Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUSIQASINING TARIXI'

O‘ZBEK MUSIQASINING TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
385
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
musiqa / madaniyat / tarix / pedagogkia / adabiyot / san’at / estetika / musiqiy ta’lim / tarbiya. / music / culture / history / pedagogy / literature / art / aesthetics / musical education / upbringing.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — J. Mahmudov

Mazkur maqolada O‘zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi, shuningdek, mazkur davrlarda eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar, Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati va ta’lim-tarbiyasi xususida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF UZBEK MUSIC

This article presents information about the development of musical pedagogy in Uzbekistan from ancient times to the 16th century, as well as ideas about education in ancient monuments, ancient musical culture and education in Central Asia.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUSIQASINING TARIXI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MUSIQASINING TARIXI Mahmudov Jamshid Anvarjon o'g'li

Farg'ona Prezident maktabi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7353373 Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi, shuningdek, mazkur davrlarda eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oidfikrlar, Markaziy Osiyoning qadimiy musiqa madaniyati va ta'lim-tarbiyasi xususida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, madaniyat, tarix, pedagogkia, adabiyot, san'at, estetika, musiqiy ta'lim, tarbiya.

ИСТОРИЯ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКИ Аннотация. В данной статье представлены сведения о развитии музыкальной педагогики в Узбекистане с древнейших времен до XVI века, а также представления о воспитании в древнейших памятниках, древней музыкальной культуре и образовании Средней Азии.

Ключевые слова: музыка, культура, история, педагогика, литература, искусство, эстетика, музыкальное образование, воспитание.

HISTORY OF UZBEK MUSIC Abstract. This article presents information about the development of musical pedagogy in Uzbekistan from ancient times to the 16th century, as well as ideas about education in ancient monuments, ancient musical culture and education in Central Asia.

Keywords: music, culture, history, pedagogy, literature, art, aesthetics, musical education, upbringing.

Musiqa qachon va qayerda paydo bo'lganligi haqida ko'plab nazariyalar mavjud. Ko'pchilik, musiqa inson mavjud bo'lishidan oldin boshlanganiga qo'shiladilar. Tarixshunoslarning ta'kidlashicha, musiqaning olti davri bor va har bir davrda bugungi kunda musiqaning qaysi turiga kata hissa qo'shgan alohida uslub mavjud.

Musiqa tarixini yaxshiroq tushunishga yordam berish uchun musiqa taraqqiyotining har bir bosqichiga xronologik kirish:

VI asrni XVI asrga oid o'rta asarlarda o'rta asar musiqasi aks etgan. Ushbu o'sta asr musiqasi nomenklaturasi o'rta asr musiqa tarixidagi muhim voqealarni, masalan, musiqiy notikaning boshlanishi va polifoniyani namoyish etad. Shu vaqt davomida ikkita umumiy musiqa uslubi mavjud edi: monofonik va polifoni. Musiqiy asarlarning asosiy shakllari Gregoryenning ovozi va Plainchant- cherkov musiqasi shaklidir, unda hech qanday instrumental musiqiy asar yoq va u faqat qo'shiq yoki qo'shiqni o'z ichiga oladi. Bir muncha vaqt mobaynida bu xristian cherkovlarida ruhsat etilgan yagona musiqa turi edi.

XIV asr atrofida dunyoviy musiqa tobora mashhur bo'lib, Uyg'onish davri deb ataladigan musiqa davri sahnasiga aylandi.

Uyg'onish "qayta tug'ilish" degan ma'noni anglatadi. XVI asrga kelib, cherkov san'atiga qaram bo'lib qoldi. Shunday qilib, bastakorlar bu davrda musiqa yaratilgan va hislanadigan tarzda ko'plab o'zgarishlar kiritishga muvaffaq bo'lishgan.

Bugungi davrimiz, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanish jarayoni madaniy merosimizni, shu jumladam, ko'p asrlar davomida shakllangan badiiy merosimizni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

an'analarimizni har tomonlama o'rganishni taqozo etmoqda. Xalqimizning bebaho ma'naviy mulki bo'lgan milliy kuy-qo'shiqlarimiz muxim va qimmatli manbalardan biri, ularni keng miqiyosda tadqiq etish masalasi hozirgi vaqtda alohida ahamiyat kasb etadi.

