Научная статья на тему 'Banklar, ularning turlari, asosiy funksiyalari'

Banklar, ularning turlari, asosiy funksiyalari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5708
569
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
«Banca» / «Bancherii» / «Banco rotto» / «bankrot» / Markaziy (emissiya) banki / tijorat banki / veksel hisobi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdulsamo Karimberdi O’g’li Abduraxmanov

Ushbu maqolada banklarning kelib chiqqishi va ularning vazifalari, O’zbekistonda banklar faoliyatini rivojlanish bosqichlari, Markaziy bankning vazifalari va bank tizimini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Banklar, ularning turlari, asosiy funksiyalari»

Banklar, ularning turlari, asosiy funksiyalari

Abdulsamo Karimberdi o'g'li Abduraxmanov

Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada banklarning kelib chiqqishi va ularning vazifalari, O'zbekistonda banklar faoliyatini rivojlanish bosqichlari, Markaziy bankning vazifalari va bank tizimini rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: «Banca», «Bancherii», «Banco rotto», «bankrot», Markaziy (emissiya) banki, tijorat banki, veksel hisobi

Banks, their types, main functions

Abdulsamo Abduraxmanov Tashkent institute of Finance

Abstract: In this article, the scientific-theoretical basis of providing modern and remote banking services in commercial banks and the economic importance of providing modern banking services in Uzbekistan are studied.

Keywords: bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking

«Bank» so'zi italyancha «Banca» so'zidan olingan bo'lib, «stol», aniqrog'i «pulli stol» degan ma'noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o'z ishiga mas'uliyatsizlik qilsa, u o'tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», ya'ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma'lum bulgan «bankrot» so'zi xam italyancha «Banca rotto» so'zidan olingan.1

Bank - asosiy faoliyati pul mablag'larini jalb qilish va joylashtirish, shuningdek hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iborat bo'lgan moliya muassasasi. Iqtisodiy nuqtai nazardan banklar pul bozorida erkin naqd pulga ega bo'lganlar va qo'shimcha resurslarga muhtoj bo'lganlar o'rtasida vositachi sifatida ishlaydi.

Dastlab, shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasining hozirgi bank tizimi mustaqillikka erishgunga qadar bulgan davrdagi bank tizimidan tubdan farq qiladi. Ma'lumki, o'sha davrda bank tizimining o'zagini:

• SSSR davlat banki;

1 Абдуллаев Ё., Крралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Укув кулланма-Т.: "IQTISOD-MOLIYA", 2009 йил, 7 бет.

WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1310 [МЩ^в]

• Qurilish banki;

• Davlat mehnat jamgarma kassalari tashkil etar edi.2

Bank ishining asosiy yo'nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko'rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.

Bank qimmatbaho qog'ozlarni saqlash, saqlashga o'tkazilgan qimmatbaho qog'ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko'rsatadi.

Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko'ra hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat ko'rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.

Markaziy bank- mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pulkredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qog'ozlar emissiyasi bilan shug'ullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.

Tijorat banki-o'z navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga bo'linadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamg'arma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat.

Tijorat banki universal bank bo'lib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari ko'rsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qog'ozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining o'zagini tashkil etadi.

Mulk shakliga ko'ra, turlariga ko'ra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy o'z-o'zini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi banktizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo'jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich o'tkazish dasturiga mos keladi.

O'tgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular ko'rsatadigan xizmat turlari ko'paydi.

Tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki O'zRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining O'zbekiston bo'limi).

2 A6gynnaeB E., Kopa^ieB T., TomMypogoB ffl., A6gynnaeBa C. EaHK ami. YKyB KynnaHMa-T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2009 Hin, 3 6eT.

Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.

Bank - tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:

✓ yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;

✓ qabul qilingan mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish;

✓ investitsiyalash uchun foydalanish;

✓ to'lovlarni amalga oshirish.

Demak, bank - bu pul mablaglarini o'zida mujassamlashtiruvchi va jamg'aruvchi, kredit beruvchi, pul xisobini olib boruvchi, pul va kimmatli qogozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir.

