Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA SANOATLASHTIRISH SIYOSATI VA AMALIYOTI'

O‘ZBEKISTONDA SANOATLASHTIRISH SIYOSATI VA AMALIYOTI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
18
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sanoat / kooperatsiya / industrial hokimiyat. / Industry / cooperation / industrial power.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Toshpo’latov Nurbek Boboqul O’g’li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sanoatlashtirish siyosati va amaliyoti muallif tomonidan yoritib berilgan. Qolaversa, sanoatlashtirishning mohiyati va xususiyatlari bo’yicha ham olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the author describes the policy and practice of industrialization in Uzbekistan. In addition, the opinions of scientists on the nature and characteristics of industrialization are presented.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA SANOATLASHTIRISH SIYOSATI VA AMALIYOTI»

O'ZBEKISTONDA SANOATLASHTIRISH SIYOSATI VA AMALIYOTI

Toshpo'latov Nurbek Boboqul o'g'li

SamlSI, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda sanoatlashtirish siyosati va amaliyoti muallif tomonidan yoritib berilgan. Qolaversa, sanoatlashtirishning mohiyati va xususiyatlari bo'yicha ham olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Sanoat, kooperatsiya, industrial hokimiyat.

Abstract. In this article, the author describes the policy and practice of industrialization in Uzbekistan. In addition, the opinions of scientists on the nature and characteristics of industrialization are presented.

Key words: Industry, cooperation, industrial power.

1920-yillar ohiri 30-yillarning boshlarida industrlashtirishning salbiy holatlari O'zbekistonda ham ko'rina boshladi. Rahbariyatdagi o'ta jadal industrlashtirish tarafdorlari qishloq xo'jaligi hisobidan industrlashni talab qildilar. Ularning muholiflari esa industrlashtirish asosida sanoatni o'stirish bilan faravonlikni yuksaltirish va qishloq xo'jaligini ixtiyoriy suratda kooperasiyalashni oqilona birga qo'shib olib borish tarafdori bo'ldilar. «Xalqlar otasi» Stalin esa, birinchi nuqtai nazarni qo'llab quvvatladi. SHu tariqa industrlashtirishning oqilona yo'li-yu, 5 yillik rejalari tuzildi.

O'zbekistonda ahvol butunlay o'zgacha eda. CHunki u agrar respublika edi. Bu yerda qishloq xo'jaligi maqsulotlari salmog'i 60% dan ko'proqni, sanoat esa 40% dan kamroqni tashkil etardi. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishining 90% ga yaqini qishloq xo'jalik ashyolarini ishlashga asoslangan edi. Og'ir industriya endigina rivojlanayotgan respublikamiz mamlakatning asosiy paxta bozasiga aylanib qolgan edi.

Birinchi besh yillikda (1928/29-1932/33 yy.) 192 ta yangi sanoat korxonasi, (o'sha davr rasmiy ma'lumotlari bo'yicha) shu jumladan. Toshkent qishloq xo'jaligi mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi. CHirchiqstroy, Olmaliqstroy, Toshkent to'qimachilik kombinati qurilishi davom ettirildi. 1932 yilga kelib, og'ir sanoat salmog'i 8,8%ni, mashinasozlik salmog'i 1,3%ni, yengil sanoat salmog'i 69,3 %ni tashkil etdi. SHu yili O'zbekistonda paxta tolasining 90%, sementning 50%, o'simlik moyining 56%dan ortig'i, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi.

Ikkinchi besh yillikda (1933-1937 yy.) ham O'zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida ixtisoslashtirish ko'zda tutilgan edi. Bu besh yillikda respublikada 189 ta sanoat korxonalari va elektr stansiyalari ishga tushirildi. SHu besh yillik davomida respublikada xunarmandchilik kooperasiyasining yalpi mahsuloti deyarlik 3 barovar ko'paydi.

Uchinchi besh yillikning (1938-1941 yy.) dastlabki yillarida ham ko'plab korxonalar, jumladan eng yirik CHirchiq elektr kimyo kombinati qurilib ishga tushirildi.

Biroq O'zbekiston Respublikasi mamlakatni industrlashtirish va uning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlasiga katta hissa qo'shgan bo'lsa ham, u xom ashyo olib chiqib ketiladigan o'lka bo'lib qolaverdi.

Jadal industrlashtirish mablag'lari mehnatkashlar zimmasiga og'ir yuk bo'lib tushadi. Industrlashtirish ishchilar sonining ko'payishiga olib keladi. Birgina birinchi besh yillik davomida yirik sanoatdagi ishchilar soni 3,5 barobar ko'paydi. Ularning yarmidan ko'prog'ini mahalliy kadrlar tashkil eta boshladi. Kadrlarni ishlab chiqarishdagi o'quv kurslar va hunar-texnika bilim yurtlari tayyorlab bera boshladi. Mahalliy kadrlar Moskva, Sank-Peterburg, Ivanovo-Voznesenskda ham o'qitildi. 1940 yilda sanoatdagi ishchilar soni 142 ming nafarga yetadi.

Ammo shu narsa haqiqatki, malakali ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning aksariyatini ovro'polik millatlar vakillari tashkil etardi. Oliy malakali

mutaxassislar tayyorlash uchun O'rta Osiyo industriya iistituti, temir yo'l transporti, to'qimachilik institutlari ish boshladi.

Sifat darajaga e'tibor berilmasa ham jadallashtirish uchun «sotsialistik musobaqalar» boshlandi. Novatorlar mehnat qaxramonlari sifatida ko'llab-quvvatlandi. Musobaqalashuv 1935 yilda eng yuqori darajaga yetib, «Staxanovchilik harakati» nomini oldi.

Ayni vaqtda nihoyat darajada zo'r berib qilingan mehnat ana shu iqtisodiy imkoniyatni yaratuvchilarning moddiy farovonligiga amalda hech bir ta'sir etmas edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Q.Usmonov, M.Sodiqov, O'zbekiston tarixi (1917—1991-yillar), Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o'quvchilari uchun darslik, «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent - 2010

2. www.ziyouz.com kutubxonasi

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/O'zbekiston_Kommunistik_partiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.