Научная статья на тему 'LIDERLIK QOBILIYATIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR'

LIDERLIK QOBILIYATIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
346
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
liderlik / tadqiqot / regressiya / hissiyotlarni boshqarish / tez qaror qabul qilish / ilmiy zakovat. / лидерство / исследование / регрессия / самообладание эмоциями / быстрое принятие решений / научная смекалка.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Janzakov Bekzot Kulmamat O’g’li, Sultonov Beknazar Abduhalilovich

Ushbu maqolada talabalarning liderlik qobiliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tadqiq qilingan. O’tkazilgan empirik tahlil natijasiga ko’ra liderlik qobiliyatiga tez qaror qabul qilish qobiliyati eng kuchli ta’sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, hissiyotlarni boshqarish hamda bilim va ilmiy zakovat ham jamoa tasavvurida shaxsning liderlik qobiliyati shakllanishiga salmoqli ta’sir ko’rsatishi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ЛИДЕРСКИЕ СПОСОБНОСТИ

В данной статье исследованы факторы, влияющие на лидерские способности студентов. По результатам эмпирического анализа способность быстро принимать решение сильно влияет на лидерские способности. А также оказалось что самообладание эмоциями и научная смекалка дают впечатление лидерство в обществе.

Текст научной работы на тему «LIDERLIK QOBILIYATIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR»

Janzakov Bekzot Kulmamat o'g'li,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali "Oziq ovqat va qishloq xo'jalik iqtisodiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD

Sultonov Beknazar Abduhalilovich,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali "Oziq ovqat va qishloq xo'jalik iqtisodiyoti" kafedrasi assistenti

LIDERLIK QOBILIYATIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI OMILLAR

UO'K: 338.48 (575.1)

JANZAKOV B.K-O', SULTONOV B.A. LIDERLIK QOBILIYATIGA TASIR KO'RSATUVCHI OMILLAR

Ushbu maqolada talabalarning liderlik qobiliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tadqiq qilingan. O'tkazilgan empirik tahlil natijasiga ko'ra liderlik qobiliyatiga tez qaror qabul qilish qobiliyati eng kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shu bilan birga, hissiyotlarni boshqarish hamda bilim va ilmiy zakovat ham jamoa tasavvurida shaxsning liderlik qobiliyati shakllanishiga salmoqli ta'sir ko'rsatishi aniqlandi.

Tayanch so'z va tushunchalar: liderlik, tadqiqot, regressiya, hissiyotlarni boshqarish, tez qaror qabul qilish, ilmiy zakovat.

ЖАНЗАКОВ Б.К-У., СУЛТОНОВ Б.А. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ЛИДЕРСКИЕ СПОСОБНОСТИ

В данной статье исследованы факторы, влияющие на лидерские способности студентов. По результатам эмпирического анализа способность быстро принимать решение сильно влияет на лидерские способности. А также оказалось что самообладание эмоциями и научная смекалка дают впечатление лидерство в обществе.

Ключевые слова и понятия: лидерство, исследование, регрессия, самообладание эмоциями, быстрое принятие решений, научная смекалка.

JANZAKOV B.K-U, SULTONOV B.A. THE FACTORS AFFECTING LEADERSHIP ABILITIES

This article explores the factors affecting the leadership abilities of students. According to the results of empirical analysis, the ability to make decisions quickly has a strong influence on leadership abilities. It also turned out that self-control of emotions and scientific ingenuity give the impression of leadership in society.

Key words and concepts: leadership, exploration, regression, emotional control, quick decision making, scientific ingenuity.

Kirish.

