Научная статья на тему 'URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY HAYOTI. RESPUBLIKAMIZNING AGRAR XO‘JALIGI'

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY HAYOTI. RESPUBLIKAMIZNING AGRAR XO‘JALIGI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
51
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urushdan keying davr / agrar siyosat / yer-suv islohotlari / agrar xo’jalik. / Post-war period / agrarian policy / land and water reforms / agrarian economy.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Toshpo’latov Nurbek Boboqul O’g’li

Ushbu maqolada urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti, respublikamizning agrar xo‘jaligi muallif tomonidan yoritib berilgan. Qolaversa, yer-suv islohotlarini o’tkazilishi bo’yicha ham olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the economic life of Uzbekistan and the agrarian economy of our republic in the years after the war are covered by the author. In addition, scientists' opinions on the implementation of land-water reforms are presented.

Текст научной работы на тему «URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY HAYOTI. RESPUBLIKAMIZNING AGRAR XO‘JALIGI»

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O'ZBEKISTONNING IQTISODIY HAYOTI. RESPUBLIKAMIZNING AGRAR XO'JALIGI

Toshpo'latov Nurbek Boboqul o'g'li

SamlSI, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada urushdan keyingi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy hayoti, respublikamizning agrar xo'jaligi muallif tomonidan yoritib berilgan. Qolaversa, yer-suv islohotlarini o'tkazilishi bo'yicha ham olimlarning fikr mulohazalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Urushdan keying davr, agrar siyosat, yer-suv islohotlari, agrar xo'jalik.

Abstract. In this article, the economic life of Uzbekistan and the agrarian economy of our republic in the years after the war are covered by the author. In addition, scientists' opinions on the implementation of land-water reforms are presented.

Key words: Post-war period, agrarian policy, land and water reforms, agrarian economy.

50-80 yillar O'zbekiston tarixi o'ta murakkab davrlardan biri bo'lib, bir tarafdan, O'zbek xalqining fidokorona mehnati sabab respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi, ikkinchi tarafdan, totalitar tuzum, ma'muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida iqtisodiy ma'naviy xayotda bir qator muammolar, nohush holatlar to'planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.

O'zbekistonni sanoatlashtirish VKP (b) ning XVIII s'ezdi va O'zKP (b) MQning IX plenumidan keyin katta kuch bilan kengayib ketdi. Xalq xo'jaligining o'sib borayotgan ehtiyojlari, mamlakat iqtisodiyotida SSSRning asosiy xom ashyo bazasi bo'lgan O'zbekiston respublikasida og'ir sanoatni tez sur'atlar bilan rivojlantirishni, mamlakatning ulkan tabiiy boyliklaridan foydalanishni qattiq talab qildi. 1946-1950 yillar maboynida respublikamizda 150 ta yirik sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari qora va rangli metallurgiya, stanoksozlik vujudga keldi. Ikkita yirik "CHirchiqselmash" va "O'zbekselmash" mashinasozlik zavodalari qurilib ishga tushirildi. 1950 yilda 1946 yilga nisbatan mashinasozlik 19 barobar o'sdi, tabiiy gaz olish 3 barobar o'sdi, elektroenergiya 480 mln.dan 2.665 mln.kvt soatga yetdi, yengil va to'qimalik sanoati 128.7 foizga ko'paydi. Besh yil ichida respublika jami sanoat mahsuloti 183 foizga ortdi. Qo'qon shahar zavodining Ukrainaga ko'chirilishi munosobati bilan shakar va spirt ishlab chiqarish bajarilmagan edi. Ximiya, uy-joy qurilishi sohalari bo'yicha ham kapitalni o'zlashtirish bo'yicha belgilangan rejalar bajarilmadi. Biroq bu besh yillikda ittifoq miqyosidagi korxonalarning mahsulti 4.8 barobar ko'paygan holda, respublika boshqaruvida bo'lgan mahalliy sanoat atigi 8 % ga o'sdi holos. 1951 -1955 yillarga mo'ljallangan birinchi besh yillikda yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishini 54 foizga, yalpi qishloq xo'jalik mahsulotini 50 % o'stirish, po'lat ishlab chiqarish 80 foizga, prokat

ishlab chiqarish 70 foizga ko'paytirish mo'ljallandi. Xalq xo'jaligiga sarf qilingan mablag' oldingi besh yillikdagiga nisbatan ikki barobardan ko'proq bo'ldi. Samarqand superfasfat zavodi, Oltin topgan qo'rg'oshin-qalay kombinati, Toshkent chini zavodi, CHirchiq shisha zavodi, Quyibo'zsuv, 2 ta Namangan GESlari, Andijon GRESlari ishga tushirildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 1950 yildagi 2,682 mln.kvt.soatdan 1955 yilda 3,880 mln.kvt.s ga yetdi. Qo'mir qazib olish 70 fo izga, mashinasozlik ikki barobar, mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish 81 foizga, to'qimachilik sanoati 15 foizga o'sdi. 50 yillarning ohirlarida 1300 dan ortiq fabrika va zavodlarni birlashtirgan sanoatning 70 tarmog'i mavjud edi. Biroq beshinchi besh yil lik rejaning bajarilish yakunlarini tahlil qiladigan bo'lsa bu davrda sanoat mahsulotining yillik o'sish darajasi keskin kamayib bordi. Oldingi muammolarning birontasi ham hal qilinmadi.

