Научная статья на тему 'Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning ahamiyati'

Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
926
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
bank xizmatlari / masofaviy bank xizmatlari / zamonaviy bank xizmatlari / internet-banking / raqamli banking / onlayn banking

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Dinara Nosirova

Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy va masofaviy bank xizmatlari ko’rsatishning ilmiy-nazariy asoslari va O’zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning iqtisodiy ahamiyati o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning ahamiyati»

Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini ko'rsatishning ahamiyati

Dinara Nosirova TMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy va masofaviy bank xizmatlari ko'rsatishning ilmiy-nazariy asoslari va O'zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini ko'rsatishning iqtisodiy ahamiyati o'rganilgan.

Kalit so'zlar: bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking

Importance of providing modern banking services in

commercial banks

Dinara Nosirova Tashkent Institute of Finance

Abstract: In this article, the scientific-theoretical basis of providing modern and remote banking services in commercial banks and the economic importance of providing modern banking services in Uzbekistan are studied.

Keywords: bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking

KIRISH

Hozirgi davrdagi tezkor va shiddatli rivojlanish hamda iqtisodiyotdagi tub o'zgarishlar davrida raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha ilg'or raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizga kirib kelmoqda. Shu sababli aholining turmush tarzini yanada yaxshilash va osonlashtirish, kompyuterlashtirish va mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida Respublikamiz rahbariyati bir qancha qarorlarni qabul qildi va "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqmoqda.

O'zbekiston Respublikasi bank tizimida mijozlarga taqdim etiladigan elektron bank xizmatlarini ko'rsatish borasida tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi "2020 - 2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmonida "O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralib, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini

avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog'liq bo'lmagan funktsiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirishga juda katta e'tibor berilmoqda. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulyator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bog'liq bo'lgan yuklarni kamaytirish; masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to'lovlar soni va qamrovini kengaytirish; avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish; bank ma'lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; bank sohasidagi yangi kontseptsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank) " kabi vazifalarning belgilanganligi mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Mavzuga oid bir qator olimlarning tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Ularda olimlarning masofaviy bank xizmatlariga odi fikr mulohazalari tahlil qilindi.

XX asrning 60-70 - yillari bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bu paytda X.Duglas Michigan universitetining "Kreditlash sohasidagi bank siyosati" (1971 y.), D.Revel Uels universitetining «Raqobat va bank faoliyatini boshqarish» (1978 y.), Jeneva universitetining «Jamg'arma banklarining kredit xizmatlari» (1974 y.) tadqiqotlari, Sh.Dereyning «Britaniya banklari strategiyasi va xalqaro raqobat» asari (1977 y.) xamda G.Brayanning «Bank sohasidagi raqobat» tadqiqoti (1970 y.) chop etiladi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy ishlar bank xizmatlari bozori va uning bank xizmati segmentini o'rganishga bag'ishlangan.

Rus iqtisodchi olimi V.K.Spilnichenkoning fikricha «Bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish bu informasion xizmatlarning kompleksi va mijozning hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni uning bankka tashrif buyurmasdan bergan topshirig'iga asosan bajarishdir. Bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimi telekommunikatsiya tizimi orqali bankning ma'lumotlar bazasiga mijozning murojaatiga asoslanadi1

N.I.Lixodeyeva esa bank hisob-varag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimini mijoz tomonidan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda bankka tashrif

1 Спильниченко В.К. Трансформация банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26).

buyurmasdan ya'ni masofadan buyurtmalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyasi sifatida e'tirof etgan2.

Yuqordagi fikr-mulohazalarni umumlashtirgan holda bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari - bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari sifatida ta'rif berish mumkin.

TAHLIL VA NATIJALAR

Raqamli banking - bu onlayn banking va mobil bankingning kombinatsiyasi. Raqamli bank xizmatlaridan foydalanish xarajatlaringizni kamaytirishga yordam beradi, chunki bu nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni ham tejaydi.

Onlayn banking - bu o'z qurilmangizdan bank veb-sayti orqali bank xizmatlaridan foydalanishni anglatadi. Bu sizning balansingizni tekshirish va bank hisobingizga kirish orqali elektr to'lovini to'lash imkonini beradi. Siz o'zingizning onlayn-banking portalingiz orqali ko'plab banklarda kredit yoki kredit karta uchun ariza berish kabi qo'shimcha bank xususiyatlariga kirishingiz mumkin.

Masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish turli bank operatsiyalarini masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.

Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi. Masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi bank xizmatlari tizimida yangi hajmdagi va yangi shakldagi turli xizmatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi.

Masofadan xizmat ko'rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko'ra ikki turga bo'lish mumkin:

- informatsion;

- tranzaksion.

Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma'lumotlarni taqdim etishga yo'naltirilgan bo'lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o'rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta'minlanadi.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o'z ish joyida yoki boshqa o'ziga qulay sharoitda:

❖ to'lovlarni o'tkazish;

2 Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организации. - 2014. - No2. - С. 23-27.

