Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI BARTARAF QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI BARTARAF QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
904
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kambag‘allik / ijtimoiy himoya / yordam / qashshoqlik / dastur / hunarga o‘qitish / kambag‘allikni qisqartirish. / Poverty / social protection / assistance / program / vocational training / poverty reduction.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Xolmurodov, Nozimjon Qosimovich

Maqolada kambag‘allikni bartaraf qilishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Islom manbalari va Sharq mutafakkirlarining muruvvat, ijtimoiy yordam xususidagi fikrlaridan misollar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan islohotlar mazmuni yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF POVERTY ELIMINATION IN UZBEKISTAN

The article analyzes the features of the fight against poverty. Examples are given from Islamic sources and the views of Eastern thinkers on mercy and social assistance. The content of reforms aimed at reducing poverty in the Republic of Uzbekistan is revealed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI BARTARAF QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIKNI BARTARAF QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich

Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada kambag'allikni bartaraf qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Islom manbalari va Sharq mutafakkirlarining muruvvat, ijtimoiy yordam xususidagi fikrlaridan misollar keltirilgan. O'zbekiston Respublikasida kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan islohotlar mazmuniyoritib berilgan.

Kalit so'zlar. Kambag'allik, ijtimoiy himoya, yordam, qashshoqlik, dastur, hunarga o'qitish, kambag'allikni qisqartirish.

ОСОБЕННОСТИ ИСКЛЮЧЕНИЯ БЕДНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

В статье анализируются особенности борьбы с бедностью. Приводятся примеры из исламских источников и взглядов восточных мыслителей о милосердие и социальной помощи. Раскрывается содержание реформ, направленных на сокращение бедности в Республике Узбекистан.

Ключевые слова. Бедность, социальная защита, помощь, программа, профессиональное обучение, сокращение бедности.

The article analyzes the features of the fight against poverty. Examples are given from Islamic sources and the views of Eastern thinkers on mercy and social assistance. The content of reforms aimed at reducing poverty in the Republic of Uzbekistan is revealed.

Холмуродов Нозимжон Косимович

Соискатель Бухарского государственного университета

АННОТАЦИЯ

FEATURES OF POVERTY REDUCTION IN UZBEKISTAN

Kholmurodov Nozimjon Kosimovich

Independent researcher Bukhara State University

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

Keywords. Poverty, social protection, assistance, program, vocational training, poverty reduction.

Ta'kidlash joizki, O'zbekistonda kambag'allik holatini o'rganish aniq chora-tadbirlarni talab etadi. Bunda rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish, uni tahlil qilish o'ta muhim masala hisoblanadi. Shuni e'tiborga olish lozimki, kambag'allik holatini to'liq tugatib bo'lmaydi, biroq uning darajasi va hajmini iloji boricha kamaytirish mumkin. Bu esa, davlatning kambag'allikni negativ ta'sirini kamaytirish bo'yicha choralarni doimiy ravishda olib borishini taqazo etadi. Shuningdek, kambag'allikni qisqartirishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borish, bunda avvalo, kambag'allik tushunchasining nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish; kambag'allik tushunchasining tarixiy tahlili va ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini ochib berish; kambag'allikning ijtimoiy oqibatlarini muhokama qilish; shaxsda kambag'allikka moyillikni oldini olish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 24 yanvar kuni [ 1 ] mamlakatimiz Parlamentiga qilgan Murojaatnomasida O'zbekistonda kambag'allik va unga qarshi kurash masalalariga alohida e'tibor qaratgan edi. Unda so'nggi uch yil ichida «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil asosida olib borilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish lozimligini alohida ta'kidlab o'tgan edi. Ma'ruzada aholi farovonligini oshirish, uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarida aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, har qanday mamlakatda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjudligi xususida to'xtalib, turli hisob-kitoblarga ko'ra, kam ta'minlangan aholi qatlamlari taxminan 12-15 foizni tashkil etayotganligini uqtirib o'tgan edi.

Ba'zilar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to'lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, deb o'ylaydi. Bu albatta, bir tomonlama yondashuv bo'lib, muammoni to'la yechish imkonini bermaydi. Kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Shuning uchun Prezidentimiz Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag'allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif etdi [2]. Bu borada xalqaro me'yorlar asosida chuqur o'rganishlar o'tkazib, kambag'allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligiga e'tiborni qaratgan edi [3-4].

Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o'zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, taraqqiyotga erisha olmaydi. Kambag'allikni qisqartirish masalasi ham milliy ma'naviy qadriyatlarimizda alohida o'rin egallaganini ko'rish mumkin.

