Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI QARASHLARIGA OID'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI QARASHLARIGA OID Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3391
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xalq / kuy / meros / musiqa / mutafakkir / uslub / bilim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.Sharipov

Mazkur maqolada o’zbek xalq kuylari to’g’risida sharq mutafakkirlarining musiqa san’ati borasidagi qarashlari batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN’ATI BORASIDAGI QARASHLARIGA OID»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQA SAN'ATI BORASIDAGI

QARASHLARIGA OID

N.Sharipov

O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek xalq kuylari to'g'risida sharq mutafakkirlarining musiqa san'ati borasidagi qarashlari batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: xalq, kuy, meros, musiqa, mutafakkir, uslub, bilim.

ON THE VIEWS OF EASTERN THINKERS ON THE ART OF MUSIC

N.Sharipov State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This article provides detailed information about the views of eastern thinkers on the art of music about Uzbek folk tunes.

Keywords: people, melody, heritage, music, thinker, style, knowledge.

Keyingi yillarda respublikamizning barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Davlat miqyosidagi bunday islohotlarni musiqa san'ati sohasida ham ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 y. «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-112 sonli Qarori madaniyat va san'at sohasiga davlat miqyosida e'tibor berilayotganlinining yorqin dalilidir. Mazkur Qarorga muvofiq «...notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tizimiga kiritiladi». Musiqa san'atida savodxonlikni oshirish muayyan cholg'uda chalishni o'rganish bilan bir qatorda milliy san'atimiz tarixini yanada chuqurroq o'rganish, milliy musiqa san'atimiz, shu sohada faoliyat yuritgan allomalar qoldirgan noyob asarlarni o'zlashtirishni taqozo etadi. Shu ma'noda maqolada so'z yuritilgan mutafakkirlarning ijodiy merosi bilan tanishish har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash ishida o'z samarasini beradi degan fikrdamiz.

O'zbek xalq kuylari deganda biz xalq og'zaki musiqasi, ular asosida yuzaga kelgan maqom cholg'u va ashula yo'llari kuylari hamda muallifi noma'lum bir qator dilbar musiqa asarlarini nazarda tutamiz. Shu jihatdan Markaziy Osiyo musiqa mutafakkirlarining asarlarida xalq kuylarini o'z davri an'analariga mos ravishda tahlil qiliish tajribasi mavjud. Bu o'rinda eng mashhur mutafakkirlarning tahlil qiliish metodikasi namuna sifatida e'tiborga loyiq.

I icclT^^^^H 119 http://oac.dsmi-qf.uz

Abu Nasr Farobiy (X asr)

Farobiy musiqashunoslik faniga katta hissa qo'shdi. Ushbu sohada uning asosiy asari «Musiqa haqida katta kitob» bo'lib, u Sharq musiqasi va Qadimiy yunon musiqa tizimi haqidagi muhim manba hisoblanadi. Unda Farobiy musiqaga keng tavsif beradi, uning toifalarini ochib beradi, musiqa asarini tashkil qiluvchi unsurlar haqida yozadi.

Musiqiy tovushlarni anglash masalasida, eshitish qobiliyatini inkor qiluvchi hamda bunda faqatgina hisob-kitob va o'lchamlarni asos qilib olgan Pifagor maktabi qarashlariga qarama-qarshi o'laroq Farobiy faqatfina eshitish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Bunda u Aristoksen1 garmoniyasi maktabiga asoslanadi.

