Научная статья на тему 'MILLATLARARO HAMJOHATLIK TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY OMILLARIDAN BIRIDIR'

MILLATLARARO HAMJOHATLIK TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY OMILLARIDAN BIRIDIR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

173
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
millat / urf-odat / an’ana / qadriyat / madaniy markaz / totuvlik / hamjihatlik / bag’rikenglik / madaniy hayot.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shaxlo Baxtiyorovna Murzaeva

Maqolada Millatlararo hamjihatlik, o'zaro do'stlik va yurtimizda yashab kelayotgan turli millat vakillari o'rtasidagi hamjihatlikni ta'minlashdagi o‟rni yoritilgan. Shuning bilan birga respublika hududida joylashgan milliy-madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari bilan o„zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash, mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o'ziga xos milliy an'analari xaqida so'z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLATLARARO HAMJOHATLIK TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY OMILLARIDAN BIRIDIR»

„ , ,  . .  . Â. ..  . . Â. O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v «t • Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

MILLATLARARO HAMJOHATLIK TARAQQIYOTIMIZNING ASOSIY

OMILLARIDAN BIRIDIR

Shaxlo Baxtiyorovna Murzaeva

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi tayanch

doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Millatlararo hamjihatlik, o'zaro do'stlik va yurtimizda yashab kelayotgan turli millat vakillari o'rtasidagi hamjihatlikni ta'minlashdagi o'rni yoritilgan. Shuning bilan birga respublika hududida joylashgan milliy-madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash, mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o'ziga xos milliy an'analari xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: millat, urf-odat, an 'ana, qadriyat, madaniy markaz, totuvlik, hamjihatlik,bag'rikenglik,madaniy hayot.

Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlaridagi kabi millatlararo munosabatlar va dinlararo totuvlik sohalarida ham tub o'zgarishlar yasadi. Bu o'zgarishlar millati va dinidan qat'i nazar, har bir fuqaromiz hayotida o'z ifodasini topmoqda. Albatta, bu jarayon o'z-o'zidan, tasodifan yuzaga kelmaydi, balki u demokratik jamiyat qurish yo'lidan borayotgan davlatning adolatli siyosati hosilasidir. Davlat nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda, balki turli millatlar va dinlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarni, bag'rikenglikni ta'minlashda ham etakchi va asosiy islohotchi bo'lishini hayot tajribasi isbotlamoqda. Millatlar va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg'unlik xalqlarning ma'naviy boyligi bo'lib, davlatlarning siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Ma'lumki, dunyoda yashayotgan etnoslarning ko'pchiligi o'z milliy davlatlariga ega emas. Shu sababli ko'p millatli mamlakatlarda o'z davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatda istiqomat qiluvchi etnik ozchilik o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Bugungi kunda, yurtimizda umrguzaronlik qilayotgan turli millat vakillari o'zlariga ko'rsatilayotgan beqiyos g'amxo'rlikliklarga javoban davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqdalar. Chunonchi, bugungi kunda senatorlar, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari, yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari turli millat

579

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

vakillaridan iborat. Shahar-qishloqlarimizdagi ko'plab o'zini o'zi boshqarish organlariga esa rus, tatar, qirg'iz, qozoq, ukrain, arman, tojik va boshqa millatlarga mansub oqsoqollar rahbarlik qilishayapti. Bu esa ularga o'z navbatida, zimmamizga umrboqiy qadriyatlarimizni, ayniqsa, olijanoblik va bag'rikenglik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash mas'uliyatini yuklaydi. O'zini shu tabarruk zamin farzandi deb bilgan boshqa yurtdoshlarimizni ham buyuk kelajagimiz yo'lida birlashishga undaydi. Barchamizni yagona Vatanimiz hisoblanmish O'zbekistonning baxt-iqboli va istiqboli uchun qayg'urishga, ajdodlarimizga munosib vorislar bo'lishga, milliy qadriyatlar va an'analarni mudom takomillashtirib, kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirishga chorlaydi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin nafaqat mamlakatning tub aholisi - o'zbek xalqi uchun, balki muqaddas zaminda umrguzaronlik qilayotgan turli millat va elat vakillarining ham millat sifatida o'zining tili, madaniyati, qadriyatlari va an'analarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishga alohida e'tibor qaratildi. Mamlakat rahbariyati bu masalani qonun yo'li bilan hal qilishga doir chora-tadbirlarni ko'rdi. Bu borada mamlakatimizda, eng avvalo, Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Aholining barcha tabaqalari va turli millat vakillari e'tiborini tinchlikni, osoyishtalikni va millatlararo totuvlikni ta'minlashga, mamlakat oldida turgan eng muhim qadriyat - mustaqillikni mustahkamlashga qaratildi. Qonun oldida hammaning tengligi ta'minlandi. Har bir fuqaro qalbida "O'zbekiston - umumiy uyimiz" g' oyasiga xizmat qiluvchi yagona zamin, yagona makon, yagona vatan uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi. Insoniyat uchun eng katta boylik tinchlikdir, tinchlikning manbai esa hamjihatlikdir. O'zaro totuvlik va do'stlik, bag'rikenglik va insonparvarlik tamoyillari barqaror go'shadagina inson erkin-emin yashaydi, har qanday orzusiga erishadi. Shu jihatdan qaraganda, bizning eng katta boyligimiz, eng asosiy yutug'imiz, Yurtboshimiz uqtirganidek, avvalo, Vatanimiz osmonining musaffoligi, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo ahillik va hamjihatlik, do'stlik va birdamlik muhitidir. Bu ne'matlarning qadriga yetish hamda turli millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashayotgan Vatanimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, kimligimizdan qat'i nazar, barchamizning muqaddas burchimizdir.

