Научная статья на тему 'O‘ZBЕKISTONDA OLIY TA’LIMDAN KЕYINGI TA’LIM TIZIMIDA TAYYORLANADIGAN KADRLAR SONI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING 2023-2027 YILLARGA PROGNOZ QIYMATLARI'

O‘ZBЕKISTONDA OLIY TA’LIMDAN KЕYINGI TA’LIM TIZIMIDA TAYYORLANADIGAN KADRLAR SONI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING 2023-2027 YILLARGA PROGNOZ QIYMATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
63
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PhD / DSc / ilmiy darajali kadrlar / doktorantura / ilmiy maqolalar / professor-o‘qituvchilar / yashil energetika / ichki / tashqi / iqtisodiy / ijtimoiy omillar / PhD / DSc / academic personnel / doctoral studies / scientific articles / professors and teachers / green energy / economic and social factors

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Norov, Asror Egamberdiyevich

Ushbu maqolada O‘zbekistonda so‘nggi 10 yildagi pedagogik kadrlar soni haqidagi statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Tahlil uchun tanlangan omillar sifatida bitiruvchilar soni, talabalar soni, muassasalar soni va oliy ta’limni moliyalashtirish darajasi ko‘rsatilgan. Shuningdek, ilmiy darajali kadrlar soni bo’yicha hisoblangan tavsifiy statistikalar, respublikada ilmiy darajalilar soni va unga ta’sir etuvchi omillarning 2023-2027 yillarga prognoz qiymatlari keltirilgan. Shuningdek, Prognoz davrida OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar sonining ortib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda (ko’plab yangi ixtisosliklar ochilishi natijasida). 2022 yilda respublika bo’yicha 275 ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud bo’lgan bo’lsa, 2027 yilga kelib 320 tani tashkil etishini kuzatishimiz mumkin. Demak, prognoz davrida OTM va ITIlarda yana 50 ga yaqin yangi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar tashkil etilishini kuzatish mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda professor-o‘qituvchilar sonining ekonometrik o‘rganilishi ijobiy tendentsiyani ko‘rsatdi, biroq mamlakatda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarur. Pedagog kadrlarni ta’lim muassasalari va hududlar bo‘yicha teng taqsimlashni ta’minlash, o‘qituvchilarning mehnatiga haq to‘lash darajasini oshirish muhim ahamiyatga egaligi xulosalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORECAST VALUES OF THE NUMBER OF PERSONNEL TO BE TRAINED IN THE POST-HIGHER EDUCATION SYSTEM IN UZBEKISTAN AND THE FACTORS AFFECTING THEM FOR THE YEARS 2023-2027

This article uses statistical data on the number of teaching staff in Uzbekistan over the past 10 years. The number of graduates, the number of students, the number of institutions, and the level of funding for higher education are the factors selected for analysis. Descriptive statistics are also presented, calculated by the number of personnel with academic degrees, the number of academic degrees in the country and the forecast values of the factors influencing it for 2023-2027. Also, in the Forecast period, the number of specialized academic councils in universities and ITI increases (as a result of the opening of many new specialties). In 2022, there were 275 specialized scientific councils in the republic, and by 2027 there will be 320 of them. Thus, it can be stated that about 50 new specialized scientific councils will be created in universities and ITI in the forecast period. In addition, an econometric study of the number of faculty in Uzbekistan showed a positive trend, but it is necessary to continue work to improve the higher education system in the country. The conclusion is made about the importance of ensuring an equal distribution of teaching staff across educational institutions and regions, increasing the level of remuneration of teachers.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕKISTONDA OLIY TA’LIMDAN KЕYINGI TA’LIM TIZIMIDA TAYYORLANADIGAN KADRLAR SONI VA ULARGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING 2023-2027 YILLARGA PROGNOZ QIYMATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIM TIZIMIDA TAYYORLANADIGAN KADRLAR SONI VA ULARGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNING 2023-2027 YILLARGA PROGNOZ QIYMATLARI

Norov Asror Egamberdiyevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi,

i.f.f.d. (PhD), e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda so'nggi 10 yildagi pedagogik kadrlar soni haqidagi statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Tahlil uchun tanlangan omillar sifatida bitiruvchilar soni, talabalar soni, muassasalar soni va oliy ta 'limni moliyalashtirish darajasi ko'rsatilgan. Shuningdek, ilmiy darajali kadrlar soni bo'yicha hisoblangan tavsifiy statistikalar, respublikada ilmiy darajalilar soni va unga ta 'sir etuvchi omillarning 2023-2027yillargaprognoz qiymatlari keltirilgan.

Shuningdek, Prognoz davrida OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar sonining ortib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda (ko 'plab yangi ixtisosliklar ochilishi natijasida). 2022 yilda respublika bo'yicha 275 ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud bo 'lgan bo 'lsa, 2027 yilga kelib 320 tani tashkil etishini kuzatishimiz mumkin. Demak, prognoz davrida OTM va ITIlarda yana 50 ga yaqin yangi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar tashkil etilishini kuzatish mumkin.

Bundan tashqari, O'zbekistonda professor-o'qituvchilar sonining ekonometrik o'rganilishi ijobiy tendentsiyani ko'rsatdi, biroq mamlakatda oliy ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish zarur. Pedagog kadrlarni ta'lim muassasalari va hududlar bo 'yicha teng taqsimlashni ta 'minlash, o 'qituvchilarning mehnatiga haq to'lash darajasini oshirish muhim ahamiyatga egaligi xulosalari berilgan.