Dunyoda 4 nafar yirik olim bo'lgan. Ulardan 2 nafari islomgacha bo'lgan davrda ijod qilganlar. Ular Aristotel va buyuk Aleksandr (Afrodiziskiy), 2 nafari islom davrida yashagan Abu Nasr Al Farobiy va Abu Ali Ibn Sino. Abu Ali Ibn Sino Al Farobiyning asarlaridan juda ko'p foydalangan. Ilk o'rta asrning buyuk olimi o'z davrining ilg'or falsafiy fikrining asosiy prinsiplarini o'z ijodida aks ettirgan mutafakkir Abu Nasr Al Farobiydir. Abu Nasr Muhammad, Ibn Muhammad Ibn Uzlug', Ibn Tarxon Farobiy 872-873 yillarda Ariz suvi Sirdaryoga quyiladigan yerdagi Farob degan joyda tug'ilgan. XIII-XIV asr tarixchilarining guvohlik berishicha Farob Shoshning (Toshkentning) shimolrog'ida joylashgan nuqta. Turk manbalaridan birida yerning nomidir. Farobiyni «Abu Nasr» deb ham atashgan. Farobiyning yerli turkiy qabiladan kelib chiqqanligini ta'kidlash uchun uning nomiga ko'pincha «at Turkiy» deb ham qo'shib aytilgan.

U Turkistonli qadimgi o'zbeklar ichidan chiqqan harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Abu Nasr boshlang'ich ma'lumotni o'z yurtida oldi. Ma'lumki Farobiy Bag'dodga kelgunga qadar arab tilini bilmagan. Qadimgi bir manbada yozilishicha Mavorounnahrda bolalarni 5 yoshidan boshlaboq turli hunar va ilmga o'rgata boshlaganlar. Farobiy O'rta Osiyodan chiqib ketgunga qadar Shosh va Samarqandda bo'lganligi, markaz Buxoroda o'qib ishlaganligi haqida adabiyotlarda ma'lumotlar uchraydi. Bag'dodga bora turib Eronning ko'pgina shaharlarida -Isfahon, Xamadon, Rey (Fexron) va boshqa shaharlarda bo'lgan. Bag'dod musulmon dunyosining turli o'lkalaridan, xususan Eron va O'rta Osiyodan kelgan ko'plab adabiyotchi va olimlarni o'ziga jalb qilgan. 762-yilda asos solingan Bag'dod hokimiyati savdo yo'llari va boyliklarning markazi bo'libgina qolmay, balki butun halifalikning madaniy hayoti va ilmiy tafakkurining muhim markazlaridan biriga aylangan edi.

Halifalikda madaniyat va fanning rivojlanishida Eron va O'rta Osiyodan kelgan olimlar faol ishtirok etadilar. Bag'dodda Al Xorazmiy, Farg'oniy, At Turkiy,

1 Aristoksen - Qadimgi yunon faylfsufi va musiqa nazariyotchisi.

I icclT^^^^H 120 http://oac.dsmi-qf.uz

Battoniy, As Sufiy, Abu Mashar, Al Nazzam, Ar Ravandiy, Husayin Ibn Ashoq va boshqa ko'plab tarixchilar, geograflar, filologlar va shoirlar mehnat qilganlar, ular o'zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan shuhrat qozonganlar. Farobiy ko'proq nazariy fanlar matematika, mantiq, nazariy tibbiyot, musiqa nazariyasi va boshqalar bilan qiziqdi. Ayni vaqtda tabiatshunoslikni, huquqshunoslik asoslarini, filologiya, poetika va boshqa fanlarni ham muvaffaqiyatli o'zlashtirdi. U o'z ona tili - turk tilidan tashqari fors, yunon, arab, yana juda ko'p tillarni bilgan. Farobiyning musiqashunoslikka qo'shgan hissasi beqiyosdir. U yangi musiqa asbobi yaratgan mohir sozanda, bastakor, yirik musiqa nazariyotchisi bo'lgan. Farobiy ixtiro qilgan musiqa cholg'usining nomi manbalarda turlicha - «qonun», «g'ichchak», «ud» deb ataladi.

