O'ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYA DARAJASINI ANIQLASHTIRISH VA IJTIMOIY ADOLATNI O'RNATISHNING USTUVOR JIHATLARI
Saidjon Sanoyevich Hamroyev
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yurtimizda ijtimoiy adolat tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish va kambag'allikni qisqartish orqali aholini ijtimoiy himoyasi haqida yoritib berilgan. Ijtimoiy adolat tushunchasining hozirgi kundagi ahamiyati va uning inson hayotidagi o'rni ko'rsatib berilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning adolat tamoyiliga asoslanganligi ochib berilgan.
Kalit so'zlar: adolat, ijtimoiy adolat, korrupsiya, kambag'allik demokratiya, siyosat, huquq, davlat, xokimiyat, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy hayot, erkinlik.
ABSTRACT
In this article, the work carried out in our country based on the principle of social justice, including the fight against corruption and the social protection of the population by reducing poverty, is explained. The current importance of the concept of social justice and its place in human life are shown. It has been revealed that the comprehensive reforms implemented in our country are based on the principle of justice
Keywords: justice, social justice, corruption, poverty, democracy, politics, law, state, power, civil society, social life, freedom
KIRISH
Davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni tubdan takomillashtirish, qonun va adolat ustuvorligini ta'minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani har tomonlama rivojlantirish borasida jadal suratlarda katta amaliy ishlar amalga oshirildi. Ushbu jarayonlarda jamiyat hayotining barcha sohalarida ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish davlatimizning bosh maqsadi bo'lib hisoblanadi.
"Ana shu tarixiy zarurat va ob'yektiv ijtimoiy siyosiy jarayon, O'zbekistonning barcha sohalaridagi bugungi taraqqiyoti va istiqbolini belgilaydigan strategik tamoyillar hamda amaliy
November, 2022
485
faoliyat dasturlarini yaratish va ularni amalga oshirish uchun nihoyatda muhim asoslar yaratilmoqda." -deb ta'kidlaydi [1]. , Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Ijtimoiy adolat tamoyili jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalarini qamrab olgan. U davlat va jamiyat erkinlashtirilishining muhim omili, zero biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik jamiyat qurmoqdamiz.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Kambag'allik iborasi bo'yicha dunyoda hech qanday tartib yoki mezon belgilanmagan. Ushbu iborani har bir davlat o'zining iqtisodiy-ijtimoiy yashash tarzidan kelib chiqib, kambag'allikni belgilaydi. Ushbu mavzuni tadqiq qilishda birinchi prezidentimiz I.Karimov, muxtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev asarlari o'rganib chiqildi.
Qashshoqlarning sabablari va jamiyatdagi haqidagi tadqiqotlar 18-asrdan boshlab, 20-asrning birinchi yarmigacha bo'lgan davrni ajratib ko'rsatadi. Ushbu yo'nalishda Adam Smit, D.Rikardo, T.Maltus, G.Spenser, J.Prudon, Ye.Rekluos, K.Mark va 20 asrdagi F.A.Hayek, P.Tounsend ko'rsatishimiz mumkin. Adam Smit asarlarida qashoqlikning nisbiy mohiyatini qashshoqlik va ijtimoiy sharmandalik o'rtasidagi bog'liqlik, ya'ni ijtimoiy me'yorlar va ularga amal qilishning moddiy qobiliyati o'rtasidagi tafovut orqali ochib bergan.
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqotda ilmiy bilishning analiz va sintez, qiyosiy tahlil, tizimli tahlil kabi tadqiqot usullari va tarixiylik, mantiqiylik kabi tamoyillardan foydalanilgan.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results). Yangi O'zbekicton tapaqqiyotida mamkakatimiz koppupsiyaga qarshi kurashgan holda "adolatli jamiyat" barpo etishdek qiyin yo'lni tanlab, yangi bocqichga o'tganligini ko'rishimiz mumkin.
Qadimdan bizga ma'lumki, buyuk xalqimiz tarixan katta tajribalarni o'zlashtirib, boshidan tapaqqiyot va tiklanish davplapni o'tkazgan. Ushbu davrlar turli cabablapga ko'ra, jumladan, poraxo'rlik (koppupsiya)ning mavjudligi yoki botqog'iga botishlap, taxt-mancab uchun kurashlar, turli etnik va xalq upushlapi tufayli syekinlashgan, tadrijiy davom etmagan.
Shu bilan birga, Butun dunyoni larzaga solgan, shu jumladan bizning mamlakatimizga ham ta'sir ko'rsatgan Koronavirus pandemiyasi barchaga ulkan tajriba va dars bo'ldi. Kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining yuritishning kelajakdagi ustivor vazifalari yuzasidan xulosa qilish imkoniyatini berdi. Barcha dalvatlar yana bir bor amin bo'ldiki, inson kapitali, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo'yisa doimiy
November, 2022
486
vestisiyalar kiritilishi hamda kutilmagan jarayonlarni nazarga tutgan holda qarshi turish muhim ahamiyat kasb etishining guvohi bo'ldik.
Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 va 76-sessiyalarida qilgan murojaatida, ayniqsa, pandemiya davrida va undan keyin kambag'allikka qarshi kurashda global sa'y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida kambag'allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.
Ushbu bilan, kambag'allik darajasini qisqartirish, insonlar yashash tarzini hamda hayot farovonligini ko'tarish borasida har qaysi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida masalalar ko'tarilgan davlatlar rahbarlarining chiqishlarida va tegishli xalqaro tashkilotlar kun tartibiga kiritilgan.
«Kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir» [4], deb ta'kidlangan edi murojaatda.
Hozirgi kunda "O'zbekiston - ijtimoiy davlat" degan buyuk so'z yuzaga chiqmoqda. Bu yaqin kunlarda o'zgartirish kiritilishi rejalashtirilgan Qomusimiz, ya'ni Konstitusiyamizda mustahkamlanadi. Ushbu tamoyil asosida biz yangi O'zbekiston taraqqiyot bosqichi sari ilgarilashimizga omil bo'ladi. Bu borada boshlang'ich bir qancha asoslari mavjud. Avvalo ijtimoiy davlat tushunchasini oddiy odamlar yashash tarzi va hayotini yaxshilanishiga ta'sirini o'rganib, insonlar va o'zimizning bu to'g'risidagi tushunchamizni shakllantirib olishimiz kerak bo'ladi.
"Konstitusiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi - inson qadri, xalq manfaatini amalda ta'minlashdir" deb nomlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitusiyaviy komissiya a'zolari bilan uchrashuvdagi nutqida qayd etganidek, ijtimoiy davlat har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat prinsiplari asosida munosib yashash sharoitlarini yaratib beradi. U - ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish bo'yicha samarali siyosat yuritadigan davlat modelidir [5].
Ijtimoiy davlat - ko'makka muhtojlar hayot tarzi yaxshilash, uy-joy va yashashi uchun kerak bo'ladigan barcha iste'mol mahsulotlarini eng kam miqdorini belgilaydi. Har bir fuqaroning munosib hayot kechirishi uchun bandligini ta'minlash, yetarli oylik maoshi, xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirishni nazarda tutadi. Shuni ta'kidlash joizki, ijtimoiy davlatda har bir shaxs e'tiborda bo'ladi, ular bilan bog'liq
November, 2022
48?
muammolar o'z holicha tashlab qo'yilmaydi. Barchasi ijtimoiy davlat nazoratida bo'ladi.
Yangi taraqqiyot davrida yurtimizda "Inson qadri uchun" g'oyasi asosida aholi farovonligini oshirish borasida "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" kabi yangi temir tizim yaratilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha faol harakatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar doirasida aholining daromadini oshirish va bandligini ta'minlash, ishsiz layoqatli aholini ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko'maklashish, moddiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish borasida amaliy ishlar qilindi.
Jumladan, o'tgan davr mobaynida "Temir daftar"ga kiritilgan 651,0 ming oila, ularning 2,7 mln nafardan ortiq a'zolarining 705,2 ming nafar mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini ta'minlash orqali 601,3 ming oila "temir daftar"dan chiqarildi. Daftarga kiritilgan oilalarning doimiy daromad manbaini yaratish choralari ko'rildi. Xususan, 96,6 ming nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, 34,7 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik foaliyatini yo'lga qo'ydi. Shuningdek, 16,5 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga o'qitildi.
Hozirga qadar "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi mablag'lari hisobidan "Temir daftar"ga kiritilgan 293,2 ming oilaga 279,7 mlrd.so'm moddiy yordam ko'rsatildi. [6]
Kambag'allik borasida xalqaro hujjat qabul qilinmagan, ammo BMTning kimni kambag'al deb hisoblash bo'yicha tushuncha mavjud. U bo'yicha "Kambag'allik insonning hayoti davomida tanlov va imkoniyatlarga ega bo'lmasligi, jamiyatda to'laqonli ishtirok etish uchun to'siqlar mavjudligi, oilasini boqishi va kiyintirish, ta'lim olishi va davolanishi, xavf-xatarlar oldida chorasizligi, mehnat bilan ta'minlash imkoniyatlari yetishmasligida nomoyon bo'ladi". -deb ko'rsatilgan.
Umuman olganda kambag'allik tushunchasiga berilgan ko'plab ta'rif va ma'nolarni umumlashtirib, quyidagicha ifodalash mumkin. Kambag'allik - har bir fuqaroning o'zi va oilasining to'laqonli munosib hayot kechirishi uchun daromadining va hayot xavfsizligi ta'minlash imkoniyatining yetishmovchiligi tushunamiz.
