Научная статья на тему 'KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA'SIR QILUVCHI TASHKILIY IQTISODIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH'

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA'SIR QILUVCHI TASHKILIY IQTISODIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
26
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kambag’allik / xizmatlar / tashkiliy-iqtisodiy mexanizm / konsepsiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzayev Kulmamat Djanzakovich, Shodiyev Fazliddin Qalandar O‘g‘li

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanish uchun kambag‘allikni qisqartirishga ta’sir etuvchi tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish tushuntirildi, kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi hamda Respublika Prezidenti tomonidan aniq belgilab berilgan choratadbirlarni hisobga olgan holda iqtisodchilar ushbu konsepsiyani asoslab berishga harakat qilmoqdalar. mehnatga layoqatli aholining munosib mehnat asosida qashshoqlikdan mustaqil ravishda chiqib ketishi uchun qator chora-tadbirlar va shartsharoitlarni aniqlashtirib o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA'SIR QILUVCHI TASHKILIY IQTISODIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH»

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA'SIR QILUVCHI TASHKILIY IQTISODIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Mirzayev Kulmamat Djanzakovich

SamISI, Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri professor Shodiyev Fazliddin Qalandar o'g'li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanish uchun kambag'allikni qisqartirishga ta'sir etuvchi tashkiliy iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish tushuntirildi, kambag'allikni kamaytirish bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi hamda Respublika Prezidenti tomonidan aniq belgilab berilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda iqtisodchilar ushbu konsepsiyani asoslab berishga harakat qilmoqdalar. mehnatga layoqatli aholining munosib mehnat asosida qashshoqlikdan mustaqil ravishda chiqib ketishi uchun qator chora-tadbirlar va shart-sharoitlarni aniqlashtirib o'tildi.

Kalit so'zlar: kambag'allik, xizmatlar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, konsepsiya.

Kirish. O'zbekistonda mehnat bozori siyosati va mehnatga haq to'lash siyosatini takomillashtirishsiz bugungi kunda kambag'allik muammosini samarali hal etib bo'lmaydi. Aholiga manzilli ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish zarurligini e'tirof etgan holda shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi sharoitda ushbu dasturlar ko'p jihatdan mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismidagi yuqori darajadagi kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan. Agar davlat tomonidan belgilangan siyosati aholi bandligini oshirishga, yangi ish o'rinlarini yaratishga va mavjudlarini saqlab qolishning tashkiliy-moliyaviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan bo'lsa, kambag'allik darajasini real pasaytirishga erishiladi.

Davlatimiz rahbarining Murojatnomasida 2023-yilda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilayotgan siyosatning ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan. Xususan, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, kambag'allikni bartaraf etish chora-tadbirlari mahalla miqyosida davom ettiriladi. Aholi tashabbus ko'rsatgan loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb uch baravar ko'p, salkam 8 trillion so'm mablag' yo'naltirish ko'zda tutilgan.

Hududlar o'rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirishni ta'minlovchi mexanizm ishga tushirilib, ular sharoiti va salohiyatidan kelib chiqib, besh toifaga ajratildi. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kredit va kompensatsiyalarni toifalardan kelib chiqib ajratish ko'zda tutilgan. Ular uchun soliq stavkalari ham har xil bo'ladi. O'tgan yilda oilaviy biznes dasturi uchun 12 trillion so'm ajratildi. Bunday kreditlarning maksimal miqdori ortdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 25-yanvardagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun "Agrobank" ATB,

"Mikrokreditbank" ATB va AT Xalq bankiga 300 million dollar miqdorida mablag'lar uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga 10 foiz stavkada ajratildi.

