Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA QAYTA SUG‘URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONDA QAYTA SUG‘URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
46
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qayta sug‘urta / sug‘urta kompaniyalari / ijtimoiy himoya / barqaror istisodiyot / yuqori darajali javobgarlik / risklarni ikkilamchi bo‘lish / risklarni uzatish / javobgarlikni taqsimlash.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jamolova Xonzoda O‘Rolboy Qizi

Qayta sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari iqtisodiy barqarorlikka va ijtimoiy himoyaning kengayishiga olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, uning iqtisodiy ahamiyati qanchalik dolzarb ekanini anglashimiz mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada qayta sug‘urtaning xususiyatlari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA QAYTA SUG‘URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

O'ZBEKISTONDA QAYTA SUG'URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Jamolova Xonzoda O'rolboy qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliya va buxgalteriya hisobi" fakulteti talabasi

xonzodajamolova513@gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.10799662

Annotatsiya. Qayta sug'urtaning o'ziga xos xususiyatlari iqtisodiy barqarorlikka va ijtimoiy himoyaning kengayishiga olib kelishini hisobga oladigan bo'lsak, uning iqtisodiy ahamiyati qanchalik dolzarb ekanini anglashimiz mumkin bo'ladi. Ushbu maqolada qayta sug'urtaning xususiyatlari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: qayta sug'urta, sug'urta kompaniyalari, ijtimoiy himoya, barqaror istisodiyot, yuqori darajali javobgarlik, risklarni ikkilamchi bo'lish, risklarni uzatish, javobgarlikni taqsimlash.

Kirish

Sug'urtada risk transferi - riskni uzatish bo'lib, ushbu jarayon sug'urta shartnomasini tuzish, qayta sug'urta shartnomasini tuzish va retrotsessiyani amalga oshirishda yuz beradi. Risk transferini amalga oshirishda risk yuz berishining moliyaviy oqibatlari natijasida ko'riladigan zararlarni qoplash bo'yicha javobgarlikni uzatish amalga oshadi. Aynan javobgarlikni boshqa sugurta kompaniyasiga uzatish jarayonida hosil bôladigan munosabat qayta sugurtani vujudga keltiradi.

Risklarni birlamchi bo'lish - birgalikda sug'urtani amalga oshirish orqali sug'urta riskini kamaytirish va sug'urta operatsiyalarini amalga oshirishdir. Birgalikda sug'urta ikki yoki undan ortiq sug'urta kompaniyasi tomonidan bir sug'urta obyektini bitta sug'urta shartnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi.

Risklarni ikkilamchi bo'lish - sug'urta riskini kamaytirish usuli bo'lib, bu qayta sug'urta orqali amalga oshiriladigan sug'urta operatsiyasidir.

Risklarni uchlamchi bo'lish - qayta sug'urtaga olingan risklarning bir qismini retrotsessiya operatsiyasi orqali boshqa qayta sug'urtalovchiga uzatishdir.

Qayta sugurtaning sugurta bozorini rivojlantirishdagi ahamiyati juda katta bôlib , yuqorida izohlanganidek u sugurta kompaniyalari uchun har qanday turdagi risklarni sugurtalash imkonini beradi. Yani bu qôshimcha daromad manbayi uchun yôl ochadi. Shuningdek qayta sugurta sugurta kompaniyalari uchun turli xildagi masuliyatlarni bexavotir olish, mijozlarning javobgarligini ta'minlashga yôl ochadi. Sugurta kompaniyalari bazida qabul qila olmagan risklari evaziga ôz obro'lariga putur yetkazishi va mijozlarning ishonchini yôqotishi mumkin. Aynan shu jarayon ham qayta sugurtaning bozordagi iqtisodiy rôlini kôrsatadi.

