TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASIDAGI TRANSFORMATSION JARAYONLARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11643356
Sultanova Shaxnoza
TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi assistenti
tel: (90) 808-02-28 [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tashqi mehnat migratsiyasidagi transfarmatsion jarayonlarning o 'ziga xos xususiyatlari haqida so 'z boradi. Umuman, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari tomonidan kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, investitsiyaviy hamda ishchanlik muhitini yaxshilash, aholiga ijtimoiy yordam ko 'rsatish maqsadlarida kelishilgan holda yondashuvlarni ishlash kabi masalalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Tashqi mehnat migratsiyasi, transfarmatsion jarayonlar, rivojlanayotgan mamlakatlar, kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlik, investitsiyaviy holat, ishchanlik, ijtimoiy yordam.
АННОТАЦИЯ
В этой стате реч пойдет об особенностях транснациональных процессов во внешней трудовой миграции. В целом, описаны такие вопросы, как сокращение бедности правительствами развивающихся стран, поощрение предпринимательства, улучшение инвестиционной и рабочей среды, работа над скоординированными подходами с целя социалной помощи населению.
Ключевые слова: Трудовая миграция, трансфармационный жар, развитие страны, беднота, картирование, меры, инвестиционное состояние, и, социалная помощ.
ANNOTATION
This article will focus on the features of transnational processes in external labor migration. In general, issues such as poverty reduction by governments of developing countries, encouraging entrepreneurship, improving the investment and working environment, and working on coordinated approaches to social assistance to the population are described.
Keywords: Labor migration, transfarmation fever, country development, the poor, mapping, measures, investment status, ishanlik, social assistance.
KIRISH
O'zbekistonda aholi migrasiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi XX asr 50-60-yillarida Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangier va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan ta'minlash maqsadida sho'rolar davrida sobiq CCCRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy ko'chirib keltirish hisobiga yuz berdi. Natijada bu shaharlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, ko'pchiligi respublika tashqarisidan yo'llanma bilan kelgan kishilar bo'ldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan so'ng Toshkent shahri aholisi ham ikki barobardan ziyod ortdi. Urush yillarida o'z yurtlaridan qochoq bo'lganlar va badarg'a qilinganlar ham O'zbekistonda qo'nim topdilar. Barcha hududlardagi qochoqlarning turmush sharoiti og'ir bo'lib, XX asr 80-yillar oxiri, 90-yillarning boshlarida sobiq ittifoq hududidan ko'chib ketish yalpi tus oldi. Masalan, aniq ma'lumotlarga ko'ra, Rossiyaning o'zidan 1990-yilda 600 ming fuqaro chiqib ketgan. 1991-yilda bu ko'rsatkich ikki barobar oshdi, 1992-yilda yana qo'shildi. Ko'chib ketishning kuchayishi malakali xodimlar va intellektual kuchlarning, ya'ni eng kerakli tarkibning yo'qolishiga sabab bo'ldi.
Shanhay hamkorlik tashkiloti a'zo davlatlari Rossiya raisligida ShHTning 2025-yilgacha bo'lgan rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha 2021-2025 yillarga mo'ljallangan Harakatlar rejasini ishlab chiqilib uni 2020-yil noyabrida bo'lib o'tgan ShHT sammitida qabul qilindi. Mazkur hujjat ShHTga a'zo davlatlarning kambag'allikka qarshi kurashdagi hamkorligi yo'lga qo'yildi.
O'zbekiston hukumati bir kunda kambag'allik va qashshoqlikka qarshi kurashish uchun taxminan 2000 ish o'rni yaratish kerak. Lekin buni nafaqat Rossiya, na Hindiston, na AQSh hukumati amalga oshirishi imkonsiz. Bu haftasiga 14 ming ish o'rni, degani. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, yurtdoshlarimizning Rossiya, Turkiya va boshqa xorijiy davlatlarda ish izlab, mehnat migrantiga aylanayotganining bosh sababi bo'lishi mumkin. Demak, mehnat migranti mavzusi hamon dolzarb va muhim.Mutaxassislarning fikricha, O'zbekiston - aholi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromad ko'rsatkichi bo'yicha daromadga ega mamlakatlar sirasiga kiradi. Boshqacha aytganda, O'zbekiston uchun qashshoqlik chizig'i - kuniga 3,2 AQSh dollaridan kam pulga yashash degani.