Ma'lumki, barcha odamlar o'ziga xos xususi-yatlarga, moyilliklarga va qiziqishlarga ega. Biz jamiyatda yashayotganimiz sababli, boshqalar bilan o'zaro munosabatimiz uzluksiz ravishda rivojlanib boradi. Umumiy maqsadlarga ega bo'lgan odamlar guruhlarga, jamoalarga birla-shadilar. Jamoani yashash hududi va turmush tarzi bilan birlashtirilgan bir mamlakatning ahol-isi ham deb atash mumkin. Biroq, hech bir jamoa yetakchisiz mavjud bo'lolmaydi. Rahbar - odam-larni umumiy maqsad sari yetaklovchi shaxs hisoblanadi va o'z qo'l ostidagi insonlarga ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega hisoblanadi.

Asosan ilmiy adabiyotlarda yetakchilik qobili-yatini shakllantiruvchi omillar fiziologik (chiroyli tashqi ko'rinish, ovoz, sog'liq, yuqori ishchan-lik va boshqalar), psixologik(shaxs sifatida xususiyatlari: mustaqillik, mardlik, ijodkorlik va boshqalar), intellektual(yuqori darajada ilmiy zakovat, ensiklopedik bilimlar va hokazo) va shaxsiy(tartiblilik, tashabbuskorlik, rostgo'ylik, moslashuvchanlik va boshqalar)ga tasniflanadi1.

Liderlik qobiliyatini tadqiq qilish dastlabki tadqiqotlarda tarixda bo'lgan buyuk shaxs-larini ommadan ajratib turadigan fazilatlarni aniqlashga harakat qilingan2. Tadqiqotchilarn-ing fikriga ko'ra, rahbarlar vaqt o'tishi bilan o'zgarmagan noyob fazilatlarga ega shaxslar hisoblanadi. Shunga asoslanib, olimlar yetakchilik fazilatlarini aniqlashga harakat qilishdi, ularni qanday o'lchashni o'rganishdi va ulardan liderlarni aniqlashda foydalanishdi.

Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda O'zbekistonda yetishib kelay-otgan yosh avlod orasida bo'lajak liderlarni saralash liderlik qobiliyatini o'lchashni takomil-lashtirish orqali amalga oshiriladi. Bizning tadq-iqotimiz liderlik qobiliyatini o'lchash bo'yicha yangicha yondashuvni taklif etadi.

Yosh liderlarni tarbiyalashda va ularni qo'llab quvvatlash O'zbekistonning bosh strategik maqsadi 2030 yilga borib 50 ta yetakchi mam-

1 Управленческие качества лидера. - URL: http://3-net. ru/sign/sign-15645.php

2 Зубарев А. Основы лидерства Лидерство. Психология лидерства. -URL: http://psylive.ru/articles/5711_osnovi-liderstva-liderstvo-psihologiya-liderstva.aspx?act=printf

lakatlar qatoriga kirishida muhim rolni o'ynaydi. Shu bois, insonlarning liderlik qobiliyatini o'lchash va ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash hamda baholash bugungi kunda yosh avlod liderlarini shakllantirishda dolzarb masala hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi insonlarda liderlik qobiliyatiga kuchli ta'sir qiluvchi omillarni miq-doriy baholash va ushbu tahlil asosida liderlik qobiliyatini o'lchash bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar berishdan iborat.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.

Liderlik qobiliyatini o'rganish 1950 yillar-dan rivojlanib boshladi3. Liderlik tushunchasin-ing mehnat taqsimoti va ierarxiyaga asoslangan modeli Rosch va Caza tomonidan o'rganilgan4. Velsor va Wrightlar liderlik qobiliyatiga dars-dan tashqari faoliyat turlari: sport, dam olish va ta'lim kabilarning ta'sirini tadqiq qilgan5.Tala-balar uchun liderlik standardlari dastlab 1986 yilda AQSHning Ta'lim standarti agentligi ish-lab chiqdi. Kornives va Smedicklarning fikricha standardlarni qo'llash orqali talabalarning liderlik qobiliyatini samaraliroq o'lchash imkoni-yati paydo bo'ladi6. Yevropa davlatlarida liderlik standardlari kollej va institutlarda ommalashib o'quv jarayonida keng foydalaniladi7.

