Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHADAVRDAGI RIVOJLANISHI'

O‘ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHADAVRDAGI RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
159
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MUSIQA / DAVR / TARIX / SOZANDA / XONANDA / CHOLGʻU / XOFIZ / BASTAKOR / PEDAGOGIKA / TA’LIM / SHARQ / SAN’ATKOR

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madaminova M.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan to XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi va IX-XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa nazariyasi va musiqada shakllar rivoji borasida qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF MUSIC PEDAGOGY IN UZBEKISTAN FROM ANCIENT TIMES TO THE 16TH CENTURY

This article provides information about the development of music pedagogy in Uzbekistan from the earliest times to the 16th century and the contribution of Eastern scholars in the 9th-16th centuries to the development of music theory and forms in music.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHADAVRDAGI RIVOJLANISHI»

УДК 78.01

Madaminova M.

Ajiniyaz nomidagi Nukus Pedagogika Instituti Musiqa ta'limi va san'atyo'nalishiII-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: Nurullayev F.G., P.f.f.d (PhD)

dotsent Bux DU

O'ZBEKISTONDA MUSIQA PEDAGOGIKASINING QADIMGI DAVRLARDAN XVI ASRGACHADAVRDAGI RIVOJLANISHI

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan to XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi va IX-XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa nazariyasi va musiqada shakllar rivoji borasida qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar berilgan.

Tayanch so'zlar: musiqa, davr, tarix, sozanda, xonanda, cholg'u, xofiz, bastakor, pedagogika, ta'lim, tarbiya, sharq, san'atkor.

Madaminova M. second-level graduate student Music Education and Art Department Nukus Pedagogical Institute named after Ajiniyaz Scientific supervisor: Nurullayev F. G., PhD

associate professor Bux DU

DEVELOPMENT OF MUSIC PEDAGOGY IN UZBEKISTAN FROM ANCIENT TIMES TO THE 16TH CENTURY

Abstract: This article provides information about the development of music pedagogy in Uzbekistan from the earliest times to the 16th century and the contribution of Eastern scholars in the 9th-16th centuries to the development of music theory and forms in music.

Key words: music, era, history, musician, singer, instrument, composer, pedagogy, education, education, oriental, artist.

Tarixiy manbalar bizga milliy musiqiy madaniyatimiz uzoq moziy bilan bog'langanligini eslatib turadi. Qadimshunoslar tomonidan topilgan ashyoviy dalillar, tosh devorlarga chizilgan musiqiy sozlar va sozandalar, miniatyura ko'rinishidagi shohlar saroyidagi bazmlarda cholg'uchilar tasviri, milliy musiqa sozlari va ijrochiligimizning tarixi naqadar qadimiyligidan dalolat beradi. Jumladan, "Afrosiyob xarobalaridan surnay, doyra, ushpullaklar ham topilgan bo'lib, eng muhimi, ushbu musiqa asboblari hozirgi shaklidan deyarli farq

qilmaydi. Yoki Surxondaryoning Dalvarzintepa va qadimgi Xorazmning Qo'yqirilganqal'a, Tuproqqal'a kabi yodgorliklaridan topilgan chang va boshqa musiqiy sozlar qoldiqlari ham dunyodagi eng qadimiy cholg'u yodgorliklaridir"2

Kishilik jamiyatining rivojlanishi tarixida pedagogika, jumladan musiqa pedagogikasi eng qadimiy ham ilm, ham san'at ta'lim-tarbiyasi sohasidir. Zero, musiqa pedagogikasi tarixi nihoyatda boy ilmiy-nazariy merosga ega.