Mavzuga oid dabiyotlarning tahlili: Iqtisodiy rivojlanish o'z-o'zidan aholi farovonligini bir xilda o'sishiga va tengsizlikning kamayishiga olib kelmaydi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib ta'kidlash joizki, bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lsada, muammolardan faqat bittasini hal qilishga qaratilgan siyosat boshqalarni yomonlashtirishi mumkin. Shunday qilib, kambag'allik, tengsizlik va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liq hamda bir-biriga ta'sir qiladi. Iqtisodiy o'sishning kambag'allik va tengsizlik darajasiga ta'siri ham salbiy, ham ijobiy bo'lishi mumkin. Xususan, iqtisodiy o'sish iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarining notekis rivojlanishiga, shuningdek, mamlakatning iqtisodiy o'sishning ayrim manbalariga qaramligini chuqurlashtirishga bu esa, o'z navbatida, tengsizlikning kuchayishiga olib keladi. Bundan ko'rinadiki, kambag'allik darajalarini aniqlash uning kelib chiqish sabablari va uni qisqartirishda hozirgi BiGDATA ga suyangan holda ekonometrik modellarni qo'llash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Iqtisodiy o'sish manbalariga qaramlikning kuchayishi kapital va malakali mehnat o'rtasidagi bir-birini to'ldirish, texnologik o'zgarishlar bilan bog'liq malakalar va umumiy daromaddagi kapital ulushini oshirish kabi omillar tufayli tengsizlikni oshiradi. Bunda davlat siyosati raqobatni kuchaytirish va korrupsiyani kamaytirishga qaratilishi kerak, bu esa o'z navbatida tengsizlikning kamayishiga olib keladi. Boshqa tomondan, iqtisodiy o'sish aholi bandligini va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirishga, mamlakat ichida qayta taqsimlash uchun resurslarni "Yangi O'zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ko'paytirishga olib keladi. Bularning barchasi tengsizlik va umuman kambag'allik darajasini pasaytirishga yordam beradi. Ushbu masalalar bo'yicha Jahon banki tomonidan ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, iqtisodchilar Devid Dollar va Aart Kraay iqtisodiy o'sish va kambag'allik munosabatlarini ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy o'sishning kambag'allikka ta'sirini o'rganib, aholining eng kambag'al qatlamlari daromadlari umumiy o'rtacha daromad bilan bir xil darajada o'sadi degan xulosaga kelishdi. O'rganishlar shundan dalolat beradi-ki, bu hodisalar turli mintaqalarda va turli davrlarda kuzatiladi hamda mamlakat darajasida ko'plab omillar bilan belgilanadi, bu esa, o'z navbatida, kambag'allikni bartaraf etishda iqtisodiy o'sish muhimligini isbotlaydi. Shunday qilib, so'nggi o'n yilliklarda olib borilgan ekonometrik tahlillar iqtisodiy rivojlanish, aholi o'rtasida tengsizlik va farovonlikning bir xilda o'sishi tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini aniq ko'rsatmoqda. Bu uch masaladan faqat bittasini hal qilishga qaratilgan iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlar qolgan ikkitasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu borada Jahon bankining sobiq bosh iqtisodchisi Francois Bourguignon "Uchburchagi: kambag'allik-iqtisodiy o'sish-tengsizlik" iqtisodiy modelini yaratdi, uning asosi dunyoda kambag'allik darajasining o'zgarishini mamlakatni to'liq daromadlarning o'sishi va daromadlar tengsizligi bilan aniqlash mumkin degan g'oyaga asoslanadi. Bu modelni o'rganishlarga ko'ra, bir tomondan, daromadlarning

umumiy darajasi va iqtisodiy o'sish, ikkinchi tomondan, mamlakatda taqsimlash va qayta taqsimlanishining o'zgarishi bir-biriga ta'sir qilishini ifoda etadi. Har ikkala hodisa ham o'z navbatida mutlaq kambag'allik darajasiga ham, umuman kambag'allikning qisqarishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida aniqlangan modeldan foydalangan holda ilmiy yondashuv, qiyosiy tahlil, tahlil va sintez, tanlab olish, iqtisodiy-statistik tahlil, ekonometrik modellashtirish va prognozlash usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar: O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 27-fevral kuni tadbirkorlik orqali kambag'allikni kamaytirish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. "Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, 12-15 % yoki 4- 5 million kishi kambag'al. Demak, ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so'mdan oshmaydi. Yoki oilada mashina ham, uy hayvoni ham bo'lishi mumkin, lekin agar odam og'ir kasal bo'lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolashga ketadi. Bunday oilani o'zini-o'zi ta'minlaydigan oila deb atash mumkinmi? Prezidentimiz xalqimiz hayotida nimalar bo'lyapti, oziq-ovqat, davolanish, ta'lim-tarbiya, farzandlari uchun kiyim-kechak kabi savollar har kuni qiynayapti. Yig'ilishda davlat rahbari yana qo'shimcha qildi: "Kambag'allikning qisqarishi oylik yoki pensiya nafaqalari, ommaviy kreditlar ko'payishini anglatmaydi. Buning uchun, birinchi navbatda, kasb-hunarga o'rgatish, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik, infratuzilma, bolalarga ta'lim-tarbiya berish, sifatli davolash, manzilli imtiyozlar berishni yo'lga qo'yish zarur, - dedi Prezidentimiz. Ayni paytda O'zbekistonda 1,4 millionga yaqin rasman ishsiz ayollar va yoshlar bor. Ishsizlik darajasi ayollar o'rtasida 13 %, yoshlar o'rtasida 15 % ni tashkil etadi. Ayniqsa, Farg'ona, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko'rsatkich yuqoridir. Shu bilan birga, qurilishda 104 ming, kommunal sohada 71 ming, xizmat ko'rsatish sohasida 68 ming, yengil sanoatda 46 ming mutaxassisga bo'lgan ehtiyojni inobatga olgan holda ushbu sohalarda chora-tadbirlar ishlab chiqish, ishsiz aholilarni mutaxassislikka tayyorlash zarur.

