Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AHOLINING TABIIY HARAKATINI IFODALOVCHI KO‘RSATKICHLARNING STATISTIK TAHLILI'

O‘ZBEKISTONDA AHOLINING TABIIY HARAKATINI IFODALOVCHI KO‘RSATKICHLARNING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholining tabiiy harakati / tug‘ilganlar soni / o‘lganlar soni / tug‘ilish koeffitsiyenti / o‘lim koeffitsiyenti / xalqaro mezon / past / o‘rtacha / o‘rtachadan yuqori / yuqori / juda yuqori / tahlil / guruhlar / netto koeffitsiyent. / natural population movement / number of births / number of deaths / birth rate / death rate / international standard / low / average / above average / high / very high / analysis / groups / net coefficient.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dusnayev Sh.E.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy harakati ko‘rsatkichlaridagi dinamik o‘zgarishlar, xalqaro mezonlar bo‘yicha tabiiy harakat ko‘rsatkichlarining guruhlanishi, hududlarda tabiiy harakati ko‘rsatkichlarining holati, netto koeffitsiyent va yosh guruhlari bo‘yicha o‘lganlar sonini tahlillarda yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL ANALYSIS OF THE NATURAL MOVEMENT INDICATORS OF THE POPULATION IN UZBEKISTAN

In this article, the dynamic changes in natural movement indicators of the population of the Republic of Uzbekistan, the grouping of natural movement indicators according to international criteria, the state of natural movement indicators, net coefficient in the regions and the number of deaths by age groups are highlighted in the analysis.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AHOLINING TABIIY HARAKATINI IFODALOVCHI KO‘RSATKICHLARNING STATISTIK TAHLILI»

UDK: 312.314

Dusnayev Sh.E.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari

i.f.f.d. (PhD)

O'ZBEKISTONDA AHOLINING TABIIY HARAKATINI IFODALOVCHI KO'RSATKICHLARNING STATISTIK TAHLILI

Annotasiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy harakati ko 'rsatkichlaridagi dinamik o 'zgarishlar, xalqaro mezonlar bo 'yicha tabiiy harakat ko'rsatkichlarining guruhlanishi, hududlarda tabiiy harakati ko'rsatkichlarining holati, netto koeffitsiyent va yosh guruhlari bo'yicha o 'lganlar sonini tahlillarda yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: aholining tabiiy harakati, tug'ilganlar soni, o'lganlar soni, tug'ilish koeffitsiyenti, o'lim koeffitsiyenti, xalqaro mezon, past, o'rtacha, o'rtachadan yuqori, yuqori, juda yuqori, tahlil, guruhlar, netto koeffitsiyent.

Dusnayev Sh.E., PhD in economics sciences deputy head of the department of Statistics Agency under the President

Republic of Uzbekistan

STATISTICAL ANALYSIS OF THE NATURAL MOVEMENT INDICATORS OF THE POPULATION IN UZBEKISTAN

Abstract. In this article, the dynamic changes in natural movement indicators of the population of the Republic of Uzbekistan, the grouping ofnatural movement indicators according to international criteria, the state of natural movement indicators, net coefficient in the regions and the number of deaths by age groups are highlighted in the analysis.

Keywords. natural population movement, number of births, number of deaths, birth rate, death rate, international standard, low, average, above average, high, very high, analysis, groups, net coefficient.

Aholi sonining o'zgarishida aholining tabiiy harakati ya'ni tug'ilganalar va o'lganlar sonining o'rni muhim hisoblanadi. O'zbekistonda aholi sonining o'sib borishiga tug'ilgan sonining yuqoriligi bevosita ta'sir ko'rsatmoqda.

"Aholining tabiiy harakati - aholi sonining tabiiy o'zgarishini ifodalovchi tug'ilish va o'lim holatlarining majmui bo'lib, unga nikohlar va nikohdan ajralish holatlari ham kiritiladi".

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2022-yil O'zbekistonda tug'ilganlar mutlaq sonining eng yuqori ko'rsatkichi qayd etilgan (2.5-rasm).

1-2-rasmlardan ko'rinib turganidek, 2018-2023-yillarda tug'ilganlar mutlaq soni ortgan. Olib borilgan tahlillarga ko'ra, 2018-2023-yillar mobaynida har 1000 kishiga to'g'ri keladigan tug'ilganlar soni 23,3 nafardan 26,4 nafarga ko'paygan. Hududlar kesimida olib qaraganda tug'ilish darajasi Surxondaryo (30,9 %o), Qashqadaryo (28,9 %o), Namangan (27,9 %o), Jizzax (27,4 %o),va Samarqand (27,4 %o) viloyatlarida yuqori bo'lgan.

Xalqaro mezonlar bo'yicha, "tug'ilishning umumiy koeffitsiyenti qiymati 16,0 Agacha bo'lsa - tug'ilish darajasi "past", 16,0 - 24,9 %o - "o'rtacha", 25,0 - 29,9 %o - "o'rtachadan yuqori", 30,0 - 39,9 %o - "yuqori", 40,0 %o va undan yuqori - "juda yuqori" hisoblanadi" Mazkur mezon bo'yicha O'zbekiston tug'ilish darajasi "o'rtachadan yuqori" bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Tug'ilishning umumiy koeffitsiyentini baholash mezoni asosida O'zbekiston Respublikasi hududlari guruhlarga ajratildi.

