Научная статья на тему 'RESPUBLIKA QISHLOQ XO‘JALIGIDA YETISHTIRILADIGAN MAHSULOTLAR O‘RNI VA AHAMIYATI'

RESPUBLIKA QISHLOQ XO‘JALIGIDA YETISHTIRILADIGAN MAHSULOTLAR O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

343
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qishloq xo„jaligi mahsulotlariga o„rni va ahamyatlari / Место и значение сельскохозяйственной продукции.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — O. M. Mustafoyev

Mazkur ilmiy tadqiqot ishida qishloq hududlari qishloq xo„jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar o„rni va ahamiyatini iqtisodiy baholash haqida fikir yurtilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной научно-исследовательской работе рассмотрена экономическая оценка места и значения продукции, выращиваемой в сельском хозяйстве сельской местности

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKA QISHLOQ XO‘JALIGIDA YETISHTIRILADIGAN MAHSULOTLAR O‘RNI VA AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

RESPUBLIKA QISHLOQ XO'JALIGIDA YETISHTIRILADIGAN MAHSULOTLAR O'RNI VA AHAMIYATI

O. M. Mustafoyev

Magistratura talabasi, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

[email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy tadqiqot ishida qishloq hududlari qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar o'rni va ahamiyatini iqtisodiy baholash haqida fikir yurtilgan

Kalit so'zlar: Qishloq xo'jaligi mahsulotlariga o'rni va ahamyatlari

АННОТАЦИЯ

В данной научно-исследовательской работе рассмотрена экономическая оценка места и значения продукции, выращиваемой в сельском хозяйстве сельской местности.

Ключевые слова: Место и значение сельскохозяйственной продукции.

ABSTRACT

In this research work, an economic assessment of the place and importance of products grown in rural agriculture is considered.

Keywords: Place and importance of agricultural products

O'zbekiston Respublikasi faqat o'zi yetishtirayotgan paxta tolasi bilan emas, balki butun dunyo xalqlari yaxshi ko'rib iste'mol qiladigan mevalari, uzumlari, sabzavot va poliz mahsulotlari bilan mashhur bo'lib, ularning ko'pgina turlari va navlari boshqa mamlakatlarda uchraymadigan xammani o'ziga tortadigan ta'mi va xushxo'rligi bilan alohida ajralib turadi..

O'zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari iqlim sharoitining juda qulayligi tufayli mana shunday noyob bo'lganligi uchun ham jahon qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorida yuqori darajada raqobatbardoshdir. Bugungi kunda O'zbekiston qishloq xo'jalik mahsulotlarining o'ta qimmatli navlarini yetishtirish va qayta ishlash, ularni eksport qilish sohasida katta salohiyatga ega.

Agrar sektorda eksportga mo'ljallangan mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va

uni qayta ishlaydigan sanoatni yetakchi o'ringa ko'tarish qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi. Ushbu vazifani

May 12-13

709

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hal qilish, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov bir necha bor ta'kidlagan, qishloq xo'jaligi mahsulotining sifatini hamda uni qayta ishlaydigan korxonalarning samaradorligini oshirishni, ichki va tashqi sotish bozorlarini yanada kengaytirishni talab qilmoqda.

Oziq-ovqat iste'mol bozori sanoat bo'yicha non va non mahsulotlari bozori, meva-sabzavot bozori, shakar va qandolat bozori, go'sht va go'sht mahsulotlari bozori, sut va sut mahsulotlari bozori va boshqalarga bo'linadi. ularning har biri o'ziga xosdir va har qanday iqtisodiyotda sodir bo'ladi.