O'tgan 2023-yil 18-mayda Toshkent shahrida "Kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ilg'or tajribalarni tatbiq etish" II Xalqaro forumi bo'lib o'tdi. Fo rumda qayd etilishicha, aksariyat mamlakatlar kambag'allikni qisqartirish yo'nalishida faoliyatni xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va to'plangan tajribalarga tayangan holda tayyor amaliyot va strategiyalar asosida amalga oshirayotgan bo'lsa, O'zbekistonda qisqa muddatda kambag'allikni qisqartirish sohasida o'ziga xos tashkiliy dastur shakllantirilib, o'tgan yili joriy etildi va o'z ijobiy natijalarini ko'rsatishni boshladi

O'zbekistonda kambag'allikka qarshi kurash: Nobelchilar tajribasi, Bo'kadagi o'rganish va kutilayotgan natijalar haqida Nobel sovrindorlarining tajribasidan O'zbekistonda foydalanish haqidagi xabar jamoatchilikda qiziqish uyg'otdi. Negaki, 2019 yili Abxijit Benarji va uning turmush o'rtog'i Ester Dyuflo kambag'allikni qisqartirish borasida qo'llagan eksperimentlari uchun Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgandi. O'zbekistonda kambag'allikka qarshi kurashda ularning tajribasi qanchalik qo'l keladi? Mamlakatda kambag'allikka qarshi kurashish ishlari qanday

davom etyapti? Ushbu savollarga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Kun.uz da javob berib o'tdilar.

O'zbekistonda kambag'allikni kompleks o'rganish uchun shu yilning 29 sentyabr kuni prezident tomonidan O'zbekistonda kambag'allikni o'rganish bo'yicha jahon tajribasiga mos ravishda katta va keng tadqiqotlar o'tkazishga topshiriq berildi. Bu tadqiqotlarga 2019 yilda Nobel mukofotini olgan Ester Dyuflo va Abxijit Benarjining tadqiqotlari asos qilib olingan.

—Nobel mukofoti sovrindorlari Ester Dyuflo va Abxijit Benarjining tajribasi va biz undan qanday foydalanishimiz haqida aytib o'tildi.

— Ular AQShning Massachusets Texnologiyalar instituti qoshida laboratoriya ochgan. Hozir biz ham o'sha laboratoriya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqchimiz. Bu laboratoriya bir nechta mamlakatlarda kambag'allikka qarshi kurash bo'yicha qator tajribalarni o'tkazib keladi. Shulardan biri bolalarni maktabga jo'natish va ularning maktabga bormasligining oldini olish bo'yicha maktabda oziq-ovqatni tashkil qilish tajribasi hisoblanadi. Ko'p kambag'al oilalar kiyimi yo'qligi sabab maktabga bormasligini aytadi. Maktabda bolaga kiyim yoki ovqat berish uning bilim darajasiga qanchalik ta'sir qilishi kabi tajribalarning kambag'allikni qisqartirishga ta'sirini o'rganishgan.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta'kidlanganidek, Yangi O'zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurish, inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish va kambag'allikni qisqartirish maqsad qilingan.

Shundan kelib chiqib, ijtimoiy sohaga davlat xarajatlarini oshirish vazifasi qo'yildi. Xususan, 2018 yilda 35 trillion, 2019 yilda 61,3 trillion, 2020 yilda 74,2 trillion, 2021 yilda 85,3 trillion so'm ajratilgan. 2022 yilda esa 105,5 trillion so'm yo'naltirilgan.