Kalit so'zlar: PhD, DSc, ilmiy darajali kadrlar, doktorantura, ilmiy maqolalar, professor-o 'qituvchilar, yashil energetika, ichki, tashqi, iqtisodiy, ijtimoiy omillar

ABSTRACT

This article uses statistical data on the number of teaching staff in Uzbekistan over the past 10 years. The number of graduates, the number of students, the number of institutions, and the level of funding for higher education are the factors selected for analysis. Descriptive statistics are also presented, calculated by the number of personnel with academic degrees, the number of academic degrees in the country and the forecast values of the factors influencing it for 2023-2027.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Also, in the Forecast period, the number of specialized academic councils in universities and ITI increases (as a result of the opening of many new specialties). In 2022, there were 275 specialized scientific councils in the republic, and by 2027 there will be 320 of them. Thus, it can be stated that about 50 new specialized scientific councils will be created in universities and ITI in the forecast period.

In addition, an econometric study of the number of faculty in Uzbekistan showed a positive trend, but it is necessary to continue work to improve the higher education system in the country. The conclusion is made about the importance of ensuring an equal distribution of teaching staff across educational institutions and regions, increasing the level of remuneration of teachers.

Key words: PhD, DSc, academic personnel, doctoral studies, scientific articles, professors and teachers, green energy, economic and social factors

Hozirgi kunda O'zbekistonda oliy o'quv yurtlarida professor-o'qituvchilar soni ortib bormoqda. Ushbu jarayonning sabablari va dinamikasini tushunish uchun ekonometrik tadqiqot o'tkazish zarur.

Dastlabki ma'lumotlar sifatida O'zbekistonda so'nggi 10 yildagi pedagogik kadrlar soni haqidagi statistik ma'lumotlardan foydalanildi. Tahlil uchun tanlangan omillar sifatida bitiruvchilar soni, talabalar soni, muassasalar soni va oliy ta'limni moliyalashtirish darajasi ko'rsatilgan. O'rganish davomida professor-o'qituvchilar sonining ko'payishi oliy ta'lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari sonining ko'payishi bilan bog'liqligi aniqlandi. Shuningdek, oliy ta'limni moliyalashtirish darajasi professor-o'qituvchilar soni bilan bevosita bog'liqligi aniqlandi. Biroq, ijobiy dinamikaga qaramay, ekonometrik tadqiqotlar O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida hali ham muammolar mavjudligini ko'rsatdi. Masalan, ta'lim muassasalari va respublika hududlari bo'yicha professor-o'qituvchilar tarkibi notekis taqsimlangan. Bundan tashqari, o'qituvchilarning ish haqining pastligi malakali kadrlarning xorijga chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda olim ta'lim va undan keyingi ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar ilmiy darajali kadrlar sonini va sifatini oshirishga qaratilgan. Ilmiy darajali kadrlar mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta'minlashda, yangi loyihalarni amalga oshirishda, mehnat unumdorligini oshirishda katta amaliy yordam berib kelmoqda. Mamlakatimizda innovatsion rivojlanishni ta'minlashda ilmiy markazlar, IT-parklar, innovatsion markazlar va ulardagi ilmiy xodimlar birinchilardan bo'lib, mazkur sohada amaliy ishlarni bajarib kelmoqda.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Dolzarb mavzularda ilmiy-tadqiqot yo'nalishlari bo'yicha ilmiy ishlar olib borish va uning natijalarini ishlab chiqarishda qo'llash uchun mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoyev o'zining bir qator chiqishlarida keltirib o'tgan. Prezidentimizning shunday fikrlar bor: "Bir o'ylab ko'raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va ta'limga qaratilgan ulkan e'tibor tufayli emasmi?"1.

Shunday ekan respublikapmizda ilmiy-tadqiqotlarni shunday darajada tashkil etishimiz kerakki, natijada mamlakatimizda ilm ko'p talab qiladigan soha va tarmoqlarni rivojlantirish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish, "yashil energetika" sohalarini rivojlantirishga yo'nalishlar olishimiz zarur.

Shunga qaramasdan bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida mamlakatimizda tizimli ishlarni amalga oshirish zarur.

METODLAR BO'LIMI

Mamlakatimizda ilmiy darajali kadrlar sonini oshirish sohasi ham bir qator ichki, tashqi, iqtisodiy, ijtimoiy omillarga bog'liq. Bu sohada biz tadqiqotimiz uchun samarali natija olishda quyidagi omillarni tanlab oldik.

Natijaviy omil - ilmiy darajali kadrlar soni, nafar (Y).

Ta'sir etuvchi omillar - OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni, birlik (X1), DSc va Phd uchun kvotalar soni, nafar (X2), Phd va DSc lar o'rtacha stipendiyasi, so'm (X3), Web of Science va Scopusda maqolalar soni, birlik (X4).

Yuqorida keltirilgan omillarning o'lchov birliklari turlicha bo'lganligi uchun biz ularni logarifmladik. Omillar qiymatlarini logarifmlash ularni bir xil o'lchov birligiga keltirib qolmasdan, balki ma'lum darajada tekislaydi.

O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar sonining 2010-2022 yillardagi to'plangan ma'lumotlar bo'yicha tavsifiy statistika o'tkazamiz (1-jadval).

1-jadval

O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni bo'yicha hisoblangan tavsifiy statistika2

lnY lnX1 lnX2 lnXs lnX4

Mean 6.386942 3.997391 6.407613 14.25712 7.381197

Median 5.808142 3.663562 6.184149 14.13963 7.110696

Maximum 8.062433 5.616771 8.188689 15.43163 8.494129

Minimum 5.288267 3.135494 5.236442 13.35921 6.843750

1Mnp3HëeB ffl.M. ^Hrn Y36eKHCTOH cipaTeraacH. - T.: "O'zbekiston" HampnëTH, 2021. - 446 6. 2 Mya^H$ xuco6-KHTo6^apH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Std. Dev. 0.990516 0.797221 0.891581 0.727463 0.641195

Skewness 0.521686 0.813474 0.551159 0.437171 0.954086

Kurtosis 1.613510 2.317817 2.274224 1.876432 2.142163

Jarque-Bera 1.630948 1.685847 0.943506 1.097893 2.370880

Probability 0.442430 0.430450 0.623908 0.577558 0.305612

Sum 83.03025 51.96608 83.29897 185.3425 95.95556

Sum Sq. Dev. 11.77347 7.626731 9.538992 6.350423 4.933565

Observations 13 13 13 13 13

1-jadval ma'lumotlaridan har bir omilning o'rtacha qiymati (mean), medianasi (median), maksimal va minimal qiymatlari (maximum, minimum) qiymatlarini ko'rish mumkin. Bundan tashqari har bir omilning standart chetlanishi (std. dev. (Standart Devation) - standart chetlanish koeffitsienti har bir o'zgaruvchilarning o'rtacha qiymatdan qanchalik chetlanganligini ko'rsatadi) qiymatlari keltirilgan.