Jahon banki 2022 yil uchun O'zbekistonda YAIM o'sishi prognozini 5,3 % gacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o'sish 4,9% bo'lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5% ga, 2024 yilda esa 12,2 % ga tushishi kutilmoqda.

Ukrainadagi urush oqibatlariga qaramay, 2022 yilda O'zbekiston iqtisodiyoti 5,3% ga o'sishi kutilmoqda. Bu Jahon bankining navbatdagi hisobotida keltirilgan.

Unda qayd etilishicha, bu yilgi yangi zarbalar ta'sirini yumshatish zaruratidan kelib chiqib, mamlakatda fiskal siyosat davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xususiy sektordagi o'sishni jonlantirishda davom etsa, o'rta muddatli rivojlanish ijobiy ko'rsatkichlarni qayd etishi mumkin, deyiladi hisobotda.

O'zbekiston so'nggi yillarga savdo va narxlarni liberalizatsiya qilish bo'yicha bir qator samarali islohotlarni amalga oshirdi. Lekin shunga qaramasdan mahsuldorlik, xususiy sektor tomonidan o'sish va yangi ish o'rinlarini yaratishni rag'batlantirish davom etishi uchun qo'shimcha islohotlar zarur.

Asosiy e'tibor bozorning zaif omillari, savdo va tranzit xarajatlari, monopol korxonalar, tartibga solish muhiti hamda qishloq xo'jaligi va butun iqtisodiyotda bozorni rag'batlantirish va barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilishi kerak, deya qayd etadi Jahon banki mutaxassislari.

Kambag'allik chegarasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda aholining 17 % qismi ushbu toifa tarkibiga kirgan. Ijtimoiy yordam miqdori va manzilining oshib borishi ushbu qatlamdagi aholi sonining kamayishiga hissa qo'shadi.

Mintaqaviy prognozning noaniqligiga qaramay, 2022 yilning birinchi yarmida YAIM xalqaro pul o'tkazmalari, eksport va investitsiyalar hisobiga 5,4 % ga o'sdi. Ikkinchi chorakda real ish haqi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6 % dan ko'proqqa oshdi. Shu bilan birga, qurilish va qishloq xo'jaligidagi barqaror o'sish qisman sanoat va xizmat ko'rsatish sohasidagi o'sishning sekinlashuvini qopladi. Investitsiyalar (asosan energiya ishlab chiqarish, o'g'itlar va infratuzilmaga) 9,4 % ga o'sdi.

Eksport hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 40,5 %ga o'sdi, buning natijasida oltin eksporti ikki baravardan ko'proq o'sdi. Oltindan tashqari eksport hajmi 22,5 % ga yuqorilab, tabiiy gaz, to'qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik, transport va turizm hissasiga to'g'ri keldi.

Import 27,4 % ga oshdi, chunki import qilinadigan oziq-ovqat va energiya narxlari, shuningdek, ichki talab ham ko'tarildi. Oziq-ovqat eksporti - 41 %ga, mashina va uskunalar - 29 % ga, xizmatlar importi esa - 65 % ga oshgan.

Valyuta kursi bosimi va noaniq inflyatsiya prognoziga javoban, Markaziy bank dastlab asosiy stavkani 17 % gacha oshirdi. 2022-yil iyun va iyul oylarida valyuta kursining barqarorlashishi, valyuta oqimining tiklanishi va ichki depozitlarning o'sishi Markaziy bankga siyosat stavkani 15% gacha kamaytirish imkonini berdi.

Ukrainadagi urush ortidan kapital hajmining kamayishi va banklarning yanada ehtiyotkor siyosati kredit o'sishini 2022 yil iyun oyi oxirida 2021 yildagi 23% dan 14% gacha sekinlashtirdi.

2022 yilda O'zbekistonda iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari 5,3 foiz deya prognoz qilinmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog'liq logistik muammolarning kuchayishi xususiy iste'mol o'sishiga to'sqinlik qilishi kutilmoqda. Xususiy investitsiyalar va eksport o'sishi mumkin.