2022 yil yakunlariga ko'ra, kambag'allik darajasi 17 foizdan 14 foizga kamaydi. Yangi ish o'rinlarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Yil davomida 200 mingga yaqin tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etilib, 10 mingta korxonaning faoliyati kengaytirildi va 11 mingta korxona quvvati tiklandi. Davlat dasturlari, jumladan, aholini kasb-hunarga o'qitish, mahallalarda tadbirkorlikka ko'maklashish sohasida amalga oshirilayotgani natijasida 1 million kishi kambag'allikdan olib chiqildi.

Agar hukumat o'z sa'y-harakatlarini faqat yuqorida qayd etilgan maqsadlardan biriga erishishga qaratsa, mutlaq kambag'allikni kamaytirishga erishish juda qiyin bo'ladi. Shu bois, hozirgi vaqtda "uchburchak" (Kambag'allik, tengsizlik va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik va ularning o'zaro ta'siri) modeli ko'plab xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlarning rivojlanish strategiyalarini va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qo'llanilib kelinmoqda. Kambag'allikning mamlakatning jismoniy yoki inson kapitalini to'plash qobiliyatiga ta'siri salbiydir. Humberto Lopes va Luis Serven o'zlarining "O'sish uchun juda kambag'al" asarlarida kambag'allikning iqtisodiy o'sishga ta'sirini ekonometrik tahlil qilib, kambag'allikning iqtisodiy o'sishga sezilarli salbiy ta'siri bor" degan xulosaga

kelishdi va bu orqali kambag'al aholi sonining 10 foizga ko'payishi iqtisodiy o'sishning 1 foiz punktga pasayishiga olib kelshini isbotlashdi. Ma'lumot uchun, O'zbekistondagi minimal iste'mol xarajatlari miqdori 2021 yilda 440 ming so'mni tashkil etgan, 2022 yil yanvaridan boshlab esa 498 ming so'm deb belgilangandi. So'nggi marta bu miqdor 2023 yil iyul oyida 498 ming so'mdan 568 ming so'mgacha, 2024 yilning yanvarida esa 568 ming so'mdan 621 ming so'mgacha oshirilgandi.

O'zbekiston Respublikasida kambag'al aholi ulushi 2010 yilda 2001 yilga nisbatan birinchi marta 10,0 foizga yaqin (aniqrog'i 9,8 foiz) kamaygan. Bu esa o'sha davrga nisbatan iqtisodiy o'sish 1,0 foizga oshgan deganidir. 2021 yilda esa 10,5 foizga kamayganini ko'rish mumkin va bu vaqt oralig'ida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy o'sishini 1,05 foizga o'sganligini belgilaydi. Tengsizlik innovatsion rivojlanish va kichik biznes rivojlanishini rag'batlantiradi. Salbiy ta'sir quyidagi omillar bilan bog'liq: imkoniyatlarning tengsizligi ta'lim va ish tanlashga salbiy ta'sir qiladi, davlat institutlari hamda siyosatining samarasizligiga va korrupsiya, fuqarolik nizolarining o'sishiga yordam beradi, shuningdek, aholi tomonidan davlat hokimiyati organlariga bo'lgan ishonch darajasini pasaytiradi. kambag'allikni kamaytirishga moliyaviy islohotlar bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Bu odatda mamlakat iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlariga hamda islohotlar turiga bog'liq.

O'zbekistonda bandlik, ish haqi va qashshoqlikni kamaytirish yoki qashshoqlikka barham berish bilan bog'liq barcha masalalar kambag'allikni qisqartirish milliy dasturi doirasida hal etilishi mumkin.

Dasturda mehnatga layoqatli aholining qashshoqligini bartaraf etishda ikki yo'nalish bo'lishi kerak.

1. Mehnat bozorini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan bandlik va mehnatni rag'batlantirish, ish haqi tizimini takomillashtirish va uning unumdorligini oshirish, aholi o'rtasida kasb-hunar ta'limi va tadbirkorlikni rivojlantirish, barcha qulayliklarni yaratish odamlarning yaxshi mehnat va hayot kechirishi uchun shartsharoitlar yaratilishi qisqa muddatda iqtisodiy faol aholining qashshoqligini sezilarli darajada kamaytirishga, uzoq muddatda esa uni to'liq bartaraf etishga olib keladi. Bu mamlakat mehnat salohiyatini samarali amalga oshirishning asosiy sharti bo'lib, jamiyatda iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy taraqqiyotning poydevori hisoblanadi.

