosabatlarini erkinlashtirishning zarurligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF ECONOMIC, ORGANIZATIONAL AND LEGAL MECHANISMS OF INSURANCE MARKET DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

The article examines the state of the insurance market and the existing problems in our country, as well as the need to liberalize insurance relations in the development of this market.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY, TASHKILIY VA HUQUQIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Rizaqulov Sh.Sh.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va biznes tahlili kafedrasi dotsenti

O'ZBEKISTONDA SUG'URTA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY, TASHKILIY VA HUQUQIY MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda sug'urta bozorining holati va unda mavjudmuammolar, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirishda sug'urta munosabatlarini erkinlashtirishning zarurligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta faoliyati, sug'urta bozori, ustav kapitali, minimal talab, sug 'urta nazorati, sug 'urta bozorini rivojlantirish agentligi.

Rizakulov Sh.Sh. associate professor Department of Finance and Business Analysis Tashkent State University of Economics

IMPROVEMENT OF ECONOMIC, ORGANIZATIONAL AND LEGAL MECHANISMS OF INSURANCE MARKET DEVELOPMENT IN

UZBEKISTAN

Abstract. The article examines the state of the insurance market and the existing problems in our country, as well as the need to liberalize insurance relations in the development of this market.

Keywords: insurance activity, insurance market, authorized capital, minimum requirements, insurance control, insurance market development agency.

Bugungi kunda jahon bozori kon'yukturasidagi keskin o'zgarishlar, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqdaki, buni e'tiborga olgan holda mamlkatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishda bir necha vazifalar belgilanib olindi. Shulardan biri sug'urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishdir[1].

Sug'urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta'minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug'urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaatlarining himoyasini ham o'z zimmasiga oladi.

Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo'lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo'lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya'ni o'ziga xos bo'lgan maxsus xizmat bilan sug'urta shug'ullanadi. Sug'urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug'urta xizmatining ma'lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o'tishi bilan bozorda sug'urta xizmati ko'rsatishturlarining ko'payishi bilan, o'z-o'zidan tarif stavkalari kamayadi. [8].

Sug'urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko'ra 5 ta turi faoliyat yuritadi (1- rasm).

à fc

Davlat sug'urta kompaniyalarida davlat sug'urtachi sifatida ishtirok etadi v_>

1- rasm. Sug'urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko'ra tavsifi[2]

Sug'urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug'urta bozorlariga bo'linadi. Milliy sug'urta bozori biron-bir mamlakat

hududidagi sug'urta muassasalarini va ularni faoliyatini o'z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug'urta bozori Amerika Qo'shma shtatlaridir.

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig'iladigan sug'urta tushumlarining 43 foizdan ortig'i AQSh hissasiga to'g'ri keladi. Bu yerda hayotni sug'urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan ba'zi birlari dunyo sug'urta bozorida ham oldingi o'rinlardadir. Masalan, "Prudenshial of Amerika" kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992-yil boshida mavjud aktivlari, to'plagan sug'urta mukofotlari bo'yicha uchinchi o'rinni egalladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413- sonli Qarori sug'urta faoliyatida muhim yangilik bo'ldi. Ilk bor sug'urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini litsenziyalash to'g'risida nizom, sug'urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi PQ-1544 sonli Qaroriga asosan sug'urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo'yiladigan talab miqdori belgilandi.

1-jadval

O'zbekistonda sug'urta kompaniyalari ustav fondining minimal miqdoriga

qo'yilgan talablar [3]

Sug'urta faoliyati turlari 01.01.2008 yildan, ming AQSh dollari 01.01.2010 yildan, ming evro ekvivalentida 01.07.2012 yildan, ming evro ekvivalentida 01.07.2014 yildan, ming evro ekvivalentida 01.07.2018 yildan, milliardso'm

Umumiysug'urt a 500 750 1125 1500 7,5

Hayotsug'urtasi 750 1000 1500 2000 10

Majburiysug'ur ta 1000 1500 2250 3000 15

Qaytasug'urta 3000 3000 4000 5000 30

Ushbu qaror sug'urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug'urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug'urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug'urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo'yicha muhim hujjat bo'ldi.

