Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

O’ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

600
429
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farming / market response / Food technology and engineering / enterprises / Fermer xo‘jaligi / bozor munosabati / Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi / korxonalar

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jonibek Baxtiyor O‘g’li Umrzoqov

In the article, it is noted that the food industry is developing on a large scale, and attention is paid to the development of the population and education in the production and delivery of food products. Therefore, our government allocates a lot of money to the development of the food industry

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Maqolada oziq-ovqat sanoatini keng ko‘lamda rivojlanayotgani hamda hozirgi kunda presidentimiz tomonidan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va bir miyyorda ushlab turishi aholi ehtiyojlarini qondirish va ta‘lim sohsiga ham katta e‘tibor qaratilmoqda. Shu bois hukumatimiz tamonida oziq-ovqat sanootini rivojlantirishga katta mablag‘ ajiratilgan

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANTIRISH

OMILLARI

Jonibek Baxtiyor o'g'li Umrzoqov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filali 1-kurs talabasi

ABSTRACT

In the article, it is noted that the food industry is developing on a large scale, and attention is paid to the development of the population and education in the production and delivery of food products. Therefore, our government allocates a lot of money to the development of the food industry

Keywords: Farming, market response, Food technology and engineering, enterprises,

Maqolada oziq-ovqat sanoatini keng ko'lamda rivojlanayotgani hamda hozirgi kunda presidentimiz tomonidan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va bir miyyorda ushlab turishi aholi ehtiyojlarini qondirish va ta'lim sohsiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bois hukumatimiz tamonida oziq-ovqat sanootini rivojlantirishga katta mablag' ajiratilgan

Kalit so'zlar: Fermer xo'jaligi, bozor munosabati, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi, korxonalar,

O'zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish, barcha sohalarda keng ko'lamli izchil islohotlarni amalga oshirish bo'yicha o'zining taraqqiyot yolini tanladi. Bunda aholini to'g'ri ovqatlanish me'yorlariga mos, yuqori sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Shu munosabat bilan fermer xo'jaliklarini rivojlantirish asosida iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillariga mos tashkiliy tuzilmasini joriy etish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytirish va ularning huquqiy himoyasini ta'minlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.

ANNOTATSIYA

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'zbekiston Respublikasini birinchi prezidenti 1991 yil 29 noyabrda qabul qilingan "Respublikada dehqon (fermer) xo'jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat yo'li bilan qo'llab -quvvatlash to'g'risidagi" farmoni mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirish uchun asos bo'lib xizmat qildi.

Bu borada qabul qilingan Yer kodeksi, " Fermer xo'jaligi to'g'risida", "Dehqon xo'jaligi to'g'risida" va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi" qonunlar fermerlikni rivojlantirish, ularning iqtisodiy hamda moliyaviy mustaqilligini ta'minlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, fermer xo'jaliklari samaradorligi va rentabelligini izchil oshirishni ta'minlaydigan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yer maydonlarini optimallashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda qishloqlarda fermer xo'jaliklariga keng turdagi xizmatlar ko'rsatadigan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor

infratuzilmasi shakllantirilmoqda.Mamlakatimiz birinchi presidenti 2012-yil 22-oktyabrdagi "O'zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" Farmoni mamlakatimizda qishloq xo'jaligi tarmog'ini isloh etishning mantiqiy davomi bo'ldi. Mazkur hujjat fermer xo'jaliklarining samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yersuv resurslari va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirish, aholi bandligi hamda farovonligini ta'minlashda ularning rolini kuchaytirish imkonini bermoqda. Farmonga muvofiq, tashkil qilingan O'zbekiston Fermerlari kengashi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati idoralari, tayyorlov, ta'minot va xizmat ko'rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek, sudlarda ish ko'rib chiqilayotganda fermer xo'jaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilmoqda. O'zbekistonda 1990 - yilda aholining oziq-ovqat, asosan go'sht, sut va qandolatchilik mahsulotlariga ehtiyoji import hisobiga qondirilgan bo'lsa, unda bugungi kunda aholining ushbu mahsulotlarga ehtiyoji 96 foizga respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobiga qondirilmoqda.

Ayni paytda O'zbekistonning har bir fuqarosi bir oy ichida 40 turdagi oziqovqat mahsuloti sotib olishi mumkin va bunga o'rtacha ish haqining 40 foizini sarflaydi.

"Qishloq xo'jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan yili qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona, yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi.. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo'l qo'ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda ".

