Научная статья на тему 'KAMBAG‘ALLIK VA QASHSHOQLIKKA QARSHI KURASHISH: OLDINI OLISH YO‘LLARI, USULLARI VA MAZMUN-MOHIYATI'

KAMBAG‘ALLIK VA QASHSHOQLIKKA QARSHI KURASHISH: OLDINI OLISH YO‘LLARI, USULLARI VA MAZMUN-MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
180
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BMT / aholi / kambag‘al / qashshoq / Evropa / MDH / Mingyillik deklaratsiyasi / Addis-Abeba Harakatlar dasturi / jamoatchilik / O‘zbekiston / Pandemiya / turli tarmoqlar va h.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xudoyberdiyev Jamshid Juraboy O’g’li

Maqolada kambag‘allik va qashshoqlikka qarshi kurashish, uning oldini olish yo‘llari va usullari, kambag‘allikni tugatish masalasida dunyo davlatlari va mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar, ushbu salbiy holatning oldini olish borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganligi hususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAMBAG‘ALLIK VA QASHSHOQLIKKA QARSHI KURASHISH: OLDINI OLISH YO‘LLARI, USULLARI VA MAZMUN-MOHIYATI»

KAMBAG'ALLIK VA QASHSHOQLIKKA QARSHI KURASHISH: OLDINI OLISH YO'LLARI, USULLARI VA MAZMUN-MOHIYATI Xudoyberdiyev Jamshid Juraboy o'g'li

"Sambhram universiteti" NTM "Biznes boshqaruv" kafedrasi o'qituvchisi Email: [email protected] Tel: +998995551555 https://doi.org/10.5281/zenodo.10800358

Annotatsiya. Maqolada kambag'allik va qashshoqlikka qarshi kurashish, uning oldini olishyo'llari va usullari, kambag'allikni tugatish masalasida dunyo davlatlari va mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy ishlar, ushbu salbiy holatning oldini olish borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganligi hususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: BMT, aholi, kambag'al, qashshoq, Evropa, MDH, Mingyillik deklaratsiyasi, Addis-Abeba Harakatlar dasturi, jamoatchilik, O 'zbekiston, Pandemiya, turli tarmoqlar va h.

Aннотация. В стате рассматриваеця борба с бедностю, пути и средства ее предотвращения, практическая работа по искоренению бедности в мире и в нашей стране, что делаеця для предотвращения етой негативной ситуации.

Ключевые слова: ООН, население, бедные, обнищавшие, Европа, СНГ, Декларация тысячелетия, Aддис-Aбебский план действий, общественност, Узбекистан, пандемия, различные секторы и т. д.

Abstract. The article deals with the fight against poverty, ways and means of its prevention, practical work on the eradication of poverty in the world and in our country, what is being done to prevent this negative situation.

Keywords: UN, population, poor, impoverished, Europe, CIS, Millennium Declaration, Addis Ababa Action Plan, public, Uzbekistan, Pandemic, various sectors, etc.

Har bir insonga kunlik zarur bo'ladigan eng kam miqdordagi ta'minotning etishmasligi zamonaviy dunyo davlatlari taraqqiyoti uchun boshqa xavflardan kam bo'lmagan — kambag'allik xavfini keltirib chiqarmoqda. Zero, buning zamirida shaxs, jamiyat va davlatning bugungi va ertangi kuni, barqaror taraqqiyotning asoslari mujassam. SHu bilan birga, kambag'allikni bartaraf etish, buning uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish amalda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichga o'tishini ta'minlaydi. Ayni vaqtda, kambag'allikka qarshi kurashish uzoq va murakkab jarayon bo'lib,u institutsional va tizimli yondashuvni taqozo etadi. Bu omil bolaning o'zgalardan ajralib qolishidagi eng katta sabablardandir. Ko'zini ochib ota-onasini og'ir ahvolda va oilasini tanglik, siqilgan holda ko'raverish uning odamoviligini, ko'pchilikdan begonalashuvini ku-chaytiradi. U yaqinlari yoki qo'shni bolalar, maktabdagi do'stlari oldida o'zining etishmovchiligidan, doimiy g'amgin holatidan ich-ichdan eziladi. O'zini yashirgani joy topolmay yuradi yoki aksincha, "omadi" chopganlarga nisbatan g'arazini ochiq namoyish qilish payida bo'ladi. Agar oiladagi vaziyat shunday davom etaversa, bu holdagi bolaning ruhan etuk bo'lib ulg'ayishini kutish, albatta, qiyin. SHubhasiz, u jamiyatga nafrat va g'azab ko'zi bilan qaraydi. SHu tariqa shakllangan fe'l-atvor oqibatida ezgu orzu-niyatlaridan umid uzib, yaxshi o'y-xayollarini yomon g'arazlarga almashtiradi.