Bundan tashqari, oziq-ovqat bozori bir qator qo'shimcha funktsiyalarni bajaradi: saqlash, saqlash, tashish, marketing tahlili. Qishloq xo'jaligi bozorining ushbu bozorda raqobatning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatuvchi muhim xususiyatlaridan biri bu bozor davlat nuqtai nazaridan ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qaralishidir. "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi", "Aholining ijtimoiy ta'minlanganlik darajasi" kabi tushunchalar ushbu bozor bilan chambarchas bog'liq. Bu bizni ushbu bozorga nafaqat iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, balki uning faoliyatining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ham hisobga olgan holda qarashga majbur qiladi. Tarif yoki tarifsiz chora-tadbirlar orqali davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmi ancha murakkab, shuning uchun qonunda ko'rsatilgan imkoniyatlarni qo'llash va maqsadga erishish uchun vaqt kerak. Shu bilan birga, tartibga solishning murakkabligi oziq-ovqat bozorini tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning sezilarli sonidadir. Yirik fermer xo'jaligi va shaxsiy yordamchi xo'jaliklari, qayta ishlash sanoati va savdo korxonalari kabi sub'yektlarning mavjudligi tartibga solishning ko'p sohalarini, ular o'rtasidagi munosabatlarning tegishli modelini yaratishni nazarda tutadi. qonunda berilgan imkoniyatlardan foydalanish va maqsadga erishish. Shu bilan birga, tartibga solishning murakkabligi oziq-ovqat bozorini tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning sezilarli sonidadir. Yirik fermer xo'jaligi va shaxsiy yordamchi xo'jaliklari, qayta ishlash sanoati va savdo korxonalari kabi sub'yektlarning mavjudligi tartibga solishning ko'p sohalarini, ular o'rtasidagi munosabatlarning tegishli modelini yaratishni nazarda tutadi. qonunda berilgan imkoniyatlardan foydalanish va maqsadga erishish. Shu bilan birga, tartibga solishning murakkabligi oziq-ovqat bozorini tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning sezilarli sonidadir. Yirik fermer xo'jaligi va shaxsiy yordamchi xo'jaliklari, qayta ishlash sanoati va savdo korxonalari kabi sub'yektlarning mavjudligi tartibga solishning ko'p sohalarini, ular o'rtasidagi munosabatlarning tegishli modelini yaratishni

nazarda tutadi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasiga kiruvchi komponentlar tizimi ishlab chiqilgan hamda aqlli agro qo'shilgan qiymat zanjiri xaritasi (smart agri value chain mapping) va ma'lumotlar platformasini shakllantirish mexanizmi taklif qilingan;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subektlarning rivojlanish darajasi, ta'sir qiluvchi omillari, istiqbolli yo'nalishlarini anketa so'rovi natijalari logit va probit modellari yordamida asoslangan;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi mavsumiy tebranishlar deterministik model, davriylik xususiyatlar Fur'e qatorlari yordamida tizimlashtirilgan;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini barqaror rivojlantirish senariylari hamda muhim indikatorlari (etishtirilgan mahsulot miqdori) istiqboldagi 2021-2025-yillarga prognoz ko'rsatkichlari ko'p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo'jaligida mahsulot yetishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasiga kiruvchi komponentlar tizimi hamda aqlli agro qo'shilgan qiymat zanjiri xaritasi (smart agri value chain mapping) va ma'lumotlar platformasini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish bo'yicha berilgan taklif O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2021-yil 18-fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Bu esa, o'z navbatida, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari bo'yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma'lumotlarni olish imkoniyatini yaratgan;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub'ektlarning rivojlanish darajasi, ta'sir qiluvchi omillari, istiqbolli yo'nalishlari, anketa so'rovi natijalarini logit va probit modellari yordamida asoslash bo'yicha berilgan taklif O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2021-yil 18-fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Mazkur taklif qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchining barqaror rivojlanishini ta'minlash yo'nalishlarini belgilashda foydalanish imkoniyatini yaratgan;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi mavsumiy tebranishlarni deterministik model, davriylik xususiyatlarini Fur'e qatorlari yordamida tizimlashtirish bo'yicha berilgan taklif O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2021 yil 18

May 12-13

711

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mavsumiy tebranishlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega;

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini barqaror rivojlantirish ssenariylari hamda muhim indikatorlari (etishtirilgan mahsulot miqdori)ning kelgusidagi prognoz ko'rsatkichlarini ko'p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqish bo'yicha berilgan takliflar O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma'lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining prognoz ko'rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Ayni vaqtda qishloq xo'jalik mahsulotlarining eksport salohiyatini hamda uni yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchilari faoliyatining samaradorligini oshirish birinchi navbatda qishloq va suv xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda halqaro standartlarni qo'llanilishini amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun ham agrar sohada faoliyat olib borayotgan qishloq xo'jalik maxsulotlarini yetishtiruvchi va ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish usullarini yaratish zarur.

Agrar sohani rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifatini oshirish ularni xalqaro raqobatbardoshligini ta'minlashda jahonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda sifatni ta'minlashga yo'naltirilgan standartlarni o'rganish va tahlil qilish hamda qishloq xo'jalik maxsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha jahonda yuqori ko'rsatgichlarga ega xalqaro Global G.A.P. standartini O'zbekistonda joriy etishning ahamiyati va afzalliklarini o'rganib chiqish, ushbu standartni O'zbekistonda joriy etish bo'yicha usul va chora tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish maqolaning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi.