Shuningdek, joriy hisob balansi yaxshilanadi, chunki O'zbekiston xomashyo narxlari oshishi (oltin, mis, tabiiy gaz) va pul o'tkazmalarining ko'payishidan foyda ko'radi. Joriy yilda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hajmi o'sishi kutilmaydi, savdo taqchilligi asosan davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

2023 yilga qadar kutilayotgan fiskal konsolidatsiya endi kechiktirilishi kutilmoqda, chunki oziq-ovqat narxlarining ko'tarilishi va Ukrainadagi urush ta'siriga javoban maqsadli ijtimoiy himoya kuchaymoqda. O'sishning davom etishi va kengaytirilgan ijtimoiy himoya dasturlari qashshoqlikni kamaytirishni ta'minlashi kutilmoqda, bunda milliy qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 % ga, 2024 yilda esa 12,2 %ga tushishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, kelgusi yillarda daromadlarni yo'naltirish va sarf-xarajatlar samaradorligi bilan qo'llab-quvvatlanadigan xarajatlar o'zaro muvofiqligi qayta tiklanishi prognoz qilinmoqda. Hukumat umumiy qarz limitlariga rioya qilishni davom ettirishi kutilmoqda, bunda davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxirigacha asta-sekin YAIMning 32 va 55 % gacha pasayadi.3

Banklarning moliyaviy mablag'larini vujudga kelish manbalari va ularning joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va passiv qismdan tashkil topgan ikki tomonning o'zaro tengligidir. Bank balansining passivida moliyaviy mablag'larning vujudga kelish manbalari, uning aktivida esa moliyaviy resurslarning tegishli maqsadlarga joy lashtirilishi aks ettiriladi.

3 https ://www.gazeta.uz/oz/2022/10/06/world-bank/

Bank balansining passivi quyidagi moliyaviy manbalaridan t ashkil topadi.

• Bankning o'z mablag 'lari:

• ustav kapitali;

• emission daromadlar;

• zaxira kapitali;

• taqsimlanmagan foyda;

• sof foyda;

• subordinalashgan qarz majburiyatlari;

• boshqa manbalar.

• Bankning jalb qilingan mablag'lari:

• depozi tlar;

• muddatsiz depozitlar;

• jamg'arma sertifikatlari;

• muddatli depozitlar;

• banklararo kreditlar;

• qimmatli qog'-ozlar emissiyasi hisobidan shakllantirilgan mablag'lar;

• Markaziy bankning krediti;

• Daromadalar va boshqa majburiyatlar.

Banklar passiv operatsiyalar natijasida jalb qilingan mablag'larni aktiv operatsiyalarga joylashtiradi.Bank balansining aktivlari quyidagi tarkibdan tashkil topadi:

• Naqd pullar va unga tenglashtirilgan pul hujjatlari;

• Markaziy bank va boshqa banklardagi mablag' lari;

• Kreditlar;

• lnvestitsiyala r;

• Depozitga joylashtirilgan mablag'lar;

• iljara va lizing;

• Asosiy vositalar va boshqa mulklar;

• Xarajatlar;

• Boshqa aktivlar.

Banklarda amalga oshirilayotgan operatsiyalar quyidagicha guruhlanadi:

✓ kassa operatsiyalari (kassa xizmalari);

✓ hisob-kitob operatsiyalari (hisob-kitob xizmatlari);

✓ kredi t operatsiyalari (mablag'larni joylashtirish);

✓ depozil operatsiyalari (mablag'larni jalb qilish);

✓ qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar (sotish va sotib olish);

✓ chet el valyutalari bilan operatsiyalar;

✓ banklararo operatsiyalar;

✓ bankning ichki operatsiyalari (mulklar, kapital va fondlarning harakati);

✓ faoliyat natijasi bilan bog'liq boshqa operatsiyalar.

Yuqorida qayd etilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobining ikki yoqlama yozuvida aks ettiriladi, uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish; inventarzatsiya; baholash; hisob raqam; ikki yoqlama yozuv; balans; moliyaviy hisobotlar.

