Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli bank / moliyaviy texnologiya / an’anaviy bank / online kredit / online omonat / raqamli innovatsiyalar. / Digital banking / financial technology / traditional banking / online credit / online savings / digital innovations.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzayev Kulmamat Djanzakovich, Shodiyev Fazliddin Qalandar O‘G‘Li, Qurvonboyeva Sevinch Asliddinovna

Mazkur maqolada mamlakatimizda bank va moliya xizmatlarini raqamlashtirish va rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Ushbu maqola doirasida “ANORBANK” AJ faoliyati misolida “Raqamli bank” tushunchasiga ta’rif berib o‘tamiz hamda raqamli bank xizmatlarining ayni damdagi holati tahlil etilgan. Shuningdek, yurtimizdagi an’anaviy banklar va raqamli banklarning faoliyatini taqqoslash natijasida mamlakatimizdagi bank xizmatlarini rivojlantirish borasida xulosalar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article focuses on digitization and development of banking and financial services in our country. Within the scope of this article, we will define the concept of "Digital Bank" on the example of the activities of "ANORBANK" JSC, and analyze the current state of digital banking services. Also, as a result of comparing the activities of traditional banks and digital banks in our country, conclusions were formed regarding the development of banking services in our country.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI

Mirzayev Kulmamat Djanzakovich

SamISI, Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri professor Shodiyev Fazliddin Qalandar o'g'li Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Qurvonboyeva Sevinch Asliddinovna Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizda bank va moliya xizmatlarini raqamlashtirish va rivojlantirishga e'tibor qaratilgan. Ushbu maqola doirasida "ANORBANK" AJ faoliyati misolida "Raqamli bank" tushunchasiga ta'rif berib o'tamiz hamda raqamli bank xizmatlarining ayni damdagi holati tahlil etilgan. Shuningdek, yurtimizdagi an'anaviy banklar va raqamli banklarning faoliyatini taqqoslash natijasida mamlakatimizdagi bank xizmatlarini rivojlantirish borasida xulosalar shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli bank, moliyaviy texnologiya, an'anaviy bank, online kredit, online omonat, raqamli innovatsiyalar.

Abstract. This article focuses on digitization and development of banking and financial services in our country. Within the scope of this article, we will define the concept of "Digital Bank" on the example of the activities of "ANORBANK" JSC, and analyze the current state of digital banking services. Also, as a result of comparing the activities of traditional banks and digital banks in our country, conclusions were formed regarding the development of banking services in our country.

Keywords:Digital banking, financial technology, traditional banking, online credit, online savings, digital innovations.

Kirish. Butun dunyo bo'ylab har soatda ko'plab axborotlar aylanadi. Buning sababi internet va texnologiyalarning rivojlanib borayotganligi, insonlarning ijtimoiy tarmoqlarga jalb qilinishi va internet tezligining o'sishi ham yordam beradi.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari, barcha sohalarda bo'lgani kabi bank va moliya sohasiga ham keng joriy etilgan. Mamlakatimiz aholisi raqamli banklarning mobil ilova dasturlari orqali istalgan vaqtda kartadan kartaga pul o'tkazishi, soliq, kommunal to'lovlarni amalga oshirish, kreditlarni to'lash, onlayn omonat va mikroqarzlarni rasmiylashtirish, onlayn valyuta konversiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan foydalanmoqda. Ushbu maqola orqali raqamli bank o'zi nima, an'anaviy banklardan farqlari, O'zbekistondagi birinchi raqamli banklar, raqamli banklarning afzalliklari va qulayliklari, bank va moliya sohasi rivojlantirish bo'yicha bajaralidagigan chora-tadbirlarni ko'rib o'tamiz.