Mustaqillik yillarida go'sht iste'moli aholi jon boshiga 1,3 marotaba, sut va sut mahsulotlari 1,6 barobarga, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsuloti iste'moli esa deyarli 4 barobarga oshgan. Bu xalqimiz turmush tarzining o'sib borayotganidan guvohlik beradi.Tahlillarning ko'rsatishicha, respublikada, umuman olganda, iste'molning minimal darajasi asosan mahalliy ishlab chiqarish hisobiga ta'minlanmoqda.Oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turi ham sezilarli darajada kengaydi. Masalan, soya, maxsar, kungaboqar kabi tarkibida moy bo'lgan o'simliklarni yetishtirish uchun ajratilayotgan yer maydonlaridan olingan hosil hisobiga yog'-moy korxonalari tomonidan yiliga o'rtacha 95 ming tonna xom ashyo tayyorlanib, qayta ishlanmoqda. Non va non mahsulotlari turi ham ko'paydi. Ayni paytda mamlakatimiz korxonalarida uch yuzdan ziyod turdagi non mahsulotlari tayyorlanmoqda. Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 3 mingdan ko'proq nomdagi turli oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilmoqda va oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti har yili 80 ta yangi nom bilan boyib bormoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini ta'minlash maqsadida oziqovqat sanoatining korxonalari ISO-9001 xalqaro sifat standartlari va tayyor mahsulotlar xavfsizligi xalqaro sifat standarti ISO-22000 joriy qilingan.Mahalliy oziq-ovqat va xom ashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va iste'mol me'yorlarida o'rnatilgan assortimentda yetkazish bo'yicha choralar amalga oshirilmoqda. Bu choralar respublikada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirishga ko'maklashmokda.

O'zbekistonning oziq-ovqat sohasidagi islohotlari Xalqaro jamoatchilik tomonidan ham keng e'tirof etilmoqda. Jumladan, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ning 39-sessiyasi doirasida 2015 yilda O'zbekiston mingyillik rivojlanish dasturi bo'yicha yutuqlari (oziq-ovqat sohasidagi omilkorligi) uchun mukofotlandi. Shuningdek, O'zbekiston Britaniyaning "Economist" jurnali tomonidan 2015 yil natijalariga ko'ra tuzilgan yangi oziq-ovqat xavfsizligi darajasi reytingida 9 pog'onaga ko'tarildi. Bu reytingga hammasi bo'lib 109 davlat kiritilgan. O'zbekiston

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

reytingdan 64-o'rin egallab, o'tgan yilgi natijasini 9 yo'nalishni yaxshiladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (The Global Food Security Index)

Britaniyaning "The Economist Intelligence Unit" tahliliy kompaniyasi tomonidan AQShning "Dupon" trans milliy kompaniyasi ko'magida chiqariladi. Tadqiqotlar 2012 yildan beri olib boriladi. Bugungi kunda bu indeks o'zidan turli davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi holati ko'rsatkichlarining eng to'liq shaklini namoyon qiladi.Barcha davlatlar uchta kategoriya bo'yicha baholanadi: oziq-ovqat bilan ta'minlanganlik va iste'moli darajasi, ularning mavjudligi va yetarliligi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizlik darajasi. Bu mezonlardan har biri 28 ta turli ko'rsatkichni o'z ichiga olib, ularning qiymati ikki yillik davr davomida o'lchangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston sanab o'tilgan mezonlar ichida etarlilik bo'yicha eng ko'p ball olgan. Tadqiqotchilar ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari shunchalik ko'pki, har bir fuqaro kuniga 39 kilo kalloriyadan iste'mol qilish mumkin. Hisob-kitob qilishda xalqaro tashkilotlar va milliy institutlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Davlatning reytingdagi yuqori pozitsiyasi uning oziq-ovqat xavfsizligi yuqori darajada ekanligini bildiradi.

Bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga ishlab chiqarish sifatini oshirish va uni boshqarishning yangi standartlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalasi qo'yilgan. Ularning joriy etilishi istiqbolda korxonalar quvvatini yangi darajaga ko'tarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va turini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, korxonalarni yangi qoidalar bo'yicha sertifikatlashga tayyorlash, xodimlarni qayta o'qitish, maxsus ta'mirlash guruhlari tashkil qilish va boshqa masalalar katta ahamiyat kasb etayotir.

O'zbekiston hozirgi kunda oziq-ovqat sanoati masalalar bo'yicha turli xil izlanishlar olib bormoqda . O'zbekiston oziq-ovqat sanoatida izlanishlari olib boradigan 3ta ta'lim muassasasi: xalqaro institut, uning huzurida maxsus markaz va texnikum ochildi.Bu bo'yicha prezident qarori qabul qilindi.

