Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA OILALARNING AJRALISH TENDENSIYALARI'

O’ZBEKISTONDA OILALARNING AJRALISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
nikohdan ajrashishlar soni / O‘zbekiston Respublikasi hududlari / yosh guruhi / farzandsiz nikohdan ajrashganlar soni.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzaliyev Ulug’Bek, Bobojonov Salohiddin

Ushbu maqolada nikohdan ajrashishlar soni, har 100 ta tuzilgan nikohga to‘g‘ri keladigan ajrashishlar soni, ajrashgan er-xotinning yosh guruhiga ko‘ra taqsimlanishi, ma’lumot darajasi va farzandlar soni kabilar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA OILALARNING AJRALISH TENDENSIYALARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 13 (35) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

O'ZBEKISTONDA OILALARNING AJRALISH TENDENSIYALARI

Mirzaliyev Ulug'bek

Tarix fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktori dotsent Bobojonov Salohiddin

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo'nalishi 3-kurs talabasi Guliston davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada nikohdan ajrashishlar soni, har 100 ta tuzilgan nikohga to'g'ri keladigan ajrashishlar soni, ajrashgan er-xotinning yosh guruhiga ko'ra taqsimlanishi, ma'lumot darajasi va farzandlar soni kabilar tahlil qilingan

Tayanch so'zlar: nikohdan ajrashishlar soni, O'zbekiston Respublikasi hududlari, yosh guruhi, farzandsiz nikohdan ajrashganlar soni.

Nikohdan ajrashishni kamaytirish kambag'allikni qisqartirish, uy-joysiz qolishning hamda onalar va bolalar ruhiy tushkunligining oldini olish, aholining ko'payish rejimining buzilishi va hokazolarga, umuman olganda, oila va jamiyatning baxtli hayot kechirishi uchun xizmat qiladi.

Innovatsion rivojlanish sharoitida oilalar juda tez o'zgaradi, iqtisodiy va axloqiy omillarning oila barqarorligiga ta'siri kuchaymoqda, oilalarning yangi shakllari, jamiyatda oilalarning barqarorligi va parchalanishining yangi motivlari va omillari paydo bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasida nikohdan ajrashishning salbiy ijtimoiy-demografik tendensiyalari demografik o'tishning oraliq bosqichida bo'lgan oilalarning ajrashishini o'rganishda yangi iqtisodiy va demografik yondashuvni talab qiladi.

Ajrashish - bu murakkab iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, huquqiy jarayon bo'lib, u omilli tahlil nuqtayi nazaridan kam o'rganilgan.

Mazkur tadqiqotda quyidagi gipoteza ilgari surilgan: taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan oilaviy ajrashish darajasi o'rtasida bog'liqlik mavjud bo'lib, buni oilaviy ajrashish tendensiyasi qonuni, deb atash mumkin.

Bu gipoteza jamiyat rivojlangani sayin (iqtisodiyot, fan, madaniyat, urf-odatlar, an'analar, oilalar hayotiga yangi hayotiy qadriyatlarning kirib kelishi, jinslar o'rtasidagi tenglik, oila a'zolari o'rtasidagi mustaqillik) er-xotindan oilaviy hayotning yangi standartlari talab qilinadi. An'anaviy oilaviy hayot standartlari bilan rivojlanayotgan yangi oilaviy hayot standartlari o'rtasida qarama-qarshilik paydo bo'ladi va uning yechimi oilaning faoliyatini yangi asosda saqlab qolish imkonini beradi. Ammo barcha oilalar ham buni uddalay olmaydi, shuning uchun oilaning ajrashishi rivojlana boshlaydi.

Maqsad va uni asoslash. Nikohni ro'yxatga olish kabi ajrashishni rasmiylashtirish ham davlat nazorati ostida bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan qayd etilgan nikohlarning bir qismi er yoki xotinning vafoti tufayli, yana bir qismi esa turli sabablar asosida o'z xohishiga ko'ra bekor qilinadi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi yillarda respublikamizda nikohdan ajrashishlar soni keskin ortib bormoqda (1-jadval).