XIX Asrga kelib O'rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotida keskin o'zgarishlar yuz berdi. Bu darvda she'riyat va musiqiy nazariy hamda amaliy jihatdan bir-biriga yaqinlashdi va uyg'unlashib ketdi. Bu holat keying asrlarda yashab ijod etgan shoirlar, musiqachilar ijodida yaqqol aks etdi. Aynan IX-XI asrlardan boshlab musiqa faniga asos solinib, yuz yilliklarda yashagan mutafakkirlarning deyarli barchasi bu fan bilan shug'ullanganlar IX asrdayoq musiqaga bag'ishlangan risolalar paydo bo'lgan.

O'rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo'lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o'troq dehqonlar (sug'diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko'chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma'lumotlar Avyestoda ham uchraydi. Xalq poetik va musiqa san'atining boshlanishi o'sha davrlarga borib taqaladi. Xalq poetik va musiqa san'ati dastlab sinkretik holatda bo'lgani to'g'risida "Avesto" kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklardan turmushi, ularning urfodatlari, to'y-tomoshalarining elementlaridan guvohlik beradi. "Avesto"ning o'zi aslida ijro vositasida og'zaki tarqalib, faqat kyeyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so'z oxiridagi "t" harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so'nggi davrlarda "goh" shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, syegoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, dyeb topilmoqda. "Avesto"da "sruna" dyeb ataluvchi "sirli eshitish" tushunchasi bo'lgan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardushtiylar muqaddas tuyg'u hisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (some') hissi Allohning sifatlaridan biri.

Qizig'i shundaki, zardushtiylar faqat unli tovushlar go'zalligidan emas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatlangan ekanlar. Musiqa badiiyat, san'at sifatida tom ma'noda ijro etish va uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo'lsa, eshituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda "Sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori - eshituvchi" dyegan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi - xos shinavanda ko'zda tutiladi, albatta. Ularning hammasi qo'shimcha dalil sifatida ko'zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etishi mumkin.

O'zbek xalqi uzoq musiqiy tarixiy merosiga ega musiqiy pedogogik fikr, taraqqiyotida musiqaning ma'naviy tarbiyaviy omil sifatida keng qamrovda talqin etilishi uni pedogogik ilmlar bilan bir qatorda falsafa, tarix, musiqashunoslik va axloq ilmi asoslari bilan uzviy bog'liqlikni o'rganishni taqazo etadi musiqaning insoniyat kayfiyatiga badiiy estetik va tarbiyaiv ahamiyati haqida qator sharq mutafakirlari o'zlarining boshqa sohalarga bag'ishlagan asarlari ichida bayon qilganlar IX - XII - asrlarda movorunnahrda madaniyat ilm fan san'at va adabiyot islom madaniyati yo'nalishida rivojlandi va taraqiy etdi bu davrda Farg'oniy, Farobiy, Beruniy, Xorazimiy, Termiziy, Rudakiy, Firdavsiy, Yassaviy, Qoshg'ariy kabi yuzlab fozillar yashab ijod qildilar. Kelajak avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda buyuyk ekanligi qadimiy mutaffakirlar alohida urg'u bilan takidlashgan. Aynan shu davrda musiqaning ijobiy sifatlarini shakillantiruvchi vazifa hisoblangan. Qadimgi risolalarida musiqani "Kimda kim musiqa san'atiga murojaat etsa, uning nomiga hech qanday dog' tushmaydi", musiqa ta'sirida o'ziga, vataniga katta foyda keltiradi, hech qayerda muvozanatini buzmay hamma yerda donolik va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tartibga qat'iy rioya qiladi" deyilgan. Temuriylar davri madaniyati va san'ati taraqiyotida Marog'iy boshchiligidagi Markaziy Osiyo musiqasi nazariyasi va ahamiyati maktabi alohida o'rin tutadi shuningdek bir qancha xususiy maktablar ham bo'lib, unda musiqachilar odatda muayyan miqdor shogirdlar o'qitganlar ular o'qituvchining butunlay moddiy ta'minotida bo'lganlar bu maktabda muayyan darajada Italiyada XV - XVI asrlarda mavjud bo'lgan badiiy maktablarni eslatadi. O'zbekiston musiqa madaniyatini tarixiy jihatlari ko'rib chiqilar ekan, uning O'rta Osiyo teritoriyasida yashovchi qardosh xalqlar madaniyati bilan aloqasini qayd etmoq kerak. X - XI asrgacha bolgan O'rta Osiyo xalqalrining musiqa madaniyati o'rganilar ekan uni o'zbek, tojik musiqa madaniyati taraqqiyoti uchun asos bo'lib xizmat qilgan umumiy musiqa madaniyati deb qarash kerak. O'zbek xalqining musiqa madaniyati va profesional ijod maxsuli bolgan musiqa asarlari og'izdan og'izga o'tishi asosida an'analar zamirida rivojlangan u bizgacha xofizlar, musiqachilar va baxshilar orqali yetib keldi. Unda xalq ijodiyotining eng yangi namunalari xalq hamda uning proffesional ijrochilari tamonidan chalingan musiqalar qolgan.