Skewness - asimmetriya koeffitsienti bo'lib, u nolga teng bo'lsa normal taqsimot ekanligi hamda taqsimotning simmetrikligini bildiradi. Agar bu koeffitsient 0 dan ancha farq qilsa, u holda taqsimot asimmetrik hisoblanadi (ya'ni, simmetrik emas). Agar asimmetriya koeffitsienti 0 dan katta, ya'ni musbat bo'lsa, u holda o'rganilayotgan omil bo'yicha normal taqsimot grafigi o'ng tomonga surilgan bo'ladi. 0 dan kichik, ya'ni manfiy bo'lsa, u o'rganilayotgan omil bo'yicha normal taqsimot grafigi chap tomonga surilgan bo'ladi. Barcha omillarning normal taqsimot funktsiyalari grafiklari quyidagi 1-rasmda keltirilgan.

I Kernel -Normal |

1-rasm. Omillarning normal taqsimot funkiyalari grafiklari3

3 Mya^H$ xucoö-KHTOÖ^apn

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1-rasmdan shuni ko'rish mumkinki, ko'p omilli ekonometrik modelga kiritiladigan barcha omillar normal taqsimot qonuniga bo'ysunar ekan. Barcha omillarning asimmetriya koeffitsientlari musbat qiymatga ega bo'lganligi sababli, ularning grafiklaridagi "o'ng do'mi" "chap do'mi" dan uzunroq bo'lib, taqsimot funktsiyasi grafigi chap tomonga siljiganini ko'rish mumkin.

Ushbu surilishlar asosan o'rganilayotgan davrda O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni bo'yicha turli yillardagi o'zgarishlarni ko'rsatadi. Ayrim yillarda ba'zi omillar keskin ortishga ega bo'lgan bo'lsa, ayrimlarida o'zgarishlar sezilarli darajada bo'lmagan. Umuman olgandan o'rganilayotgan barcha omillar normal taqsimot qonuniga bo'ysunar ekan.

O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soniga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha tuziladigan ko'p omilli ekonometrik modelga omillarni tanlash uchun omillar o'rtasida korrelyatsion tahlil o'tkazish lozim. Buning uchun omillar o'rtasida xususiy va juft korrelyatsiya koeffitsientlari hisoblanadi. Biz yuqorida keltirilgan O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni bo'yicha bir qator korrelyatsion va regression tahlil hisob-kitoblar o'tkazdik. Olingan natijalar bo'yicha bir qator testlar o'tkazdik. O'tkazilgan testlarga javob bermaydigan omillarni ko'p omilli ekonometrik modelga kiritmaslikka asos bo'ldi. Omillar o'rtasida bog'lanish zichligini aniqlaydigan korrelyatsiya koeffitsientlari matritsasi quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval)

2-jadval

Omillar o'rtasida xususiy va juft korrelyatsiya koeffitsientlari matritsasi*

Covariance Analysis: Ordinary Date: 05/27/23 Time: 22:38 Sample: 2010 2022 Included observations: 13 Correlation t-Statistic

Probability LNY LNX1 LNX2 LNX3 LNX4

LNY 1.000000

LNX1 0.969484 1.000000

13.11584

0.0000

LNX2 0.970108 0.684233 1.000000

13.25840 1.45536

0.0000 0.07854

LNX3 0.880221 0.669008 0.681256 1.000000

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

10.11478 1.30996 1.45477

0.0000 0.08716 0.07832

LNX4 0.830387 0.553784 0.605149 0.528950 1.000000

8.863503 0.352723 0.422043 0.322338

0.0000 0.126342 0.102312 0.136244

* Mua llif hisob-kitoblari

Ushbu 2-jadvaldan ko'rish mumkinki, xususiy korrelyatsiya koeffitsientlari - bu natijaviy omil (lnF) va unga ta'sir etuvchi omillar o'rtasidagi bog'lanishlar zichligini ko'rsatadi. Demak, xususiy korrelyatsiya koeffitsientlari natijaviy omil -"O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni (lnF) va ta'sir etuvchi omillar (lnX) o'rtasida turli xil bog'lanishlar mavjudligini ko'rsatmoqda.

Demak, O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni (lnF) va OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni (lnZ1) o'rtasida bog'lanish zichligi 0,9695 ga teng. Bu esa o'rganilayotgan mazkur omillar o'rtasida zich bog'lanish mavjudligini ko'rsatayapti. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni (lnF) bilan DSc va Phd talabgorlari uchun kvotalar soni (lnX2) o'rtasida zich aloqa mavjud ekan, ya'ni ular o'rtasidagi xususiy korrelyatsiya koeffitsientining qiymati 0,9701 teng ekan. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni (lnF) va Phd va DSclar o'rtacha stipendiyasi (lnX3) o'rtasida kuchli aloqa mavjud ekan. Buning sababi mazkur ikki omil o'rtasidagi xususiy korrelyatsiya koeffitsienti 0,8802 teng ekan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni (lnF) va Web of Science va Scopus bazalarida maqolalar soni (lnX4) o'rtasida kuchli bog'lanish mavjud ekan. Ushbu omillar o'rtasidagi xususiy korrelyatsiya koeffitsienti 0,8304 ga teng.