2. Kambaga'llikdan mustaqil ravishda chiqa olmaydigan mehnatga layoqatli aholini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashi lozim. Bankrotlikka olib keladigan pandemiyalar, texnogen va tabiiy ofatlar natijasida ommaviy ishsizlik yuzaga kelgan taqdirda alohida chora-tadbirlar ko'rish zarur. Ishga layoqatli aholiga davlat ijtimoiy yordamini keng ko'lamda amalga oshirishga yo'l qo'ymaslik, aksincha, mehnatga layoqatli aholiga davlat ijtimoiy yordamini o'z joyida ko'rsatishdan maksimal darajada voz kechish zarur. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan real yashash minimumi va kambag'allik chegarasini aniqlash, real eng kam ish haqi miqdorini belgilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, albatta, o'zining samarali natijalarini berishi kerak.

Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, ish haqi ko'proq ijtimoiy funktsiyani emas, balki iqtisodiy funktsiyani bajarishini ta'minlash kerak. Mehnat bozori va mehnat munosabatlarini tizimli ravishda isloh qilish zarur. Bu boradagi maxsus chora-tadbirlar bilan ijobiy natijalarga erishish mumkin emas. Iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro raqobatning kuchayishi sharoitida faol jamiyatni shakllantirish, korxonalar va ishchilarni jahon iqtisodiy muhitiga moslashishga yordam berish, ishchi kuchini mehnat bozorining doimiy o'zgarib turadigan talablariga moslashtirishga va iqtisodiy faol aholiga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Mehnatga layoqatli aholining mustaqil ravishda qashshoqlikdan chiqishi uchun sharoit yaratish quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:

^ Ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish va ish beruvchilar o'rtasidagi raqobatga asoslangan mehnat bozorini shakllantirish;

^ Barcha mamlakatlarda mavjud bo'lgan va ish tajribasi yoki ta'lim turi bilan izohlab bo'lmaydigan erkaklar va ayollarning ish haqi o'rtasidagi farq, ya'ni iqtisodiyotni tashqi savdo va investitsiyalar uchun ochish, bu gender farqini kamaytirishga yordam beradi;

^ Kasb-hunar ta'limi tizimini modernizatsiya qilish va talabni tashkil etish shartlarini chuqur o'rganishni yaratish;

^ Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashda tarmoqlar va hududiy talablardan kelib chiqqan holda qabul kvotalarini shakllantirish;

^ Hududiy bandlikka ko'maklashish markazlari, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari negizida o'quv va malaka oshirish majmualarini tashkil etish;

^ Biznes markazlari bilan birgalikda ishsiz fuqarolar va mehnatga layoqatli ishsizlarni tadbirkorlik asoslariga o'rgatish;

^ Oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo'yicha mablag'larning 70% aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ish o'rinlari yaratishga qaratilgan kichik va o'rta biznes loyihalariga yo'naltirish;

^ Kam ta'minlangan aholi bandligini ta'minlovchi korxonalarga bank kreditlari berish;

^ Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlashni uzoq muddatli prognozlash va dasturlash, ularni davlat va boshqa tashkilotlar buyurtmalari asosida taqsimlash amaliyotini joriy etish;

- Ta'lim va kasbiy tayyorgarlik

- Ishlab chiqarishni rivojlantirish

- Ijtimoiy himoya va sog'liqni saqla

- Qishloq xo'jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish

- Mehnat bozorini muvozanatlash:

Bu iqtisodiy mexanizmlar kanbag'allikni kamaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim rol o'ynashi mumkin. Ushbu strategiyalar orqali aholining turmush darajasini oshirish va mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash mumkin.

Xulosa va takliflar. Bu aholi turmush darajasini oshirish, qashshoqlikni kamaytirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, mehnat bozoriga qo'shimcha faol dasturlarni joriy etish, aholini qo'llab-quvvatlash bo'yicha manzilli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, maqsadli davlat dasturlari loyihasini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Bundan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash mumkinki, kambag'allikni qisqartirishni o'rganishda ekonometrik modellarni qo'llashda bir qator omillar xarakterlidir: aholining qarishi va migratsiya o'zgarishlarining bugungi sharoitida yoshlar, ayollar, keksa ishchilar, shuningdek, kambag'allik darajasi past. malakali ishchilar ishchilar soni va ularning tegishli kuzatishlari: yillik statistik ma'lumotlar, miqdoriy ko'rsatkichlardan tashqari sifat ko'rsatkichlarining mavjudligi: ishlab chiqilgan dastur va qarorlarning ta'sirini keltirish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, kambag'allikni qisqartirishni o'rganishda ekonometrik modellardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari borligini tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/

2. Xalqimizga baliq emas, qarmoq berishimiz kerak - Prezident https : //kun. uz/news 27.02.2020-yil

3. Beglova E.I., "Mehnatkash odamlarning qashshoqligini bartaraf etish konseptsiyasi", Iqtisodiyot va huquq masalalari. 2011 yil.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2021 yil 5 mart, 122-son qarori. https://lex.uz/docs/5319768

5. Musayeva Z. A. "Основные понятия бедности, причины и методы измерения бедноси, International journal of research in economics and social sciences (I m p a c t Fa c t o r (2 0 2 1): 8. 0 1 8 |) "IJRESS", 2021 mart, p. 25-43.

