Научная статья на тему 'BANKLARDA ZAMONAVIY KREDIT XIZMATLARINI KO‘RSATISHNING AHAMIYATI'

BANKLARDA ZAMONAVIY KREDIT XIZMATLARINI KO‘RSATISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bank xizmatlari / masofaviy bank xizmatlari / zamonaviy bank xizmatlari bank xizmatlari / masofaviy bank xizmatlari / zamonaviy bank xizmatlari / internet-banking / raqamli banking / onlayn banking / banking services / remote banking services / modern banking services / banking services / remote banking services / modern banking services / internet banking / digital banking / online banking.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ruziyev Z.I., Suyunov D.R.

Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy va masofaviy bank xizmatlari ko’rsatishning ilmiy-nazariy asoslari va O’zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning iqtisodiy ahamiyati o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PROVIDING MODERN CREDIT SERVICES IN BANKS

In this article, the scientific-theoretical basis of providing modern and remote banking services in commercial banks and the economic importance of providing modern banking services in Uzbekistan are studied.

Текст научной работы на тему «BANKLARDA ZAMONAVIY KREDIT XIZMATLARINI KO‘RSATISHNING AHAMIYATI»

Ruziyev Z.I.

QMII "Moliya" kafedrasi dotsenti

Suyunov D.R.

QMII "Moliya" kafedrasi magistranti

BANKLARDA ZAMONAVIY KREDIT XIZMATLARINI KO'RSATISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy va masofaviy bank xizmatlari ko 'rsatishning ilmiy-nazariy asoslari va O 'zbekistonda zamonaviy bank xizmatlarini ko 'rsatishning iqtisodiy ahamiyati o 'rganilgan.

Kalit so 'zlar: bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank xizmatlari bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking

Ruziyev Z.I. associate professor "Finance" department KEEI Suyunov D.R. master's student "Finance" department KEEI

THE IMPORTANCE OF PROVIDING MODERN CREDIT SERVICES

IN BANKS

Abstract. In this article, the scientific-theoretical basis of providing modern and remote banking services in commercial banks and the economic importance of providing modern banking services in Uzbekistan are studied.

Keywords: banking services, remote banking services, modern banking services, banking services, remote banking services, modern banking services, internet banking, digital banking, online banking.

KIRISH

Hozirgi davrdagi tezkor va shiddatli rivojlanish hamda iqtisodiyotdagi tub o'zgarishlar davrida raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha ilg'or raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizga kirib kelmoqda. Shu sababli aholining turmush tarzini yanada yaxshilash va osonlashtirish, kompyuterlashtirish va mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida Respublikamiz rahbariyati bir qancha qarorlarni qabul qildi va "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqmoqda. O'zbekiston Respublikasi bank tizimida mijozlarga taqdim etiladigan elektron bank xizmatlarini ko'rsatish borasida tizimli ishlar

мЭкономнка h соцвумм №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

727

tashkil etilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi "2020 - 2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmonida "O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralib, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatiniavtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog'liq bo'lmagan funktsiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirishga juda katta e'tibor berilmoqda.

Shuningdek, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulyator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bog'liq bo'lgan yuklarni kamaytirish; masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to'lovlar soni va qamrovini kengaytirish; avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish; bank ma'lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; bank sohasidagi yangi kontseptsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank) " kabi vazifalarning belgilanganligi mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Mavzuga oid bir qator olimlarning tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Ularda olimlarning masofaviy bank xizmatlariga odi fikr mulohazalari tahlil qilindi. XX asrning 60-70 - yillari bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bu paytda X. Duglas Michigan universitetining "Kreditlash sohasidagi bank siyosati" (1971 y.), D.Revel Uels universitetining «Raqobat va bank faoliyatini boshqarish» (1978 y.), Jeneva universitetining «Jamg'arma banklarining kredit xizmatlari» (1974 y.) tadqiqotlari, Sh.Dereyning «Britaniya banklari strategiyasi va xalqaro raqobat» asari (1977 y.) xamda G.Brayanning «Bank sohasidagi raqobat» tadqiqoti (1970 y.) chop etiladi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy ishlar bank xizmatlari bozori va uning bank xizmati segmentini o'rganishga bag'ishlangan. Rus iqtisodchi olimi V.K. Spilnichenkoning fikricha «Bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish bu informasion xizmatlarning kompleksi va mijozning hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni uning bankka tashrif buyurmasdan bergan topshirig'iga asosan bajarishdir.