1-jadvai

Ozbekistou Respublikasi liitdudlarida nikohdan ajrashishlar

soui* (kishi hisobida)

Hududlar Y i 11 a l 2022-yilda 2018-yilga nisbatan o'zgarishi

201S 2019 2020 2021 2022 °/o

O'zbekiston Respublikasi 32326 31389 28233 39349 48734 16408 150.8

Qoraqalpog'iston Respublikasi 1344 1243 1028 1467 2067 723 153.S

vilovatlar:

Andijon 4149 3650 3125 3945 5019 870 121.0

Buxoro 1755 1724 1517 2084 2561 806 145.9

Jizzax 1098 1079 1068 1283 1728 630 157.4

Qashqadaryo 1626 1567 2010 2867 3472 1846 213.5

Navoiy 997 942 931 1224 1430 433 143.4

Namangan 2508 2392 2104 3171 4394 1886 175.2

Samarqand 3725 3468 2961 4174 4907 1182 131.7

Surxondaryo 1885 1889 1600 2264 2810 925 149.1

Sirdaryo 1112 1104 1093 1411 1764 652 158.6

Toslikent 3740 3583 295S 4086 5098 1358 136.3

Farg'ona 3070 3192 2841 4295 5445 2375 177.4

Xorazm 1025 1027 109S 1507 2138 1113 208.6

Toslikent sh. 4292 4529 3899 5571 5901 1609 137.5

* Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

ma'liunotlari asosida tuzilgan.

1-jadvaldan ko'rinadiki, o'tgan besh yil mobaynida (2018-2022-yillar) respublika bo'yicha nikohdan ajrashganlar soni 16,4 ming kishiga yoki 50,8 foizga ortgan. Tahlil qilinayotgan davrda nikohdan ajrashishlar soni respublikaning barcha hududlarida, xususan, Qashqadaryo (2,1 marta), Xorazm (2,0 marta), Farg'ona (77,4%) va Namangan (75,2%) viloyatlarida yuqori sur'atda o'sgan.

Tahlillarga ko'ra, 2022-yilda nikohdan ajrashishlar soni 2021-yilga nisbatan (23,9%) yuqori sur'atda ko'paygan. Bu davrda hududlar kesimida Xorazm viloyati (41,9%), Qoraqalpog'iston Respublikasi (40,9%), Namangan (38,6%) va Jizzax (34,7%) viloyatlarida eng yuqori o'sish qayd etilgan.

Shuni alohida nazarda tutish kerakki, birlamchi statistik ma'lumotlar (masalan, nikohdan ajrashishlar soni) tadqiq etilayotgan demografik jarayon bo'yicha real vaziyatni aks ettirmaydi. Chunki birlamchi ma'lumotlar statistika organlari tomonidan demografik hodisalarni joriy hisobga olish orqali to'planib, unda demografik jarayonlar kechishining turli omillari va shart-sharoitlari hisobga olinmaydi.

Shuning uchun demografik tahlilda ikkilamchi, ya'ni birlamchi ma'lumotlar asosida qayta ishlangan (koeffitsiyent, indeks va hokazo) ma'lumotlardan foydalanish vaziyatga real baho berish imkonini beradi. Masalan, 2022-yil Sirdaryo viloyatida 1764 ta nikohdan ajrashish holati qayd etilgan bo'lib, ushbu viloyat ajrashishlar mutlaq sonining ko'pligi (birlamchi ma'lumot) bo'yicha 14 ta hudud ichida 12-o'rinni egallagan.

Agar ikkilamchi demografik ma'lumot bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, Sirdaryo viloyatida nikohdan ajrashish koeffitsiyenti 2,0 promilleni, nikohning mustahkamlik ko'rsatkichi 22,8 foizni tashkil etib, nikohdan ajrashishlar soni bo'yicha 14 ta hudud ichida 2-o'rinni turadi.

Yuqoridagi qiyosiy tahlillardan ko'rinadiki, hududlardagi demografik vaziyatga real baho berish uchun ikkilamchi demografik ma'lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Xalqaro amaliyotda nikohdan ajrashish darajasiga baho berishda, asosan, nikohdan ajrashishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 aholiga to'g'ri keladigan ajrashishlar soni) va nikohning mustahkamlik ko'rsatkichidan (har 100 nafar tuzilgan nikohga to'g'ri keladigan ajrashishlar soni) keng foydalaniladi.