2023-yil 26 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi [PQ-22-sonli] qarorga imzo chekdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan oziq-ovqat sanoati bilan bog'liq 3 ta muassasa tashkil topmoqda. Bular:

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

• Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

• Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi -Capacity Building Center;

• Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo'qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko'rsatish texnikumi.

Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o'rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi. Muassasada o'qitish ingliz, rus va o'zbek tillarida bo'ladi. Kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta'lim shakllari mavjud.

Shuningdek, 2024-2025 o'quv yilidan institutda bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha dual ta'lim tizimi joriy qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo'yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo'lga qo'yiladi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar institutga sohaga mos bo'lgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Bu qarorni qabul qilgani shundan iboratki hozirgi kunda aholoi soni tobora o'sib bormoqda kelajakda oziq ovqat tanqisligini oldini olish maqsadida malakali kadrlarni tayyorlash va oziq-ovqat tanqisligini muammolarin hal qilish yo'larini hamda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish va aholi ehityojlarini qondirishdir.

O'zbekistonda 2023 yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun yangicha mexanizm asosida 6,2 trln so'm ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ma'lum qildi.

Xususan, bog'dorchilik subyektlarining aylanma mablag'larini to'ldirish uchun Qishloq xo'jaligi jamg'armasi hisobidan 700 mlrd so'm yo'naltiriladi. Aholiga ajratilgan yer maydonlariga ko'chat, urug'lik, o'g'it va texnika yetkazib berish uchun 500 mlrd so'm ajratiladi.

«Qishloq xo'jaligi vazirligi ixtiyoridagi 130 mln dollar mablag' birinchi marta banklarsiz to'g'ridan-to'g'ri tadbirkorlarga ajratiladi. Ya'ni bunda bank ustamasi bo'lmaydi va tadbirkorga bozorga qaraganda ancha kredit olish imkoniyati

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yaratiladi», — dedi davlat rahbari. Ushbu mablag'lar so'mda 10 yilgacha muddatga beriladi. «Oldin biz bermagan edik», — deya ta'kidladi u.

Shu bilan birga, intensiv bog', tokzorlar, logistika obyektlarini tayyor holatda quribb, tadbirkorlarga lizing asosida berish tizimi ham yaratiladi.Tadbirkorlar 20 foizni oldindan to'laydi va qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo'lib-bo'lib to'laydi.

Bunda tadbirkorlar o'z loyihalarini vazirlik shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to'g'ridan-to'g'ri o'zi moliyalashtiradi.

2022 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish fizik hajmda 6,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 1,8 foizga pasayish kuzatildi (yanvar oyida ob-havoning anomal sovuqligi hamda elektr va gaz ta'minotidagi uzilishlar fonida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 8 foizga pasayish kuzatildi).

Hozirgi kunda O'zbekiston 109 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlari import

qildi

O'zbekiston 11 oyda 109 ta davlatdan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2 mlrd AQSh dollariga teng bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,6 foizga oshgan. 2022 yilning 11 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo'lgan davlatlar orasida Qozog'iston birinchi o'rinni egalladi - 36,6 foiz. Ushbu ko'rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko'rinish oldi:

• Rossiya - 24,1 foiz;

• Braziliya - 13,9 foiz;

• Belarus - 4,2 foiz;

• Pokiston - 1,8 foiz;

• Ekvador - 1,6 foiz;

• Hindiston - 1,6 foiz;

• Xitoy - 1,4 foiz;

• Turkiya - 1,4 foiz;

• Indoneziya - 1,4 foiz;

• boshqa davlatlar - 12 foiz.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

2021-yilda respublikamizda yrtishtirilgan mahsulotlar ko'rsatgichi

O'zbekiston hukumati tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun to'g'ridan-to'g'ri $130 mln ajratadi

Yil boshidan oziq-ovqat sanoatida pasayish kuzatilayotgan bir paytda O'zbekiston prezidenti oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun 6,2 trln so'm ajratilishini ma'lum qildi. Birinchi marta tadbirkorlar 130 mln dollarni banklar vositachiligisiz to'g'ridan-to'g'ri oladi, dedi president O'zbekistonda 2023 yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun yangicha mexanizm asosida 6,2 trln so'm ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ma'lum qildi.

Xususan, bog'dorchilik subyektlarining aylanma mablag'larini to'ldirish uchun Qishloq xo'jaligi jamg'armasi hisobidan 700 mlrd so'm yo'naltiriladi. Aholiga ajratilgan yer maydonlariga ko'chat, urug'lik, o'g'it va texnika yetkazib berish uchun 500 mlrd so'm ajratiladi.