BMTning ma'lumotlariga ko'ra, Er yuzida 700 mln. dan ortiq odam qashshoqlikda kun kechiradi. Kambag'allikning yuqori darajasi asosan turli nizolar mavjud bo'lgan mamlakatlarga to'g'ri keladi.

Kambag'allik va qashshoqlikka qarshi kurashish BMT kun tartibidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu borada tashkilot tomonidan bir qator muhim ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 1992 yilda BMT Bosh assambleyasining 47/196 rezolyusiyasi asosida 17 oktyabr — Xalqaro qashshoqlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.

Tegishli rezolyusiyalar asosida 1997-2006 yy., 2008-2017 yy. va 2018-2027 yy. BMTning qashshoqlikka qarshi kurashish o'n yilliklari sifatida belgilandi.

Kambag'allik va qashshoqlikka qarshi kurashish tashkilotning Mingyillik deklaratsiyasi (2000 y.), Addis-Abeba Harakatlar dasturi (2015 y.) va 2030 yilgacha bo'lgan barqaror rivojlanish (2015 y.) kabi hujjatlarda o'z aksini topgan. SHu bilan birga, Mingyillik rivojlanish maqsadlarining 1-bandida o'ta qashshoqlikka qarshi kurash vazifasi belgilangan. Ushbu hujjatlarda, jumladan, har bir davlat milliy va global miqyosda kambag'allikka qarshi kurashish sohasida zarur shart-sharoitlarni yaratish, gender tengligini ta'minlash, ijtimoiy himoya choralarini ko'rish va boshqa qator masalalar bo'yicha zarur choralarni amalga oshirishi belgilab qo'yilgan.

SHu o'rinda kambag'allikni aniqlash darajasi, uning o'lchovlari xususida to'xtalish joiz. Bu borada xalqaro tashkilotlar tomonidan tegishli yondashuv va mezonlar ishlab chiqilgan. Xususan, Jahon banki tomonidan kambag'allikni aniqlashda mezon sifatida kunlik daromadi 1,9 AQSH dollarini tashkil qiladigan aholi toifalari kiritiladi. Bu kambag'allik chizig'i sifatida belgilangan.

Kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha Evropa tashkiloti (EAPN) insonlarni kambag'allikka olib keluvchi bir nechta muhim omillarni ko'rsatadi. Jumladan, ishsizlik, ta'limning past darajasi, nogironlik, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati va h. Mutaxassislar fikricha, ushbu barcha holatlar kambag'allikka qarshi kurashishda e'tiborga olinishi lozim.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukning fikricha, Markaziy Osiyoda qashshoqlikning qisqarishi sohasida muayyan o'sish kuzatilmoqda. SHu bilan birgalikda, xalqaro mutaxassis, ushbu jarayonda barqaror va inklyuziv o'sishni ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar mintaqa davlatlarining ustuvor vazifalardan biri bo'lishi lozim, deb hisoblaydi.

Jahon iqtisodiyotiga o'tish davrida bo'lgan mamlakatlarda qashshoqlik darajasini qiyoslash uchun, kambag'allik chegarasi AQSHda bir kishi uchun kuniga 2,15 AQSH dollarini tashkil etadi. YA'ni, chegarasi, oilaviy daromad oyiga har bir oila a'zosi uchun kamida 65 AQSH dollarini tashkil etadi.

Qashshoqlik darajasi - aholi (uy xo'jaliklari) umumiy kambag'allik chegarasidan past bo'lgan xarajatlar (daromad) darajasi, umumiy aholi (uy xo'jaliklari)ga nisbatidir.