Sharqning buyuk mutafakkiri Abu ali Ibn Sino o'zining musiqaga bag'ishlangan asarlarida musiqaning fizik xossalari, musiqaviy parda va ritmik asosi haqida ma'lumot beradi. Olim "Kitob ul-Najot" "Kitob uf-Shifo" Asarlarida musiqa faning akustikasini "Donishnoma"da matematik tomonlarini rivojlantiradi.

XII-XIII asrga kelib islom dini, u bilan bog'liq bo'lgan tasavvuf ta'limoti paydo bo'ldi. Alisher Navoiy musiqani g'oyat sevgan va ulkan bilimdoni bo'lgan. Hatto o'zi ham musiqa asarlari yaratgan. Mutafarkkirning fikricha, musiqa ta'sirli kuch bo'lib xalq va uning hayoti bilan mustahkam bog'lanishi lozim.

XV asrda cholg'u asboblarida, xususan torli asboblarda musiqa chalish keng tarqalgan. Asboblarning poetik tasviri XV asrda yashagan o'zbek shoiri Axmadning "Sozlar munizarasi" deb nomlangan orginal asarida barafsil berilgan.

Manbalarda ma'lum bo'lishicha, buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Zaxiriddin Muhammad Bobur musiqa sohasida ham juda bilimdon bo'lgan. Bobur Andijon shahri hukmdori bo'lgan vaqti juda olimlar, sozanda va xonandalarni o'z atrofiga to'plagan. Uning "Boburnoma" asari olimning musiqaga san'atga e'tibor bilan qaraganidan dalolat beradi. Shuningdek "Boburnoma"da zamonasiga doir qammatli ma'lumotlar keltirilgan.

XI asr mutafakkiri va mashhur olim, faylasuf Abu Nasr al-Farobiyning sharq musiqa madaniyatida qo'shgan hissasi beqiyosdir. Mutafakkir taxminan 873-950-yillarda yashab ijod etgan. Uning musiqaga doir asarlarida musiqaning nazariy va amaliy tomonlarini ochib berish bilan cheklanibgina qolmay, kuyning xususiyatlari, poetik jihatlari, ritmik, cholg'u tenbrlari to'g'risida isbotli xulosalar uyg'otadi. Uning "Musiqa haqida risola"si ustoz an'analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shigirti Xoji Muhammad Mavlono Rizo Samarqandiy uchun musiqali poetik qollanma bo'lgan. Amir Temur va Temuriylar davri O'rta va Yaqin Sharq xalqlari musiqa san'atining rivojlanganligini uyg'oninsh oltin davri bo'lganligini e'tirof etishadi. Avvalo bastakorlik ijodining mahsuli bo'lmish mumtoz musiqa o'ziga xos tizimiga keltirildi va I2 maqom iborasi birimchi bo'lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan "12 maqom" sistemasi ham ana shundan boshlangan.

Rost Busalik

Isfahon Ushshoq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Iroq Husayn

Ko'chak Zangula

Buzurg Navo Hijoz Ravohiy

Kabi turkumiy asarlar majmuasi bastakorlik ijodining eng murakkab va mukammal namunasi sifatida keying avlod uchun namuna bo'ldi.

REFERENCES

1. "Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti" -R. Tursunov

2. "Musiqa va tarbiya"- A. Xasanov

3. "O'zbek musiqa tarixi"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.