«Qishloq xo'jaligi vazirligi ixtiyoridagi 130 mln dollar mablag' birinchi marta banklarsiz to'g'ridan-to'g'ri tadbirkorlarga ajratiladi. Ya'ni bunda bank ustamasi bo'lmaydi va tadbirkorga bozorga qaraganda ancha kredit olish imkoniyati yaratiladi», — dedi davlat rahbari. Ushbu mablag'lar so'mda 10 yilgacha muddatga beriladi. «Oldin biz bermagan edik», — deya ta'kidladi u.

Shu bilan birga, intensiv bog', tokzorlar, logistika obyektlarini tayyor holatda quribb, tadbirkorlarga lizing asosida

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

berish tizimi ham yaratiladi.Tadbirkorlar 20 foizni oldindan to'laydi va qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo'lib-bo'lib to'laydi.

Bunda tadbirkorlar o'z loyihalarini vazirlik shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to'g'ridan-to'g'ri o'zi moliyalashtiradi.

2022 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish fizik hajmda 6,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 1,8 foizga pasayish kuzatildi (yanvar oyida ob-havoning anomal sovuqligi hamda elektr va gaz ta'minotidagi uzilishlar fonida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 8 foizga pasayish kuzatildi).

Xulosa qilib aytganda, so'nggi yillarda oziq-ovqat sanoatini rivojlanirishga ijobiy ta'sir etgan omillar quyidagilardir:

- sifat menejmentining xalqaro andozalari asosida jahon oziq -ovqat

mahsulotlari bozorida milliy bozor ulushini oshirish;

- zamonaviy agrotexnologiyalarni jalb qilish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish borasida xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlik qilishni rivojlantirish;

- meva-sabzavot ekinlari va uzum hosildorligini oshirish, infratuzilma va logistika tizimlarini takomillashtirish;

- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirishga oid zarur qo'shimcha choralar ko'rish va boshqalar.

O'zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy yo'nalishlari bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi hamda nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqildi.

1. O'zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini ta'minlash uchun, birinchi navbatda, agrar sohada samarali va oqilona islohotlar davomiyligi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi va doimiy uning nazorati ostida bo'lishi lozim. Bu sohadagi islohotlar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo'lgan g'allachilikda olib borilishi undan yuqori hosil olinishini ta'minlaydi va aholida iste'mol uchun qolayotgan don hajmini yildan -yilga ko'payishiga olib keladi.

2. Kam ta'minlangan va past daromadli aholi qatlamlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashning quyidagi mexanizmlarini joriy

etish maqsadga muvofiqdir:

Xulosa

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish va dotasiyalar ajratish (mavjud daromadlariga qo'shimcha sifatida); Kichik biznesning rivojlanishini qo'llabquvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o'rinlarini tashkil etishga ko'maklashish; iste'mol talabini oshirishni rag'batlantirish;

- imtiyozli narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini markazlashgan holda taqsimlash;

- qishloqlarda mustahkam baza, infratuzilma va kommunikasiyalarni yaratish; O'zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar, oziq-ovqat

xavfsizligini, chunonchi, qishloq xo'jaligini tubdan isloh etish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hisobidan ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni quyidagi yo'nalishlarda izchil davom ettirish maqsadga muvofiqdir:

- oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozori talablari darajasida tayyorlash uchun korxonalarga zamonaviy texnologiyalar, sifatni boshqarishning yangi standartlarni joriy etish;

- savdo logistika markazlari tashkil etish;

- yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, idishlar, qadoqlash materiallari ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar tashkil etish;

- oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum usulida halqaro talablar darajasidagi shisha idishlarda qadoqlash usulini kengaytirish va boshqalar.

Bu, o'z navbatida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uzviy qismi sifatida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega agrosanoat kompleksini jadal rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish va shu tariqa mamlakatimiz farovonligi hamda barqarorligining kafolati bo'lib xizmat qiladi

REFERENCES

1. Muslimbekova D."Oziq-ovqat xavfsizligi - muhim masala".//"Mening mulkim-Chastnaya sobstvennost" -Toshkent, 2014. 08 avgust

2. I.A.Karimov. "Bosh maqsadimiz - mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//"Xalq so'zi", 2016 yil 16 yanvar.

3. http://diplomacyindia.com/development-of-agriculture-in-uzbekistan-during-the-years-of-independence-46719

4. O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidentining —Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidallgi 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son Qarori

May 12^13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.