Jamoatchilik fikrini o'rganish so'rovnomalari natijalariga ko'ra, xalqning xukumatdan noroziligi - uni qashshoqlikni eng asosiy muammosi sababchisi, doimiy tashvish va xavotir keltiruvchi deb hisoblaydi. Turli so'rovnomalarda uni - yashash uchun kerakli vositalarning etishmasligi, kam daromadlar, oilaning kambag'allik holati, kambag'allik va qashshoqlikda yashovchi insonlar soni ko'pligi deb atashadi.

Bozor islohatlari bilan shug'ullanuvchi nazariyotchilar kapitalizmga o'tishning dastlabki yillarida aholi o'rtasida qashshoqlik darajasi o'sishini oldindan ogohlantirishadi, lekin keyinchalik qashshoqlikni keltirib chiqaradigan «chirigan» rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti bilan taqqoslaganda, nisbatan shiddat bilan o'sadigan samarali bozor iqtisodiyotini oldindan bashorat qilishgan. Biroq, bularni hech qaysi biri sodir bo'lmadi. Qashshoqlik eng asosiy muammo sifatida post-sovet jamiyatlarida saqlanib qolmoqda.

Kambag'allikni kamaytirishda dunyo bo'yicha Xitoy tajribasi namunali. Iqtisodiy islohotlar boshlangan o'tgan asrning 80-yillaridan boshlab hozirgacha Xitoy 800 milliondan ziyod aholini kambag'allikdan chiqardi. 2020 yil kambag'allikni butunlay tugatish yili deb e'lon qilingan. Bugungi kunda aholini, ayniqsa, qishloq joylarida band qiladigan asosiy yumush - bu mayda ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat, oilaviy biznes. Deyarli barcha mahsulotlar onlayn savdo bilan iste'molchilarga etkaziladi. XXRning davlat Kengashida kambag'allik bilan kurashish qo'mitasi faoliyat yuritadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2021 yilda 70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 turdagi kasb-hunarga o'qitish, 39,6 ming nafar ishsizlarni tadbirkorlik ko'nikmalariga o'rgatish, 50 ming kishini tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillariga o'qitish reja qilingan. Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar ko'lami ham kengaytirilmoqda. O'zbekistonda kambag'allik darajasi yangicha tajriba asosida o'rganilmoqda.Unda jahonning ilg'or mamlakatlari tajribasi, xususan, AQSHning taniqli olimlari, 2019 yildagi Nobel mukofoti laureatlari Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va Maykl Kremerning kambag'allikni qisqartirish bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlari natijalaridan foydalanildi.

Kambag'allikka qarshi kurash mamlakatimizda nisbatan yangi yo'nalish hisoblanadi. Bu borada belgilangan maqsadga erishishda mazkur vazifani amalga oshirish bilan bog'liq instrument va usullarni real holatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, eng samarali yo'l sifatida baholanmoqda.

Xalqaro kambag'allik darajasi birinchi marta e'lon qilinganidan so'ng bir necha bor qayta ko'rib chiqildi va bir qator mamlakatlarda vaziyat o'zgarishi va ko'proq ma'lumot paydo bo'lishi bilan o'zgarib bordi. So'nggi marotaba global qashshoqlik chegarasi 2011 yilgi xarid qobiliyati pariteti (XQP) narxlari asosida har bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar miqdorida belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida nutq so'zladi. Unda mamlakatimiz rahbari bir qator dolzarb tashabbuslarni bildirdi. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan kambag'allikni qisqartirish va unga qarshi kurashish masalasini BMTning navbatdagi sessiyasi asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash, shuningdek, ushbu mavzuda Global sammitni o'tkazish to'g'risidagi tashabbusi, shubhasiz, jahon hamjamiyati oldida turgan yirik muammolardan biriga samarali echim topishga qaratilgan. Ayniqsa, 6 oydan buyon davom etayotgan pandemiya ushbu muammoni yanada dolzarblashtirdi.

Har bir insonga kunlik zarur bo'ladigan eng kam miqdordagi ta'minotning etishmasligi zamonaviy dunyo davlatlari taraqqiyoti uchun boshqa xavflardan kam bo'lmagan-kambag'allik xavfini keltirib chiqarmoqda. Zero, buning zamirida shaxs, jamiyat va davlatning bugungi va ertangi kuni, barqaror taraqqiyotning asoslari mujassam. SHu bilan birga, kambag'allikni bartaraf etish, buning uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish amalda mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichga o'tishini ta'minlaydi. Ayni vaqtda, kambag'allikka qarshi kurashish uzoq va murakkab jarayon bo'lib, u institutsional va tizimli yondashuvni taqozo etadi.