Adabiyotlar tahlili. Raqamli bank- bu elektron aylanma modelidan foydalangan holda ishlaydigan filialsiz ban. Raqamli tarmoq raqamli bankning tayanchi bo'lib, call-markaz, internet-banking, mobil banking va filiallar qo'yilgan

poydevorga qoshimch xolos. Tadqiqotchi olimlardan Kitsuchart Pasupa, Suchat Tungjitnob, Boonatawee Suntisrivaraporon o'z tadqiqotlarida "Mobile banking " to'g'risida quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan, "Bank mijozlari banklarning mobil ilovalari yordamida istalgan joyda va istalgan vaqtda bank operatsiyalarini darhol bajarishlari mumkin. Bundan tashqari, mobil banking ilovasi qo'shimcha filiallarni ko'paytirish xarajatlarini kamaytiradi. Bank, shuningdek, ilovadan mijozlar ma'lumotlarini olishdan foyda oladi" O'zbekistonda ilk bor raqamli bank tushunchasi 2018-yildan boshlab kiritilgan bo'lib, "Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi tog'risida " qonun qabul qilingan.

O'zbekistonda ilk bor " ANOR BANK" AJ 2020-yil sentyabr oyidan raqamlli bank sifatida birinchi onlayn xizmatlarini ishga tushirgan hamda hozir

Tahli va natijalar. Mamlakatimizda bank-moliya tizimi barqarorligi yo'lida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoniga to'xtaladigan bo'lsak, mazkur Farmonning 1-ilovasida 2020 -2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasining III bob 3.3-bandiga asosan Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish asnosida quyidagi ishlar belgilab berilgan:

-masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to'lovlar soni va qamrovini kengaytirish;

-avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish;

-bank ma'lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank)

O'zbekiston Prezedenti 2020-yil 28-aprelda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4699-sonli qarorni imzoladi. 2023-yilga kelib O'zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi raqamli iqtisodiyot ulushini 2 barobar, elektron davlat xizmatlari sonini esa 376 taga yetkazish rejalashtirilgan (hozirda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali 326 ta davlat xizmatlarini ko'rsatib yo'lga qo'yilgan). Bundan tashqari, Prezedentimizning 2020-yil 50oktyabrdagi 6079-sonli Farmoni bilan "Raqamli O'zbekiston-2030" milliy strategiyasi tasdiqlanib, 2030-yilda raqamli iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi 30 foizni tashkil etishi va unda raqamlashtirishni rivojlantirish bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar hududlar kesimida yoritilgan.

Mamlakatimizda tadbirkorlarning chet ellardagi moliyaviy texnologiya kompaniyalari va mutaxasisilari bilan aloqalari maqtanarli darajada emas. Chunki chet tillarni bilmaslik, bu sohadagi yangi adabiyotlarning mavjud emasligi yoki kamchiligi, yangi texnologiyalarga qiziqmaslik yoki ularni tushunmaslik innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizda joriy qilish uchun o'ziga xos to'siq bo'lib turibdi. Ichki investitsiyalar uchun juda muhim bo'lgan kapitalning chet ellardagi nazoratsiz oqib ketayotganligi va yangi innovatsion texnologiyalar bo'yicha ta'lim jarayoning juda ham sust bo'lib qolganligi. Yuzlab milliard dollarlik kattalikka ega bo'lgan jahon

internet bozorining rivojlanishi nafaqat tadbirkorlar uchun qiziqarli, balki investorlami ham o'ziga jalb qiladi. Chunki bu sohada tavakkalchilik miqdori ancha katta bo'lishiga qaramay, elektron biznesga bo'lgan investitsiyalar 3-5 yilgahca bo'lgan muddatlarda Forbes ning ma'lumotlariga ko'ra, 1000% gacha daromad keltirishi mumkin ekan. Shuning uchun ham venchur fondlar elektron biznes yo'nalishidagi loyihalarga ularning boshlang'ich bosqichlaridayoq yaxshi niyat bilan pullar jalb qiladilar.