1.Energetika sohasi boshqa tarmoqlarining rivojlanishidan orqada qolmoqda

edi.

2.Yildan yilga kapital qurilishi bo'yicha rejalar bajarilmay qolaverdi.

3.Neft konlarini qidirib topish ishlarining qisqarishi tufayli neftni qazib olish pasaydi.

4.Engil sanoatning 25 foiz korxonalar mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ko 'rsatkichlarni baj armadilar.

5.Mehnat unumdorligining o'sish darajasi pasayib bordi. Rej alar asosan xalq xo'jaligini jadal rivojlantirish hisobiga bajarildi. Besh yil ichida xalq xo'jaligiga kapital mablag' sarflash 2.3 barobar ko'payishiga qaramay, yalpi sanoat mahsuloti zo'rg'a 1.6 barobar mehnat unumdorligi esa 1.2 barobarga o'sdi. Bu dalillardan ko'rinib turibdiki kapital mablag'larni sarflash kutilgan samaradorlikni bermadi.

6.Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish notekis edi. Masalan 1955 yilda yalpi sanoat mahsulot ishlab chiqarishda Toshkent viloyatining hissasi 39.8 foiz bo'lgani holda Surxandaryo viloyati hissasi esa 1.7 foizga to'g'ri keldi.

1958-1965 yillarda yana 142 sanoat korxonalari qurildi. 1965 yilda O'zbekiston milliy daromadining 35,3% i sanoat ishlab chiqarish ulushiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 1970 yilda 40% dan oshdi. O'rtacha yillik o'sish sur'atlari elektr energetikada 11,4%, rangli metallurgiyada 14%, neftni qayta ishlash sanoatida 13,2%, gaz sanoatida 19,8%, ximiya sanoatida 1,5% bo'ldi. 1985 yilga kelib respublika 1549 ta sanoat korxonalariga ega bo'ldi va ishlab chiqarishning yalpi daromadi 1960 yilga nisbatan 5 baravarga o'sdi. Katta zahiraga ega bo'lgan ko'mir, neft, gaz kabi boyliklar ishga solindi va qudratli yoqilg'i sanoati barpo etildi. 1965 yilda gaz qazib olish 8 baravar ko'payib, 1970 yilda 32 mlrd kub. metrdan oshdi. O'zbekistonning gaz sanoati tarmoqlari O'rta Osiyodan tashqari Rossiya Federasiyasining eng katta sanoat markazlarini doimiy ta'minlab turgan. Sovet boshqaruvi yillarida O'zbekiston konlaridan yiliga o'rtacha 20 mlrd. kubometrgacha tabiiy gazning olib ketilishi oqibatida gaz zahiralari ancha kamaydi.

O'zbekistonda 60 yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, CHodak, Konbuloq oltin konlari, Farg'ona vodiysi daryo o'zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog'larida oltin tarkibli kvars tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 oltin koni aniqlandi. Oltin qazib

oluvchi Muruntov tog' boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi."O'zbek oltin" birlashmasi tuzilgach uning tarkibida CHodak boyitish kombinati (1965), Angrenda Oltin saralash fabrikasi ishga tushirildi.

Sovet hokimiyati yillarida bunyod bo'lgan sanoat markazlari, xususan, CHirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Zarafshon, Muborak kabi shaharlarda asosan boshqa millat vakillari, ya'ni mamlakatning turli mintaqalaridan ko'chirib va ko'chib kelgan ishchi kadrlar joylashdi. SHu tariqa respublikadagi sanoat shaharlar ham ko'p millatli bo'lib bordi. O'zbekistonning industrial davlatga aylantirilishi uning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda muhim hissa qo'shsa-da, avvalgidek xom ashyo yetkazib beradigan respublika bo'lib qolaverdi. Qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari keng rivojlanishiga to'sqinlik qilinib, respublika sanoati bir tomonlama ixtisoslashtirildi.