Yuqorida keltirilgan 2-jadvalda juft korrelyatsiya koeffitsientlari ham mavjud bo'lib, ular ta'sir etuvchi omillar (lnX1, lnX2, lnX3 va lnX4) o'rtasida bog'lanish zichliklarini ko'rsatadi. Bu yerda eng muhim holat bo'lib, ta'sir etuvchi omillar bir-biri bilan zich bog'lanmasligi kerak. Ya'ni, ta'sir etuvchi omillar o'rtasida mulbtikollinearlik mavjud bo'lmasligi lozim. Agar ikkita ta'sir etuvchi omil o'rtasida juft korrelyatsiya koeffitsienti qiymati 0,7 dan katta bo'lsa, mulbtikollinearlik mavjud deyiladi. 2-jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, ta'sir etuvchi omillar o'rtasida bog'lanish zichliklari 0,7 dan katta emas ekan. Korrelyatsion matritsadagi juft korrelyatsiya koeffitsientlari bo'yicha xulosa qiladigan bo'lsak, ta'sir etuvchi omillar o'rtasida mulbtikollinearlik mavjud emas ekan.

Shuningdek, 2-jadvalda korrelyatsiya koeffitsientlarining ishonchligi va ehtimolligini aniqlash bo'yicha koeffitsientlar hisoblangan (hisoblagan korrelyatsiya koeffitsientlarining pastki qismida joylashgan qatorlardagi qiymatlar). Har bir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

korrelyatsiya koeffitsientining pastki qismida uning Stbyudentning t-mezoni hisoblangan qiymati va ehtimolligi keltirilgan. Omillar o'rtasida hisoblangan ehtimollik 0,05 dan katta bo'lmaslik sharti qo'yiladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasida ilmiy darajali kadrlar soni (lnF) va OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni (ln^) o'rtasida xususiy korrelyatsiya koeffitsienti rY,X1 = 0,9695 ,

t = 13,1158 va prob. = 0,0000 ga teng. Bu esa mazkur ikki omil o'rtasida zich bog'lanish borligini, xususiy korrelyatsiya koeffitsienti ishonchli ekanligi va 95 foiz aniqlikda ikki omil o'rtasida musbat bog'lanish mavjudligini ko'rsatadi.

Juft korrelyatsiya koeffitsienti bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni (lnX1) va Phd va DSc lar o'rtacha stipendiyasi (lnX3) o'rtasida juft korrelyatsiya koeffitsienti rn X 1ln X3 = 0,6690 , t = 1,3099

va prob. = 0,0872 ga teng. Bu ushbu ikki omil o'rtasida sust bog'lanish mavjudligini hamda juft korrelyatsiya koeffitsienti ishonchli emas ekanligini ko'rsatadi.

Ta'sir etuvchi omillar o'rtasida mulbtikollenearlik mavjud emasligini tekshirishning yana bitta usuli - bu VIF (Variance Inflation Factors -mulbtikollinearlik samarasini) koeffitsientlarini hisoblashdir. Har bir omil bo'yicha hisoblangan VIF koeffitsientlari quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval

Ta'sir etuvchi omillar o'rtasida mulbtikolleniarlik samarasini o'lchash*

Variance Inflation Factors Date: 05/27/23 Time: 22:52 Sample: 2010 2022 Included observations: 13

Coefficient Centered

Variable Variance VIF

LNX1 0.007894 1.270611

LNX2 0.003477 1.767783

LNX3 0.000582 4.453089

LNX4 0.035269 1.950199

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

C 9.405478 NA

* Muallif hisob-kitoblari

Agar ta'sir etuvchi omillar o'rtasida mulbtikolleniarlik mavjud bo'lsa, u holda Centered VIF>10 bo'ladi. 3-jadvaldan ko'rish mumkinki, barcha ta'sir etuvchi omillarning VIF koeffitsientlari 10 dan kichik. Demak, bu ham omillar o'rtasidagi korrelyatsiya tahlili kabi ta'sir etuvchi omillar o'rtasida mulbtikolleniarlik mavjud emasligini ko'rsatmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Yuqorida aytilganlarni tekshirishda, ya'ni omillar o'rtasida bog'lanish zichliklari va shakllarini aniqlashda har bir omilning natijaviy ko'rsatkich (lnY) bilan bog'liqligini aniqlash uchun ularning nuqtali grafiklarini ko'rib chiqamiz (2-rasm).

2-rasm. O'zbekiston Respublikasi ilmiy darajalilar soni (lnY) va unga ta'sir etuvchi omillar o'rtasida bog'lanish shakllarining ko'rinishi4

Ko'p omilli ekonometrik modelga kiritilayotgan omillar vaqtli qatorlar ko'rinishida keltirilgan va ularning statsionarligini tekshirishda Kengaytirilgan Diki-Fuller statistikasidan foydalanamiz (4-jadval).

4-jadval

Kengaytirilgan Diki-Fuller statistikasi*

Null Hypothesis: LNY has a unit root Exogenous: Constant

Lag Length: 0 (Automatic - based on SIC, maxlag=2)

t-Statistic Prob.*

Augmented Dickey-Fuller test statistic 2.677884 0.0028

Test critical values: 1% level -4.121990

5% level -3.144920

10% level -2.713751

*MacKinnon (1996) one-sided p-values.

* Muallif hisob-kitoblari

4 Mya^H$ xuco6-KHTo6^apH

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

Kengaytirilgan Diki-Fuller statistikasida t-statistikaning hisoblangan qiymati 2,6778 teng va u jadval qiymatidan katta. Shu bilan birga ehtimolligi (prob.=0,0028) teng va u 0,05 dan kichik bo'lgani uchun ko'p omilli ekonometrik modelga kiritiladigan vaqtli qatorlar statsionar ekan.