6. Musayeva Z. A. "O'zbekiston Reespublikasi iqtisodiyotining rivjlanishi bilan tengsizlikning kuchayishi o'rtasidagi bog'liqlik munosabatlari", "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar», Tom 11, №3, 2023 g. 234-246 betlar.

7. Musayeva Z.A. "O'zbekiston Respublikasida kambag'allikni qisqartirishga ta'sir etuvchi omillar tahlili", "Logistika va iktisodiyot" ilmiy jurnali, 192-201 betlar.

8. Musayeva Z.A. «Kambag'allik, tengsizlik, iqtisodiy rivojlanish va byudjet imkoniyatlarining o'zaro ta'siri», (Tom 23 № Maxsus_son (2022): Ekonomika i obrazovanie) jurnali, 34-40 betlar (08.00.00/2).

9. Official website of World Economic Forum URL: https://www.weforum.org. (Last accessed 2019).

10. Обратить реформы на благо всех и каждого / Бедность и неравенство в странах Европы и Центральной Азии. - Всемирный Банк. - Вашингтон, 2001.- 495 с

11. Ilyasovna A. S. YANGI O'ZBEKISTON SHAROTIDA MAISHIY XIZMAT KO 'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 7. - С. 9-14.

12. 6. Artikova S. I., Abduraxmonov S. A. O. G. L., Abduraxmonov S. A. O. G. L. Maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishining iqtisodiy ahamiyati //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 11. - С. 1182-1189.

13. 7. Артикова Ш. И. Теоретические вопросы занятости населения в условиях развития сферы услуг //Приоритетные направления развития науки и образования. - 2020. - С. 60-62.

14. Faxriddinovich U. F., Umidbek o'g'li R. F., Xatam o'g'li S. B. BUY-SIDE AND SELL-SIDE SYSTEM IN ELECTRONIC COMMERCE //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 12. - С. 1531-1536.

15. Faxriddinovich U. F., Valizoda N. U., Raxmatillo O'g'li X. S. ANALYSIS OF THE MAIN CAUSES OF POVERTY IN COUNTRIES AROUND THE WORLD //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 584-587.

16. Faxriddinovich U. F., Sa'dullayevich Q. A., Vohid o'g'li A. J. The Role of Artificial Intelligence and Smart Media in the Development of Tourism Services //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 67-70.

17. Faxriddinovich U. F., Yoqubovich K. A. XITOY IQTISODIYOTI VA UNING JAHON IQTISODIYOTIDA TUTGAN O 'RNI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 45-50.

18. Ulugmurodov F. F., Karshiev S. A., Akbarov J. V. NEW CHARACTERISTICS OF MOBILE TECHNOLOGY INNOVATIONS IN ECOMMERCE //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 56-59.

19. Ulugmurodov F. F., Nabiyeva U. V. QISHLOQ XO 'JALIGI KORXONALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI ISHSIZLAR SONINI KAMAYTIRISH //Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. - 2024. -Т. 2. - №. 1. - С. 580-586.

20. Faxriddinovich U. F., Raxmatillo O'g'li X. S., Valizoda N. U. Effective Use Of Crowdfunding Opportunities In The Organization Of Electronic Business In The Conditions Of The Digital Economy //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 788-791.

21. Faxriddinovich U. F., Dilmurod o'g'li A. A., Mashrab o'g'li U. M. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE DIGITAL ECONOMY //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 36. - С. 360-362.

22. Faxriddinovich U. F., O'g'li N. M. X. COVID-19 PANDEMIYASINING ROSSIYA IQTISODIYOTIGA TA'SIRI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 39-44.

23. Faxriddinovich U. F., Xusniddinovich A. F. O 'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 60-63.

24. Durbek M., Faxriddinovich U. M. F. O 'ZBEKISTONDA TRANSPORT XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 12-16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.