Milliy sug'urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash, sug'urta xizmatlarining talab yuqori bo'lgan yangi turlarini joriy etish, iste'molchilarning sug'urta bozoriga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori bilan

mamlakatimizda sug'urta kompaniyalari ustav fondining minimal miqdoriga qo'yilgan talablar o'zgardi.

2019-yil may oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi N.Yo'ldoshev (o'sha davrda) sug'urta bozoridagi kamchiliklar haqida to'xtalib, o'z fikrlarin bildirdi[5]:

"Qonunchilikdagi bo'shliqlar, ayrim vazirlik va idoralar mas'ullarining sovuqqonligi va e'tiborsizligi oqibatida milliardlab mablag'lar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga jalb etilmasdan, chetga chiqib ketmoqda.Xususan, bundan 15 yil avval qabul qilingan va takomillashtirilmagan "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonun sug'urta bozoridagi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan.

2-jadval

Sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) uchun ustav kapitalining

minimal miqdorlari, mlrd so'mda[4]

T/r Sug'urta faoliyatining turlari 2020 yil 1 iyuldan 2022 yil 1 iyuldan

1. Umumiy sug'urta yoki hayotni sug'urta qilish tarmog'ida ixtiyoriy sug'urta 15 20

2. Umumiy sug'urta yoki hayotni sug'urta qilish tarmog'ida majburiy sug'urta 25 35

3. Faqat qayta sug'urta 35 45

10 200 nafar professional ishtirokchi faoliyat ko'rsatadigan sug'urta bozorini Moliya vazirligi huzuridagi bor yo'g'i 6 nafar xodim ishlaydigan sug'urta nazorati inspeksiyasi "nazorat qilmoqda"Mazkur tashkilot o'z zimmasidagi vakolat hamda vazifalarini to'laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. U aksariyat hollarda tegishli hisobotlarni umumlashtirish bilangina shug'ullanmoqda. Oqibatda mamlakat sug'urta bozori nazoratdan deyarli chetda qolib ketmoqda. Bu esa, faqat o'z manfaatlari yo'lida ishlaydigan ayrim sug'urta tashkilotlari va ularning rahbarlariga qo'l kelmoqda".

Ma'lumki, jahon amaliyotida yirik tavakkallarni sug'urtalashda mamlakatdagi bir necha sug'urta tashkilotlarini guruhlarga, jamiyatlarga yoki uyushmalarga jamlash orqali, qayta sug'urtalash tashkilotlarini tuzish tajribasi XIX asrdayoq yo'lga qo'yilgan. Mamlakatimizda esa, shu kunga qadar bu muhim mexanizmdan foydalanilmayapti.

Qonunosti hujjatlaridagi turli to'siq va cheklovlar esa, mazkur mablag'lardan samarali foydalanish, jumladan, ularni sug'urta kompaniyalarining ustav kapitaliga jalb etish imkonini bermaydi. Bir so'z bilan aytganda, qonun hujjatlaridagi eskirgan normalar, tafovutlar, chalkashliklar va boshqa kamchiliklar bu kompaniyalar uchun istiqbol eshiklarini yopib qo'ygan.

Sug'urta sohasidagi og'riqli nuqtalardan yana biri kadrlar salohiyati bilan bog'liqdir. Bugungi kunda soha xodimlarining bor yo'g'i 32 foizi oliy va 30 foizi o'rta maxsus ma'lumotga ega. Boz ustiga, ularning aksariyati sug'urtaga aloqasi

bo'lmagan kasb egalaridir. Bu kabi ko'plab muammolar sug'urta bozorining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror o'sishini taminlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yo'naltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug'urta bozorining rolini kuchaytirishni

va sug'urta vositalarini keng qo'llashni taqozo etmoqdaki, ushbu xususida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo'yicha o'tkazgan yig'ilishida quyidagi fiklarni bildirdilar: "Sohaga nazoratchi emas, ilg'or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o'rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug'urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak"[6].

Shu bois, Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta nazorati davlat inspektsiyasi tugatilib, Sug'urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, sug'urta sohasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 barobar oshirish vazifasi qo'yildi.