Hozirgi notinch va tahlikali zamonda dunyo hamjamiyati oldida turgan, insoniyat duch kelayotgan murakkab muammolar, xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, turli tahdidlarning oldini olishda barcha ezgu niyatli insonlarni, ayniqsa, q o'shni mamlakatlar bilan birgalikda, nufuzli xalqaro tashkilotlarning sa'y-harakatlarini birlashtirishni bugun hayotning o'zi taqozo etmoqda. O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining o'zaro do'stligi qanchalik mustahkam bo'lsa, davlatimiz ham shuncha mustahkam bo'ladi.

580

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

opporiMnitiesjoReaLizeHumnPoientiaL

Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, keng jamoatchilik muhokamasidan o'tkazilgan va 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e'tibor qaratildi. Bu dasturilamal hujjatning beshinchi ustuvor yo'nalishi «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish»1 deb nomlangani bejiz emas. Shunga asosan, bir qator yangi huquqiy mexanizmlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu farmonga asosan Respublika baynalminal madaniyat markazi va do'stlik jamiyatlari negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi. O'zbekiston tajribasida ilk bor amaliyotga kiritilgan hamda yangi tashkil etilgan qo'mitaning vakolatlari yanada kengaytirilib, jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag'rikenglikni ta'minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do'stlik va ko'p millatli yagona oila tuyg'usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy-madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari bilan o'zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash, mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o'ziga xos milliy an'analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko'maklashish, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg'unlashtirishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilishda ko'maklashish va bevosita qatnashish kabi vazifalar belgilab berildi.

Davlatning mustaqilligi va suverenitetini, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik hamda ahil qo'shnichilik muhitini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida yurtimizning nufuzini oshirish yo'lida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan o'zaro manfaatli va amaliy siyosat yuritish davr talabidir.

O'zbekiston xalqining tarixi va an'analarini o'rganish bo'yicha ta'lim, axborot va madaniy-ma'rifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish bugungi islohotlarning dolzarb talabidir.

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni// https: //lex.uz/uz/docs/3210345

17-aprel, 2024

581

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 15 noyabrda "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmon qabul qilingani ayni muddao bo'ldi. O'zbekistonda milliy-madaniy markazlarning faoliyatini rivojlantirish borasida huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilishi natijasida milliy-madaniy markazlar soni va ularning faoliyati samaradorligi oshib bormoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki bugungi kunga kelib, mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yo'lga qo'yish borasida o'ziga xos amaliy ishlar qilinib, namuna bo'ladigan darajada tajriba orttirildi. Bunda milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur va milliy iftixor tuyg'usini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylash, hurmat qilish, mamlakatdagi boshqa millat vakillarini ham manfaatlarini har tomonlama o'ylab, millatlarning umumiy birdamligini ta'minlashga erishilmoqda. Shu bois, Respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari "O'zbekiston - umumiy uyimiz", "O'zbekiston - yagona Vatan" shiori ostida yashamoqdalar va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etyaptilar

Bugun ishonch bilan shuni ayta olamizki, yurtimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning noyob modelini yaratdik. Bizning jamiyatimizda ko'pmillatlilik va madaniy xilma-xillik xalqimizning ma'naviy hamda ma'rifiy boyligining tugalmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda millatlararo va davlatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga ko'tarilganligi do'stlik va hamjihatlik qo'rg'onining yanada mustahkam bo'lishiga xizmat qiladi. Binobarin, bag'rikenglik masalasi hamisha tinchliksevar Davlatimiz siyosatining asosini tashkil etib kelgan. Zero, hamjihatlik ta'minlangan yurtda tinchlik, barqarorlik hukm suradi hamda o'zaro ishonch, hurmat kabi munosabatlar to'liq qaror topadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni// https: //lex.uz/uz/docs/3210345

3. https://xs.uz/uzkr

1 https://xs.uz/uzkr https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.