1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2000-yil tug'ilish darajasi Toshkent shahrida - "past", Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida "o'rtachadan yuqori", qolgan hududlarda esa "o'rtacha" bo'lgan. 2010-yilda respublikaning barcha hududlarida "o'rtacha", 2022-yilda esa faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Xorazm viloyatlarida tug'ilish darajasi "o'rtacha", Surxondaryo

viloyatida "yuqori" qolgan hududlar "o'rtachadan yuqori" toifaga o'tgan.

1-jadval. O'zbekiston Respublikasi hududlarini tug'ilishning umumiy __koeffitsiyenti bo'yicha tasnifi_

Tug'ilish darajasi, % Yillar

2000 2010 2023

past (16,0 gacha) Toshkent shahri Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi

O'rtacha (16,0 - 24,9) Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona, Toshkent va Xorazm viloyatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Xorazm viloyatlari

O'rtachadan yuqori (25,0 - 29,9) Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona viloyatlari va Toshkent shahri

Yuqori (30,0 - 39,9) Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi Surxondaryo viloyati

Juda yuqori (40,0 va undan yuqori) Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi Mazkur daraja bo'yicha hududlarda kuzatilmadi

Qishloq joylarida tug'ilish darajasi shahar joylariga qaraganda bir muncha yuqori. Tahlillarga ko'ra, 2023-yil Surxondaryo (32,6 %o) viloyati qishloq joylarida tug'ilish darajasi "yuqori" mezon bo'yicha baholandi.

Aholi statistikasida tug'ilish darajasini aniq statistik baholash maqsadida tug'ilishning yig'indi koeffitsiyentidan (bir ayolga to'g'ri keladigan bolalar soni) keng foydalaniladi. Mazkur koeffitsiyentning qiymati respublikada - 3,45, shahar joylarida - 3,39, qishloq joylarida esa 3,51 nafarni tashkil etadi.

Bugungi kunda oilada tug'ilishlar sonining ko'payishiga quyidagi omillarni keltirish mumkin: 1980-1990-yillarda mamlakatda tug'ilishlar soni yuqori darajada qayd etilgan mazkur davrda tug'ilgan ayollarning tug'ish yoshiga yetganligi, ya'ni reproduktiv salohiyatning yuqoriligi. Mamlakatimiz oilalarida tug'ilayotgan chaqaloqlarning 86,2 foizi 20-34 yosh guruhidagi ayollarga to'g'ri keladi; nikoh yoshida (20-30 yosh) erkak va ayollar nisbatining tengligi; nikohning yuqori darajasi (yiliga o'rtacha 300 mingdan ortiq nikoh qayd etiladi);

nikohni barqarorliligi (har 10 ta tuzilgan nikohga 1 ta ajrim to'g'ri keladi); mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, odamlar moddiy ahvolining yaxshilanishi; tibbiyotning rivojlanganligi va h.k.

Avlodlar almashinuvining brutto-koeffitsiyenti shartli gipotetik avlodning reproduktiv davrdagi (15-49 yosh) har bir ayol nechi nafar qiz farzandni dunyoga keltirishini bildiradi.

Tahlillarga ko'ra, avlodlar almashinuvining brutto-koeffitsiyenti tug'ilish darajasi yuqori bo'lgan 1969-1990-yillarda 2,5 - 2,7 ni tashkil etgan. Demak, mamlakatimizda bundan qirq yil oldin har bir reproduktiv yoshdagi ayollar o'zlarining o'rniga 2-3 nafardan qizlarni (ya'ni onani) qoldirgan (shaharda bu ko'rsatkich 1,8 nafarni, qishloq joylarida esa 3,57 nafarni tashkil etgan). Avlodlar almashuvi kengaygan tur (o'limga qaraganda tug'ilishning, keksalarga qaraganda bolalarning ko'pligi) darajasida sodir bo'ladi.

Bugungi kunda O'zbekistonda aholi takror barpo bo'lishining brutto-koeffitsiyenti 1,4-1,5 ni (shahar joylarida 1,3-1,4 ni, qishloq joylarida esa 1,5-1,6 ni) tashkil etdi (2-jadval).

Avlodlar almashinuvining netto-koeffitsiyenti tug'ilib onasining yoshiga yetib borgan qizlarning o'rtacha sonini ifodalaydi. O'zbekistonda ham avlodlar almashinuvining netto koeffitsiyenti dinamikasida o'ziga xos o'zarishlar kuzatiladi.