Maqolaning ilmiy mohiyati shundan iboratki, talabalar misolida insonlarning lider-lik qobiliyatini shakllanishida muhim bo'lgan omillarni aniqlash bo'yicha empirik tadqiqot

3 Eich, D. (2008). A grounded theory of high-quality leadership programs: Perspectives from student leadership development programs in higher education. Journal of Leadership and Organizational Studies, 15(2), 176-187. doi:10.1177/1548051808324099

4 Rosch, D. M., & Caza, A. (2012). The durable effects of short-term programs on student leadership development. Journal of Leadership Education, 11, 28-48.

5 Van Velsor, E., & Wright, J. (2012). Expanding the leadership equation developing next-generation leader. ERIC: Center for Creative Leadership White Paper

6 Komives, S. R., & Smedick, W. (2012). Using standards to develop student learning outcomes. New Directions for Students Services, 140, 76-88. doi:10.1002/ss.20033

7 Ingleton, T. (2013). College student leadership development: Transformational leadership as a theoretical foundation. International Journal of Academic Research in Business and Social Sciences, 3(7), 219-229. doi:10.6007/ IJARBSS/v3-i7/28

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

1-jadval. Talabalar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari

Talabalar Muomala qilish san'ati Mardlik Qat'iylik Shaxs sifatida o'ziga e'tiborni jalb qilish Notiqlik qobiliyati Hissiyotlarni boshqarish darajasi Tez qaror qabul qila olish Ilmiy zakovati va bilim darajasi Liderlik qobiliyati

