DOI 10.5281/zenodo.11583534
Asadova A. O.
"Ipak yo 'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, tayanch doktorant
O'ZBEKISTONDA NOSTALGIK(QO'MSASH) TURIZMNI
RIVOJLANTIRISHDA XORIJDAGI DIASPORALARNI JALB
ETISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: ushbu maqolada O'zbekistonning xorijdagi vatandoshlar bilan o 'zaro aloqasi, vatandoshlar bilan munosabatlar, yo 'lga qo 'yilgan hamkorliklar haqida ma 'lumotlar keltiriladi. Xorijdagi o 'zbek diasporalarining mamlakatlar miqyosidagi soni, nostalgik turizmni rivojlantirishda ularning roli tahlil qilinadi.
Kalit so Zlar: o 'zbek, turk, turizm, nostalgik turizm, vatandoshlar, diasporalar, Konstitutsiya, viza.
Asadova A. O. basic doctoral student
"Silk Road" tourism and cultural heritage international university
THE SIGNIFICANCE OF INVOLVING DIASPORAS ABROAD IN THE DEVELOPMENT OF NOSTALGIC TOURISM IN UZBEKISTAN
Abstract. This article provides information about the interaction of Uzbekistan with compatriots abroad, relations with compatriots and established cooperation. The number of Uzbek diasporas abroad is analyzed by country, their role in the development of nostalgic tourism in Uzbekistan.
Key words: uzbek, turkish, tourism, nostalgic tourism, compatriots, diasporas, constitution, visa.
So'nggi yillarda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabalar integratsiyasi O'zbekistonni butun dunyoga tanitishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilmoqda. Dunyo xalqlari va o'zbek millati orasida do'stona munosabatlarni takomillashtirish, barcha soha va tarmoqlarda o'zaro madaniy-ma'rifiy munosabatlarni yaxshilash borasida mutassil islohotlar olib borilmoqda. Shuni inobatga olish kerakki, o'zbek millati azaldan mavjud bo'lib, turklar va forsiylar bilan qon-qarindosh hisoblanadi. Turli sabablarga ko'ra dunyo bo'yicha o'zbek millati keng tarqalgan bo'lib, G'arb mamlakatlarida ham uzoq Amerika hamda Kanadada ham vatandoshlarimiz ko'plab uchraydi. Uzoqdagi vatandoshlar bilan doimiy aloqa o'rnatish, ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni2 qabul qilingan.
Ushbu farmonga ko'ra, bugungi kunda respublikamizda faol "xalq diplomatiyasi" asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o'zaro foydali munosabatlarni yo'lga qo'yish, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlarni va madaniy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o'z faoliyatini O'zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, milliy an'analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do'stlik jamiyatlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi3.
Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o'rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta'minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko'p millatli yagona oila tuyg'usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ'ibotiga, shuningdek, ushbu yo'nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo'naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarish maqsadida O'zbekiston Madaniyat va turizm Vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etilgan4.
Bundan tashqari o'zbek diasporlarini dunyoning istalgan nuqtasida ularni himoya qilish hamda g'amxo'rlik ko'rsatish ishlarini Davlat miqyosida kafolatlash, xavfsizligini ta'minlash maqsadida yangilangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida "O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi"5 degan yangi modda qo'shilgani bejizga emas. Bundan tashqari, mamlakatimiz hududida xorijiy davlat fuqarolarining bo'lishi, erkin harakatlanishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaning 23-moddasida "O'zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta'minlanadi" deb keltirib o'tilgan.
2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 19.05.2017 yil PF-5046-son https://lex.uz/docs/-3210345
3 https://yuz.uz/uz/news/millatlararo-totuvlik-va-dinlararo-bagrikenglik-yuksalish-poydevori Murojaat qilingan sana: 08.06.2023
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 19.05.2017 yil PF-5046-son https://lex.uz/docs/-3210345
5O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil, 30 aprel. https://constitution.uz/oz
Nostalgik turizm haqida gapirilganda, asosan diasporalar nazarda tutiladi. Har bir rivojlangan mamlakatlarda ham diasporalar va ularning davlat bilan hamkorligi, ular bilan ishlash, g'amxo'rlik qilish masalalarini rivojlantirish va ayniqsa turizm maqsadida jalb etish muhim hisoblanadi. Bugungi kunda Rossiyada millionlab, AQShda 300mingga yaqin, Janubiy Koreada 70mingdan ortiq, Yaponiyada 4 minglab vatandoshlarimiz istiqomat qiladi6. Xorijdagi vatandoshlarni mamlakatimizda bo'layotgan islohotlarga, investitsiya kiritish jarayoniga, O'zbekistonda tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga faol jalb etish, ularni o'z ona Vatanidan uzoqda bo'lsa ham o'zligini yo'qotmasligi uchun doimiy ravishda aloqalarni mustahkamlab borish talab etilmoqda. Eng asosiysi, O'zbekistonda maqsadli turizm turlarini, jumladan nostalgik turizmni yanada rivojlantirish, bunda vatandoshlarimizni va xorijiy davlat fuqarolarini keng jalb qilish, ularning mamlakatimizga doimiy qatnovini yo'lga qo'yish asosiy vazifa bo'lib qolmoqda. Xorijiy vatandoshlarimiz doimiy boshqa mamlakatda istiqomat qilishi yoki o'zga davlat fuqaroligini qabul qilgan taqdirda ham mamlakatimizga kelib-ketishini ta'minlash, O'zbekiston bilan xalqaro munosabatlarda faol mamlakat ahosini mamlakatimizda bo'lishini osonlashtirish maqsadida ko'plab mamlakatlar bilan vizasiz rejim hamda 2 ish kuni davomida turistik vizani rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli qaroriga muvofiq va mamlakatga chet el fuqarolari kirish tartibini takomillashtirish maqsadida 2018-yil 15-uyuldan 51 davlat fuqarolariga electron viza olish ya'ni viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibidan foydalanish amal qiladi. Shuningdek, ma'lum qoidalarga ko'ra 101 davlat fuqarolariga O'zbekistonda besh kungacha vizasiz kirish tartibi amal qiladi.