2-jadval. O'zbekistonda avlodlar almashinuvining brutto va netto

koeffitsiyentlari, kishi

Yillar Jami Shu jumladan:

shahar qishloq

brutto netto brutto netto brutto netto

2018 1,271 1,234 1,176 1,141 1,363 1,325

2019 1,358 1,321 1,265 1,230 1,450 1,412

2020 1,417 1,217 1,321 1,078 1,514 1,318

2021 1,548 1,511 1,438 1,403 1,661 1,623

2022 1,614 1,580 1,610 1,573 1,618 1,586

1991-2000-yillarda O'zbekistonda tug'ilishning kamayishi (tug'ilishning yig'indi koeffitsiyenti ushbu davrda respublika bo'yicha 4,2 dan 2,5 gacha, shahar joylarida 2,1 dan 2,12 ga, qishloqlarda 4,9 dan 2,7 gacha) kuzatilishi natijasida avlodlar almshinuvining netto koeffitsiyenti ham kamaydi. Ayniqsa netto-koeffitsiyenti shahar aholisida 2000-2005-yillar R0<1 bo'lib, avlodlar almashinuvi qisqargan rejimga o'tgan. Lekin 2005-yillardan boshlab respublikada

tug'ilishning bir muncha ko'tarilishi shaharlarda qayd etilgan demografik inqirozga barham berdi.

Hozirgi davrga kelib O'zbekiston avlodlar almashinuvining netto koeffitsiyenti ko'rsatkichlari bo'yicha, yani R0>1 dan, avlodlar almashinuvining kengaygan rejimining eng pastki chegarasida turibdi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi yillarda respublikada o'lganlar mutlaq soni ortib borgan (3-rasm).

180,0 175,0 170,0 165,0 160,0 155,0 150,0 145,0 140,0

2018 y. 2019 y. 2020 y.

I O'lganlar soni, ming kishi

2021 y. 2022 y. 2023 y.

O'lim koeffitsenti, promille

5.2 5,1 5,0 4,9 4,8 4,7 4,6 4,5 4,4

4.3

3-rasm. O'zbekiston Respublikasida o'lim ko'rsatkichlari dinamikasi

3-rasmdan ko'rinadiki, 2018 yilda respublika bo'yicha vafot etganlar soni 154,9 ming nafarni tashkil etgan bo'lsa 2023 yilga kelib 172,1 ming nafarga yoki 11,6 foizga ortgan. Aytish joizki, birlamchi ma'lumotlar bo'yicha demografik vaziyatga to'g'ri baho berib bo'lmaydi. Shundan kelib chiqib, maqolada har 1000 kishiga to'g'ri keladigan o'lganlar soni tahlil qilindi. Unga ko'ra, 2018-yilda o'lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilda 4,6 promillega tushgan 2020 yilda 5,1 promelleni tashkil etib ko'tarilgan va 2021, 2022 yillarda tushish kuzatilib 2023-yilga kelib bu ko'rsatkich 4,7 promilleni tashkil qilgan. Demak, O'zbekistonda aholiga nisbatan hisoblaganda o'lganlar soni kamayib bormoqda.

Dunyo amaliyoti bo'yicha, "o'limning umumiy koeffitsiyenti qiymati 10 %ogacha bo'lsa, o'lim darajasi "past", 10,0-14,9 %o bo'lsa - "o'rtacha", 15,0-24,9 %o bo'lsa - "yuqori", 25,0-34,9 %o bo'lsa - "juda yuqori", 35,0 %o va undan yuqori bo'lsa "favqulodda yuqori" hisoblanadi. Respublikada bu qiymat 4,7 promilleni tashkil etadi. Demak, O'zbekiston o'lim darajasi past bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Hududlar kesimida tahlil qilganda, o'lim darajasi Toshkent shahri (5,2 %o), Qoraqalpog'iston Respublikasi (5,1 %o), Toshkent viloyati (5,1 %o), Sirdaryo viloyati (5,1 %o), Surxondaryo viloyati (4,8 %o) viloyatlarida respublikaning o'rtacha ko'rsatkichidan baland.

TaMilla^a ko'ra, shahaг joylaгida aholining o'lim holatlaгi qisЫoqlaгga nisbatan ko'pгoq qayd etilgan. 2023-yil shahaг joylaгida o'limning umumiy koeffitsiyenti 5,0 promilleni, qishloq joylarida esa 4,4 promilleni tashkil etgan. Ayniqsa, Sirdaryo viloyati (8,0 %o), Qoгaqalpog'iston Respublikasi (6,6 %o), Buxoro (5,4 %o), Xoram (5,4 %o), Jizzax (5,3 %o), Navoiy (5,2 %o) viloyatlaгining shahaг joylarida o'limning yuqori ko'гsatkicЫari qayd qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdurahmonov Q.X., va boshqalar. Demografiya: darslik. - T.: Iqtisodiyot.

2. "Asosiy demografik ko'гsatkicЫaгni shakllantirish bo'yicha uslubiy nizom" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuгidagi Statistika agentligining qarari 2023 yil 24 maydagi 10-son qarori. https://lib.stat.uz/uz/features/demografiya-va-mehnat.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuгidagi Statistika agentligining rasmiy veb-sayti: https://stat.uz/.

4. Abdwahmonov Q.X., Abduгamanov X.X. Demogгafiya. O'quv qo'llanma. -T.: Noshir, 2011.

5. O'zbekistonning demografik yillik to'plami 2018-2022 yillar.

6. Muallif ishlanmalari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.