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari (2023 yildan Kambag'allikni qisqartirishni va bandlik vazirligi) vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 2020 yilning 1 iyun holatida O'zbekistonning 2 million nafardan ziyod fuqarolari yoki mamlakatimizning mehnatga layoqatli aholisining 11 foizi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Ulardan 1 million 600 mingga yaqini Rossiya Federatsiyasida. Mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan pul o'tkazmalarining umumiy hajmi taxminan 5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi [1].
2019-yilda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va xususiy bandlik agentliklari tomonidan tashkiliy asosda yollash yo'li bilan Rossiyada bor-yo'g'i 1425 kishi ishga joylashtirilgan. Mehnat migrantlarining pul o'tkazmalari ba'zi davlatlarda milliy iqtisodiyotning muhim qismini tashkil qiladi. Bugungi kunda 2 milliondan ortiq vatandoshlarimiz, ya'ni mehnatga layoqatli aholining 12 foizi xorijda ishlamoqda. Xususan, davlatlar kesimida Rossiyada - 1,5 mln, Qozog'istonda - 240 ming, Koreyada 71 ming, Turkiyada - 43 ming , BAA da 5 ming va dunyoning boshqa davlatlarida 120 ming vatandoshimiz mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
Ochig'ini aytish kerak, 2020-yilgacha O'zbekistonda nafaqat qashshoqlik, balki kambag'allik haqida ham gapirish va yozish mumkin emasdi. Biz tilimizga zo'rlab tiqishtirilgan kam ta'minlangan, ehtiyojmandlar so'zlarni ishlatardik. Kambag'al, deyishga mutlaqo jur'at qilmasdik. Eng ahamiyatlisi, bugun bu masalaga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha salmoqli ishlar ham amalga oshirilyapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta'kidlab o'tilganidek, "Har qanday mamlakatda bo'lgani kabi bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu o'rinda gap kichik raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda" [2.20].
Kambag'allikni bartaraf etishning eng samarali usuli aholi bandligi darajasini oshirishdan iborat. Fuqarolar uchun munosib va daromadi yuqori ish o'rinlarini yaratish bilan bog'liq. Buning uchun hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes uchun qulay sharoit yaratish maqsadida barpo etilayotgan imkoniyatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Boshqacha aytganda, kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir. Shuning uchun Prezidentimiz Jahon banki, BMTning Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag'allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif etdi. Kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar haqida so'z yuritildi. Bu borada Prezidentimiz birinchi marta kambag'allikni qisqartirishga doir olib borilayotgan ishlarni ochiq e'lon qildi. 2020-yil 23 sentyabrda BMT Bosh Assembleyasining 75-sessiyasida onlayn muloqot rejimida ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Qashshoqlikni tugatish va kambag'allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assembleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzulardan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag'ishlangan global sammitni o'tkazishni taklif etdi.
Haqiqatan, bugun mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Xalqaro tajriba asosida kambag'allikni qisqartirishning ta'sirchan vositalarini amaliyotga joriy etish, uni hisoblashning mezon va usullari, uzoq muddatlarga mo'ljallangan strategiyalar ishlab chiqildi. Jarayonlarning ilk davridayoq kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishini ta'minlash maqsadida 2023-yil yanvar oyidan boshlab "Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi" tashkil etildi.
Kambag'allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini yaratish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag'allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyati, ijtimoiy ta'minotning minimal standartlari va me'yorlari asoslarini puxta ishlab chiqish maqsadida qisqa muddatlarda Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlarning 14 nafar eksperti jalb qilindi. Hududlarda tuman va shahar darajasida kambag'allikni qisqartirish bo'yicha vertikal tizim joriy etildi.
Hozirgi vaqtda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi belgilab olingan vazifalarning ikkinchi yo'nalishida kambag'allikni qisqartirishning amaliy mexanizmlar qamrovi darajasini oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Bunda kambag'al oilalarning doimiy daromad manbaini yaratishda jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan 3 ta vosita - 1)dan kambag'al aholining doimiy daromad manbaini yaratish uchun dastlabki kapitalni shakllantirish; 2)dan inson kapitali sifatini oshirish hamda 3)dan kambag'al oilalarga to'g'ridan-to'g'ri moddiy va nomoddiy yordam ko'rsatish ishlari samarali yo'lga qo'yildi [3].