NATIJALAR BO'LIMI

Demak, ko'p omilli ekonometrik modelga kiritiladigan omillar bo'yicha xulosa qiladigan bo'lsak, xususiy korrelyatsiya koeffitsientilari ishonchli va zich bog'lanishlar mavjudligini ko'rsatmoqda hamda ta'sir etuvchi omillar o'rtasida multtikollinearlik mavjud emas ekan. Shuningdek, vaqtli qatorlar statsionar ekan (Diki-Fuller statistikasi).

Shunday qilib, omillar o'rtasida multtikolleniarlik hamda natijaviy omil qatorida geteroskedastlik mavjud emasligini hisobga olgan holda ilmiy darajalilar soni (lnF) va unga ta'sir etuvchi omillar (ln^) bo'yicha ko'p omilli ekonometrik modelt tuzamiz. Ushbu ko'p omilli ekonometrik modelt quyidagi ko'rinishga ega: lny = ln+ #lnXj +^2lnX2 +... + fin lnxn + S , (1)

bu yerda lny - natijaviy omil, ln x, - ta'sir etuvchi omillar, s-tasodifiy xato. Ko'p omilli ekonometrik modeldagi (1) noma'lum ln ^0,ln ln Pn parametrlarning qiymatlarini aniqlashda "eng kichik kvadratlar

usuli" dan foydalandik. Natijalar quyidagi 5-jadvalda keltirilgan.

5-jadval

Ilmiy darajalilar soni va unga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha hisoblangan ko'p omilli ekonometrik model parametrlari*

Dependent Variable: LNY Method: Least Squares Date: 05/31/23 Time: 00:14 Sample: 2010 2022 Included observations: 13

Variable Coefficient Std. Error t-Statistic Prob.

LNX1 1,043684 0,290819 3,5887751 0.0021***

LNX2 0,252581 0,096541 2,6163081 0.0304***

LNX3 0,120907 0,051427 2,3045413 0.0545**

LNX4 -0,292091 0,135818 -2,1506061 0.0627**

C 1,028686 5,559042 0,1850474 0.8578

R-squared 0.949067 Mean dependent var 6.386942

Adjusted R-squared 0.923600 S.D. dependentvar 0.990516

S.E. of regression 0.273784 Akaike info criterion 0.530768

Sum squared resid 0.599661 Schwarz criterion 0.748056

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Loglikelihood 1.550010 Hannan-Quinn criter. 0.486105

F-statistic 37.26709 Durbin-Watson stat 2.026809

Prob (F-statistic) 0.000032

* Manba: muallif hisob-kitoblari.

** - 0,1; *** - 0,05 foiz aniqlikda

Yuqoridagi 5-jadval ma'lumotlaridan foydalanib, respublikada ilmiy darajalilar soni (lnY) bo'yicha hisoblangan ko'p omilli ekonometrik modelni analitik ko'rinishda quyidagicha ifodalaymiz:

ln Y = 1,0287 +1,0437 ln X1 + 0,2526 ln X2 + 0,1209 ln X3 + 0,2921 ln X4. (2)

Hisoblangan ko'p omilli ekonometrik modelt shuni ko'rsatadiki, OTM va ITIlardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni (lnX1) o'rtacha bir foizga ortsa, respublikada ilmiy darajali kadrlar soni (lnY) o'rtacha 1,0437 foizga ortar ekan. DSc va Phd lar uchun kvotalar soni (lnX2) o'rtacha bir foizga ortsa, respublikada ilmiy darajali kadrlar soni (lnY) o'rtacha 0,2526 foizga ortar ekan. Phd va DSclar o'rtacha stipendiyasi (lnX3) o'rtacha bir foizga ortishi, respublikada ilmiy darajali kadrlar sonini (lnY) o'rtacha 0,1209 foizga ortishiga olib kelar ekan. Web of Science va Scopusda indekslangan maqolalar soni (lnX4) o'rtacha bir foizga ortishi, respublikada ilmiy darajali kadrlar sonini (lnY) o'rtacha 0,2921 foizga kamayishiga olib kelar ekan.

Respublikada ilmiy darajali kadrlar soni bo'yicha tuzilgan ko'p omilli ekonometrik modelt (2) sifatini tekshirish uchun determinatsiya koeffitsientini tekshiramiz. Determinatsiya koeffitsienti natijaviy omil necha foizga modelga kiritilgan omillardan tashkil topishini ko'rsatadi. Hisoblangan determinatsiya koeffitsienti (R2 - R-squared (5-jadval)) 0,9491 ga teng. Bu esa respublikada ilmiy darajali kadrlar soni (lnY) 94,91 foizi hisoblangan (2) ko'p omilli ekonometrik modelga kiritilgan omillardan tashkil topishini ko'rsatmoqda. Qolgan 5,09 foizi (100,0-94,91) esa hisobga olinmagan omillar ta'siri ekanligini ko'rsatmoqda.

Respublikada ilmiy darajali kadrlar soni (lnY) bo'yicha tuzilgan ko'p omilli ekonometrik modelning (2) statistik ahamiyatligini yoki o'rganilayotgan jarayonga adekvatligini (mos kelishini) tekshirishda Fisherning F-mezonidan foydalanamiz. Fisherning hisoblangan F-mezoni qiymati uning jadvaldagi qiymati bilan taqqoslanadi. Agar Fhisob>Fjadvai bo'lsa, u holda ko'p omilli ekonometrik modelt (2) statistik ahamiyatli deyiladi va undan natijaviy ko'rsatkich - respublikada ilmiy darajalilar sonini (lnY) kelgusi davrlarga prognozlashda foydalanish mumkin bo'ladi.