Talaba 1 8,94 8,53 9,18 8,71 8,76 7,35 8,59 8,94 69,00

Talaba 2 8,67 8,40 7,93 7,80 8,87 8,20 8,27 8,73 66,87

Talaba 3 8,29 8,71 8,50 7,21 8,71 9,21 7,50 8,71 66,86

Talaba 4 8,83 8,11 7,89 8,06 8,56 7,67 7,78 8,33 65,22

Talaba 5 8,94 7,56 8,00 8,17 8,67 7,72 7,33 7,94 64,33

Talaba 6 8,60 8,73 8,13 8,20 8,07 7,13 7,87 7,13 63,87

Talaba 7 8,40 8,47 7,60 7,60 8,00 8,13 7,47 7,93 63,60

Talaba 8 8,12 8,29 8,00 7,71 8,41 7,00 7,53 7,35 62,41

Talaba 9 8,06 7,94 7,63 7,19 7,88 7,38 7,00 7,63 60,69

Talaba 10 7,24 7,53 7,76 7,29 7,41 7,59 7,65 8,18 60,65

Talaba 11 7,93 8,07 7,07 7,00 7,79 8,07 7,07 7,29 60,29

Talaba 12 7,65 7,29 7,12 7,94 7,88 7,88 6,94 7,29 60,00

Talaba 13 6,87 7,67 7,13 7,60 8,13 6,00 7,73 7,40 58,53

Talaba 14 7,12 7,06 7,47 7,29 7,47 6,47 7,47 8,06 58,41

Talaba 15 8,53 7,80 7,27 7,07 7,40 7,60 6,80 5,67 58,13

Talaba 16 8,00 8,06 6,06 7,63 7,00 7,69 6,38 7,06 57,88

Talaba 17 8,00 7,25 6,56 6,88 7,63 7,88 6,50 7,19 57,88

Talaba 18 7,47 7,67 7,60 7,53 7,20 6,93 7,40 6,00 57,80

Talaba 19 7,44 8,31 7,31 6,69 6,69 6,63 7,00 7,13 57,19

Talaba 20 7,47 7,76 6,76 6,82 6,65 8,00 6,53 6,88 56,88

Talaba 21 7,33 6,27 6,67 6,53 7,07 7,73 6,00 6,47 54,07

Talaba 22 6,25 8,50 7,19 5,88 5,88 7,88 6,00 6,50 54,06

Talaba 23 7,06 7,69 6,50 6,31 6,13 6,19 6,63 6,69 53,19

Talaba 24 6,69 7,44 6,06 5,31 5,75 6,81 6,06 6,69 50,81

Talaba 25 7,65 6,76 6,00 5,94 5,76 6,82 5,41 6,35 50,71

Talaba 26 6,43 6,14 6,64 6,00 7,14 6,08 6,62 5,38 50,43

Talaba 27 6,13 5,69 6,31 6,31 6,81 5,69 6,19 5,63 48,75

Talaba 28 6,20 6,87 5,53 5,67 5,00 7,27 5,67 5,87 48,07

Talaba 29 6,00 5,50 5,38 5,88 5,75 5,56 6,13 6,25 46,44

Talaba 30 5,50 6,13 5,20 5,31 5,31 6,44 5,56 5,63 45,08

Talaba 31 4,40 4,40 5,43 4,64 4,33 5,07 5,57 4,07 37,92

o'tkazilgan va tadqiqot natijasida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida tahsil oluvchi 3 -bosqich talabalari tanlandi.

Tadqiqotda induksiya, deduksiya, so'rovnoma, eng kichik kvadratlar usuliga aso-slangan ko'p omilli chiziqli regressiya usullari-dan foydalanildi.

Asosiy qism.

Biz tadqiqotimizda iqtisodiy yo'nalishda tahsil oluvchi talabalarda liderlik qobiliyatini aniqlash uchun so'rovnomadan foydalandik. Bunda biz liderlik qobiliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi

omillar sifatida talabalarning muomala qilish san'ati, mardlik, qat'iylik, shaxs sifatida o'ziga e'tiborni jalb qilish, notiqlik qobiliyati, hissi-yotlarni boshqarish, tez qaror qabul qila olish, ilmiy zakovat va bilim darajasi kabilarni tanlab oldik. Ushbu omillar 10 balli shkalada baholandi. So'rovnomada ikkita bir birini yaxshi taniydigan guruh talabalari qatnashdi. Jami 31 ta talaba ishtirok etdi va ularning har biri o'zidan tashqari boshqa talabalarni baholadi. Quyida keltirilgan 1-jadvalda har bir omil bo'yicha o'rtacha arifme-tik baholar keltirilgan. Biz liderlik qobiliyati ko'rsatkichini yuqorida keltirib o'tilgan 8 ta omil ko'rsatkichlari yig'indisi sifatida oldik.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

2-jadval. Korrelyatsiya matritsasi.

a is al

N — it a aj iq lu a it

h s о ¡T ab dl yi ib ra 'c "O b a v Ъ £ a yi b

¡r ia ai о ^ si _C ¡г О га О

Muomal san'ati Mardlik Qat'iylik с 1Л ^ s ro _c ^ Se ki lqi it o N 1 ¡3 Hb Tez qaro olish zd . ^ E E = = -Q q ki re di iL

Muomala qilish san'ati 1

Mardlik 0,78 1

Qat'iylik 0,77 0,75 1

Shaxs sifatida o'ziga e'tiborni jalb qilish 0,86 0,69 0,83 1

Notiqlik qobiliyati 0,84 0,65 0,87 0,90 1

Hissiyotlarni boshqarish darajasi 0,69 0,70 0,53 0,51 0,56 1

Tez qaror qabul qila olish 0,71 0,66 0,89 0,87 0,88 0,36 1

Ilmiy zakovati va bilim darajasi 0,76 0,73 0,77 0,77 0,79 0,63 0,78 1

Liderlik qobiliyati 0,91 0,85 0,91 0,91 0,93 0,71 0,87 0,89 1

3-jadval. Ekonometrik model natijalari.