Kambag'al aholini qo'llab-quvvatlashning dastlabki bosqichlarida aholi tomorqalarini rivojlantrish, kam ta'minlangan, ammo mehnatga layoqatli insonlarni qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va boshqa sohalarda kooperativlarga jalb qilish, buning uchun imtiyozli kreditlar va to'g'ridan-to'g'ri yordam ko'rsatish mexanizmiga urg'u berishga e'tibor qaratila boshlandi.
Vazirlik tomonidan ishsiz hamda malakaga ega bo'lmagan aholini kasb-hunarlarga o'qitish maqsadida yangicha yondashuvlar ishlab chiqildi. Jumladan, kasb-hunarlarga o'qitish bo'yicha monomarkazlar, ustoz-shogird an'anasini tiklash va kengaytirishga qaratilgan rag'batlantiruvchi subsidiyalar, "World Skills" standartlari asosida o'qitish ishlari qisqa muddatlarda tashkil etilmoqda. Shu bilan birga kambag'al aholini tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Biznes va tadbirkorlik ko'nikmalari bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslar qamrovini oshirish ko'zda tutilgan.
Hozirgi kunda ekspertlar bilan birgalikda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha jahon tajribasida keng qo'llaniladigan kambag'allik chegarasi va mezonlarining 4 ta usuli (mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va ko'p o'lchamli kambag'allik indeksi) orqali hisoblash uslubiyati, "yashash minimumi", "minimal savatchasi"ni hisoblash metodologiyasi, qisqa muddatlarda amalga oshirilishi zarur bo'lgan choralarni o'zida mujassamlashtirgan kambag'allikni qiqartirish dasturi, 2030-yilgacha O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish strategiyasi loyihasi kabi qator kontseptual hujjatlar vazirlik tomonidan ishlab chiqildi. Albatta bu chora-tadbirlarning barchasi mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirib, aholi farovonligi, yuqori turmush darajasini ta'minlashga xizmat qilishi aniq.
Prezidentimizning tashabbusi bilan "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonda ham bu borada aniq vazifa va yondashuvlar belgilab berildi.
Bugun mehnat migrasiyasi global rivojlanishning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ayni chog'da xalqaro nuqtai nazardan ham jiddiy masala hisoblanadi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 50 yil ichida o'z mamlakatidan tashqarida yashovchi odamlar soni uch barobar oshgan. Shu bois O'zbekistonda ham bu yo'nalishlardagi munosabatlarni tartibga solish, mavjud muammolarni hal qilish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, chet elda bo'lib turgaz xotin-qizlarni, umuman, mehnat migrantlarining oila a'zolarini har tomonlama qo'llab quvvatlashga muhim masala sifatida qaralmoqda.
Buni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi faoliyati misolida ham ko'rsa bo'ladi. Masalan, COVID-19 tarqalishi sababli xorijda qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy himoya qilish bo'yicha agentlikning birgalikda elektron platformasiga kelib tushgan mehnat migrantlari murojaatlari o'rganildi. Natijada ularning 753 nafariga xalqaro pul o'tkazma tizimi orqali moddiy yordam berildi. Vakolatxonalar aralashuvi bilan mehnat migrantlarining ish beruvchilardan undirilmagan 378 ming AQSh dollari miqdorida ish haqlari undirildi. Oliy Majli Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi ham fuqarolardan kelayotgan murojaatlar asosida ayol migrantlar muammolarini hal qilish choralari ko'rilyapti. Ayni chog'da chet eldan qaytgan migrant ayollar bilan ishlash tizimi mahalliy Kengashlar ko'magida monitoring qilinmoqda. Ayniqsa, "temir daftar" va "ayollar daftari"ga kiritilgan opa-singillarimiz bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati o'rnatilgan.
O'zbekiston mehnat, migrasiya va aholini ijtmoiy himoya qilish bo'yicha xalqaro shartnomaga qo'shildi hamda Prezidentimizning "Xalqaro shartnomaga qo'shilish to'g'risida"gi 4806-sonli Qarori qabul qilindi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirilishi uchun mas'ul
bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi. Ana shu huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosi haqida 2020-yil 17 avgustda bo'lib o'tgan Xalqaro press-klub sessiyasida mas'ullar mehnat migranti bo'lgan yurtdoshlarimizning huquqiy himoyasiga oid maqsad va vazifalarni ma'lum qilishdi. 1991-yillarda O'zbekiston aholisi 20 million atrofida bo'lgan. 2024-yilda 37 millionga etdi. Qariyb ikki baravar oshgan. 2019-yilda mamlakatimizda 815 ming odam tug'ilgan. Aholi soniga nisbatan bu katta o'sish. O'qishga kira olmaganlar ham ish qidiradi. 2019-yilda O'zbekistonda 388500 ish o'rni yaratilgan. Har yili mehnat bozoriga 700 mingdan ortiq odam kirib keladi. Agar shu 700 mingni 365 kunga bo'lib tashlasak, juda katta raqamlar chiqadi. O'zbekistonda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foizini tashkil etadi.