Umumiy ta'kidlaganda, sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining 60%i xom ashyo va yarim fabrikatlarga to'g'ri keldi. Mahalliy rahbariyat tarafidan kadrlarni milliylashtirishga katta harakatlar qilinsada, markaz avvalgidek respublika sanoat ishchi guruhlarini ittifoq tuzumining ijtimoiy tayanchi sifatida ruslashtirishi, respublikalararo ko'p yillik sun'iy migrasiya natijasida sanoat ishlab chiqarishi ko'proq joylashgan yirik shaharlarda mahalliy aholini siqib chiqarish va bu joylardagi barcha yirik sanoat muassasalari ittifoqning tassarrufida bo'lgani uchun ko'chirib kelinganlar joylashtirildi. Barcha besh yilliklar davrida respublikada ko'p millatli kadrlarini yetishtirish, o'lkaning boy tabiiy resurslarini jadal o'zlashtirish jarayonlari bilan birgalikda bordi.

O'zbekistonda ittifoq markazining manfaatlarini ko'zlab ko'p millatli shaharlarning, yangi zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarining barpo etilishi va rivojlanishi, markazdan kadrlarning yildan-yilga ko'plab jo'natilishi oqibatida bu yerda aholi o'rtasida mehnat taqsimoti jiddiy ravishda o'zgardi. Ayniqsa 1960-1980 yillarda O'zbekistonga ittifoqning markaziy mintaqalaridan odamlarni ko'chirib keltirish keng miqyosda davom etdi. Tub yerli millatga mansub ishchilar soni respublikadagi sanoat ishchilari umumiy miqdorining ko'payishidan ancha orqada qoldi. 1979 yilgi butunittifoq aholi ro'yxatlariga ko'ra O'zbekiston xalq xo'jalik tarmoqlarida ishlovchilarning o'z millati umumiy soniga nisbatan to'g'ri keladigan salmog'i o'zbeklar orasida 37,2%, qozoqlar orasida 36,6%, qoraqalpoqlar orasida 51,1% da edi.

O'zbekiston tub millatlarining mehnat bilan shug'ullanish darajasi respublikadagi o'rtacha ko'rsatkichdan ham pastroq bo'lgan. Bu hududda sanoat tarmoqlari uchun mahalliy rahbar, ishchi, muhandis va qishloq xo'jalik kadrlarini tayyorlash bilan birga ularning sonini muntazam ravishda ko'paytirib borishga alohida masala sifatida qaralishi zarur bo'lgan. Biroq mutaxassis kadrlarni tayyorlashda respublikaning o'ziga xos ijtimoiy-milliy va demografik hususiyatlari inobatga olinmadi. Bir va besh yillik rejalarda ham yuqori organlar faqat mehnat unumdorligining o'sishi, belgilangan reja qanday bo'lmasin bajarilishi, qo'l mehnatini mexanizmlar bilan almashtirish, ish haqi fondi va ishchi, mehnatkashlarning soni bo'yicha ko'rsatkichlar tasdiqlangan. Ammo mehnat resurslarining sifati, ya'ni

kadrlarning ma'lumot darajasi, malakasi, ijtimoiy holati, oliy va o'rta ma'lumotli mutaxassislarning ishchi va xizmatchilar umumiy soniga nisbatan salmog'i va boshqa ko'rsatkichlarga yetarli e'tibor berilmadi.

O'zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi yetakchi o'rinni egallaydi. 19501980 yillarda yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o'zlashtirish, sug'orish inshoatlarini qurish ishlari avj oldirildi. Bu ishlar Respublika qishloq xo'jaligida paxta monokultura sifatida rivojlantirildi. Respublikada 30 sentnerchilik harakatida minglab paxtakorlar qatnashdilar. Bu harakatda Zamira Mutalova, Mehriniso Ubaydullaeva kabilar mehnatda katta jasorat ko'rsatdilar. Paxtachilik 1947 yilda 1940 y darajasiga yetib, 1950 yilda davlatga 2.116 ming tonna paxta sotildi. Hosildorlik gektaridan 14.7 sentnerdan (1940y) 21.1 sentnerga (1950 y) yetdi. SHu bilan birga paxta yakka hokimligi, paxtachilik mexenizasiyalashtirish va ximiyalashtirish harakati ko'chaydi. 1948 yilda paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgach, g'o'za bargini to'kishda butifos va merkaptopos qo'llanila boshladi.

CHorvachilik sohasida bajarib bo'lmaydigan noaniq rejalar qabul qilingan ediki, natijada bu vazifalar bajarilmadi. Ipakchilik sohasida esa 1940 yildagi 685.4 tonna o'rniga 1950 yilda tonna pilla davlatga sotilib, katta yutuqqa erishildi.