Endi raqamli bankning bir turi hisoblangan Anorbank mobil ilovasida mavjud imkoniyatlar haqida yozib o'taman:

-NFC orqali Face ID bilan oson ro'yxatdan o'tish;

-Qulay interfeys;

-Aqlli o'tkazma;

-Kartalarni buyurtma qilish va yetkazib berish;

-Valyuta ayirboshlash operatsiyalar;

-Xizmatlar bo'yicha to'lovlar;

-Kreditlarni rasmiylashtirish;

-Omonatlarni ochish va boshqarish;

-Life ID orqali xavfsizlikni boshqarish;

-Kartalarni bloklash;

-Hisob-raqam;lar va kartalar o'rtasida o'tkazmalar;

-Kartalar va hisob-raqamlar bo'yicha na'lumotnoma va ko'chirmalar.

Anorbank rivojlanish strategiyasining asosi-mijozlarga yo'naltirilganlik bo'lib, u o'zida bir qator elementkarni o'z ichiga oladi. Jumladan, sezgirlik va yordam berish istagi, yondashuvning soddaligi, odamlarga hayotda va biznesda bir qadam oldinda bo'lish imkoniyatini berish, har qanday mijozga individual yondashuvni saqlab qolish va ma'lumotlarni qayta ishlashda xavfsizlikni ta'minlash bilan har qanday so'rovni iloji boricha tezroq bajarishga yo'naltirilganlik.

Xulosa va takliflar. Demak, moliyaviy xizmatlarning raqamli tranformatsiyasi bank mijozlari uchun keng imkoniyatlar yaratib, moliyaviy faollikni oshirish uchun muhim bosqich sanalish bilan birga, mijozlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ya'ni raqamli banklarning istiqbollaridan biri, bu moliyaviy tarmoqlarini raqamlashtirish evaziga xizmatlar tannarxi 40-6- foizgacha pasaytirishga erishildi. Mijozlar bankka tashrifï, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt hamda mablag'larni tejashiga imkon yaratadi.

Bir so'z bilan aytganda, tijorat banklarining transormatsiya jarayoni va raqamli bank tizimida ishlashga o'zgarishi bu -yangi axborot texnologiyalari rivojlanishi va butun dunyo bo'ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi hamda raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Boshqacha aytadigan bo'lsak, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.

Raqamli bank jadal rivojlanish va mijozlarga yo'naltirilganlik tamoyili asosida taklif etilayotgan sifatli xizmatlari mijozlar tomonidan keng qabul qilinmoqda va bank mijozlari soni kundan kunga ortib boqmoqda. Bu esa mamlakatimiz bank-moliya tizimida yangi raqamli bank tendensiyasi boshlanganidan darak beradi. Shu sababli

hozirda an'anaviy faoliyat yuritayotgan banklar ham raqamli bank xizmatlarini rivojlantirsihda katta e'tibor qaratishlari zamonga talabiga aylanib bormoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. A.Abdullayev, A.Fattoxov, K.Axmedov Raqamli iqtisodiyot . Toshkent-2020

2. Measuring thye Information Sociyety Report. Volume 1. - Geneva: ITU, 2017.

- 156 p. 5. 3.Measuring thye Information Sociyety Report. Volume 2: ICT country profiles. - Geneva: ITU, 2017. - 252 p.

3. Thye Global Information Technology Report 2016: Innovating in thye Digital economy / Silja Baller, Soumitra Dutta, Bruno Lanvin. - Geneva: Cornell University, INSEAD, WYeF, 2017. - 463 p.

4. Applegate L. M., McFarlan F.W., McKenney J. L. Corporate information systems management: thye issuyes facing senior executives. Irwin, 2022.

5. А.Ю.Макаров, А.А.Макаров. Цифровая экономика. Технологии меняют менеджмент. Moskva-2021

6. Faxriddinovich U. F., lsmoil Xasanovich N. Ways to Improve the Efficiency of the Public Service System in a Market Economy //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 72-74.

7. Ulugmurodov F. F., Bahodirovich H. U. Prospects of Developing Active Tourism in Uzbekistan //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 69-71.

8. Faxriddinovich U. F., Dilmurod o'g'li A. A., Mashrab o'g'li U. M. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE DIGITAL ECONOMY //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 36. - С. 360-362.