2-jadxal

O'zbekiston Respnblikasi hnclncllaricla nikohdan ajrashishlar

soni* (lOOO aholiga)

Hududlar Yillar 2022-yilcla 201 S-yilga liisbatan o'zaarisli (+-")

201S 2019 2020 2021 2022

O'zbekiston Respublikasi 1,0 0,9 o,s 1,1 1,4 0.4

Qoraqalpog'iston Respiiblika si 0.7 0.7 0.5 O.S 1.1 0.4

viloyatlar:

Andijon 1.4 1.2 l.O 1.2 1.5 O.l

Buxoro 0.9 0.9 O.S 1.1 1,3 0.4

Jizzax 0.8 0.8 O.S 0.9 1.2 0.4

Qasliqaclaryo 0.5 0.5 0.6 0.9 l.O 0.5

Navoiy l.O l.O 0.9 1.2 1.4 0.4

Namanaan 0.9 0.9 0.7 1.1 1.5 O.ö

Saniarqand l.O 0.9 O.S l.O 1.2 0.2

Surxondarvo 0.7 0.7 0.6 O.S l.O 0.3

Sirdaryo 1.4 1.3 1.3 1.6 2.0 0.6

Toslikent 1.3 1.2 l.O 1.4 1.7 0.4

Farg'ona 0.8 0.9 O.S 1.1 1.4 0.6

Xorazm 0.6 0.6 0.6 O.S 1.1 0.5

Toslikent sli. 1.7 1.8 1.5 2.0 2.0 0.3

* Jadval O'zbekiston Respnblikasi Prezidenti liuzmidagi Statistika agentligi

ma'limiotlari asosida tuzilgan.

Hisob-kitoblarga ko'ra, respublikada nikohdan ajrashish koeffitsiyenti 2018-yildagi 1,0 promille 2022-yilga kelib 1,4 promillegacha ortgan (2-jadval).

2-jadvaldan ko'rinib turganidek, respublikamizda nikohdan ajrashishning eng yuqori ko'rsatkichlari Toshkent shahri (2,0%o), shuningdek, Sirdaryo (2,0%o) va Toshkent (1,7%o) viloyatlarida qayd etilgan.

Ushbu hududlarda nikohdan ajrashishlar salmog'ining yuqoriligi aholining milliy tarkibi turli-tumanligi bilan ham izohlanadi. Shahar joylarda Yevropa xalqlarining hayot tarzi va ajrashish ko'rsatkichlari mahalliy xalqlarga nisbatan yuqori bo'lishi barchaga ma'lum. O'zbek, tojik, qirg'iz va turkman kabi musulmon millatiga mansub xalqlarda nikohning bekor qilinish hollari yevropa xalqlariga nisbatan kamroq uchraydi. Binobarin, shu o'rinda aytish joizki, oxirgi yillarda yevropa xalqlariga mansub aholi ulushi juda keskin kamayib ketdi, lekin ularning ajrashish darajasiga qo'shayotgan ulushi sezilarli emas.

Ming afsuslar bo'lsinki, endilikda O'rta Osiyo xalqlarida ham ajrashish hodisasi tobora ko'payib bormoqda.

O'zbekiston aholisining 90-98 foizi mahalliy millat vakillaridan iborat, demografik o'sish yuqori bo'lgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisida ajrashish ko'rsatkichlari ancha past ekanligini ko'rish mumkin. Aholisi, asosan, o'zbek va boshqa mahalliy millatlardan iborat bo'lgan ushbu hududlarda nikohdan ajrashish holatlarining nisbatan kam qismida, bir tomondan, qadriyatlarning ta'siri bo'lsa, ikkinchi tomondan, oilalarning hamon serfarzandligi va urf-odatlarga o'ta qat'iy amal qilinadi.

So'nggi yillarda aholisi, asosan, tub mahalliy millatlardan tarkib topgan holda, diniy urf-odatlarga qattiq amal qilinadigan Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida ham nikohdan ajrashish holatlari keskin ortib bormoqda.

Aytish joizki, O'zbekistonda boshqa davlatlarga qaraganda nikohdan ajrashish ko'rsatkichlari juda past hisoblanadi. Masalan, aksariyat Yevropa mamlakatlari va Rossiyada nikohlarning yarmidan ortig'i ajrashlish bilan yakun topadi (1-rasm).