Buning isboti sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorini keltirish mumkin. Bu qarorda qayta sugurtaning istiqbollari uchun shunday tartibning yôlga qôyilishi haqida aytiladi. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq qayta sug'urtalovchi (qayta sug'urta brokeri) sug'urta majburiyatlarini qayta sug'urtalash uchun xorijiy sug'urta tashkilotlariga berishdan avval, beriladigan sug'urta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sug'urtalash bo'yicha ofertani (qayta sug'urta shartnomasini tuzish taklifini) O'zbekiston Respublikasi hududida qayta sug'urtalash huquqiga ega bo'lgan sug'urta tashkilotiga berishi shart. Shu kabi islohatlar , turli chora- tadbirlarni yôlga qôyish amalga oshirilmoqda[1].

Adabiyotlar sharxi

Qayta sugurtaning vatani Germaniya. Birinchi qayta sugurta jamiyati 1846-yilda Kyolda tashkil etilgan, undan keyin Myunxen qayta sugurta jamiyati tashkil etilgan. Shundan beri iqtisodchilar tomonidan uning barqarorlashuvini taminlash maqsadida ôzlarining ilmiy ishlarida turli fikr va mulohazalar bilan izohlaganlar. Huddi shunday Ozbekiston Respublikasida sugurtaning rivojlanishida alohida ôringa ega iqtisod fanlar doctori dotsent Qamariddin Qôldashevning qayta sugurtaga ta'rifi " Qayta sugurta- sugurta shartnomasi bôyicha qabul qilingan sugurta tovonini (sugurta tôlovini) tôlash tavakkalchiligini boshqa sugurtalovchi (qayta sugurtalovchi) bilan tuzilgan qayta sugurta shartnomasiga muvofiq sugurtalovchi tominidan tôliq yoki qisman sugurta qilish" [2].

Tadqiqod metodologiyasi

Mazkur ilmiy maqolada qayta sugurtani xalqaro standartlariga muvofiq tarzda, jahon tajribasiga tayangan holda yurtimiz O'zbekistonda ham uni joriy qilish , bundan mamlakatimiz iqtisodiyotiga ko'riladigan manfaatlarni , foyda va afzalliklarni qolaversa bu yo'ldagi qiyinchilik, kutilishi mumkin bo'lgan muammolar haqida fikr mulohazalar yuritish uchun vazifalar belgilab olindi . Tadqiqot jarayonida empirik tadqiqotni kuzatish, induksiya, deduksiya, jamlash va ma'lumotlar manbalari o'rtasidagi aloqalarni aniqlash usullaridan va nazariy tadqiqotning analiz va sintez usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Bugungi kunda kamida 45 mlrd. so'm miqdoridagi ustav kapitalini shakllantirgan kompaniyalarga qayta sug'urta bilan qo'shimcha ravishda shug'ullanishga ruxsat etilgan. O'zbekiston qayta sug'urta bozorida quyidagi kompaniyalar faoliyat yuritadi:

1. «O'zbekinvest» EISK AJ

2. «O'zagrosug'urta» AJ

3. «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ

4. «Temir yo'l sug'urta» MCHJ

5. «Ingo-Uzbekistan» AJ

6. «Gross Insurance» MCHJ.

Germaniya 2% Ozarbayjon 6%

Xitoy 3%

Rossiya 9%

Boshqalar BÄÄ Shvetsiya 8% 4% 2%

1-rasm. 2018-yilda O'zbekistondan qayta sug'urtaga javobgarlikni qabul qilgan chet

mamlakatlar tarkibi va ulushi

Manba: http://imda.uz\

Chet mamlakatlardan qayta sug'urtaga javobgarliklarni qabul qilish faoliyatining so'nggi yillarda sezilarli darajada oshganligini (jami kelib tushgan qayta sug'urta mukofotlari 333 mlrd. so'mni tashkil etdi) ijobiy holat deb baholash mumkin. Ushbu faoliyatda O'zbekinvest sug'urta kompaniyasi yetakchilik qilmoqda. Yuqoridagi parchali diagramma orqali shuni ko'rish mumkinki, mamlakatimizda ham qayta sug'urta kompaniyalari tomonida amalga oshirilayotgan qayta sug'urta faoliyati global bozorga chiqishga ulgurdi. Ya'ni sug'urta bozorimiz chet el mamlakatlarining ham e'tiborini tortgan hamda talablariga muvofiq bo'lgan. Bunda eng katta hajmdagi qayta sug'urtaga bergan davlat bu Angliya bo'lib, umumiy chet el mamlakatlarining qayta sug'urta qilish borasidagi murojatlari orqali qabul qilingan risklarning 58% ni tashkil etgan. Eng kichik miqdor esa Shvetsiya va Germaniya bilan bo'lib 2 % ni ko'rsatmoqda[3].