Farobiyning bastakorlik faoliyatiga kelganda uning ba'zi musiqa asarlari Eronda va Sharqning boshqa mamlakatlarida hozirga qadar ham ijro etilib kelinayotganligi haqida ma'lumotlar bor. Farobiy musiqa nazariyasi sohasida bir qator asarlar qoldirgan. Ular orasida «Musiqa haqida katta kitob»i keng tarqalgandir. Farobiy bu kitobida musiqaning keng ta'rifini beradi, uning asosiy tushunchalarini hamda musiqa asarlari tarkib topadigan elementlarini ochib beradi. «Musiqa haqida katta kitob»ning mazmuniga to'xtashdan oldin ayrim mutaxassislarning jahon musiqa san'ati taraqqiyotida Farobiy musiqa merosining roli haqida aytgan ba'zi fikrlarini keltirib o'tamiz. Farobiy yashagan davrda qadimgi yunon mualliflarining musiqa haqidagi ba'zi g'oyalari ma'lum edi. Farobiyga qadar musiqa nazariyasini o'rganish bilan Al Kindiy shug'ullangan. Fan tarixchisi K.Sarton «Al Kindiy ilk musulmon musiqashunosi bo'lgan», - deb ko'rsatadi. Farobiyning asari unga qadar yaratilgan asarlardan ustun bo'libgina qolmay, balki Sharq va G'arbda musiqa nazariyasi taraqqiyotini bir necha asrga belgilab berdi.

G'arb olimlari Farobiyning musiqashunoslikka oid merosini Yevropada musiqa ilmining rivojlanishida katta ta'sir ko'rsatilganligini ta'kidlaydi. K.Sarton Farobiy musiqashunoslik sohasida ham «o'z davrining Yevropa nazariyalaridan ancha oldinda edi» deb ko'rsatadi. Fransuz arabshunos olimi Karra de Voo Farobiyni musiqa san'atidagi xizmatlarini ta'kidlab, «Farobiy yana buyuk musiqachi ham edi. Biz uning sharq musiqasi nazariyasi bo'yicha eng muhim asarlari uchun undan minnatdormiz» - deb yozgan edi. Yana u, - «U ayni vaqtda ham ijrochi-musiqachi, ham bastakor edi. Uning qobiliyatiga Sayfutdavlat qoyil qolgan edi. Darvish Mavlonlar hozirga qadar ham muallifii Farobiy deb hisoblanadigan qadimgi qo'shiqlarni kuylab yuradilar», - degan edi. Farobiyning musiqa merosiga bag'ishlangan asarlarida ta'kidlanishicha, «Kitob al musiqiy al kabir» asarining qiymati uning umumiy va chuqur g'oyalaridagina emas, balki Farobiy davrida o'rta asr musulmon Sharqi madaniyatining gullab yashnagan davrida musiqa san'atining holati haqida ham keng ma'lumot berilgan.

I icclT^^^^H 121 http://oac.dsmi-qf.uz

Jomiyning aruz bilan bir qatorda musiqa nazariyasi haqida «Risolayi musiqiy» asarini yozishi shu davr madaniy hayotida katta voqea bo'ldi. Jomiy o'z risolasida Abu Nasr Farobiyning ko'p jildlik «Musiqa haqida katta kitob» asaridagi g'oyalarni yanada rivojlantirdi, musiqani tovushlarning o'zaro ohangdoshlik (ta'lif) va noohangdoshlik (manofarat) nuqtai nazaridan o'rganuvchi, yangi kuy yaratish uchun ular orasidagi oraliq(ozmina)larni tekshiruvchi fan deb xarakterladi.

Musiqa, uning fikricha, insonga eng yuqori ma'naviy oziq beradigan mukammal go'zal tovushlar haqidagi fandir. Bu fan insonlarga xizmat qilishi, ularning hayotini bezashi zarur.

Abdulqodir Marog'iy (XVasr Iyarmi). Xoja Abdulqodir ibn G'anbiy Marog'iy 1353 yili hozirgi Ozarbayjon hududida tug'ilgan. Musiqadan ta'lim olgach, Samarqandda Amir Temur (XIV asr) saroyida va umrining oxiri - 1435 yilga qadar Hirotda Amir Temurning o'g'li Shohruh Mirzo (XV asr I yarmi) saroyida xizmat qilgan. U mashhur bastakor, musiqashunos va mohir sozanda (ud) bo'lgan.