Umuman, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari tomonidan kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, investitsiyaviy hamda ishchanlik muhitini yaxshilash, aholiga ijtimoiy yordam ko'rsatish masalalarida kelishilgan holda yondashuvlarni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Bugunga globallashuv davrida Yer yuzidagi har bir insonning to'yimli oziq -ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirish, ocharchilikka butunlay barham berishdek jiddiy mas'uliyatni yanada kuchaytiradi. Shu boisdan ham mavzu yuzasidan quyidagi xulosaga kelish mumkin.
1. Kambag'allikni bartaraf etish, Yer, oziq-ovqat va suv tizimlari bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu muammolar davlat, xususiy hamda fuqarolik jamiyatlari o'rtasida muvofiqlashtirilgan harakatlar orqali hal qilinishi kerak.
2. Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi bilan bog'liq rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan, kambag'allikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o'rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o'rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi barqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi.
3. 2021-2022 o'quv yilidan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berishga oid tashabbusni qo'llab-quvvatlash zarur. Oliy ta'lim sohasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurtini ochish maqsadga muvofiq. Zero, hududlarda nodavlat ta'lim tashkiloti tashkil etilsa - raqobat bo'lsa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham tubdan o'zgarishga olib keladi (ilm-ma'rifat va nojot yo'lidir).
4. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Germaniyaning IAMO (O'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo'jaligini rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti) hamda AQShning IFPRI (Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot instituti) institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim.
5. O'zbekistonning ilm-fan va ta'lim tadqiqotlaridan keng foydalanish, integratsiyalash Markaziy Osiyo davlatlari bilan teng huquqli sheriklik hamda manfaatli hamkorlikning yo'lga qo'yilgani oziq-ovqat sektorini barqaror rivojlantirishga yordam beradi.
6. Yoshlar parlamenti a'zolari tomonidan Farmon loyihasiga ta'lim-tarbiya masalasiga butun jamiyat e'tiborini kuchaytirish, yosh avlodga ta'lim bilan tarbiya berish jarayonlari o'rtasida sifatli ta'lim berish uzviyligini ta'minlash, ta'lim muassasalari, ota-onalar va keng jamoatchilik orasida o'zaro hamkorlik muhitini rivojlantirish bo'yicha hamda 5 yillik ish staji bo'lgan bakalavr darajasiga ega xodimlarga ham falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish imkoniyatini yaratish va ta'limda Gender tenglikni ta'minlash zarur.
7. Doimiy daromad manbaini yaratish. Oilaviy tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, korporatsiyalarga jalb qilish, ishga joylashtirish.
8. Inson kapitali sifatini oshirish. Imtiyozli kreditlar, to'g'ridan-to'g'ri moliyaviy yordam berish. Tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga o'qitish.
9.Kambag'al oilalarga to'g'ridan-to'g'ri moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatish. Aholining muhtoj qatlamiga moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash tizimini amalga oshirish bo'yicha to'rtta sektor, mahalla jamoatchiligi vakillari, mahalliy kengash deputatlari bilan birgalikda ehtiyojmand, moddiy yordamga muhtoj oilalar ro'yxati "temir daftar"i tashkil etildi.
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar odatda, migrantlar soni va sifatiy tarkibini tartibga solib beruvchi iqtisodiy jixatdan rivojlangan davlatlardir. Tartibga solish dasturlari sifatida immigrasion kvotalar va turli cheklashlardan (migrantning yoshi, ma'lumotlilik saviyasi, kasb mahorati darajasi, sog'lig'i kabilar) foydalaniladi. Shuning uchun ham xorijdan ishchi kuchini jalb etish jarayonida tanlov tamoyilidan foydalanilishi to'g'risida gapirish mumkin.