1-rasmdan ko'rinadiki, har 100 ta qayd etilgan nikohdan Ispaniyada - 66, Finlyandiyada - 61, Fransiyada - 58, Rossiyada - 51, Germaniyada - 48, AQShda -46, Buyuk Britaniyada - 45 foizi ajrashish bilan yakunlangan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida nikohdan ajrashish ko'rsatkichlari Yevropa mamlakatlariga qaraganda bir muncha past hisoblanadi. Jumladan, bu ko'rsatkich Qirg'izistonda - 23,7, Tojikistonda - 19,9, O'zbekistonda - 16,4, Qozog'istonda esa 13,8 foizni tashkil etadi.

Hududlar kesimida nikohning mustahkamlik ko'rsatkichi Toshkent shahri (26,3%),

Sirdaryo (22,8%) va Toshkent (22,0%) viloyatlarida past hisoblanadi (2-rasm).

Ispaniya i^B^H^H^^HHi^H^^^B^^^a^H^H 66

Finlyandiya ^61 Fransiva 5S

Rossiya 51

Germaniya 48

AQSh 46

Buyuk Bri tani ya 45

Ukrana ^HHHHI^BHi^HHH 42 Ozarbayjon 30,5

Yengriya 25.1

Qirgiziston 23,7

Tojikiston 19,9

Ozbekiston 16,4

Qozog'iston 13,8

0 10 20 30 40 50 60 7

1-rasm. Dunyoning ba'zi mamlakatlarida Itar 100 ta tu zi lg an nikohga to'g'ri keladigan ajrashishlar soni

30 26J

2-ra sin. O'zbekiston Respublikasi hiidudlarida Itar 100 ta tu zi lg an nikohga to'g'ri keladigan ajrashishlar soni

Nikohdan ajrashishlarning eng yuqori ulushi erkaklarda 30-34 yoshni, ayollarda esa 30 yoshgachani tashkil etadi (3-jadval). Odatda, bu yoshdagi er-xotin bitta yoki

ikkita farzandga ega bo'ladi. Aksariyat hollarda er-xotin ajrashgach, farzandlar, asosan, onasi bilan qolishi odatiy holga aylanib qolgan va bu hamon davom etmoqda.

3-jadvaI

O'zbekistoiida nikohdan ajrashgaii er-xotiimiiig yosli guruhiga

ko'ra taqsimlanishi (%)*

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Jami erkaklar 2010-vil 2018-vil 2020-vil 2022-vil

100,0 100.0 100.0 100,0

Shun dan:

30 yoshgacha 33.0 36,9 28.6 22.1

30-34 yosh 26,2 24.9 27.4 26.3

35-39 yosh 17,5 15.7 15,4 18,1

40-49 yosh 15,5 14.7 13,7 17.4

50 va undan yuqori yosh 7,8 7,8 14,9 16,1

Jami ayollar 100.0 100.0 100.0 100.0

Shundan:

30 yoshgacha 49.4 52 2 47,6 42,2

30-34 yosh 21,5 20.0 18,6 20,9

35-39 yosh 12,9 11,5 10,6 14,6

40-49 yosh 11,1 11,1 9.3 12,3

50 va undan yuqori yosh 5,1 5,2 13,9 10,0

* Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huziiridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tiizilgan.

Tahlil qilinayotgan davrda 30 yoshgacha bo'lgan erkaklar orasida nikohdan ajrashishlar salmog'i qisqargan, ya'ni 30 va undan katta yoshdagi erkaklarda, aksincha, ortgan. Ayollar o'rtasida esa 30 yoshgacha bo'lgan va 30-34 yoshdagilarda nikohdan ajrashishlar salmog'i, aksincha, kamaygan. 35-29 hamda 40 va undan katta yoshdagi ayollar orasida ortgan. Eridan ajralgan bolali ayollarning yana turmush qurish imkoniyati kamligi aholi orasida to'liqsiz oilalarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Beva ayollarning nikohga qayta kirishi jami qayd etilgan nikohlarning 0,5 foizini, erkaklarda esa 1,3 foizni tashkil etadi.

