Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI QANDAY QO‘LLAB-QUVVATLAYDI?'

O‘ZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI QANDAY QO‘LLAB-QUVVATLAYDI? Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
52
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Iste’dod” jamg‘armasi / “Umid” jamg‘armasi / stipendiya / grant / stajirovka / xalqaro reyting / bakalavr / magistr / ilmiy daraja. / Фонд “Истеъдод” / Фонд “Умид” / стипендия / грант / стажировка / международный рейтинг / бакалавр / магистр / ученая степень.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamadaliyev, Boburjon Bahodirjon O‘g‘li

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtidorli yoshllarini qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo‘shimcha imkoniyatlari haqida bayon qilinadi. Unda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati to‘g‘risida qisqacha bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КАК УЗБЕКИСТАН ПОДДЕРЖИВАЕТ СВОЮ ТАЛАНТЛИВУЮ МОЛОДЕЖЬ?

В этой статье рассказывается о новой системе и дополнительных возможностях поддержки талантливой молодежи Узбекистана. В нем кратко рассказывается о деятельности фонда “Эль-юрт умиди” по подготовке специалистов за рубежом и взаимодействию с соотечественниками.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI QANDAY QO‘LLAB-QUVVATLAYDI?»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

O'ZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI QANDAY QO'LLAB-

QUVVATLAYDI?

Mamadaliyev Boburjon Bahodirjon o'g'li

TDYU, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tyutori boburmamadaliyev 100@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston iqtidorli yoshllarini qo'llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo'shimcha imkoniyatlari haqida bayon qilinadi. Unda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha "El-yurt umidi " jamg'armasi faoliyati to 'g'risida qisqacha bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: "Iste'dod" jamg'armasi, "Umid" jamg'armasi, stipendiya, grant, stajirovka, xalqaro reyting, bakalavr, magistr, ilmiy daraja.

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассказывается о новой системе и дополнительных возможностях поддержки талантливой молодежи Узбекистана. В нем кратко рассказывается о деятельности фонда "Эль-юрт умиди" по подготовке специалистов за рубежом и взаимодействию с соотечественниками.

Ключевые слова: Фонд "Истеъдод", Фонд "Умид", стипендия, грант, стажировка, международный рейтинг, бакалавр, магистр, ученая степень.

KIRISH

O'zbekistonda o'z jamiyati va dunyoga katta hissa qo'shish salohiyatiga ega ko'plab iqtidorli yoshlar yashaydi. O'zbekistonda iqtidorli yoshlami qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'llaridan biri ta'limdir. So'nggi yillarda O'zbekiston ta'lim tizimida jiddiy islohotlar amalga oshirildi, ammo iqtidorli yoshlarning ehtiyojlarini qondiradigan ta'lim va o'quv dasturlariga ko'proq sarmoya kiritish zarurati hali ham mavjud. Hozirgi kunda dunyoning yuqori reytinglarida turuvchi oliy ta'lim muassasalarida ko'plab yoshlarimiz tahsil olishmoqda. Aynan mazkur yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida mamlakatimizda bir necha yillardan buyon tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2018-yilga qadar istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish maqsadida "Iste'dod" jamg'armasi faoliyat yuritib kelgan. Jamg'armaning asosiy maqsadlari mamlakatimizning intellektual salohiyatini, fan, pedagogika va iqtisodiyotimiz rivojlanishi darajasini jahonning eng ilg'or ilmiy izlanishlari va yuqori texnologiya yutuqlari darajasiga ko'tarish, O'zbekistonda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(2), Feb., 2023

chuqur tarixiy ildizlarga ega va respublikamiz taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan ilmfan yo'nalishlarining barqaror rivojlanishini taminlashda faol ishtirok etish, dunyoda e'tirof etilgan nufuzli oliy talim va ilmiy markazlar bilan amaliy hamkorlik o'rnatish bo'lgan. Ammo har bir tizim rivojlanish jarayonida o'zgarishlarga yuz tutadi. Mazkur jamg'arma 2018-yilda tugatilgan va uning negizida yangi bir tizim joriy etilgan.