Endi, respublikada ilmiy darajalilar soni bo'yicha tuzilgan (2) ko'p omilli ekonometrik modelning statistik ahamiyatligini tekshirish uchun F-mezonning jadval

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qiymatini topamiz. Buning uchun ozodlik darajalari ^ = m va = n - m -1 hamda « ahamiyatlik darajasi bo'yicha qiymatlarni hisoblaymiz. Ahamiyatlik darajasi a = 0,05 va ozodlik darajalari ^ = 4 va = 13 - 4 -1 = 8 dan kelib chiqib, F-mezonning jadval qiymati FÄWBan = 3,84 ga teng. F-mezonning hisoblangan qiymati Fhisob=37,267 va

jadval qiymati Fjadval=3,84 ga teng ekanligidan kelib chiqib va Fhisob>Fjadval sharti bajarilganligi uchun (2) ko'p omilli ekonometrik modelni statistik ahamiyatli deyish mumkin hamda undan respublikada ilmiy darajalilar sonini (lnF) kelgusi davrlarga prognozlashda foydalanish mumkin.

Respublikada ilmiy darajalilar soni (lnF) bo'yicha tuzilgan ko'p omilli ekonometrik modelning (2) hisoblangan parametrlari ishonchliligini tekshirishda Stbyudentning t-mezonidan foydalaniladi. Stbyudent t-mezonining hisoblangan (thisob) va jadval (tjadvai) qiymatlarini taqqoslab, N0 gipotezani qabul qilamiz yoki rad etamiz. Buning uchun t-mezonning jadval qiymatini tanlangan ishonchlilik ehtimoli (a) va ozodlik darajasi ( d.f. = n - m -1 ) shartlar asosida topamiz. Bu yerda n - kuzatuvlar soni, m - omillar soni. Ishonchlilik ehtimoli a = 0,05 va ozodlik darajasi d.f. = 13 - 4 -1 = 8 bo'lganda, t-mezoning jadval qiymati tÄWBan = 2,3060 ga teng.

Ko'p omilli ekonometrik modelb tuzish bo'yicha olib borilgan hisob-kitoblardan shuni ko'rish mumkinki, ozod haddan tashqari, ko'p omilli ekonometrik modelga kiritilgan barcha omillar bo'yicha t-mezonning hisoblangan qiymatlari a = 0,05 (lnX va lnX2) va a = 0,1 (lnX va lnX4) aniqlikda jadval qiymatidan katta ekanligini ko'rish mumkin (5-jadval). Bu esa barcha omillarni ishonchli ekanligini bildiradi va mazkur omillarga ko'p omilli ekonometrik modelda ishtirok etishiga imkon beradi.

Respublikada ilmiy darajalilar soni bo'yicha tuzilgan ko'p omilli ekonometrik modelb (2) bo'yicha natijaviy omil (lnF) qoldiqlarida avtokorrelyatsiya mavjudligini tekshirish uchun Darbin-Uotson (DW) mezonidan foydalanamiz. Hisoblangan DW qiymati jadvaldagi DWl va DWu bilan taqqoslanadi. Agar DWhisob<DWL dan kichik bo'lsa, natijaviy omil qoldiqlarida avtokorrelyatsiya mavjud deyiladi. DWhisob>DWu dan katta bo'lsa, natijaviy omil qoldiqlarida avtokorrelyatsiya mavjud emas deyiladi. Darbin-Uotson mezonining pastki chegarasi qiymati DWL=0,69 ga teng va yuqori chegarasi qiymati DWu=1,97 ga teng. DWhisob=2,0268 ga teng. Demak, DWhisob>DWU bo'lgani uchun natijaviy omil (respublikada ilmiy darajalilar soni (lnF)) qoldiqlarida avtokorrelyatsiya mavjud emas ekan.

Natijaviy omil qoldiqlarida avtokorrelyatsiyaning mavjud emasligi ham yuqorida keltirilgan (2) ko'p omilli ekonometrik modeldan prognozda foydalanish mumkinligini ko'rsatadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Quyidagi 6-jadval omillar o'rtasida avtokorrelyatsiya va xususiy avtokorrelyatsiyani aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar keltirilgan.

6-jadval

Omillar o'rtasida avtokorrelyatsiya va xususiy avtokorrelyatsiyani

aniqlash*

□ ate: 05/31G3 Time: 00:13 Sample: 2010 2022 Included observations: 13

Autocorrelation

Partial Correlation

AC

PAC a-Stat Prob

I 1 0.736 0.736

c I 2 0.433 -0.129

c I 3 0.265 -0.091

c I 4 0.072 -0.116

nz I 5 -0.133 -0.219

□ I 6 -0.191 0.133

IZ I 7 -0.265 -0.191

c I 8 -0.353 -0.172

I I 9 -0.356 0.028

c I 10 -0.327 -0.113

] I 11 -0.271 0.043

] I 12 -0.156 0.053

8.8112 12.946 14.317 14.431 14.392 15.903 18.197 23.047 29.223 36.153 43.333 48.105

0.003 0.002 0.003 0.006 0.011 0.014 0.011 0.003 0.001 0.000 0.000 0.000

* Manba: Muallif hisob-kitoblari

Omillar o'rtasida avtokorrelyatsiya va xususiy avtokorrelyatsiya testi ham yuqori olingan natijalarga mos keldi. Ya'ni, o'rganilayotgan vaqtli qatorlarda avtokorrelyatsiya mavjud emas ekan. Chunki, kuzatuvlarning barchasidan shuni ko'rish mumkinki, qoldiqlarning barchasida ehtimolliklarining qiymati 0.05 dan kichik ekan. Bundan tashqari avtokorrelyatsiya (AS) va xususiy avtokorrelyatsiya koeffitsientlari (RAS) qiymatlari kamayish tartibiga ega.