BMTning ma'lumotlariga ko'ra, Er yuzida 700 mln. dan ortiq odam qashshoqlikda kun kechiradi. Kambag'allikning yuqori darajasi asosan turli nizolar mavjud bo'lgan mamlakatlarga to'g'ri keladi.

SH.Mirziyoev o'zining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday degan edi: kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir. SHuningdek,

mamlakatimiz rahbari ushbu Murojaatnomada kambag'allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qildi. Asosiysi, mamlakatimizda kambag'allikka qarshi kurashishda ilg'or xorijiy tajriba, xalqaro me'yorlar, aniq mezonlar va baholash usullariga asoslangan yangi metodologiya yaratish lozimligi ta'kidlandi. Boshqacha aytganda, ushbu jarayon ilmiy asoslangan va amaliy xarakterga ega bo'lsa kutilgan natijani beradi.

Prezident SH.Mirziyoev ta'biricha, "xalqimizga baliq tutishni o'rgatishimiz, qarmoq berishimiz lozim". Bugungi kunda o'tgan 3 yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar kambag'allikka qarshi kurashishda muhim poydevor vazifasini o'tamoqda. SHu bilan birga, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha xorijiy davlatlar tajribasi va sohaning yirik mutaxassislarning tadqiqotlari muntazam o'rganilmoqda. Ushbu o'rganishlar asosida O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha yaqin istiqbolga mo'ljallangan dastur va konsepsiya ishlab chiqildi. SHuningdek, O'zbekistonda 2030 yilgacha kambag'allikni qisqartirish bo'yicha strategiya loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Albatta, bugun mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bu boradagi dastlabki qadamlar hisoblanadi. Bu borada ijtimoiy, iqtisodiy, ma'rifiy-madaniy sohalarning hamkorlikdagi faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlarning shaffofligini ta'minlash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, ushbu tashabbus BMT va unga a'zo-davlatlar tomonidan pandemiya sharoitida vujudga kelgan yangi tahdidlarni inobatga olgan holda mazkur masalaga yondashuvni strategik jihatdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etishi bilan ham ahamiyatlidir.

• Kambag'al oilalarga to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy va nomoliyaviy moddiy yordam ko'rsatish, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kambag'al aholini to'liq qamrab olish;

• Kambag'al oilalar farzandlarini yoki keksalarni kiyim-kechak, kundalik ehtiyoj mollari bilan ta'minlash va boshqa ko'rinishdagi moddiy yordam ko'rsatish tizimini ishlab chiqish;

• Kambag'al oilalarniga uy-joy bilan ta'minlash, kommunal to'lovlardan imtiyoz berish tizimini yaratish, arzon va samarador infratuzilma bilan ta'minlash choralarini ko'rish.

• Kambag'al aholi tarkibida bandlikni qo'llab-quvvatlash;

• Kambag'al aholini kasb-hunar, xorijiy til va zamonaviy texnologiyalarni egallashga

yo'naltirish;

Kambag'al aholiga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan er ajratish; Kambag'al oilalar bilan o'zaro shartnoma asosida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik mahsulotlari etishtirish tizimini yo'lga qo'yish;

• Kambag'al aholini tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, dastlabki moliyaviy, texnikaviy hamda boshqa yo'nalishlarda ko'mak ko'rsatish;

• Kambag'al oilalarga imtiyozli shartlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik yo'nalishlari bo'yicha kreditlar ajratish;

• Kambag'al oilalarga imtiyozli shartlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik yo'nalishlari bo'yicha kreditlar ajratish.

Prezident SHavkat Mirziyoev 2020 yil fevraldagi parlamentga murojaatida ilk bor O'zbekiston aholisining kambag'al qatlami haqida so'zladi. Respublika aholisining 12-15 foizi kambag'al ekani, ularning umumiy soni 4,5-5 million nafarligini ta'kidladi.

Pandemiya va uning salbiy oqibatlari mamlakatda kambag'allik darajasi yanada ortishiga olib keldi. Ayni paytda bu bo'yicha yangi hisob-kitoblar ma'lum qilinganicha yo'q.