R kvadrat Koeffitsientlar Standard xatolik t statistika P-qiymat

Ozod had -7,73 3,06 -2,52 0,02

Hissiyotlarni boshqarish darajasi, X6 0,97 2,96 0,42 7,06 0,00

Tez qaror qabul qila olish, X7 5,08 0,58 8,79 0,00

Ilmiy zakovati va bilim darajasi, X8 1,23 0,52 2,38 0,02

1-jadval ma'lumotlaridan kelib chiqib, liderlik qobiliyatiga omillar ta'sirini ko'p omilli chiziqli regressiya tenglamasi yordamida modellashtir-dik. Tadqiqot davomida quyidagi nazariy regressiya modeli shakllantirildi:

Bu yerda:

Y - Liderlik qobiliyati;

X1 - Muomala qilish san'ati;

X2 - Mardlik;

X3 - Qat'iylik;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

X4 - shaxs sifatida e'tiborni o'ziga jalb qilish;

X5 - Notiqlik qobiliyati;

X6 - Hissiyotlarni boshqarish darajasi;

X7 - Tez qaror qabul qila olish;

X8 - Ilmiy zakovati va bilim darajasi;

a - ozod had;

P12345678 - tegishli koeffitsientlar;

8 - xatolik.

Tadqiqot davomida quyidagi gipoteza shak-llantirildi:

H0 - pi,p2,p3,p4,p5,p6,p7,p8 lardan kamida bittasi nolga teng emas. Ya'ni kamida bitta omil liderlik qobiliyatiga ta'siri statistik ahamiyatga ega.

H1 - pi,p2,p3,p4,p5,p6,p7,p8 larning hammasi nolga teng. Ya'ni hech bir omil liderlik qobiliyatiga ta'siri statistik ahamiyatga ega emas.

Tahlil va natjalar.

Dastlab biz omillar o'rtasida korrelyatsiya matritsasini MS EXCEL dasturi yordamida shakllantirdik(2-jadval).

2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, ko'pchilik omillar o'rtasida korrelyatsiya koef-fitsienti 0,7 dan oshadi, bu esa Cheddok shkala-siga ko'ra kuchli korrelyatsion bog'lanish hisob-lanadi. Omillar o'rtasida korrelyatsiyaning yuqori ekanligi multikollinearlik hodisasi deb yuritiladi. Multikollinearlik hodisasi bo'lgan holatda ekonometrik model koeffitsientlari qiymatlari real qiymatlariga nisbatan keskin farq qilishi mum-kin, shu bois biz o'zaro korrelyatsion bog'lanish

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 5 (114)

darajasi nisbatan kuchsizroq bo'lgan omillarni alohida tanlab turli modellarni tahlil qildik. Tah-lillar natijasiga ko'ra X6,X7 va X8 omillarining Y ga ta'siri statistik ahamiyatga ega ekanligi aniq-landi. Model bo'yicha statistic natijalar quyida aks etgan(3-jadval).

Algebraik ko'rinishda 3-jadvalda keltirilgan model quyidagicha bo'ladi:

Y=2,96X6 + 5,08X7+1,23X8-7,73

678

3-jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, har bir omil p qiymatga o'zgaruvchilar ko'ra 98% ishon-chlilik darajasida statistik ahamiyatga ega. Model natijalarni quyidagicha izohlash mumkin: hissiyotlarni boshqarish darajasining 1 balga oshishi liderlik qobiliyatining 2,96 balga osh-ishiga, tez qaror qabul qilish bo'yicha berilgan bahoning 1 balga ortishi liderlik qobiliyatining 5,08 bal ortishiga hamda ilmiy zakovat va bilim darajasining 1 balga o'sishi liderlik qobiliyatining 1,23 bal oshishi bilan kuzatiladi. Yuqorida shak-llantirilgan model R kvadrat qiymatiga ko'ra erk-siz o'zgaruvchi: K-liderlik qobiliyati ko'rsatkichi o'zgarishining 97%ni tushuntirib beradi.

Xulosa va takliflar.