3-jadval

2019-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini jadal

T/r Ko'rsatkichlar nomi 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. O'sishi, barobar

1. Sug'urta xizmatlarining YAIMdagi ulushi (foiz) 0,4 0,5 0,б 0,7 0,8 2

2. Aholi jon boshiga sug'urta mukofotining miqdori (min gso'm) 50,0 б5,0 88,0 114,0 148,0 3

3. Jami sug'urta mukofotlarining hajmi (trln so'm) 1,б 2,1 2,9 3,8 5,2 3,3

4. Sug'urta tashkilotlarining jami ustav kapitali (trln so'm) 0,5 0,8 0,9 1,0 1,2 2,4

5. Sug'urta tashkilotlarining jami aktivlari (trln so'm) 2,5 3,0 3,б 4,3 5,2 2,1

б. Sug'urta tashkilotlarining jami investitsiyalari (trln so'm) 2,0 2,5 3,3 4,1 5,3 2,7

7. Sug'urta xizmatlari turlarining soni (birlik) 105 115 135 155 175 1,7

8. Hududiy bo'linmalar soni (birlik) 1 450 1 500 1 580 1 бб0 1 740 1,2

Mamlakatimizda sug'urta bozorini rivojlantirish masalalari o'rganish natijasida quyidagi xulosalar shakllandi:

Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug'urta bozori nisbatan tez rivojlanayotgan bo'lsada, bugungi kun jahon talablariga to'liq javob bera olmaydi.

Ikkinchidan, sug'urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo'lgan aholining aksariyat qismi, sug'urta haqida to'liq ma'lumotga ega emas. Holbuki, bu sug'urta turiga talabning ortishi sug'urtalanuvchi va sug'urtalanuvchiga moliyaviy holatini yaxshilashda o'zining salmoqli xissasini qo'shadi. Yuridik shaxslar sug'urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to'g'ri ma'lumot. Ma'lumotlar to'g'ri va to'liq bo'lishi ularni sug'urtadan to'g'ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sug'urta bozoriga malakali mutaxasislar talab etiladi. Sug'urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug'urta ishining mutaxassisi emas. Bir bo'lim xodimi ikkinchi bo'lim xodimining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma'lumotga egae mas. Agentlar faoliyatida ham xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug'urtalanmoqchi bo'lgan shaxsga sug'urta xizmatlari to'g'ri va to'liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan sug'urtaga bo'lgan talabning pasayishi va faoliyatga nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, quyidagi takliflarni berish mumkin:

Birinchidan mamlakatimiz sug'urta bozorini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishning eng muhim va asosiy omillaridan biri bu, O'zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda o'zaro sug'urtani joriy etishdir va bunda davlatning tashabbuskorligidan foydalanish sug'urta sohasidagi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatda o'zaro sug'urtani joriy etish uchun avvalambor uning huquqiy ta'minotini yo'lga qo'yish, o'zaro sug'urtani rivojlantirish maqsadida ushbu sohaga taalluqli imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish zarur deb hisoblaymiz.

Shunday holatda o'zaro sug'urta, sug'urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug'urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko'p sonli potensial sug'urtalanuvchilarni sug'urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko'rsatishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, sug'urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug'urta xizmatlarini keng ko'lamda reklama qilish samarali natija beradi. Eng ommabop bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar: telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug'urta xizmatlari va uning afzalliklari haqida ma'lumot berib turish. Misol uchun sug'urta xizmatlari bo'yicha telegramda bir kanal ochib, bu haqida boshqa kanallarga ma'lumot tashlash orqali, aholini sug'urta kanaliga a'zo qilish va sug'urta faoliyatining yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor qilib turish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

[1] 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini o'rganish bo'yicha ilmiy- uslubiy qo'llanma. Toshkent-2017.

[2] http://www.mf.uz - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti

[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni asosida tayyorlandi.

[4,7] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taminlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4412-son qarori

[5] https://www.senat.uz/ - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning rasmiy sayti

[6] Mirziyoyev Sh., 2019 yil 10 iyuldagi sug'urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo 'yicha yig'ilish. https://sputniknews-uz.com/

[8] Жиянова Н.Э., Управление финансовыми рисками предприятия в современных условиях //«ИНТЕРНАУКА» Научный журнал №216(145) Май 2020 Часть 2. Б.82-84

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.