Norboyeva D.
Jizzax politexnika instituti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi assistenti
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK TIZIMINI ISLOH
QILISHNING YO'LLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimini isloh qilish, bank innovatsiyalari hamda uniyollari haqida bayon qilingan.
Kalit so^zlar: Bank innovatsiyalari, sektor, virtual bank xizmatlari, Anorbank, TBC bank.
Norboyeva D. assistant
"Economics and Management" department Jizzakh Polytechnic Institute
WAYS TO REFORM THE BANKING SYSTEM IN THE DIGITAL
ECONOMY
Abstract. This article describes the reform of the banking system in the context of the digital economy, banking innovations and their ways.
Keywords: Bank innovations, sector, virtual banking services, Anorbank, TBC bank.
So'nggi yillarni sarhisob qilsak, iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalarning ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan bir qatorda, an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi.
Bank sohasi bu iqtisodiyotning yangi texnologiyalar juda keng qo'llanadigan sohasidan biri hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda yangi kompyuter texnologiyalari, kredit kartalari va pul-moliya bozorida muhim innovatsiyalarni joriy etish davri bo'ldi. Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, banklar ijtimoiy tarmoqlarga, mobil internetga va hattoki, onlayn o'yinlar e'tiborini tortadigan yangi reklama kanallarini juda faollik bilan rivojlantirib bormoqda.
Bank — tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
to'lovlarni amalga oshirish.
Banklar o'z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo'yicha hisob-kitob qilish; omonatlarni jalb etish;
kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o'z mablag'lari va jalb etilgan mablag'lar hisobidan o'z nomidan kreditlar berish.
Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi:
mablag' egasi yoki mablag'ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag'larini boshqarish;
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo'lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
pul mablag'lari, veksellar, to'lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini
olish;
qimmatli qog'ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog'ozlarni boshqarish, qimmatli qog'ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish; bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko'rsatish; jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po'lat sandiqlarni ijaraga berish; moliyaviy lizing;
xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko'rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-may kuni "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gifarmonga imzo chekdi. Farmon bilan tegishli strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasi ham tasdiqlandi. Hujjat asosida kelgusidagi 5 yil davomida bank sohasini o'zgartirishning konseptual asoslari, tamoyillari va yo'nalishlari belgilab olindi. Unga ko'ra, bank sohasida o'rta muddatli islohotlarning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
S sektorni qayta qurish - banklarni o'zgartirish va xususiylashtirish; S bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi standartlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini va boshqalarni joriy etgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish;
S mijozlargayo'naltirilganxizmatlar,kreditlashmexanizmlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash va kengaytirish;
S kadrlar malakasini oshirish.[1]
Bank innovatsiyalari - yangi bank mahsulot va xizmatlarining yig'indisi sifatida mijozlarga foyda olishda yordam beradigan yangiliklar kiritishni joriy qilish orqali resurslar salohiyatini shakllantirish va joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish jarayonida qo'shimcha daromad olishga qaratilgan yangi texnologiyalar sohasida bank faoliyatining maqsadi va natijasi haqida sintetik tushunchadir.
Aksariyat global banklar raqamli yoki mobil shaklga o'tishni qo'llab -quvvatlamoqda. Bugungi kunga kelib, banklar mijozlarining salmoqli qismini online dunyoga to'laqonli moslashgan va busiz hayotini tasavvur qilolmaydigan yosh avlod tashkil etadi. Shunisi qiziqki, dunyo aholisining 90 foizini 30 yoshgacha bo'lganlar tashkil etishini hisobga olsak, bank xizmatlarini raqamlashtirish banklar uchun hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
1980-yillar oxirlariga kelib, Angliyaning National Westminster Bank telefon aloqasi asosida mijozlarga masofadan turib xizmat ko'rsatishning kashfiyoti amaliyotga joriy etilgan. 1995-yil "to'g'ridan-to'g'ri banking" muvaffaqiyatlari dastlabki virtual banklar paydo bo'lishiga olib keldi. Banklarning aksariyati global tarmoqda o'z saytlariga ega, lekin ular asosan reklama va axborot berish maqsadlarida foydalaniladi. Ayrim banklar qimmatli qog'ozlar xarid qilish va sotishga talabnomalar berish imkonini beradigan dasturiy mahsulot xarid qildi, internet orqali bank hisob raqamlarini boshqarish tizimi - uy bankingini ishlab chiqdilar. Bu tizim valyutani konvertasiya qilish, kommunal xizmatlar uchun pul to'lash, pul o'tkazmalarini uydan turib o'tkazishga imkon beradi.
Virtual bank xizmatlari bir onda bajariladigan va kamxarjliligi bilan an'anaviy banklardan alohida ajralib turadi. 24/7 formatda faoliyat olib boradigan raqamli banklar mijozlar potensialining kattagina qismini egallagan desak, aslo adashmagan bo'lamiz.
2000 - yillarda online banking e-savdoda namoyon bo'la boshladi. Osiyodagi dastlabki litsenziyalangan raqamli banklar Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan va Gong Kongda joriy etilgandir. Prezidentning -O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoni imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan —raqamli banklar va bank bo'linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yanada kengaytirish vazifasi yuklatilgan. [2]
Shundan kelib chiqib, Respublikamizda 2020-yilda Anorbank va TBC banklar dastlabki raqamli banklar sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan.
Anorbank va —TBC banklar o'z mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to'liq raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Ya'ni bunda, raqamli bank tizimida mijozga mobil dasturi, mobil
dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan ta'minlangan bank operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi taqdim etiladi.[3]
O'zbekistonda davlat ishtirokidagi banklar anchani tashkil etadi. Shuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM o'sishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Davlat banklarining raqamli transformatsiyasi O'zbekistonda iqtisodiy o'sishning muhim drayverlaridan biri bo'la oladi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli bank tizimida ishlashga o'tishi bu - yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi hamda butun dunyo raqamlashtirish poygasiga munosib javob hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham birdek kamaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Shavkat Mirziyoyevning "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi farmoni.
2020-yil 12-may
2. PF - 5296 —O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 09.01.2018
3. Depozit.uz —O'zbekistondagi raqamli banklar va ularning istiqbollari 26-iyul
2021-yil.
4. Назаршоев Н.М., Гужина Г.Н., Гужин А.А., Ежкова В.Г. Стратегия развития бизнеса как инструмент управления конкурентоспособностью// Инновации и инвестиции. 2016. № 4. С. 90-92.
5. Петрухина Е.В., Гужин А.А., Величко Н.Ю., Нижарадзе Л.Д., Волкова А.В., Овешникова Л.В. Современные теории менеджмента, Орёл, 2014. - 110 с.