Respublikada ilmiy darajalilar soni bo'yicha hisoblangan (2) ko'p omilli ekonometrik modelning haqiqiy (Actual), hisoblangan (Fitted) qiymatlari va ular o'rtasidagi farqlar (Residual) quyidagi 3-rasmda keltirilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

9

-.6

10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22

Residual

Actual

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Fitted

3-rasm. Respublikada ilmiy darajalilar sonining haqiqiy (Actual), hisoblangan (Fitted) qiymatlari va ular o'rtasidagi farqlar (Residual) grafigi

3-rasmdan ko'rish mumkinki, hisoblangan (2) ko'p omilli ekonometrik modelt bo'yicha respublikada ilmiy darajalilar sonining hisoblangan qiymatlar grafigi uning haqiqiy qiymatlari grafigi bilan juda yaqin joylashgan, ular o'rtasidagi farqlar ham unchalik katta emas. Bu esa hisoblangan (2) ko'p omilli ekonometrik modeldan respublikada ilmiy darajalilar sonini kelgusi davrlarga prognozlashda foydalanish mumkinligini yana bir isboti hisoblanadi.

Respublikada ilmiy darajalilar soni bo'yicha hisoblangan (2) ko'p omilli ekonometrik modeldan kelgusi davrlarga natijaviy ko'rsatkichni prognozlashda MARE (Mean absolute percent error - foizlardagi o'rtacha absolyut xatolik) koeffitsienti hisoblanadi. Agar hisoblangan MARE koeffitsienti qiymati 15,0 foizdan kichik bo'lsa, modeldan natijaviy omilni prognozlashda foydalanish mumkin bo'ladi, aks holda foydalanib bo'lmaydi. Tadqiq qilinayotgan respublikada ilmiy darajalilar soni (lnF) bo'yicha MARE koeffitsientining qiymati 0,2263 foizni tashkil etmoqda (4-rasm).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

13.0

12.5

12.0

11.5

11.0

10.5

10.0

Forecast: LNYF

Actual: LNY

Forecast sample: 1 13

Included observations: 13

Root Mean Squared Error 0.035847

Mean Absolute Error 0.025578

Mean Abs. Percent Error 0.226262

Theil Inequality Coefficient 0.001533

Bias Proportion 0.000000

Variance Proportion 0.000595

Covariance Proportion 0.999405

10 11 12 13

2

3

4

5

6

7

8

9

- LNYF -----± 2 S.E.

4-rasm. Hisoblangan modeldan prognozda foydalanish ko'rsatkichlari

Bu esa 15,0 foizdan kichik (MAPE=0,2263), ya'ni u 0,22 foizni tashkil etmoqda. Shuning uchun ham (2) ko'p omilli ekonometrik modeldan respublikada ilmiy darajalilar sonini prognozlashda foydalanish mumkin degan xulosaga kelish mumkin.

Shunday qilib, respublikada ilmiy darajalilar soni va unga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha tuzilgan ko'p omilli ekonometrik modelt (2) bir qator mezonlar yordamida tekshirildi va undan kelgusi davrlarda omillarni prognozlashda foydalanish mumkinligi aniqlandi. Shuning uchun ham ushbu (2) ko'p omilli ekonometrik modelt yordamida respublikada ilmiy darajalilar sonini kelgusi davrlarga prognoz hisoblarini amalga oshiramiz.

Buning uchun avvalo har bir ta'sir etuvchi omillar bo'yicha trend modellari tuzamiz. Trend modelt - bu ta'sir etuvchi omilning vaqtga bog'liq funktsiyasidir hamda u umumiy holda quyidagi ko'rinishga ega:

Xi = & • t + s (3)

Dastlab, OTM va ITI lardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni (lnX1) bo'yicha trend modelt tuzamiz. Trend modelt quyidagi ko'rinishga ega: ln X = 2,6523 + 0,1921 • t (4)

R2 = 0,8811, FXHCo6 = 81,499 , txliCo6 = 9,0277

DSc va Phd uchun kvotalar soni (lnX2) bo'yicha trend modelt quyidagi ko'rinishga ega:

ln X = 4,8476 + 0,2228 • t (5)

R2 = 0,9476 , FxHCo5 = 198,887 , t^ = 14,1027

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Phd va DSc lar o'rtacha stipendiyasi (lnX3) bo'yicha trend modelt quyidagi ko'rinishga ega:

ln X = 12,9802 + 0,1824 • t (6)

R2 = 0,9536 , FXHCo6 = 226,098, tXHCo6 = 15,0366

Web of Science va Scopusda maqolalar soni (lnX4) bo'yicha trend modelt quyidagi ko'rinishga ega:

ln X4 = 6,4038 + 0,1396 • t (7)

R2 = 0,7192 , FXHCo6 = 28,1669 , tXHCo6 = 5,3072

Ta'sir etuvchi omillar (ln^) va vaqt omili (t) o'rtasida tuzilgan trend modellar tahlili shuni ko'rsatadiki (4) - (7) trend modellardagi barcha hisoblangan koeffitsientlarning statistik ahamiyatligi, parametrlarining ishonchliligi aniqlandi.

Shunday qilib, (4) - (7) trend modellarini prognoz davridagi qiymatlarini hisoblaymiz va ularning hisoblangan qiymatlarini (2) ko'p omilli ekonometrik modelga qo'yib, avvalo ta'sir etuvchi omillarning prognoz qiymatlarini, keyin esa natijaviy omilni prognoz qiymatlarini hisoblaymiz. Prognoz qilingan qiymatlarni logarifmdan ozod etish uchun ularni potentsirlaymiz. Natijada respublikada ilmiy darajalilar soni bo'yicha tuzilgan ko'p omilli ekonometrik modelga kiritilgan o'zgaruvchilarining prognoz davridagi qiymatlariga ega bo'lamiz (7-jadval).