Musiqa madaniyatining qadimiy ildizlari yozma ma'rifiy yodgorlik "Avesto" va zardo'shtiylik dini an'analari bilan bog'lanib ketadi. "Avesto"da tarbiya-hayotning eng muhim tayanchi, deb hisoblangan. Insonlar paydo bo'lganidan buyon uning tarixi doimiy ravishda tarbiya muammosini hal qilish bilan bog'liq ekaniga guvohlik beradi. Chunki inson hayoti va turmush tarzi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, jamiyat taraqqiyotining asosida tarbiya turadi. Ma'lumotlarga ko'ra "Avesto" eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo'lib, to'liq kitob holida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan"3

Qadimiy va boy tarixga ega o'zbek milliy musiqa madaniyati targ'ibotini amalga oshirish ushbu soxa ta'lim- tarbiyasi bilan maxsus shug'ullanish maqsadida asrlar davomida mukammal musiqa maktablari mukammal tarzda shakllangan hamda rivoj topib kelgan. Bu maktablarda musiqa ta'lim tarbiyasi bevosita va bilvosita amalga oshirib borilgan bo'lib, ularning faoliyat mazmunida musiqa haqiqiy ma'nodagi tarbiya vositasi ekanligi o'z ifodasini topgan.

Tarixiy manbalarda IX-XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi bayon etiladi. Biroq, bu davrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari hamda ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolingan.

Sharq, jumladan Markaziy Osiyo musiqa san'ati va madaniyati, uning an'analari qadimiy tarixga ega. Sharq xalqlari an'anaviy-kasbiy musiqasi asoschisi sifatida ulug'langa musiqashunos, bastakor, xofiz va shoir Borbad Marvaziy (yoki Faxlobod) VI-VII asrlarda o'zining musiqa maktabini yaratdi. Eron shohi Xusrav Parviz saroyida xizmat qilgan Borbad xalq kuylarini maxorat bilan ijro etish, xofizlik qilish bilan birga yosh musiqachilarning ta'lim-tarbiyasi bilan ham jiddiy shug'ullangan.Tarixchi olimlarning yozma manbalariga asoslangan holda fikr yuritilsa, jumladan, VI-VII asrlarda yashab ijod etgan ilk kasbiy musiqashunoslardan biri O'rta-Osiyolik Borbad xaqida ma'lumotlarda uni musiqa san'atining asoschilaridan bo'lib, bastakorlik, shoirlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo'q mashhur san'atkor bo'lganligi ta'riflanadi. Borbadqator madhiya va tarixiy qo'shiqlar, harbiy mavzudagi taronalar ijod etgan. Shunisi muhimki, Borbad xalq kuylari asosida o'sha davrda kasbiy

1 Shirinov T.Sh.. Tariximiz etyudlari. - Toshkent. "Sharq".- B. 336.

3 . Hoshimov K. va boshq. Pedagogika tarixi. Toshkent. "O'qituvchi 1996. -B. 13..

musiqachilik an'anasini boshlab bergan, ijrochilik mahoratida yuksak salohiyatga erishgan san'atkor edi.

Shu bilan birga Borbad "Ustoz-shogird" an'anasini boshlab bergan murabbiy ham bo'lgan. Sosoniylar sulolasi (milodiy 224-651yy) davrida kasbiy cholg'uchi-sozandalardan Noqus, Romtin, Sarkab, Sarkash, Navogar va boshqalar Borbad musiqa maktabida saboq olib, so'ngra uning an'analarini yuksak san'at, mahorat, iste'dod bilan davom ettirganlar.

IX-XII asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san'at va adabiyot Islom madaniyati yo'nalishida rivojlandi hamda taraqqiy etdi. Bu davrda Ahmad al - Farg'oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy, Abdullo Ro'dakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro kabi yuzlab fozil-donishmandlar yashab, ijod qildilar. Zabardast daholar-jahon ilmi, madaniyati yulduzlari qoldirgan ulkan meros hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Donishmandlarning falsafiy-estetik qarashlari ta'limotlar tarzida shakllanib, borliqni mushohada etishda, nafosat (estetik) qadriyatlarni baholashda, inson ma'naviy kamolotida ulkan ahamiyat kasb etadi.

Sharq allomalari musiqa ilmi rivojlanishiga IX-XVI-asrlarda, ayniqsa musiqa nazariyasi va musiqada shakllar masalasi muammolarini yechish borasida ulkan hissa qo'shdilar. Musikashunoslik, uning nazariyasi va amaliyoti bilan shug'ullanib ulkan tarixiy musiqiy-pedagogik meros qoldirdilar. Jumladan, X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug' kashfiyotchisi Abu Nasr al- Forobiy (873-950) bo'lib, uning musiqa sohasida yaratgan ta'limotlari asosida Yevropa olimlari ham qator asarlar yaratganlar.