O'zbekistonda nikohdan ajrashishlarning asosiy qismi (60,5%) nikohning dastlabki 10 yiligacha bo'lgan davrida qayd etiladi (4-jadval).

4-jadraI

Nikohdan aj raíganla ruing liikoh davomiyligi bo'yiclia taqsimlanislii*

Nikoh davomiyligi Yillai 2022-yilda 2018-yilga uisbatai i

2018 2019 2020 2021 2022 %

Jami 32 326 31 389 28 233 39 349 48 733 16 407 150.8

shundan:

1 yilgacha 1 266 1 263 1 433 2 092 1 880 614 148.5

1-4 yil 10 327 10 134 9 665 12 934 14 528 4 201 140.7

5-9 yil 9 621 9 221 8 065 10 724 13 081 3 460 136.0

10-14 yil 4 289 4 445 4 108 6 344 8 884 4 595 207.1

15-19 yil 2 599 2 348 1 926 2 869 4 190 1 591 161.2

20 yil va undan ortiq 4 224 3 978 3 036 4 386 6 170 1 946 146.1

* Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Nikohdan ajralganlarning uchdan birini yosh oilalar, ya'ni 1-4 yil oldin tuzilgan er-xotinlik ittifoqi tashkil etadi. Aholining nikohda turish davriga ko'ra ajrashish ko'rsatkichi 2022-yilda 2018-yilga nisbatan quyidagicha o'zgargan: 1-4 yil orasida ajralganlar salmog'i 31,9 foizdan 29,8 foizga, 5-9 yilgacha yashaganlardan ajrashishlar esa 29,8 foizdan 26,8 foizga kamaygan.Tahlil qilinayotgan davrda 10-14 yil ichida nikohdan ajrashgan oilalar soni yuqori sur'atda (2,0 barobar) o'sgan hamda jami ajrashishlar tarkibidagi ulushi 13,3 foizdan 18,2 foizga ortgan.Shuningdek, 1519 yil davomida birga yashaganlar orasida ajrashgan oilalar salmog'i 8,0 foizdan 8,6 foizga ortgan. 20 yil va undan ortiq muddat birga yashab ajrashganlar ulushi 12,7 foizni tashkil etgan. O'zaro nikohdagi aholining qancha ko'p birga yashaganiga qaramay, ularda ajrashish hodisasi tobora ortib borayotgani alohida tadqiqotlar amalga oshirilishini taqozo etmoqda.Nikohdan ajrashganlarning ma'lumot darajasi tahlil qilinganda, tugallanmagan oliy ma'lumotlilar o'rtasidagi ajrimlar soni yuqori sur'atda o'sganligini ko'rishimiz mumkin (5-jadval).

5-jadval

Nikohdan ajrashganlarning ma'luinot darajasi*

Ma'lumoti 2020-yil 2022-yil 2022-yilda 2020-yilga nisbatan o'zgarishi, %

erkaklar ayollar erkaklar ayollar erkaklar ayollar

oliy 3553 2178 4 399 3 540 123.8 162.5

tugallanmagan oliy 241 410 479 1 102 198.8 268.8

o'rta maxsus 11027 12190 16 089 21 276 145.9 174,5

mnumiy o'rta 6777 4579 10 304 10 739 152.0 234,5

noma'him 6635 8876 17 462 12 076 263.2 136.1

* Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

5-jadvaldan ko'rinadiki, o'tgan uch yil (2020-2022-yillar) mobaynida nikohdan ajrashishlar soni tugallanmagan oliy ma'lumotli erkaklarda 98,9 foizga, ayollarda esa 2,6 martaga ortgan. Bu esa ta'lim, ayniqsa oliy ta'lim muassasalarida oila institutini

mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishni taqozo etadi.Shuningdek, bu davrda oliy, o'rta maxsus va o'rta ma'lumotlilarda ham nikohdan ajrashishlar soni ortgan.Respublika bo'yicha jami nikohdan ajrashganlarning qariyb uchdan ikki qismida (65,8%) er-xotin o'rtasida voyaga yetmagan farzandi bo'lgan (6-jadval).