Bank hisobvarag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimi telekommunikatsiya tizimi orqali bankning ma'lumotlar bazasiga mijozning murojaatiga asoslanadi1 N.I.Lixodeyeva esa bank hisob-varag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimini mijoz tomonidan kompyuter texnologiyalaridan

'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

728

foydalangan holda bankka tashrif buyurmasdan ya'ni masofadan buyurtmalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyasi sifatida e'tirof etgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Raqamli banking - bu onlayn banking va mobil bankingning kombinatsiyasi. Raqamli bank xizmatlaridan foydalanish xarajatlaringizni kamaytirishga yordam beradi, chunki bu nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni ham tejaydi. Onlayn banking - bu o'z qurilmangizdan bank veb-sayti orqali bank xizmatlaridan foydalanishni anglatadi. Masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish turli bank operatsiyalarini masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya. Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi. Masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi bank xizmatlari tizimida yangi hajmdagi va yangi shakldagi turli xizmatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi.

Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o'rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta'minlanadi. Internet-banking xizmati orqali mijoz o'z ish joyida yoki boshqa o'ziga qulay sharoitda: to'lovlarni o'tkazish; Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasi olish va mobil ilova orqali xaridlarni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: - plastik kartani olish uchun o'zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish (onlayn tarzda tijorat banklarning rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish imkoniyati mavjud)

- bank kartasini pul mablag'lari bilan to'ldirish (bankomatning "cash-in" funksiyasi yoki bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali); - bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank karta hisobvarag'ini o'z mobil telefon raqamiga bog'lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma yoki telegram-xabarnoma xizmatini faolashtirish; - tijorat banklari yoki to'lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion tizimli mobil telefon uchun "Google Play market" internet ilovasidan yoki iOS operatsion tizimli mobil telefon uchun "Appstore" internet ilovasidan yuklab olish (ro'yxat ilova qilinadi);

- mazkur mobil ilovalarda ro'yxatdan o'tish, ya'ni olingan bank karta raqami va amal qilish muddati kiritilgandan so'ng mobil telefonga kelgan maxfiy kodni kiritish orqali identifikatsiyadan o'tish; - xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mobil ilovaga kirish uchun maxfiy kodni o'rnatish.

Mazkur amallarni bajarish uchun hech qanday bank xizmati bo'yicha vositachilik haqi olinmaydi. 1994 yil 13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaror qabul qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo'shagan mablag'larni o'z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo'yildi. Mazkur Qarorlarga binoan tijorat banklarining bo'limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

729

to'lov tizimiga qo'shib borildi. Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron to'lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi. Oktyabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi. Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy bir ko'rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi "Milliy to'lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3945-sonli qaroriga asosan Milliy banklararo protsessing markazi 2018 yilning IV-choragida tashkil etildi va "Humo" to'lov tizimi 2019 yilning I-choragidan boshlab ishga tushirildi. Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi:

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining asosi hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati, to'lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko'tarilishini ta'minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Shunday zamonaviy texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlari, xususan Internetbanking

Foydalanilgan adabioytlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida" gi PF -5992 sonli Farmoni,12.05.2020 yil.

2. Спильниченко В.К. Трансформatsiя банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26).

3. Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организatsiи. - 2014. - No2. - С. 23-27.

4. Izbosarov Boburjon Bahriddinovich. Raqamli iqtisodiyotda tijorat banklari likvidligini tartibga solish. 2019 yil. PhD dissertatsiya. 22-42 betlar.

5. Saidqulov Murod Hayitboy o'g'li. Elektron bank xizmatlarini rivojlantirish va bank ishini avtomatlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari. Magistr dissertatsiyasi. 2021 yil. 24-66-77- betlar.

6. SHERALI SULTONOV, SHERZOD ALILOV, JASUR RAZZAKOV, KHUSAN ISAEV. DEVELOPMENT WAYS OF STOCK MARKET IN UZBEKISTAN (IN THE CASE OF "TASHKENT" REPUBLICAN STOCK EXCHANGE). Journal of Critical Reviews.2020

"Экономика и социум" №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

730

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.