Abu Nasr Farobiy (to'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Uzalik ibn Tarxon al-Forobiy) (milodiy 873 yil) da Shosh-Toshkentga yaqin Forob (O'tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug'ilgan. Forobda boshlang'ich ta'limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta'lim olganligi haqida ma'lumotlar bor. Farobiy Bog'dodda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tishunoslik bilan shug'ullangan. Avval O'trorda, bo'lib, so'ngra Bog'dodga borib unda falsafa, tabiiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug'ullangan. O'rta asr falsafiy fikr taraqqiyoti mutaffakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uning inson kamoloti haqidagi ta'limoti ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar:

1.Asqarov A. O'zbekiston xalqining tarixi. 2-T. "O'qituvchi", 1993

2. Ibrohimov O. O'zbek xalq musiqiy ijodi. Toshkent, "G'. G'ulom" 1994.

3. История вокального и хорового испольнительства в Узбекистане T:.1991.

4. Qodirov R. G. Musiqa psixologiyasi. Toshkent. "Musiqa" O'z.DK. 2005.

5. Sharipova G.M. Musiqa - pedagogik ta'limtarixi. Ma'ruza matni Elektron versiya. qo'llanma. T., 2007. Nizomiynomli TDPU 2008.

6. Hasanboeva O. Hasanboev J. Hamidov K. Pedagogika tarixi.T. "G'afur G'ulom" nashriyoti 2004.

7. Mustafayev Baxtiyor Ibragimovich. "Некоторые вопросы развития профессиональных навыков учителя музыкальной культуры" Academy, no. 11 (62), 2020, pp. 47-50.

8.Matyakubov O.R. Forobiy. Sharq musiqa asarlari to'g'risida. Toshkent.1986.

9. Соломонова Т.Е. История музыки Средней Азии и Казахстана. Музыка1995

10. Xayrullev M. O'rta Osiyoda ilkuyg'onishdavrimadaniyati. T.1994.

11. Shirinov T.Sh.. Tariximiz etyudlari. - Toshkent. "Sharq".- T.2014.

12.Nurullayev F.G., Nurullayeva N.K. Музыкально-историческое наследие центральной Азии (психологический настрой армии Темура). Психология XXI столетия, 18-20 марта 2020 года С. 115-118.

13.Nurullayev F.G. Мусина таълимида Бухоро фольклор кушикларига куйиладиган методик талаблар. Pedagogik mahorat, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal2020, 3-son. Buxoro. Б.175-180.

14. Nurullyaev F.G., Nurullayeva N.K. Роль фольклорных песен в воспитании учащихся. Научно- методический журнал «Проблемы педагогики» №3(48). Москва 2020. С.15-17.

15. Nurullyaev F.G., Nurullayeva N.K. Формирование эстетического воспитания детей на примере Бухарских фольклорных песен. «Modern scientific challenges and trends» collection of scientific works of the international scientific conference Issue 4(260 Warsaw, Poland 2020. P. 139141.

16. Nurullayev F.G. Узлуксиз таълим тизимида Бухоро фольклор кушикларини ургатишнинг урни ва ахдмияти// O'zbekiston Milliy Universiteti xabarlari, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021-yil 6-son.-Toshkent. B.177-186.

17. Nurullyaev F.G., Nurullayeva N.K. Роль фольклорных песен в воспитании учащихся// Научно - методический журнал «Проблемы педагогики». №3 (48). - Москва 2020.- С.15-17.

18. Nurullayev F.G. Formation of aesthetic education of children on the example of bukhara folklore songs. Euro-Asia Conferences 1 (1), 34-36.

19. Nurullayev F.G. Импровизаторское творчество в ХХ веке по сфере музыке. «Scientific progress» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.- pp. 582-587.

20. Жураев Б. Т., Абдурахмонова Д. У. Эстетическое развитие школьников средствами узбекского музыкального фольклора //Вестник Чувашского государственного института культуры и искусств. - 2019. - №. 14. - С. 77.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.