9. Faxriddinovich U. F. et al. Prospects for the Development of Small Business and Private Entrepreneurship in the Digital Economy //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 92-94.

10. Faxriddinovich U. F. et al. WAYS TO ACHIEVE HIGH EFFICIENCY WITH THE HELP OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE AGRO-INDUSTRIAL COMPLEX //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11.

- №. 4. - С. 979-980.

11. Faxriddinovich U. F., Bakhodirovich E. D., Rustam o'g'li S. M. THE ROLE OF STUDENT ACTIVISM IN THE DIGITIZATION OF EDUCATION (THE HEMIS PROGRAM AND THE SYSTEM OF CREDIT MODULES) //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. - 2023. - Т. 16. - С. 220-222.

12. Faxriddinovich U. F. FORMATION OF INDEPENDENT THINKING OF STUDENTS USING INTERACTIVE METHODS IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS //International Journal of Studies in Advanced Education. - 2023. -Т. 2. - №. 05. - С. 73-75.

13. Faxriddinovich U. F., Bakhodirovich E. D. THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ACTIVITIES IN THE SERVICE SECTOR IN

THE DIGITAL ECONOMY //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2023. -С. 98-100.

14. Faxriddinovich U. F., Xatam o'g'li S. B. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF EDUCATIONAL SERVICES IN THE DIGITAL ECONOMY. - 2023.

15. Faxriddinovich U. F. MECHANISMS FOR FURTHER IMPROVEMENT OF THE EDUCATION SYSTEM IN THE DIGITAL ECONOMY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 5. - С. 722-724.

16. Faxriddinovich U. F., Umidbek o'g'li R. F., Xatam o'g'li S. B. BUY-SIDE AND SELL-SIDE SYSTEM IN ELECTRONIC COMMERCE //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 12. - С. 1531-1536.

17. Faxriddinovich U. F., Valizoda N. U., Raxmatillo O'g'li X. S. ANALYSIS OF THE MAIN CAUSES OF POVERTY IN COUNTRIES AROUND THE WORLD //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 584-587.

18. Faxriddinovich U. F., Sa'dullayevich Q. A., Vohid o'g'li A. J. The Role of Artificial Intelligence and Smart Media in the Development of Tourism Services //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 67-70.

19. Faxriddinovich U. F., Yoqubovich K. A. XITOY IQTISODIYOTI VA UNING JAHON IQTISODIYOTIDA TUTGAN O 'RNI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 45-50.

20. Ulugmurodov F. F., Karshiev S. A., Akbarov J. V. NEW CHARACTERISTICS OF MOBILE TECHNOLOGY INNOVATIONS IN ECOMMERCE //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 56-59.

21. Ulugmurodov F. F., Nabiyeva U. V. QISHLOQ XO 'JALIGI KORXONALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI ISHSIZLAR SONINI KAMAYTIRISH //Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. - 2024. -Т. 2. - №. 1. - С. 580-586.

22. Faxriddinovich U. F., Raxmatillo O'g'li X. S., Valizoda N. U. Effective Use Of Crowdfunding Opportunities In The Organization Of Electronic Business In The Conditions Of The Digital Economy //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 42. - С. 788-791.

23. Faxriddinovich U. F., Dilmurod o'g'li A. A., Mashrab o'g'li U. M. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE DIGITAL ECONOMY //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 36. - С. 360-362.

24. Faxriddinovich U. F., O'g'li N. M. X. COVID-19 PANDEMIYASINING ROSSIYA IQTISODIYOTIGA TA'SIRI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 39-44.

25. Faxriddinovich U. F., Xusniddinovich A. F. O 'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 60-63.

26. Durbek M., Faxriddinovich U. M. F. O 'ZBEKISTONDA TRANSPORT XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - T. 2. - №. 8. - C. 12-16.

27. Faxriddinovich U. F., O'g'li N. M. X. COVID-19 PANDEMIYASINING ROSSIYA IQTISODIYOTIGA TA'SIRI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - T. 2. - №. 8. - C. 39-44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.