Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / blokcheyn / sun’iy intellekt / virtual haqiqat / rivojlantirish konsepsiyalari / Information and communication technologies / blockchain / artificial intelligence / virtual reality / development concepts.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzayev Kulmamat Djanzokovich, Ulugmurodov Farxod Faxriddinovich, Shodiyev Fazliddin Qalandar O‘G‘Li, Qurvonboyeva Sevinch Asliddinovna

Maqolada O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyalari ham tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi bir qator ilg‘or texnologiyalarning muvaffaqiyatiga bog‘liq ekanligi o‘rganilgan. O‘zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlnish tendensiyalari bo‘yicha muommolarga yechim va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article examines the development of information and communication technologies in Uzbekistan. Concepts of digital economy development are also analyzed. It has been studied that the future development of the digital economy depends on the success of a number of advanced technologies. Solutions and recommendations are given to the problems of development trends of e-commerce in Uzbekistan and the world.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING

USTUVOR YO'NALISHLARI

Mirzayev Kulmamat Djanzokovich

SamISI, Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri professor Ulugmurodov Farxod Faxriddinovich SamISI, Raqamli iqtisodiyot kafedrasi asisstenti Shodiyev Fazliddin Qalandar o'g'li Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Qurvonboyeva Sevinch Asliddinovna Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi o'rganilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyalari ham tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi bir qator ilg'or texnologiyalarning muvaffaqiyatiga bog'liq ekanligi o'rganilgan. O'zbekistonda va jahonda elektron tijoratning rivojlnish tendensiyalari bo'yicha muommolarga yechim va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, blokcheyn, sun'iy intellekt, virtual haqiqat, rivojlantirish konsepsiyalari

Abstract. The article examines the development of information and communication technologies in Uzbekistan. Concepts of digital economy development are also analyzed. It has been studied that the future development of the digital economy depends on the success of a number of advanced technologies. Solutions and recommendations are given to the problems of development trends of e-commerce in Uzbekistan and the world.

Keywords: Information and communication technologies, blockchain, artificial intelligence, virtual reality, development concepts.

Kirish. Raqamli iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan bir qator bozorlarning o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib chiqish kerak.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo'lishi va tarqalishi global iqtisodiyotga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, yangi bir hodisa - raqamli iqtisodiyot paydo bo'ldi.

Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlarning kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir.

Oxirgi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlanishida to'rtta holat bilan bog'liq bo'lgan sifatli siljishlar kuzatilmoqda:

1. Raqamli texnologiyalar doimiy ravishda o'zlarining qo'llanilish doirasini kengaytirmoqda;

2. Tegishli vositalarni kiritish va ulardan foydalanish xarajatlari doimiy ravishda pasayib bormoqda;

3. Iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda o'sib bormoqda (shu jumladan dastlabki ikki omil ta'siri tufayli);

4. Raqamli qurilmalarning (kompyuterlar, telefonlar, Internetga ulangan aqlli moslamalar va qurilmalar) mavjudligi va tarqalishi doimiy ravishda o'sib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qo'llab-quvvatlash mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot rejasidan muhim o'rin egallaganligi tufayli iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi o'laroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to'lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga o'tilishi qadamma-qadam amalga oshirilmoqda.

Adabiyotlar tahlili. Ta'kidlanishicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog'liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o'zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o'zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko'payishi yillik YalM ko'lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o'sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko'rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko'lamini 20ta mamlak atdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 3040 foizga yaqinlashadi degan Ayupov.R.X

O'zbekiston ushbu yo'nalishda, juda tezkor rivojlanadigan tarmoqda yo'l qo'yish mumkin bo'lmagan darajada sekin va cho'zib harakatlanmoqda. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. O'zbekistonlik iste'molchilar, shuningdek, internet tarmog'i yoki telefoniya hizmatlari uchun mobil ilovalar vositasida faol pul to'lashmoqda deb keltirib o'tgan Lapidus L.V Raqamli iqtisodiyot kitobida.