Hisob-kitoblar natijasida kambag'al deya ta'riflanayotgan aholining kunlik daromadi 1013 ming so'mni tashkil etishi ma'lum bo'lgan. Biroq ayni paytgacha aholining minimal iste'mol

xarajatlari qanchaligi e'lon qilinmayapti. Dunyo miqyosida esa aholi turmush darajasi minimumi muhim ahamiyatga egaligi ma'lum va bu doimiy e'tibordagi ko'rsatkichlardan hisoblanadi.

Kambag'allikka turli davlatlarda har xil izohlar, ayricha fikrlar bildiriladi. Umuman, jahon tajribasida biror shaxs yoki ijtimoiy guruhning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan minimal ehtiyojlar, mehnatga layoqatlilik hamda avlodini davom ettirishga imkoniyati etarli bo'lmagan kabi iqtisodiy holatlarni tavsiflovchi tushunchaga kambag'allik deyiladi. Buni aniqlashda bir nechta chegara bo'lib, aholining munosib turmush kechirishi uchun ma'lum bir me'yor belgilanadi. Agar kishining daromad (yoki xarajat)lari belgilangan me'yordan past bo'lsa, u kambag'al hisoblanadi.

Kambag'allik chegarasi kunlik eng kam miqdordagi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar yoki olingan daromadlar hamda oilaning ma'lum bir guruhdagi tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali belgilanadi. Masalan, Davlat statistika qo'mitasining kambag'allikni o'lchash uslubiyotiga binoan, O'zbekistonda kunlik 2100 kkal.dan kam iste'mol (xarajat) qilgan kishilar kambag'al deyiladi. O'ylab qaralsa, respublikada kambag'allik darajasi rasman e'tirof etilib, unga qarshi kurashish choralari ko'rilayotgan bir paytda pandemiya boshlandi. 2020 yil martida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Mutaxassislar fikricha, mazkur vazirlikning tuzilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birga, kambag'al aholi moddiy ta'minotida ham amaliy ko'mak berishga bo'lgan muhim qadamdir.

Koronavirus pandemiyasi dunyo davlatlari qatori O'zbekiston aholisi uchun ham katta yo'qotishlar olib keldi. YAshash uchun eng muhim resurs moddiy ta'minlanganlik darajasi tushib ketdi. Ishsizlar, bemorlar, moddiy yordamga muhtojlar safi karrasiga ortdi. Odamlar g'oyat og'ir vaziyatda qolishdi.

Mazkur holatda O'zbekiston hukumati ehtiyoji o'ta yuqori fuqarolarni aniqlab, ularni moddiy qo'llab-quvvatlovchi dastur - «temir daftar» tizimini joriy etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, respublika miqyosida mazkur ro'yxatga kirgan 594,3 ming oila va ularning 2,5 million nafar a'zosi (shundan 648 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz oila a'zolari) kiritilib, joriy yil 1 mart holatiga 641,3 ming nafarining (99 foiz) bandligi ta'minlandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hozirgi kunga qadar «temir daftar»ga kiritilgan 600 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga jami 1,37 trillion so'mlik to'g'ridan to'g'ri moddiy va nomoddiy yordamlar ko'rsatilganini ochiqladi.

Qayd etilishicha, kam ta'minlangan oilalarning daromad manbaini yaratish orqali respublika bo'yicha 2021 yil 1 mart holatiga 515,9 ming oila va ularning 2,2 million nafar a'zolari «temir daftar» ro'yxatidan chiqarilgan. SHu bilan birga, o'tgan yilda ijtimoiy ko'makka muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam ajratish qamrovi ham oshirilgan. Jumladan, bola parvarishi uchun nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni o'tgan yil yakunida yil boshiga nisbatan ikki baravarga, ya'ni 600 ming nafardan 1,2 million nafargacha ortgan. SHuningdek, o'rta va uzoq muddatlarda kambag'allikni qisqartirishning strategik maqsadlarini belgilash maqsadida, Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi ekspertlari bilan birga «2021-2030 yillarga qadar O'zbekiston Respublikasida kambag'allikni qisqartirish strategiyasi» loyihasi ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo'yildi.