Banklarda buxgalteriya hisobining elementlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari buxgalteriya hisobi bilan uzviy bog'liq. Ushbu bog'liqlik bank tomonidan amalga oshirilgan kassa, hisob-kitob, kredit va boshqa operatsiyalar korxona va tashki-lotlarning balansida ham aks ettiriladi.

Xulosa

Bank - asosiy faoliyati pul mablag'larini jalb qilish hamda joylashtirish, xususan hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iborat bo'lgan moliya muassasasi. Iqtisodiy nuqtai nazardan banklar pul bozorida erkin naqd pulga ega bo'lganlar va qo'shimcha resurslarga muhtoj bo'lganlar o'rtasida vositachi sifatida ishlaydi.

Bank ishining asosiy yo'nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko'rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.

Bank qimmatbaho qog'ozlarni saqlash, saqlashga o'tkazilgan qimmatbaho qog'ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli xizmatlar ham ko'rsatadi.

O'zbekiston so'nggi yillarga savdo va narxlarni liberalizatsiya qilish bo'yicha bir qator samarali islohotlarni amalga oshirdi. Lekin bunga qaramasdan mahsuldorlik, xususiy sektor tomonidan o'sish hamda yangi ish o'rinlarini yaratishni rag'batlantirish davom etishi uchun qo'shimcha islohotlar zarur.

Asosiy e'tibor bozorning zaif omillari, savdo va tranzit xarajatlari, monopol korxonalar, tartibga solish muhiti va qishloq xo'jaligi hamda butun iqtisodiyotda bozorni rag'batlantirish uchun barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilishi kerak, deya qayd etadi Jahon banki mutaxassislari.

Banklarning moliyaviy mablag'larini vujudga kelish manbalari va ularning joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va passiv qismdan tashkil topgan ikki tomonning o'zaro tengligidir. Bank balansining passivida moliyaviy mablag'larning vujudga kelish manbalari, uning aktivida bo'lsa moliyaviy resurslarning tegishli maqsadlarga joylashtirilishi aks ettiriladi.

Foydlanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi PF -5992 sonli Farmoni,12.05.2020 yil

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Абдуллаев Ё., Крралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Укув кулланма-Т.: "IQTISOD-MOLIYA"

3. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. I nashri. Omonov A.A.. Qoraliyev T.M. TMI. -T.: "lqtisod-Moliya".

4. Спильниченко В.К. Трансформatsiя банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26).

5. Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организatsiи. - 2014. - No2. - С. 23-27.

6. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020

7. Sherali Sultonov Nuraliyevich, Nodira Soatova Bobokhanovna. Ways of Fund Market Development in Uzbekistan. Eurasian Scientific Herald.2022

8. Sherali Sultonov. Directions of state regulation of the stock market. International Journal of Economic Growth and Environmental. 2021

9. Мутабар Жураевна Темирханова, Хусан Баходирович Зарипов, Ли Шаоминь. Совершенствование цифровой мобильной связи в современном мире. Бюллетень науки и практики, 2020

10. УЮ Уроков, ФШ Сулаймонов. Хужалик юритувчи субъектлар фаолиятида электрон ахборот алмашишнинг ахдмияти ва уни такомиллаштириш масалалари. 2014/9

11. Uchqun Yunusovich O'roqov, Odiljon Sheraliyevich Olimboyev. O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 2022

12. Хдйдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Иктисод-молия, 2009

13. G.G. Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007

14. ТС Маликов, НХ Хайдаров. Молия: умумдавлат молияси. Тошкент:«IQTISOD-MOLIYA, 2009

15. Т.Маликов, Н.Хдйдаров. Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. 2007

16. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

17. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Trends in the Development of the Tax System of the Republic of Uzbekistan. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2022

18. Zaripov Khusan Bakhodirovich. Current state of taxation of commercial banks in our country. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. 2022/11/1

19. Зарипов Хусан Баходирович. Методологический конструктив налогового анализа влияния системы налогообложения на деятельность хозяйствующего субъекта. Международный научно-образовательный электронный журнал «Образование и наука в xxi веке» 2021/11