1954 yilning fevralida sobiq hukmron firqa markazkomining va Sobiq ittifoq hukumati "O'zbekiston SSRda 1954-1958 yillarda paxtachilikni yanada rivojlantirish to'g'risida" qaror qabul qilinib, unda suv xo'jaligini yaxshilash, paxta yetishtirishni mexanizasiyalashtirish, kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berildi. 1958 yilda MTSlar qayta qurilib, ko'plab mashina va traktorlar kolxozlarga sotildi. 1953 -1955 yillarda 130 ming gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. Traktorlarning soni qishloq xo'jaligida

33.5 mingdan (1951 yil) 46.8 mingtaga (1955 y) yetib, 40 foizga ko'paydi. MTSlardagi paxta terish mashinalarining soni 3.3 mingdan 15.1 mingga yetdi. 1950 yilda 1,1 mln gektar yerga g'o'za ekilgan bo'lsa, 1985 yilda qariyib 2 mln. gektar yerga g'o'za ekildi. Paxta xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln tonnadan, 5,4 mln tonnaga yetdi. 1985 yilda respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallardi. 1963 yilga kelib, O'zbekistonda 1400 kolxoz va 182 savxoz faoliyat ko'rsatayotgan edi. Qarshi, SHerobod, Amu Buxoro magistral kanallari qurilib ishga tushirildi. Qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash sohasida ham ma'lum ishlar qilindi. 1964 yilda kolxoz va sovxozlarga 64 ming traktor 16.4 ming paxta terish mashinalari,

59.6 ming kultivatorlar sotildi. Yetti yillikda mexanizator kadrlarga e'tibor ko'rsatilib 96 ming traktorchi tayyorlandi. SHu yillarda Tursunoy Oxunova, Javod Qo'chiev, M.Umrzoqov kabi mexanizatorlarning nomi mashhur edi.

Rahbariyat tomonidan 1956 yilda qabul qilingan O'zbekistonda 300 ming gektar qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirish to'g'risidagi qarori paxta yetishtirishni keskin ko'paytirishni nazarda tutdi. Natijada Mirzacho'l, Qarshi, Jizzax, Surxon-SHerobod vohasi, Markaziy Farg'ona hamda Amudaryoning quyi havzasidagi cho'llarni o'zlashtirish ishlari avj oldirildi va to'qqizinchi besh yillikning o'zida 510 ming gektar yangi yerlar foydalanishga topshirildi. Mirzacho'lda qariyb 300 ming gektarga yaqin yer o'zlashtirilib, 60 mingga yaqin yangi aholi xo'jaliklari, sovxozlari bunyod etilgan.

Jizzax cho'lida 50 ming gekta^a yaqin yer o'zlashtirilib, yangi paxtachilik kolxoz va sovxozlari tashkil etildi.

Yangi yeгlaгni o'zlashtirish jaгayoni yangi sovxozlaг, ulaming xo'jalik binoalari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956-1965 yillarda Miïzacho'lda 84 ming gekta^ o'zlashtirildi. 16 ta paxtachilikga ixtisoslashgan, 1ta bog'doгchilik sovxozlaгi tashkil etildi.1957 yil YAngier, 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1953-1963 yillaráa Ma^aziy Faгg'ona cho'llaгida 72,4ming gektaг yeг o'zlashtiгildi, 16 ta yangi kolxoz,2 ta sovxoz vujudga keldi.

Jizzax cho'lida 670 ming gektaráan ko'praq yangi yeгlaг o'zlashtirildi. O'zlashtirilgan yeгlarda Miгzacho'l (1967), Do'stlik (1970), Zafarabod (1973), Amasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. SHunday qilib O'zbekiston hududida 19461965 yilto qariyb 600 ming gektaг yangi sug'oriladigan yeгlaг ishga tushiгilgan bo'lsa, 1966-1985 yillaráa 1,6 mln. Gekto yangi yeгlaг o'zlashtiгilib foydalanishga topshirildi. Ammo o'zlashtiгilgan yeгlaгga yangi ko'chirilgan asosiy aholi mahalliy millat vakillari bo'lib, aholi xo'jaliklaгini joylashtiгish, ulami uy-joy bilan ta'minlash ishlaгi qoniqaraz ahvolda bo'ldi. Respublikaning yangi o'zlash-tirilgan bir qancha tumanlaгiga ko'chiгib keltirilgan xo'jaliklaгga nisbatan ijtimoiy yoгdam qog'ozlaráa bitilgan chora-tadbirlarni qamrab ololmasdi. Oqibatda bir qator viloyatlar aholisining yashash sharoiti umuman zamon talabiga javob bermagan va iqtisodiy jihatdan orqada qolishiga sabab bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Q.Usmonov, M.Sodiqov, O'zbekiston tarixi (1917—1991-yillar), Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 1-bosqich o'quvchilari uchun daгslik, «Sharç» nashгiyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent - 2010

2. www.ziyouz.com kutubxonasi

3. https://uz.wikipedia.oгg/wiki/O'zbekiston_Komшunistik_paгtiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.