Bundan tashqari istedodli yoshlarni qo'llab quvvatlovchi yana bir jamg'arma mavjud edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 7-yanvardagi PF-1694-sonli "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta'lim olishlarini qo'llab-quvvatlash "Umid" jamg'armasini tuzish to'g'risida"gi Farmoni asosida "Umid" jamg'armasi tashkil etilgan. Mazkur jamg'arma 1997-2003 yillar mobaynida dunyoning eng ilg'or G7 davlatlari qatoriga kiruvchi AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlarida davlatlarida jami 828 nafar stipendiatlarni bakalavriat va magistratura ta'lim yo'nalishlarida o'qitgan1.

2018-yilning 26-sentabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi farmoni e'lon qilindi. Mazkur farmon bilan Jamg'arma xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va o'qishini tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" hamda "Umid" jamg'armalarining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo'yicha huquqiy vorisi maqomini oldi.

2018-yil 25-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3982-sonli "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish choralari to'g'risida" qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq "El-yurt umidi" jamg'armasiga xorijda istiqomat qilayotgan, zamonaviy bilim va boy amaliy tajribaga ega bo'lgan vatandoshlar bilan muloqotni yanada kuchaytirish, ularni O'zbekistonga turli nufuzli lavozimlarga ishga taklif etish, ularning salohiyatidan O'zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini yanada mustahkamlashda samarali foydalanishga ko'maklashish, shuningdek, shunday tadbirlarni moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tgan to'rt yil mobaynida 1400 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlarimiz "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati degan yuksak maqomga ega bo'ldi. Ularning 1100

1 https://eyuf.uz/site/view-page?id= 15

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

dan ortig'i AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi jami 30 dan ortiq eng ilg'or mamlakatlarning 200 dan ziyod universitetlari, ilmiy markazlari va nufuzli kompaniyalarida ta'lim olishib, bugungi kunda O'zbekistonda samarali mehnat faoliyatini olib bormoqdalar.

Vatandoshlar elektron reyestriga 5000 dan ortiq xorijdagi vatandosh olimlar va ekspertlar kiritilgan bo'lib, mazkur reyestrdan 100 ga yaqin vazirlik, idora va tashkilotlar foydalanmoqda.

Iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash faqat ularni ta'lim olishi uchun ko'maklashishda bo'lmay, balki yuqori reytinglarga kiruvchi xorijiy OTMlarni tamomlagan yoshlarni mehnat faoliyatida ham qo'llab-quvvatlashda aks etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi "Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni bilan xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan, ilm-fan bilan shug'ullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega bo'lgan O'zbekiston yoshlarining vatanga kelib ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratish, ularga uy-joy ajratish, munosib maosh to'lash bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Farmonga ko'ra, davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro'yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta'lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga davlat budjeti mablag'lari hisobidan qo'shimcha ustamalar to'lab borish tartibi joriy etilgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash ta'lim, murabbiylik, moliyaviy yordam va yutuqlarni e'tirof etishni o'z ichiga olgan ko'p qirrali yondashuvni talab qiladi. Bularning ichida o'z qiziqishlari bilan shug'ullanish va o'z mahoratini oshirish istagida bo'lgan yoshlar uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston bugun yoshlarga sarmoya kiritib, kelajak avlodlar uchun yanada yorug' va farovon kelajak barpo etishga bel bog'lagan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 7-yanvardagi PF-1694-sonli "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta'lim

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(2), Feb., 2023

olishlarini qo'llab-quvvatlash "Umid" jamg'armasini tuzish to'g'risida"gi Farmoni. / O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 15-modda;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi PF-5545-sonli "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni. / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentinin g2018-yil 25-oktabrda PQ-3982-sonli "Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish choralari to'g'risida" Qarori. / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.10.2018-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.