20. Хусан Зарипов. Налоговое планирование предприятий в Республике Узбекистан. Общество и экономика, 2019

21. ОА Шодиев. Особенности применения упрощенной системы налогообложения в Узбекистане. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук.2017

22. Olimjon Shodiev. Excise tax: general and special. Академические исследования в современной науке. 2022/12/5

23. ОА Шодиев. Акцизное налогообложение в Узбекистане: общее и особенное. Экономика и бизнес: теория и практика. 2022

24. ОА Шодиев. Акцизный налог в Узбекистане: особенности и проблемы современного развития. Экономика и бизнес: теория и практика. 2021

25. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education, 2022

26. У Уроков. Мах,аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education, 2022

27. У.Ю.Уроков. Мах,аллий бюджетлар шаффофлиги ва очиклигини таъминлашнинг устувор йуналишлари. Бизнес-Эксперт журнали, 2020 й. 4-сон.

28. У.Уроков. Давлат харидлари тизимида электрон харидлар хджмини ошириш масалалари. 2021

29. У Уроков. Мах, аллий бюджетлар мустакиллигини оширишнинг устувор йуналишлари. Science and Education" Scientific Journal/ISSN. 2022/6

30. У.Ю.Уроков. Кцшлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

31. U O'roqov, Zulayho Abdujobir qizi Tursunova. O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda davlat qarziga xizmat ko'rsatish kafolat jamg'armasining o'rni. Science and Education. 2022/6/30

32. U.Yu.O'roqov. Davlat xaridi. O 'quv qo 'llanma. T.:«Nihol print» OK, 2022

33. У.Уроков. Газначилик тизимида бюджет маблаFларидан самарали фойдаланиш масалалари. 2017

34. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари.2014

35. Uchqun O'roqov, Javohir Yomg'Irov. Davlat xaridlarini tashkil etish modellari: afzalliklari va kamchiliklari. Science and Education, 2022

36. У Уроков. Бюджет маблаFларидан самарали фойдаланишни таъминлаш йуллари. 2017

37. У Уроков. Узбекистонда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш масалалари. 2014

38. Uchqun Yunusovich O'roqov, Farzona Axmadqul Qizi Abduazimova. Davlat maqsadli jamg'armalarining mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati. Science and Education. 2022

39. УЮ Уроков, КР Чинкулов. Узбекистонда давлат харидларининг такомиллашувининг хукукий асослари. Халкаро молия ва хисоб» журнали. 2017

40. УЮ Уроков. К, ишлок хужалиги субъектларини солик имтиёзлари оркали раFбатлантириш. Иктисодиёт ва таълим. 2015

41. Urokov Uchkun Yunusovich, Toshmatova Rano Gaipovna, Sharapova Mashhura Azadovna, Ismailova Nasiba Komiljonovna, Isaev Husan Mansurovich. Matters of revenue generation and cost optimization while increasing the efficiency of the state budget. Journal of Hunan University (Natural Sciences). 2021/12

42. У Уроков. Узбекистон Республикасининг бюджет кодекси: мохияти, ахамияти ва афзаллликлари. Молия" журнали, 2014

43. У Уроков. Махаллий бюджетлар мустакиллигини оширишга оид назарий карашлар. 2020

44. У Уроков, Д Ускенбаева. Узбекистонда ташаббусли бюджетни жорий этишнинг ташкилий-хукукий асослари. Science and Education, 2022

45. У Уроков. Узбекистон Республикасининг бюджет кодекси: мохияти, ахамияти ва афзаллликлари. "Молия" журнали, 2014

46. U.Yu. O'roqov, S.h B. Abdulazizov. Ta'lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti. Science and Education, 2022. № 7

47. Uchqun Yunusovich O'roqov, Nozimaxon Jahongir qizi Rahimova. INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA QULAY INVESTITSIYA MUHITINING AHAMIYATI. RESEARCH AND EDUCATION.2022

48. Sherali Sultonov, Nodira Soatova. Factors strengthening the tax base of local budgets. Journal of Hunan University. Vol. 49. No. 12 December 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.