Kambag'allar soni 5 million nafar atrofida deya aytilayotgan bir davrda bu kabi harakatlar qamrovini kengaytirish va jadallashtirish muhim ahamiyatga ega.

Kambag'allikka qarshi kurash mamlakatimizda nisbatan yangi yo'nalish hisoblanadi. Bu borada belgilangan maqsadga erishishda mazkur vazifani amalga oshirish bilan bog'liq instrument

va usullarni real holatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, eng samarali yo'l sifatida baholanmoqda.

Har bir inson farovon va baxtli yashashga haqli. Insonlarni yaxshi yashashga intilgani uchun ayblab bo'lmaydi. Ayni vaqtda, kambag'allik domiga tushib qolgan har bir fuqarodan ham o'z hayotini o'zgartirishga bo'lgan kuchli xohish, yangilanishlardan qo'rqmaslik va doimo oldinga intilish talab etiladi. Zero, qars ikki qo'ldan chiqadi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, yaxshi hayot o'z-o'zidan yaratilmaydi, buning uchun mehnat qilish kerak. YAxshi, to'q, farovon hayotni bizga hech kim yaratib bermaydi, uni o'z mehnatimiz bilan yaratamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2018. -80 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. "Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida". PF-6012-son 22.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4872355

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida. PF-6013-son 29.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4875784

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. "YOshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida". 369-son 10.06. 2020. https://Lex.uz/ru/docs/4850220

5. Mirziyoev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.2-jild, Toshkent, O'zbekiston, 2018 yil, 508 bet.

6. Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild, Toshkent, O'zbekiston, 2017 yil, 592 bet.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. Toshkent, "Adolat", 2018 yil, 112 bet.

8. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, O'zbekiston, 2017. 491 b.

9. Ibodullaevich, K. K., & Bahromovna, T. D. (2020). CORRUPTION: CONCEPT, GENESIS, EVOLUTION AND SURVIVAL TRENDS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(5), 409-413.

10. Ibodullaevich, K. K., & Kizi, U. G. K. (2021). Types, forms of corruption, causes and consequences. Scientific progress, 1(4).

11. Khidirov, K. I., Ortikov, O. K., Yodgorov, Z. S., & Ernazarov, A. A. (2015). Military management and army structure of Sheybanids. In The Fourth International conference on development of historical and political sciences in Eurasia (pp. 8-11).

12. Хидиров, Х. И., ^аюмов, A., & Рашидова, Р. (2021). КОРРУПЦИЯ^ ^РШИ КУРAШ БОРAСИДAГИ ФAЛСAФИЙ ПAРAДИГМAЛAР. Scientific progress, 1(4).

13. Ibodullaevich, K. K., & Bahromovich, T. S. (2021). THE ROLE AND ROLE OF PUBLIC CONTROL IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ISPCIEI), 4-4.

14. Raximova, D., & Khidirov, K. (2021). IN MANAGING THE EDUCATIONAL PROCESS MANAGEMENT RESPONSIBILITY. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 332-336.

15. Ibodullaevich, K. K., & Abdullaevna, F. K. (2021). THE IMPORTANCE OF" TEMUR TRAINS" IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ISPCIEI), 6-6.

16. Ibodullaevich, K. K. (2021). Islam in the fight against corruption the role and role of religion. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1883-1887.

17. Khidirov, K. I., & Gofurova, S. S. (2021). THE UNITED KINGDOM HAS A SPECIAL TEXTBOOK FOR DETECTING FACTS OF CORRUPTION. Scientific progress, 2(1), 121124.

18. Ibodullaevich, K. K., & Bakhromovna, T. D. THE UNITED KINGDOM HAS A SPECIAL TEXTBOOK FOR DETECTING FACTS OF CORRUPTION.

19. Khidirov, K. I., Berdanov, A. A., & Kayumov, A. (2021). MODERN TACTICAL METHODS AND STRATEGIC DIRECTIONS OF COMBATING CORRUPTION IN UZBEKISTAN. Scientific progress, 1(6), 1207-1211.

20. Ibodullaevich, K. K., Hamidovich, O. O., & Bahromovna, T. D. FOREIGN AGAINST CORRUPTION COUNTRY EXPERIENCE.

21. IBODULLAEVICH, K. K. Corruption-Safety Islam in the United States. JournalNX, 6(06), 771 -772.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.