Global qayta sug'urta tashkilotlari dunyo bo'ylab katta miqdordagi sug'urta qoplamalarini yuz bergan katastrofik risklar uchun to'lab berish holatlari tez-tez uchrab turadi (so'nggi o'n yillikda qayta sug'urtalovchilar tomonidan bir yilda o'rtacha 110 mlrd. AQSH dollari miqdorida qoplamalar amalga oshirilmoqda). Xususan mamlakatimizda ham yirik tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxslar ham sug'urta xizmatlaridan foydalanganda, milliy sug'urta kompaniyalarimiz ham o'zi uchun eng muqobil qayta sug'urta kompaniyalaridan biri bilan aloqa qiladi. Tobora mamlakatimiz bo'ylab ham qayta sug'urtaning ulushi ortib bormoqda[4].

O'zbekiston sug'urta bozorida qayta sug'urta mukofotlari ulushi (mlrd so'mda)

1-jadval

Yillar Ko'rsatgichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Jami sug'urta mukofotlari 551,5 692,6 927,4 1635,2 2313,9 2211,7

Shundan qayta sug'urta mukofotlari 105,2 138,7 173,0 209,3 316,1 325,3

Jami sug'urta mukofotlarida qayta sug'urtaning ulushi(%) 19,1 20,0 18,7 12,8 13,7 14,7

Manba: http://imda.uz/

Ushbu statistik ma'lumotlar keltirilgan jadvaldan korishimiz mumkinki, qayta sugurta ham sugurta bozorida oz ornida ortib borayotgan jarayonda insonlar ixtiyoridan chetda bolgan, butun dunyoni iqtisodiy va ijtimoiy holatini ogirlashtirgan COVID-19 pandemiyasi bu borada ham oz ta'sirini korsatdi. 2019-yilda ancha tushib ketgan edi. Lekin asta-sekinlik bilan yana ulushi ortib bormoqda.

Qayta sugurta sugurta rivojlantirish uchun taklif sifatida aytish mumkinki, qaonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida qayta sugurta bandiga ham alohida e'tibor berish darkor. Sugurta faoliyatini tartib solish maqsadida Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining sugurtaga ajratilgan bobida atiga bir dona modda qayta sugurtaga bagishlangan bolib 959- moddasi "Qayta sugurta qilish" deb nomlanadi[5]. Shuningdek kompaniyalar ustav kapitalini oshirish qayta sugurta qilishga imkon yaratib, raqobatning oshishi natijasida qayta sugurtaning bozordagi ulushini hamda xalqaro bozorda yuqori natijalarni olishiga zamin yaratadi.

Xulosa

Mohiyatiga ko'ra qayta sug'urta xalqaro xususiyatga ega. Milliy sug'urta tashkilotlari o'z javobgarliklarini ko'p hollarda xalqaro darajada xizmat ko'rsatuvchi qayta sug'urta kompaniyalariga beradi. Lekin bu jarayonda mamlakatdan valyutaning chiqib ketishini hisobga oladigan bôlsak, bu iqtisodotga salbiy tasirini kórsatadi. Shunday ekan qayta sugurtani takomillashtirish nafaqat sugurta bozori uchun balki, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni olib keladi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/-4459802

2. Q.M.Qóldashev. Sugurta nazariyasi.(Darslik). -T.:"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2022-340b.

3. Arkurs.org sayt ma'lumotlari

4. http://imda.uz

5. Fuqarolik kodeksi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.