Xoja Abdulqodir Marog'iy musiqa nazariyasi sohasida boy meros qoldirgan: «Kanz ulalhon» («Kuylar xazinasi»), «Jome ulalhon» («Kuylar majmuasi»), «Maqosid ul alhon» («Kuylar hosil qilish o'rni»), «Sharhaladvor» (Safiuddin al Urmaviyning «Kitob ul advor»iga sharh) va b. Shuningdek, u «Kitob ul advor»ni turk tiliga tarjima qilgan. Xoja Abdulqodir Marog'iy asarlarida Farobiy, Safiuddin al Urmaviy, Mahmud ash Sheroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, qator masalalarga aniqdiklar kiritgan (masalan, advor ilmida jamlar doiralarining 103 xilini keltirgan). U o'z davrida qo'llanilgan 45 cholg'u (ud, rubob, chang, yotug'on, ruhafzo, egri, qo'biz va b.) ni tavsiflagan. Xoja Abdulqodir Marog'iy udi murassa' deb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida mashhur tasnif, peshrav, amal, savt shakllarida («Tasnifi Xoja Abdulqodir», «Amali Bo'ston» kabi) kuy va ashula yo'llari, yangi (Zarbul fath, Chohor zarb singari) doira usullarini yaratgan, ularning ba'zilari hozir ham ijro etiladi (masalan, turklarda «Qiyor» kuyi va b.). U fors va turk tillarida g'azallar ham yozgan; g'azallari ravonligi va musiqiyligi bilan ajralib turadi. Xoja Abdulqodir Marog'iyning merosi Eron, Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, O'rta Osiyo (xususan, O'zbekiston) xalqlari musiqa tarixini o'rganishda muhim manbalardandir.

Marorg'iyning asarlari ichida «Maqosid ul-alhon» («Kuylar mazmuni») asari mashhur bo'lib, mutaxassislarning fikricha, u 12 maqom asosida 24 sho'baning parda tuzilishini sistemalashtirigan2. O'n ikki maqom kuylari xalq musiqiy merosidan olingani ma'lum, shu jihatdan Marog'iy tizimlashtirgan 24 sho'baning tovushqatori ham xalq kuylari in'ikosidir. Mashhur jadid pedagogi G'ulom Zafariyning (1889-

Энцнк^опеднн. My3bma. - M., 2003. - 11-6.

122

http://oac.dsmi-qf.uz

2

1937) ma'lumotiga ko'ra, Marog'iyning sho'ba kuylarini tizimlashtirish uslubi quyidagichadir:3

t/r Maqomlar Sho'balar t/r Maqomlar Sho'balar

1-bo'lim 2-bo'lim 1-bo'lim 2-bo'lim

1. Rahoviy Navro'zi arab Navro'zi ajam 7. Iroq Muxolif Mag'rub

(6 kuy) (6 kuy) (5 kuy) (8 kuy)

2. Husayniy Dugoh Muhayyar (8 8. Navo Navro'zi xoro Mohur

(2 kuy) kuy) (5 kuy) (6 kuy)

3. Rost Panjgoh Mubarqa' 9. Isfahon Tabriz Nishopur

(5 kuy) (1 kuy) (5 kuy) (6 kuy)

4. Hijoz Segoh (3 kuy) Hisor 10. Ushshoq Zobul Avj

(8 kuy) (3 kuy) (8 kuy)

5. Buzruk Humoyun Nuhuft 11. Zangula CHorgoh G'izol

(1 kuy) (1 kuy) (4 kuy) (5 kuy)

6. Ko'chip Rokib Bayot 12. Busolik Ashiyron Sabo

(6 kuy) (5 kuy) (10 kuy) (5 kuy)

JAMI 111 KUY

Shu tariqa Marog'iy XV asrning I yarmida xalq kuylarini saqlab qoluvchi mutafakkir sifatida namoyon bo'ladi va bu kuylarning XX asr I choragida ham o'zbek sozandalari tomonidan ijro etilganligi qiziqarlidir4.