Inson o'zining kundalik amaliy faoliyatida o'ziga to'q, iymonli bo'lishi uchun, ya'ni iymonini mustahkamlashi uchun Sharqning buyuk shoirlaridan biri - So'fi Olloyor aytganidek, bilimli, ilmli kishilar suhbatida tez-tez bo'lib turmog'i darkor. Boshqacha aytganimizda, iymonli bo'lishning dastlabki shartlaridan biri - ziyoli, bilimli, ilmli kishilar suhbatida bo'lishdir. Bunday suhbatlarda bo'lgan inson o'z-o'zidan munofiq, johil kimsalar davrasidan o'zini olib qocha boshlaydi. Ulamolar, yaxshi kishilar suhbatida bo'lgan kishi asta-sekin savob ishlar qilishni o'ziga odat qila boshlaydi. Jumladan, tashnaga suv beradi, bemordan hol so'raydi, kambag'al bechoraga shafqat ko'rsatadi, ota-onaning hurmatini o'rniga qo'ya boshlaydi va xokazo. Iymonli kishi barcha yaxshiliklarga amal qilishni o'ziga odat qiladi.

Buzurgmehrdan „qaysi podshoh ulug'roqdir?" deb so'radilar. U esa, „Begunoh odamlarni omonda saqlaydigan va gunohkorlarni qo'rquvda tutadigan, barq uruvchi tig'ining xandasi sitamkorlar yig'isi yondosh bo'lgan va fayz yetkazuvchi lutfining nasimi kambag'allarga in'om yomg'iri bilan hamnafas bo'lgan podshoh ulug'dir" deya javob qaytardi.

Ma'lumki, Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-tarbiyada o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmad Temurning o'zi amal qilgan o'n bir sifatni sanab o'tib, birinchi-uchinchi sifatlar aynan bag'rikenglik, saxovat, kambag'allarga yordam qo'lini cho'zish sifatlaridir. Jumladan, Birinchi sifat: «Men sifatlarimning eng avvalgi deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim, boyni kambag'aldan ustun qo'ymadim». Ikkinchi sifat: «Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug'langan shaxslarga hurmat bilan qaradim». Uchinchi sifat: «Men kambag'allarga ko'p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf

Scientific Journal Impact Factor

qildim». Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur davrigacha ham, undan keyin ham faqat boylik ortidan quvgan odamlar bo'lgan. Sohibqiron tushunchasiga ko'ra, kimki biror ishni faqat boylik orttirish maqsadida amalga oshirsa, u baxtsiz insondir. Mabodo podshoh biror gunohkorning aybini kechirsa, bu bilan fuqarosiga rahm qilgan bo'ladi. U kambag'alning oldidan biror yordam bermay o'tmagan. «Men bir qo'limda adolat shamini va ikkinchi qo'limda beg'arazlik shamini tutib, ham ikki sham bilan butun umr bo'yi o'z yo'limni yoritib yurdim. Barcha qilmishlarimda ana shunday adolat qoidalariga rioya qildim» [7-9].

XX asr boshlaridagi dorixonaning holati va faoliyati haqida N.G.Mallisskiyning tahliliy ma'ruzasida shunday deyiladi: «1908 yilda dorixona uchun 51939 rubl sarflandi va olingan foyda 44106 rublni tashkil etdi. Bepul dori-darmonlar shahar davolash muassasalariga, dezenfeksiya uchun, polisiya amaldorlariga, maktab o'quvchilariga, kambag'allarga tarqatilgan shu bilan birga turli xil xayriya tashkilotlariga mulki bo'lmagan kishilarga 32757 rubllik, ya'ni dorining tayyorlash uchun ketadigan xarajatigacha chegirma tariqasida berilgan». Bunday misollarni ko'p davom ettirish mumkin.

Yuqoridagi faktlardan xulosa shuki, milliy ma'naviy qadriyatlarimizda kambag'allarga yordam berish, ular hayotini farovon qilish, ularda tadbirkorlik ruhini uyg'otish, boqimandalikni yo'qotish kabi xislatlar asosiy o'rin egallagan.

Yangi O'zbekiston sharoitida mamlakatimizdagi kambag'allikka qarshi kurash bo'yicha 700 million dollarlik dasturlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo'yicha videoselektor yig'ilishida «...biz shu paytgacha aksariyat fuqarolarimiz haqiqatan ham kambag'al ekanini ko'rib-ko'rmaslikka, eshitib-eshitmaganlikka oldik. Bu noto'g'ri. Afsuski, dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, xalqimizning 4-5 foizi kambag'al ekani aniqlandi. Endi yashirish kerak emas, og'ir sharoitlarda yashayotgan odamlarimizning asl muammosi, vaziyatini tushunishimiz, barcha toifadagi rahbarlar dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz lozim bo'ladi" deb ta'kidlab o'tdi.