Bir so'z bilan aytganda, kambag'allikni keltirib chiqaruvchi sabablar yurtimizda inson salohiyatini va ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishi hamda xalqning iqtisodiy faoliyatiga ta'sir qiladi.
Mamlakatimiz 2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekiston" taraqqiyot strategiyasini tasdiqlab, bu borada faol amaliy ishlar amalga oshira boshladi. Bu o'z navbatda barcha narsalar "Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun" tamoyiliga asoslanadi. Yurtimiz
November, 2022
488
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
iqtisodiyotni taraqqiy toptirishning asosiy vazifasi taraqqiyot strategiyasining 85-maqsaddida 2026 yilgacha kambag'allik darajasini ikki barobar qisqartirish belgilangan. [8]
Ta'kidlash joizki, Prezidentimiz yurtimizdagi kambag'allikni bartaraf etish muammosini strategik vazifa sifatida belgiladi. Ushbu muammoni hal kilish uchun mamlakatimizda Kambag'allikka qarshi kurashish uchun alohida institutlar tashkil etildi. Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tashkil etilib, kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha davlatimiz siyosatini belgilab berdi. Bundan tashqari mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Ushbu vazirlik fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas'ul davlat organi sifatida faoliyatini yuritib, hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va manzilli yordam berish sifat-samaradorligini oshirishni ta'minlaydi. Ushbu moddiy yordamlarni ajratilishida avvalombor nazorat, shaffoflik va manzillilikni ta'minlash iborat bo'ladi.
Kuchli ijtimoiy siyosat bu davlat institutlari ijtimoiy manbalarni jamiyatning kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda eng zaif a'zolari foydasiga taqsimlashiga aytiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu borada amalga oshirilayotgan ishlar jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda. Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimizda ushbu borada amalga oshirilayotgan ishlar ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modeli sifatida tanlanganini ta'kidlash mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yurtimizda kambag'allikni olidini olish faqatgina ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish yo'li bilan aniq-tizimli yondoshuvlar orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Keyingi yillarda kambag'allikni bartaraf etishga ko'maklashadigan bo'shqa yo'nalishlarda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bunga tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash orqali rivojlantirish, ularda yangi ish o'rinlari yaratish, qishloq joylari va qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun subsidiyalar ajratish, qishloqlar hududdi infratuzilmalarini qayta zamonaviy loyihalashtirish orqali takomillashtirish, sog'liqni saqlash, ta'lim va tarbiyani yaxshilashni misol qilsak bo'ladi.
Bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardagi ijobiy o'zgarishlarni yurtimizning uzoq muddatli rejalashtirilgan kambag'allikni
qisqartirish dasturining muhim qismi hisoblanadi.
November, 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoyev "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI".- Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti. 2021. 464 bet
2. Where Asia's richest man is putting his money now (angl.). The Globe and Mail. Data obra^yeniya: 5 maya 2015. Arxivirovano 18 maya 2015 goda.
3. Li Ka Shing Foundation gives $3 million to Stanford for 'big data' initiative (angl.). Stanford School of Medicine. Data obra^yeniya: 5 maya 2015. Arxivirovano 8 aprelya 2015 goda.
4. Yangi O'zbekiston gazetasi 2020 yil 25 yanvar, shanba 1(1) - son
5. Yangi O'zbekiston gazetasi 2022 yil 21 iyun, seshanba 122 (644)- soni
6. Buxoronoma gazetasi 2022 yil 1 iyun, chorshanba. 41-son
7. Dylan Matthews. The big drop in American poverty during the pandemic, explained (angl.). Vox (11 avgusta 2021).
8. Xalq so'zi gazetasi 2022 yil 1 fevral, seshanba 23 (8085) - son
9. Fedorova M. M. Klassicheskaya politicheskaya filosofiya. S. 10-11.
10. Shtraus L. O klassicheskoy politicheskoy filosofii //Shtraus L. Vvedeniye v politicheskuyu filosofiyu / per. s angl. M. Fetisova. M. : Logos, Praksis, 2000. S. 57-
11. Kanarsh G. Yu. Sosialnaya spravedlivost: filosofskiye konsepsii i rossiyskaya situasiya : monografiya / G. Yu. Kanarsh. M. : Izd-vo Mosk. gumanit. un-ta, 2011. —
12. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri»-T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993
13. Shepmuhamedov C., Shepmuhamedova J. Ijtimoiy tapaqqiyot va ma'naviy madaniyatning o'zapo ta'cipi. -Fapg'ona, 1999;
14. Otamupotov C. Globallashuv va milliy-ma'naviy xavfcizlik. -Toshkent: O'zbekiston, 2013. -456 b.
58.
236 s.
November, 2022