7-javdal

Respublikada ilmiy darajalilar soni va unga ta'sir etuvchi omillarning 2023-2027 yillarga prognoz qiymatlari*

Yillar Ilmiy darajalilar soni, nafar, Y OTM va ITI lardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar soni, birlik, X1 Kvotalar soni DSc va PhD, o'rin, X2 PhD va DSc lar o'rtacha stipendiyasi, so'm, X3 Web of Science va Scopusda maqolalar soni, dona, X4

2022 3173 275 3600 5033517,0 4886

2023 4213 277 3986 5575764,5 4266

2024 4523 286 4236 6691509,2 4906

2025 4897 297 4507 8030521,3 5641

2026 5193 303 5632 9637477,9 6486

2027 5705 320 7038 11565996,3 7458

*Muallif hisob-kitoblari

Prognoz davrida, yangi 2023-2027 yillarda respublikada ilmiy darajalilar soni 2022 yilga nisbatan mutloq ko'rsatkichlarda 2532 nafarga yoki 1,8 barobarga ortishi mumkin ekan (5-rasm.).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

5-rasm. Respublikada ilmiy darajalilarning 2023-2027 yillarda prognoz

qiymatlari

Bundan tashqari prognoz davrida respublikada ilmiy darajalilar yiliga o'rtacha 555 nafarni tashkil etmoqda.

Prognoz davrida OTM va ITI lardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar sonining ortib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda (ko'plab yangi ixtisosliklar ochilishi natijasida). 2022 yilda respublika bo'yicha 275ta ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud bo'lgan bo'lsa, 2027 yilga kelib 320 tani tashkil etishini kuzatishimiz mumkin. Demak, prognoz davrida OTM va ITIlarda yana 50 ga yaqin yangi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar tashkil etilishini kuzatish mumkin (6-rasm.)

400

2022 2023 2024 2025 2026 2027

I OTM Ba IITII Jiapjarn HXTHCoc.iamraH ilumhh KeHraimiap cohiî. oupjiHK. XI

6-rasm. OTM va ITI lardagi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar sonining 20232027 yillarda prognoz qiymatlari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Prognoz davrida yangi sohalarda ("yashil iqtisodiyot", sun'iy intellekt, iqtisodiy xavfsizlik va bir qator ilm ko'p talab qiladigan ixtisosliklar bo'yicha ixtisoslashgan ilmiy kengashlar) ixtisoslashgan ilmiy kengashlar ochilishi kuzatilmoqda.

Respublikamizda ilmiy-tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan yoshlar uchun hukumat tomonidan bir qator kvotalar (DSc va PhD) ajratib kelinmoqda (7-rasm).

7-rasm. DSc va PhD lar uchun kvotalarning 2023-2027 yillarda prognoz

qiymatlari, o'rin

Agar 2022 yilda DSc va PhD lar uchun kvotalar soni 3600 o'rin bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich prognoz davrida, ya'ni 2027 yilda 7038 o'rinni tashkil etayotganligini ko'rish mumkin. Prognoz davrida (2023-2027 y.y.) DSc va PhD lar uchun kvotalar soni 3438 o'ringa yoki bo'lmasa 1,96 marotaba ortishi kuzatilmoqda.

PhD va DSc lar o'rtacha stipendiyasi ham ortish tendentsiyasiga ega. (8-rasm)

8-rasm. DSc va PhD lar o'rtacha stipendiyasining 2023-2027 yillarda

prognoz qiymatlari, so'm

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Prognoz davrida, masalan 2027 yilda DSc va PhDlar o'rtacha stipendiyasi miqdori 11 565 996,3 so'mni tashkil etar ekan. Bu 2022 yilga nisbatan 2,3 barobarni tashkil etadi. DSc va PhD lar uchun stipendiyalar miqdorining oshirilishi o'z navbatida ularning tezda dissertatsiyalarini himoya qilishlarida moliyaviy rag'bat hisoblanadi.

MUNOZARA BO'LIMI

Web of Science va Scopus xalqaro bazalarida ilmiy maqolalar chop etish bir paytning o'zida mashaqqatli va obro'li faoliyatlardan biri hisoblanadi (9-rasm). Mazkur nufuzli xalqaro bazalarda ilmiy maqolalar chop etish DSc va PhD lar uchun majburiy hisoblanadi. Lekin shu bilan bir vaqtda ilmiy maqolalar chop etishda ma'lum moliyaviy mablag'larni talab qiladi. Bu bir tomonidan himoya qilish yo'lida DSc va PhD lar uchun to'siq sifatida ham ko'rish mumkin. Shunga qaramasdan DSc va PhD lar mazkur jurnallarda ilmiy tadqiqot natijalarini chop etish orqali universitetlarning obro'sini oshirishda katta rolt o'ynamoqda.

9-rasm. Web of Science va Scopus xalqaro bazalarida ilmiy maqolalar chop

etish

9-rasmdan ko'rish mumkinki, 2027 yilda Web of Science va Scopus xalqaro bazalarida chop etilgan ilmiy maqolalar soni 7458 donani tashkil etgan. Bu ko'rsatkich 2022 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortishini kuzatish mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, respublikada ilmiy darajalilar soni oshirish uchun bir qator tashkiliy, amaliy, masalalarni hal qilish lozim. Ular orasidan eng muhimi bu DSc va PhD larni dissertatsiya ishini real himoyaga undaydigan narsa

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish va eng yaxshi DSc va PhDlarga taqdim etish lozim.

Shunday qilib, O'zbekistonda professor-o'qituvchilar sonining ekonometrik o'rganilishi ijobiy tendentsiyani ko'rsatdi, biroq mamlakatda oliy ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish zarur. Pedagog kadrlarni ta'lim muassasalari va hududlar bo'yicha teng taqsimlashni ta'minlash, o'qituvchilarning mehnatiga haq to'lash darajasini oshirish muhim ahamiyatga ega.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 446 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.