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Prezident Sh.Mirziyoev alohida ta'kidlab o'tganidek, «Mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yo'nalishda keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladik. Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak. Kambag'allikni qisqartirish uchun, birinchi navbatda, ishsizlikni kamaytirish kerak. Avvalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o'qitish, ularning

Scientific Journal Impact Factor

iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa, ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uyg'otish zarur».

2020 yil 26 mart kuni «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora- tadbirlari to'g'risida» PF-5975-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra, O'zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu farmon liberalizatsiya va bozor sharoitida iqtisodiyotni maqsadli boshqarishning shaffof mexanizmlarini yaratish zaruriyati tug'ilganligi sababli qabul qilindi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Kambag'allikni qisqartirish borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ta'kidlash joizki,_birinchi navbatda, kambag'allarda iqtisodiy faollikni uyg'otish muhim vazifa hisoblanadi. "Kambag'allikka yalqovlik qo'shilsa, buning davosi yo'qdir" degan dono naql bor. Shu sababli kambag'allarni yalqovlikdan forig' etish talab qilinadi. Muhimi, kambag'allarga ishlab pul topib, to'q yashashiga sharoit va imkoniyat yaratish kerak. Ikkinchidan, kambag'allarga davlatning va korxonalarning moddiy yordam berishini tashkil etish lozim. Milliy ma'naviy qadriyatlarda nogironlarga, keksalarga yordam qo'lini cho'zish barcha uchun burch hisoblangan. Biroq, jismonan baquvvat, sog'lom kishilarni doimiy moddiy yordam bilan ta'minlab turish ularning faolligini pasayishiga, boqimandalik kayfiyatining kuchayishiga olib keladi. Faollikka undovchi kuch - bu ularni kasb-korga, hunarga o'rgatish, o'qitish hisoblanadi [10-15]. Shu sababli mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirishga oid chora tadbirlarda kasb-korga o'qitishga katta e'tibor qaratilgan. "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" gi 11.08.2020 yil PQ-4804-sonli Qarori [4] aynan mana shu masalada qabul qilindi. Qarordan asosiy maqsad — kambag'al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qitishning yangi tizimini joriy qilish, ularni kasb-hunarga o'qitishda xususiy sektor bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qitish jarayonlarini tashkil etish, ehtiyojmand aholi va nogironlar ish bilan bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha choralarni amalga oshirish hisoblanadi. Mazkur qarorda [5] belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishsizlikni oldini olish, kambag'allikni qisqartirishda ahamiyati katta.

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

I.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi (2020 yilning 24 yanvar).

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi (2020 yil 29 dekabr).

3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida" gi 11.08.2020 yil PQ-4804-sonli Qarori

5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son Qarori. 6.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida» 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son Farmoni.

7. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).

8. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУ^АРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАРЦ ФАЛСАФАСИ ТАЛ^ИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).

9. Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фукаролик институтларининг урни. Scientific progress, 1(6), 957-961.

10. Хусейнова, А. А. (2010). Торговля людьми: попытка противодействия. Социологические исследования, (11), 150-151.

II. Холова, Э. Х., & Хусейнова, А. А. (2012). ЗАКОН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН" О ПРОТИВОДЕЙСТВИИ ТОРГОВЛЕ ЛЮДЬМИ". Современные научные исследования, (12), 1-1.

12. Холова, Э. Х., & Хусейнова, А. А. (2010). Закон Республики Узбекистан «о противодействии торговле людьми». Journal of Siberian Medical Sciences, (4).

13. Хусейнова, А. А. (2017). ФИЛОСОФСКОЕ МИРОПОНИМАНИЯ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ. Ученый XXI века, 88.

Scientific Journal Impact Factor

14. Хусейнова, А. А. (2017). О СУЩНОСТИ ФИЛОСОФСКОГО МИРОПОНИМАНИЯ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ. 1п Инновации в технологиях и образовании (рр. 74-78).

15. Хусейнова, А. А. (2016). СРЕДНЕАЗИАТСКИЙ РЕНЕССАНС И АБДУРАХМАН ДЖАМИ. ББК 65.34. 13 (2Рос-4Кем), 355.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.