Hozirda Qirg'iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog'iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o'rnatilgan. Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya, Germaniya, Isroil, Kanada, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya, Yaponiyava boshqa davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan7 bo'lib, ularning safi kundan-kunga kengayib bormoqda.. 2023-yil 5-iyundan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz tartib Qatar fuqarolari uchun ham joriy etildi8.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini rag'batlantirish, shuningdek, huquq va manfaatlarini
6 https://kun.uz/uz/news/2022/09/29/xorijdagi-vatandoshlar-va-begonalashish-xavfi-haqida Murojaat qilingan sana: 08.06.2023
7 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni https://lex.uz/docs/4143188#4152586
8 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qatar davlati fuqarolari uchun O'zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash to'g'risida" PF-86-son, 05.06.2023.
to'laqonli va har tomonlama himoya qilishga ko'mak berish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi Davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"9gi qaroriga binoan xorijdagi diasporalarga O'zbekistonga kirishda imkoniyatlar yaratish va vaqtincha bo'lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a'zolarini O'zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va ko'p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"10 gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 1-ilovasiga ko'ra, vatandoshlar — kelib chiqishi O'zbekiston Respublikasidan bo'lgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs maqomini olgan, tarixiy Vataniga ma'naviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda etnik va til nuqtai nazaridan o'zini o'zbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda O'zbekiston bilan har tomonlama aloqa qilish istagida bo'lgan xorijda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslardir. Ularga VTD turdagi kirish vizasi — O'zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi va uning fuqarolari bo'lgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida O'zbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila a'zolari uchun 2 yil muddatga beriladigan viza toifasi taqdim etiladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda nostalgik turizmni rivojlantirish uchun turistik potensial yetarli darajada rivojlangan. Shu bilan birga nostalgik turizmning asosiy ishtirokchilari hisoblanadigan diasporalarni O'zbekistonga yanada jalb etish, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizni yaxshilash maqsadida xorijdagi vatandoshlarni o'zimizga nisbatan qiziqishini oshirish, turistik maqsadlarda qatnovini ko'paytirishga erishishimiz lozim. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o'zbeklarni uchratish mumkin. O'zbekistonga 2023-yil yanvar-may oylarida 2,6 million kishi tashrif buyurgan bo'lib, ularning katta qismi Markaziy Osiyo davlatlaridan tashrif buyurib, qarindosh urug'ini ko'rish maqsadida kelganlardir.
Xorijdagi vatandoshlar uchun 2 yil muddatda cheklanmagan marotaba kirish imkoniyatini beruvchi VTD turdagi kirish vizasi haqida yanada ko'proq ma'lumotlarni yetkazib, xorijdagi o'zbek diasporalarini bundanda ko'proq jalb eta olsak, nafaqat nostalgik turizmni rivojlantirishga balki aholini baxtiyor yashovchi xalqlar reytingida ham ko'tarishimiz mumkin.
9 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son https://lex.uz/acts/-4022649
10 https://lex.uz/acts/4293592#-4299964
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatiararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 19.05.2017 yil PF-5046-son https://lex.uz/docs/-3210345
2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil, 30 aprel. https://constitution.uz/oz
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni https://lex.uz/docs/4143188#4152586
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qatar davlati fuqarolari uchun O'zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash to'g'risida" PF-86-son, 05.06.2023.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son https://lex.uz/acts/-4022649
6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a'zolarini O'zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va ko'p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida" gi qarori 2019-yil 17-aprel 326-son, https://lex.uz/acts/4293592#-4299964
7. https://yuz.uz/uz/news/millatlararo-totuvlik-va-dinlararo-bagrikenglik-yuksalish-poydevori Murojaat qilingan sana: 08.06.2023
8. https://kun.uz/uz/news/2022/09/29/xorijdagi-vatandoshlar-va-begonalashish-xavfi-haqida Murojaat qilingan sana: 08.06.2023