❖ to'lov o'tishi bosqichlarini kuzatish;

❖ barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Internet-banking mijozga o'zining ish joyidan turgan holda internet orqali kerakli bank saytiga ulanib, o'z hisob-raqamidan pul o'tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi va o'z hisob-raqamiga tushayotgan pullarni ko'rishi mumkin bo'ladi.

1-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko'rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning

soni3, (2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra) Yuqoridagi rasmda ko'rish mumkinki, 2022-yilda 2020-yilga qaraganda 2 barobar ko'p foydalanuvchi bo'lgan. Ayniqsa, pandemiya sharoitida foydalanuvchilar soni keskin oshgan.

Mobil ilovalardan foydalanish uchun avvalo, ixtiyoriy bankdan o'z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasini olish taqozo etiladi (agar bank kartasi mavjud bo'lmasa). Hozirda tijorat banklari tomonidan ikki turdagi (HUMO va UZCARD) bank kartalari emissiya qilinmoqda.

2-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko'rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchi yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar soni4, (2023-yil 1-yanvar holatiga)

3 www.cbu.uz O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi

4 www.cbu.uz O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi

Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasi olish va mobil ilova orqali xaridlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

- plastik kartani olish uchun o'zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish (onlayn tarzda tijorat banklarning rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud)

- bank kartasini pul mablag'lari bilan to'ldirish (bankomatning "cash-in" funksiyasi yoki bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali);

- bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank karta hisobvarag'ini o'z mobil telefon raqamiga bog'lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma yoki telegram-xabarnoma xizmatini faolashtirish;

- tijorat banklari yoki to'lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion tizimli mobil telefon uchun "Google Play market" internet ilovasidan yoki iOS operatsion tizimli mobil telefon uchun "Appstore" internet ilovasidan yuklab olish (ro'yxat ilova qilinadi);

- mazkur mobil ilovalarda ro'yxatdan o'tish, ya'ni olingan bank karta raqami va amal qilish muddati kiritilgandan so'ng mobil telefonga kelgan maxfiy kodni kiritish orqali identifikatsiyadan o'tish;

- xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mobil ilovaga kirish uchun maxfiy kodni o'rnatish.

Mazkur amallarni bajarish uchun hech qanday bank xizmati bo'yicha vositachilik haqi olinmaydi.

1994 yil 13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaror qabul qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo'shagan mablag'larni o'z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo'yildi. Mazkur Qarorlarga binoan tijorat banklarining bo'limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron to'lov tizimiga qo'shib borildi. Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron to'lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi. Oktyabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi. Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy bir ko'rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi "Milliy to'lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3945-sonli qaroriga asosan Milliy banklararo protsessing markazi 2018 yilning IV-choragida tashkil etildi va "Humo" to'lov tizimi 2019 yilning I-choragidan boshlab ishga tushirildi.

Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi:

> O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi Qonuni (11.11.2019 y., O'RQ-582);

> O'zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonuni (05.11.2019 y., 0'RQ-580);

> O'zbekiston Respublikasining "To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida"gi Qonuni (01.11.2019 y., № O'RQ-578);

> "Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545);

> "O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida"gi Nizom (13.04.2020 y., № 3229).

Yevropada bugungi kunda ko'pchilik onlayn-banking xizmatidan foydalanadi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, Yevropada katta yoshlilarning 70 foizi kamida oyiga bir marta o'zlarining onlayn bank hisoblariga kirishadi. Ba'zi Yevropa mamlakatlarida kattalarning 90 foizi internet-banking xizmatidan foydalanadi. Darhaqiqat, so'nggi 12 yil ichida internet-banking xizmatidan muntazam foydalanayotganlar soni ikki baravar ko'paydi5.

Yevropaliklar o'zlarining tranzaksiya tarixini tekshirish, pul mablag'larini bir hisobdan ikkinchisiga o'tkazish, balanslarini tekshirish va to'lovlarni amalga oshirish uchun raqamli bankingdan muntazam foydalanadilar. Onlayn banklar tobora ilg'or xizmatlar va moliyaviy mahsulotlarni taklif qilar ekan, odamlar kredit olish, sarmoya kiritish va moliyaviy imkoniyatlarini o'rganish uchun internet-bankingdan foydalanmoqda.

Yevropada bank tizimi Bazel III xalqaro standartlari asosida yuritiladi. Bazel III 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqirozga javoban Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro miqyosda kelishilgan chora-tadbirlar majmui. Ushbu chora-tadbirlar banklar faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va risklarni boshqarishni kuchaytirishga qaratilgan. Bazel asosi bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi (BCBS) standartlarining to'liq to'plami bo'lib, u banklarni prudensial tartibga solishning asosiy global standarti hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining asosi hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati, to'lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko'tarilishini ta'minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Shunday zamonaviy texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlari, xususan Internetbanking

' https://money-gate.com/europeans-top-online-banks/

xizmatining faol joriy etilishi eng muhim masala ekanligi shubhasiz. Jumladan, mamlakatning qay darajada iqtisodiy va texnologik taraqqiy topganligi masofaviy bank xizmat turlarini amaliyotga joriy qilishda muhim hisoblanadi. Xususan, bank operatsion xarajatlarining barqaror darajasiga erishish uchun tijorat banklarida ham masofaviy bank xizmat turlarini ko'paytirish va ularning samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabioytlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi PF -5992 sonli Farmoni,12.05.2020 yil.