Tadqiqotimiz natijasiga ko'ra liderlik qobili-yatiga insonlarda tez qaror qabul qilish xususi-yati eng kuchli ta'sir ko'rsatadi. Insonning his-siyotini jilovlay olish va boshqarish qobiliyati

hamda ilmiy bilim va zakovat darajasi omillari ham liderlik qobiliyatini jamoa ongida shak-llanishida muhim ahamiyatga ega ekan. Ammo shuni ham ta'kidlash joizki, tadqiqot natijalari faqatgina 20-22 yoshdagi talabalardan olin-gan so'rovnomaga asoslangan, shu bois ushbu natijalarni faqatgina shu yosh guruhiga kiruvchi shaxslar uchun to'g'ri deb hisoblash mumkin. Chunki insonning yoshi uning liderlik haqidagi dunyo qarashi hamda boshqa insonlarga beril-adigan bahoga ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz liderlik qobiliyatini talabalarda rivojlantirish uchun quy-idagilarni amalga oshirishni taklif qilamiz:

1. Hissiyotni jilovlay olish va boshqarish bo'yicha seminar treninglar tashkil etish, bunga talabalarni keng jalb qilish;

2. Tez qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun situation holatlar tashkil etgan holda darslar tashkil etish;

3. Talabalarni umumiy ensiklopedik bilim darajasini oshirish uchun kitob o'qish bo'yicha tanlovlar hamda zakovat o'yinlarini tashkil etish;

4. Talabalarni rag'batlantirish maqsadida muvaffaqiyatli rahbarlar va menejerlar bilan master klasslar o'tkazish.

Yuqorida keltirib o'tilgan chora tadbirlarni amalga oshirish orqali talabalarda liderlik sifat-larini rivojlantirish hamda iste'dodli talabalarni qo'llab quvvatlash imkoniyati paydo bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. B.Safarov, B.Janzakov. Measuring competitiveness in tourism enterprises using integral index. Geo Journal of Tourism and Geosites, vol.37, issue 3, pp.768-774.

2. Управленческие качества лидера. - URL: http://3-net.ru/sign/sign-15645.php

3. Зубарев А. Основы лидерства Лидерство. Психология лидерства. -URL: http:// psylive.ru/articles/5711_osnovi-liderstva-liderstvo-psihologiya-liderstva.aspx?act=printf

4. Eich, D. (2008). A grounded theory of high-quality leadership programs: Perspectives from student leadership development programs in higher education. Journal of Leadership and Organizational Studies, 15(2), 176-187. doi:10.1177/1548051808324099

5. Rosch, D. M., & Caza, A. (2012). The durable effects of short-term programs on student leadership development. Journal of Leadership Education, 11, 28-48.

6. Van Velsor, E., & Wright, J. (2012). Expanding the leadership equation developing next-generation leader. ERIC: Center for Creative Leadership White Paper

7. Komives, S. R., & Smedick, W. (2012). Using standards to develop student learning outcomes. New Directions for Students Services, 140, 76-88. doi:10.1002/ss.20033

8. Ingleton, T. (2013). College student leadership development: Transformational leadership as a theoretical foundation. International Journal of Academic Research in Business and Social Sciences, 3(7), 219-229. doi:10.6007/IJARBSS/v3-i7/28

9. К.Ж.Мирзаев, Б.К.Жанзаков. Коронавирус пандемиясининг икдисодиётга салбий таъсирини бартараф этиш имкониятлари. Сервис журнали. 2020 йил. 2-сон. 65-69 бет-лар.

10. K.Mirzaev. Approaches and issues for developing livestock services in Uzbekistan. Perspectives of Innovations, Economics and Business, PIEB 8 (2), 23-25.

11. K.Mirzaev, B.Janzakov. The ways of ensuring competitiveness in tourism. Book. LAP LAMBERT Academic Publishing (August 19, 2020). ISBN-10 : 6202795982. 88 pages

12. K.Mirzaev, B.Janzakov. The determinants of international tourism ( in the example of CIS countries). European Journal of Molecular & Clinical Medicine. 7(2) pp.1125-1133.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.