Marog'iyning xalq kuylarini tahlil qilish uslubi ham Abu Nasr Farobiy kabi Markaziy Osiyo musiqa mutafakkirlari Pifagorchilardan qabul qilgan sentga asoslangan. Unga ko'ra, bir sent yarim tonning 1/100 ga teng keladigan interval o'lchovi bo'lib, bu tizim har qaysisi 702 ^ntdan iborat bo'lgan 12 sof kvintadir5. Bu tizimda tovushqatorlar ochiq qoladi. Shu bilan birga boshdagi tovush bilan kvintaning o'n ikkinchi tovushi o'rtasidagi farq 24 sentdan iborat bo'ladi.

Marog'iyning yana bir noyob xizmati shundaki, negizini o'zbeklar tashkil qilgan turkiy xalqlarning 9 turkumli quyidagi xalq kuylarining mavjudligi to'g'risida ma'lumot bergan:6

1. Uluq kug (Ulug' kuy)

2. Aslanchap (Chapandoz)

3. Burs (Ravon)

4. Quladu (Sho'x)

5. Qutatku (Baxt)

6. Burstarg'ay (Bo'zto'rg'ay)

7. Jantoy (Yoshlik)

8. Xantoy (Shohona)

9. Shandaq (O'yin)

Bu turkum kuylar o'zida 360 xalq kuyini mujassamlashtirgan ekan. Demak, keyinchalik bu kuylar birinchidan, maqomlar tarkibiga singib ketgan; ikkinchidan,

3 Fулом Зафарий. Асарлар. - T., 2018. 164-165-бб.

4 Shu joyda.

5 Акбаров И., Кон Ю. Хоразм мацомлари. VI том. Тупловчи ва нотага олувчи M.Юсупов. - T., 1958. 51-б.

6 Фитрат А. Узбек классик мусицаси ва унинг тарихи. - T., 1993. 38-б.

Пмта^^Н http://oac.dsmi-qf.uz

alohida cholg'u kuylari sifatida ijro etilib kelgan. Bunga xalqimiz musiqa merosida saqlanib qolgan kuylarni yoki qozoq xalqining kyuya (kuylar) turkum asarlarini dalil sifatida keltirish mumkin.

Marog'iy xalq kuylarini tasniflashda turkiy xalqlarda mashhur bo'lgan quyidagi uch usul doirasiga asoslanganligini mutaxassislar ta'kidlashadi:7

1. Askanpop (Chapandoz)

2. Arg'ushtak (Mustazod)

3. Ayalg'u (Yor-yor)

Doira usullari:

Chapandoz: bak bum-bum bak-bum

Mustazod: bum bak-bum bak

Yor-yor: bum bak-bum bak

Shunday qilib, Marog'iy kuylarni Sharq musiqa an'analariga asosan tasniflagan va bunda uning sof xalq kuylariga ham e'tibor berganligi tahsinga loyiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Рисолалар, T., 1975;

2. Фиософские трактаты, АлмаАта, 1972;

3. Фозил одамлар шахри, Т., 1993.

4. Хайруллаев M. M., Фаробий ва унинг фалсафий рисолалари, Т., 1963;

5. Хайруллаев M. M., Абу Наср Форобий, Т., 1966;

6. Григорян С.Н., Средневековая философия народов Ближнего и Среднего Востока, M., 1966;

7. Хайруллаев M. M., Мировозрение Фараби и его значение в истории философии, Т., 1967;

8. Хайруллаев M. M., Уйгониш даври ва Шарк мутафаккири, Т., 1971;

9. Хайруллаев M. M., Фараби. Эпоха и учение, Т., 1975;

10. Из философсконо наследия народов Ближнего и Среднего Востока, Т., 1972;

7 Shu manba. 38-b.

124

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.