Tahlil va natijalar. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng muhim jihat va bir vaqtning o'zida eng murakkab bosqich - bu ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish hamda odamlar va biznesning davlat bilan muloqotiga sarflanajak xarajatlarni maksimal qisqartirishdir. Shundan keyin tomonlarning davlat va xususiy sektor doirasida tashkilotlararo (multiagent) muloqotni yo'lga qo'yish talab etiladi. «Bittadan-bittaga» va «bittadan-ko'pga» muloqot formulasidan «ko'pdan-ko'pga» formulasiga o'tiladigan raqamli iqtisodiyot platformalari ushbu jarayonning eng

muhim bo'lagi hisoblanadi. Ushbu sohadagi siljishlar davlat ko'magida kichik va o'rta biznesga mos keladigan konsalting va texnik tashkilotlarni rivojlantirish orqali, iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni avtomatik tarzda keskin o'zgartiradi (va mazkur sohalarda tuzilmaviy islohotlarga turtki beradi) va innovatsion iqtisodiyot uchun shart-sharoit yaratishga yordam beradi. Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni . Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi kerak, bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin. Biroq, bugungi kunga kelib, konsepsiyada aks ettirilgan chora-tadbirlar to'liq amalga oshirilmaganligi haqida gapirish mumkin. Masalan, normativ-huquqiy bazada elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinmagan. Xususan, elektron tijoratda elektron xabarlar yoki elektron hujjatlar ommaviy jo'natmalari, reklamani joylashtirish tartibi tasdiqlanmagan. 2025-yilga borib dunyoning raqamli iqtisodiyoti 23 trillion AQSH dollarga yetadi. Uning jahon yalpi ichki mahsulotdagi ulushi hozirgi 17,1 foizdan 24,3 foizgacha oshadi. Kommunal, sanoat va qishloq xo'jaligi, transport, moliya va boshqa sohalada raqamli transormatsiyani rag'batlantirish uchun dunyo bo'ylab 100 milliard ulanish o'rnatiladi. Bulutli texnologiyalardan foydalangan korxonalar soni 85%, sun'iy intellekt -86%, raqamli katta ma'lumotlar-80% ni tashkil etadi.

Xulosa: Bugungi kunda har bir davlat raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni o'zining ustuvor yo'nalishi deb biladi. Davlat dasturlari yordamida raqamlashtirish, xavfsizlikni ta'minlash va huquqiy tartibga solish, mamlakatimizda raqamli savodxonlik darajasi tahlil qilinib rivojlanmoqda. O'zbekiston ham raqamli iqtisodiyot sohasini rivojlantirishda jarayonga moslashish sur'atini oshirmoqda. Iqtisodiyotning real sektoriga raqamli iqtisodiyotni joriy etish texnik va texnologik kompetensiyalarni

shakllantirishga xizmat qiladi, bu esa ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni ekspert qo'llab-quvvatlovchi markazlarni tashkil etish, shuningdek, ularni tijoratlashtirishni talab qiladi. Shunday qilib, "Raqamli iqtisodiyot"ni shakllantirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, uning iqtisodiy jarayonlarga ta'siri ko'p qirrali bo'lib, bu ta'sir barqaror, jamiyat, davlat va aholi faoliyati hamda hayotining barcha sohalariga kirib boradi.Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib hiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ayupov, R.X., Baltabayev, G.r.(2018) Raqamli valyutalar bozor: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. - Fan va texnologiya.

2. Gulyamov, S.S. va B. (2019)raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari.-Iqtisod-Moliya. 396 b.

3. World Trade Statistical Review 2019-WorldTrade Organization

4. А.Ю.Макаров, А.А.Макаров. Цифровая экономика. Технологии меняют менеджмент.Moskva-2021

5. Lapidus.L.V Raqamli iqtisodiyot:elektron biznes va elektron tijoratni boshqarish. 2019-yil, 378p.

6. Faxriddinovich U. F., lsmoil Xasanovich N. Ways to Improve the Efficiency of the Public Service System in a Market Economy //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 72-74.

7. Ulugmurodov F. F., Bahodirovich H. U. Prospects of Developing Active Tourism in Uzbekistan //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 69-71.

8. Faxriddinovich U. F., Dilmurod o'g'li A. A., Mashrab o'g'li U. M. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE DIGITAL ECONOMY //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 36. - С. 360-362.