Ichki mehnat bozorida qo'shimcha ishchi kuchining paydo bo'lishi shubhasiz ijobiy jihatlarga ega va ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
• immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar xarajatlarining kamayishi (xorijliklar importyor-mamlakat fuqarolariga nisbatan faolroq va kamroq ish haqiga ishlashga tayyor bo'lishadi) hisobiga bu tovarlarning raqobatbardoshligi oshadi;
• migrant-ishchilar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabning rag'batlantirilishi;
• malakali mutaxassislar tayyoralash, ijtimoiy dasturlar, shuningdek, boshqa davlatlardan patentlar, litsenziyalar va nou-xoular sotib olishga zarur mablag'larning tejalishi;
• ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki mehnat bozoriga qo'shimcha egiluvchanlikni berish [4.227-228].
Biroq, ishchi kuchini eksport qilishdagi singari uning importida ham salbiy jihatlar mavjud. Xususan, rezidentlar va migrantlar o'rtasidagi ish joyi uchun qo'shimcha raqobat ishsizlikning kuchayishiga olib keladi. Immigrantlar oqvimining kengayishi bilan bog'liq ravishda mamlakatdan valyuta mablag'larining xorijga chiqib ketishi ortib boradi. Bundan tashqari xorijiy ishchi kuchi, ayniqsa, afrikalik va osiyoliklar G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada milliy, irqiy va diniy negizidagi to'qnashuvlarni keltirib chiqaradi, iqtisodiyot kriminallashadi.
XULOSA
Shunday qilib, migrasiya jarayonlarining jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga ta'siri etarli darajada ziddiyatlidir, uning salbiy va ijobiy tomonlaorini nisbiy baholash mazkur mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning XIM tizimidagi holatiga bevosita bog'liq bo'ladi.
Aslida immigrasion kvota (atamasi) - xorijiy fuqarolarning kirib kelishiini davlat tomonidan miqdoriy cheklash, degan ma'noni ham bildiradi.
Jahon banki ma'lum qilishicha, 2020-yil 15-yanvar holatiga ko'ra turli mamlakatlarda 736 million kishi o'ta kambag'allik sharoitida kun kechirmoqda[5].
Umuman, Migrasiyaning mamlakatimiz uchun ijobiy transfarmatsion jihatlari quyidagicha deyish mumkin:
1) mehnat migrantlarining xorijdan yuborilayotgan pullar evaziga mamlakat savdo balansida ijobiy ko'rsatkichlar yuzaga kelmoqda;
2) xorijga borib, vaqtinchalik mehnat migrasiyasini amalga oshiirgan fuqarolar vatanlariga yangi g'oyalar, texnologiya va kasblarni o'zlashtirib kelmoqda;
3) qonuniy migrant maqomiga ega bo'lganlar mamlakat byudjetiga ham soliqlar orqali o'z hissasini qo'shmoqda;
4) ishchi kuchi ortiq darajada yuz berayotgan bir davrda mehnat migrantlarining ushbu jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Sultonov I. Mehnat migrantlari himoyasi kuchaytiriladi // "Xalq so'zi", 2020 yil 5 avgust.
2. Mirziyoyev SH.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - T.4. - T.: "O'zbekiston" NMIU, 2020.-30-bet.
3. Ortiqov A. Kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha global sammit o'tkaziladi. // "Yangi O'zbekiston", 2020 yil 24 sentyabr.
4. Nazarova G.G'., Haydarov N.X. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O'quv qo'llanma. T.: TDIU, 2005.-227-228-b.
5. https://tass.ru/info/7525997.
6. Султанова, Ш. (2022). Ах,оли миграцияси-жамият ривожининг омили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 1068-1079.
7. Sultanov, T. (2023). Socio-philosophical analysis of youth intellectual potential and human capital development. Academia Science Repository, 4(05), 1-10.
8. Saifnazarov, I. Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt [New Uzbekistan: a country where human dignity is glorified, in Uzbek], (2023) -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.
9. Sultanov, T. (2023). Methodological Issues of Human Capital Development. Central asian journal of social sciences and history, 4(4), 35-48.
10. Саифназаров, И. (2022). Pragmatizm tadbirkorlik falsafasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 924-929.
11. Sultanova, S. (2024). Inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy mezonlari. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 4(1), 63-71.
12. Sultanov, T. (2014). Intellectual potential-spiritual heritage. Europaische Fachhochschule, (6), 67-68.