2. Спильниченко В.К. Трансформatsiя банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26).

3. Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организatsiи. - 2014. - No2. - С. 23-27.

4. Izbosarov Boburjon Bahriddinovich. Raqamli iqtisodiyotda tijorat banklari likvidligini tartibga solish. 2019 yil. PhD dissertatsiya. 22-42 betlar.

5. Saidqulov Murod Hayitboy o'g'li. Elektron bank xizmatlarini rivojlantirish va bank ishini avtomatlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari. Magistr dissertatsiyasi. 2021 yil. 24-66-77- betlar.

6. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020

7. Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022

8. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal of Economic Growth and Environmental. 2021

9. Мутабар Жураевна Темирханова, Хусан Баходирович Зарипов, Ли Шаоминь. Совершенствование цифровой мобильной связи в современном мире. Бюллетень науки и практики, 2020

10. УЮ Уроков, ФШ Сулаймонов. Хужалик юритувчи субъектлар фаолиятида электрон ахборот алмашишнинг ахдмияти ва уни такомиллаштириш масалалари. 2014/9

11. Uchqun Yunusovich O'roqov, Odiljon Sheraliyevich Olimboyev. O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 2022

12. У.Уроков. Давлат харидлари тизимида электрон харидлар хджмини ошириш масалалари. 2021

13. Гайдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Иктисод-молия, 2009

14. G.G. Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007

15. ТС Маликов, НХ Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент:«IQTISOD-MOLIYA, 2009

16. Т.Маликов, Н.Хдйдаров. Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. 2007

17. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

18. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Trends in the Development of the Tax System of the Republic of Uzbekistan. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2022

19. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Current state of taxation of commercial banks in our country. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. 2022/11/1

20. Зарипов Хусан Баходирович. Методологический конструктив налогового анализа влияния системы налогообложения на деятельность хозяйствующего субъекта. Международный научно-образовательный электронный журнал «Образование и наука в xxi веке» 2021/11

21. Хусан Зарипов. Налоговое планирование предприятий в Республике Узбекистан. Общество и экономика, 2019

22. ОА Шодиев. Особенности применения упрощенной системы налогообложения в Узбекистане. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук.2017

23. Olimjon Shodiev. Excise tax: general and special. Академические исследования в современной науке. 2022/12/5

24. ОА Шодиев. Акцизное налогообложение в Узбекистане: общее и особенное. Экономика и бизнес: теория и практика. 2022

25. ОА Шодиев. Акцизный налог в Узбекистане: особенности и проблемы современного развития. Экономика и бизнес: теория и практика. 2021

26. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education, 2022

27. У Уроков. Мах,аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education, 2022

28. У.Ю.Уроков. Мах,аллий бюджетлар шаффофлиги ва очиклигини таъминлашнинг устувор йуналишлари. Бизнес-Эксперт журнали, 2020 й. 4-сон.

29. У Уроков. Мах, аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education" Scientific Journal/ISSN. 2022/6

30. У.Ю.Уроков. К,ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

31. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education. 2022/6/30

32. U.Yu.O'roqov. Davlat xaridi. O 'quv qo 'llanma. T.:«Nihol print» OK, 2022

33. У.Уроков. Газначилик тизимида бюджет маблаFларидан самарали фойдаланиш масалалари. 2017

34. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари.2014

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

35. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'Irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022

36. У Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017

37. У Уроков. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари. 2014

38. Uchqun Yunusovich O'roqov, Farzona Axmadqul Qizi Abduazimova. Davlat maqsadli jamg'armalarining mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati. Science and Education. 2022

39. УЮ Уроков, КР Чинкулов. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. Халкаро молия ва хисоб» журнали. 2017

40. УЮ Уроков. К, ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

41. Urokov Uchkun Yunusovich, Toshmatova Rano Gaipovna, Sharapova Mashhura Azadovna, Ismailova Nasiba Komiljonovna, Isaev Husan Mansurovich. Matters of revenue generation and cost optimization while increasing the efficiency of the state budget. Journal of Hunan University (Natural Sciences). 2021/12

42. У Уроков. Узбекистон Республикасининг бюджет кодекси: мохияти, ахамияти ва афзаллликлари. Молия" журнали, 2014

43. У Уроков. Махаллий бюджетлар мустакиллигини оширишга оид назарий карашлар. 2020

44. Sherali Sultonov, Nodira Soatova. Factors strengthening the tax base of local budgets. Journal of Hunan University. Vol. 49. No. 12 December 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.