Maqolaga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish

zarur:

- Respublikada amaldagi mavjud qishloq xo'jaligiga oid xalqaro, davlatlararo va milliy standartlarni aniqlash va tahlil qilish;

-Jahonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan xalqaro sifat standartlarini o'rg anish va tahlil qilish;

- Xalqaro va hududiy standartlarni O'zbekiston davlat standarti sifatida qabul qilish tartibi va usullarini ifodalash;

- O'zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlashda xalqaro GLOBAL G.A.P standartini

joriy etishning afzalliklari, o'rni va ahamiyatini o'rganib chiqish va tahlil qilish;

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirishda GlobalG.A.P. xalqaro standartini O'zbekistonda joriy etish usulini yaratish va uni tavsiya qilish.

GLOBALGAP(EUREPGAP) - butun jaxon bo'yicha qishloq xo'jaligi maxsulotlarini standartlash va sertifikatlashtirish bo'yicha xalqaro xususiy idora.

Mazkur idora (EUREPGAP) -Euro-RetailerProduceWorkingGroup - oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi masalalari bo'yicha yevropa ishchi guruhi) tomonidan 1997 yilda Garmaniyada tashkil etilgan. GLOBALGAP ning asosiy faoliyat turi butun jaxon bo'yicha qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlariga standartlar ishlab chiqish va sertifikatlashtirishga talablarni o'rnatishdir. Bu idoraning asosiy boshqaruv tarkibi Rais, Kotibiyat, Milliy texnik texnik ishchi guruh, Sertifikatlashtirish va boshqa sohalar bo'yicha texnik qo'mitalardan iborat.

Hozirgi kunda GLOBALGAPga jahonning 100 dan ortiq davlat va oziq-ovqat savdosi bilan shug'ullanuvchi yirik firma, korxona va uyushmalar a'zo hisoblanadi.

GLOBALGAP xalqaro standartlarini joriy etish majburiy emas. Har bir mamlakat bu standartlarni xususiy idoraga a'zo bo'lish va kelishuv orqali butunligicha yoki ayrim bo'limlarini qabul qilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida xalqaro standartlarni qo'llash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Global miqiyosda qo'llanilayotgan GLOBAL GAP (Qishloq xo'jalik amaliyotini yaxshilash) xalqaro standartini yurtimizda joriy etish bo'yicha 2011 yilning 4-6 may kunlari GLOBAL GAP standartlashtirish va sertifikatlashtirish talablari bo'yicha Belgiyalik xalqaro ekspert K.Petrov respublikamizga taklif etildi va seminar treyning o'tkazildi. Ushbu o'quv kursida Qishloq va suv xo'jaligida standartlashtirish markazi, "O'zstandart" agentligi, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi Univeg ASIA MChJ va KATRI VOSTOK konsalting kompaniyalardan 17 nafar xodim ishtirok ishtirok etib, Global GAP xalqaro sertifikatlashtirish idorasining tegishli sertifikatga ega bo'ldilar.

O'quv treyning davomida ishtirokchilar Global GAP xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish idorasiga a'zo bo'lish, ushbu standart talablarini o'rganish bilan birga uni respublikamiz fermer xo'jaliklarida qo'llash imkoniyatlari xaqida tushunchalarga ega bo'ldilar.

Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish korxonalari hamda agrar sohada faoliyat olib borayotgan tashkilotlarni qo'llab quvvatlash,

ularning mavqeyini yanada oshirish bo'yicha bir qancha chora-tadbirlar amaliyotga joriy etilmoqda.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

XULOSA

Jahonda qishloq xo'jaligi maxsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlashda sifatni ta'minlashga yo'naltirilgan xalqaro standartlar o'rganildi va tahlil qilindi. O'rganish va tahlil qilish natijasida qishloq xo'jalik maxsulotlari sifati va xavfsizligini ta'minlashda jahonda yuqori ko'rsatgichlarga ega xalqaro Global G.A.P. standartini O'zbekistonda joriy etish bo'yicha takliflar berildi. Ushbu standartni O'zbekistonda samarali joriy etish bo'yicha usul va chora tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Bular esa respublikamiz qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati va raqobatbardoshligini ta'minlash hamda eksportbop mahsulotlarning hajmini oshirishda yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi korxonalarning halqaro sifat standartlarini o'zida joriy etish va ular asosida qishloq xo'jalik maxsulotlarini sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni tashkillashtirishda amaliy yordam beradi.

REFERENCES

1. Karimov I.A., "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari", O'zbekiston: Toshkent, 2009y., 486 b.

2. O'zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni.

3. Ismoilov B.X. "O'zbekiston respublikasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etish usullari" Toshkent, 2012y

4. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

5. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.