9. Faxriddinovich U. F. et al. Prospects for the Development of Small Business and Private Entrepreneurship in the Digital Economy //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 92-94.

10. Faxriddinovich U. F. et al. WAYS TO ACHIEVE HIGH EFFICIENCY WITH THE HELP OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE AGRO-INDUSTRIAL COMPLEX //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 4. - С. 979-980.

11. Faxriddinovich U. F., Bakhodirovich E. D., Rustam o'g'li S. M. THE ROLE OF STUDENT ACTIVISM IN THE DIGITIZATION OF EDUCATION (THE

HEMIS PROGRAM AND THE SYSTEM OF CREDIT MODULES) //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. - 2023. - Т. 16. - С. 220-222.

12. Faxriddinovich U. F. FORMATION OF INDEPENDENT THINKING OF STUDENTS USING INTERACTIVE METHODS IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS //International Journal of Studies in Advanced Education. - 2023. -Т. 2. - №. 05. - С. 73-75.

13. Faxriddinovich U. F., Bakhodirovich E. D. THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ACTIVITIES IN THE SERVICE SECTOR IN THE DIGITAL ECONOMY //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2023. -С. 98-100.

14. Faxriddinovich U. F., Xatam o'g'li S. B. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF EDUCATIONAL SERVICES IN THE DIGITAL ECONOMY. - 2023.

15. Faxriddinovich U. F. MECHANISMS FOR FURTHER IMPROVEMENT OF THE EDUCATION SYSTEM IN THE DIGITAL ECONOMY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 5. - С. 722-724.

16. Faxriddinovich U. F., Umidbek o'g'li R. F., Xatam o'g'li S. B. BUY-SIDE AND SELL-SIDE SYSTEM IN ELECTRONIC COMMERCE //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 12. - С. 1531-1536.

17. Faxriddinovich U. F., Valizoda N. U., Raxmatillo O'g'li X. S. ANALYSIS OF THE MAIN CAUSES OF POVERTY IN COUNTRIES AROUND THE WORLD //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 584-587.

18. Faxriddinovich U. F., Sa'dullayevich Q. A., Vohid o'g'li A. J. The Role of Artificial Intelligence and Smart Media in the Development of Tourism Services //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 67-70.

19. Faxriddinovich U. F., Yoqubovich K. A. XITOY IQTISODIYOTI VA UNING JAHON IQTISODIYOTIDA TUTGAN O 'RNI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 45-50.

20. Ulugmurodov F. F., Karshiev S. A., Akbarov J. V. NEW CHARACTERISTICS OF MOBILE TECHNOLOGY INNOVATIONS IN ECOMMERCE //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 56-59.

21. Ulugmurodov F. F., Nabiyeva U. V. QISHLOQ XO 'JALIGI KORXONALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI ISHSIZLAR SONINI KAMAYTIRISH //Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. - 2024. -Т. 2. - №. 1. - С. 580-586.

22. Faxriddinovich U. F., Raxmatillo O'g'li X. S., Valizoda N. U. Effective Use Of Crowdfunding Opportunities In The Organization Of Electronic Business In The Conditions Of The Digital Economy //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 788-791.

23. Faxriddinovich U. F., Dilmurod o'g'li A. A., Mashrab o'g'li U. M. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF SMALL BUSINESS

AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE DIGITAL ECONOMY //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - T. 36. - C. 360-362.

24. Faxriddinovich U. F., O'g'li N. M. X. COVID-19 PANDEMIYASINING ROSSIYA IQTISODIYOTIGA TA'SIRI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - T. 2. - №. 8. - C. 39-44.

25. Faxriddinovich U. F., Xusniddinovich A. F. O 'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR //Journal of marketing, business and management. - 2023. - T. 2. - №. 8. - C. 60-63.

26. Durbek M., Faxriddinovich U. M. F. O 'ZBEKISTONDA TRANSPORT XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - T. 2. - №. 8. - C. 12-16.

27. Faxriddinovich U. F., O'g'li N. M. X. COVID-19 PANDEMIYASINING ROSSIYA IQTISODIYOTIGA TA'SIRI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - T. 2. - №. 8. - C. 39-44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.