6-jadrciI

Nikohdan ajraluvchilaniing farzaudlari soiii to'g'risida

ma'lumot*

Farzaiidlar soni Yillar 2022-yilda 2018-yilga nisbatan o'zgarishi

2018 2019 2020 2021 2022 %

Farzandsiz nikohdan ajrashishlar soni 14961 14909 14072 19804 16644 1683 111.2

16 yoshgacha farzand bilan nikohdan ajrashishlar soni 17365 16480 14161 19545 32089 14724 184.8

shwidcm:

bitta farzand bilan 10522 9767 8304 11259 20406 9884 193.9

ikkita farzand bilan 5151 5031 4432 6271 8820 3669 171.2

lieh va undan oitiq farzand bilan 1692 1682 1425 2015 2863 1171 169.2

* Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lmzuiidagi Statistika agentligi ma'liimotlari asosida tuzilgan.

6-jadvaldan ko'rinadiki, 2018-2022-yillar mobaynida farzandsiz nikohdan ajrashishlar soniga qaraganda farzandli ajrashishlar soni yuqori sur'atda o'sgan.O'tgan besh yilda farzandsiz nikohdan ajrashishlar soni 11,2 foizga, o'n olti yoshgacha farzand bilan nikohdan ajrashishlar esa 84,8 foizga ortgan.Farzandsiz nikohdan ajrashganlarning asosiy qismi (78%) nikohning dastlabki 10 yiligacha bo'lgan davrida qayd qilingan. Achinarlisi shuki, statistik ma'lumotlar bu davrgacha yashab ajrashganlar soni yuqori sur'atda o'sishda davom ettirayotganini ko'rsatadi. Jumladan, tahlil qilinayotgan davrda 1 yilgacha yashab farzandsizlik sabab nikohdan ajrashganlar soni 17,0 foizga, 1-4 yil yashab ajrashganlar 10,3 foizga, 5-9 yil yashab ajrashganlar esa 4,7 foizga o'sgan.Nikohdan ajrashganlarning 65,8 foizida 16 yoshgacha bo'lgan farzandi bor. Oilada farzandlar soni qancha ko'p bo'lsa, ajrashish xavfi shunchalik kamayishi kerak, buning boisi farzand oilani mustahkamlovchi rishta hisoblanadi. Ammo olib borilgan tahlillar farzandi bilan nikohdan ajrashishlar ulushining yil sayin ortib borayotganligini ko'rsatdi.

Nikohdan ajrashganlarning farzandlar soni bo'yicba taqsimlanishi

2023-\iI vam ar-irun

51,9

Farzandsiz ajrashganlar

2023-viI yanvar-iyun oylanda 1 nafar farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 13 1X6 tarn tashkil etgan.

2023->t 1 yanvar-iyun oylanda farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 6 730 tani tashkil etgan. 1 nafar farzand bilan

26,5 %

m

ajrashganlar

21,6 %

t**f

2023-yil yanvar-iyun oylarida 2 va und an ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 2 va undan ortiq farzand 5 505 tani tashkil etgan.

bilan ajrashganlar

Nikohdan ajrashganlarning o*rtacha yoshi

20J3-)il yamar-iynn

i. Nikohdan ajrashganlaming

^^ ^^ o'rtacha yoshi 2023-yilning yanvir-

íyun oylarida crkaklar uchun 37.7 voshni. a yol lar uchun 33.2

37,7 ^ к 33,2 yoshni tashkil etgan. Nikohdan

yosh Я VO.sh ajrashganlaming eng katta ulushi

Erkaklar

35 yoshga-cha bo lean ajralayotgan avollarga lo'g'n kclgan. ya ni jami nikohdan ajrashganlarmng Ь2 J "• ini tashkil ctgan

Yankuniy qism. Shunday qilib, yuqoridagi demografik tendensiyalardan kelib chiqib nikohdan ajrashishlar soni ortayotganligi aniqlandi, bu esa oila institutini mustahkamlash va yoshlarni nikohga tayyorlash bo'yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Фитрат А. "Оила ёки оила бошкариш тартиблари" асари.

2. Вишневский А. Г. Избранные демографические труды. Т. 1. -Москва: Наука, 2005. - С. 120.

3. Тышкевич В. П. Основные направления исследований семейного домохозяйства современной социальной рыночной экономике на примере Германии. - Москва: МАКС-Пресс, 2009.

4. Ijtimoiy.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.