Научная статья на тему 'QORAQALPOQ MUSIQIY USLUBLARI MAZKUR XALQNING MAISHIY TURMUSH TARZI'

QORAQALPOQ MUSIQIY USLUBLARI MAZKUR XALQNING MAISHIY TURMUSH TARZI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
167
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xalq ijodiyoti / madaniyati / me’morchiligi / xalq musiqasi / merosi / yog’i / baxshi / kubiz / dombra / balamon / chinqobiz / rassom / estrada janri / opera

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ziuar Asqarova

Qoraqalpoq musiqa uslublari odamlarning kundalik turmushi, mintaqaning geografik xususiyatlari va bevosita ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanishiga asoslanadi. Ularning musiqiy janrlariga e’tibor qaratsangiz, ular ham juda rang-barang, ayniqsa, “Jirov baxshilik” uslubida alohida o’rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ MUSIQIY USLUBLARI MAZKUR XALQNING MAISHIY TURMUSH TARZI»

QORAQALPOQ MUSIQIY USLUBLARI MAZKUR XALQNING MAISHIY

TURMUSH TARZI

Ziuar Asqarova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Qoraqalpoq musiqa uslublari odamlarning kundalik turmushi, mintaqaning geografik xususiyatlari va bevosita ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanishiga asoslanadi. Ularning musiqiy janrlariga e'tibor qaratsangiz, ular ham juda rang-barang, ayniqsa, "Jirov baxshilik" uslubida alohida o'rin tutadi.

Kalit so'zlar: xalq ijodiyoti, madaniyati, me'morchiligi, xalq musiqasi, merosi, yog'i, baxshi, kubiz, dombra, balamon, chinqobiz, rassom, estrada janri, opera

KARAKALPAK MUSICAL STYLES IS THE HOUSEHOLD WAY OF LIFE

OF THIS PEOPLE

Ziuar Asqarova

Nukus branch of Uzbekistan State Institute Arts and Culture

Abstract: Karakalpak musical styles are based on the household economy of people's lives, geographical features of the region and formation in the process of direct socio-historical development. If you pay attention to their musical genres, they are also very diverse, especially in the style of " Jirov bakhshilik" has a special place.

Keywords: folk art, culture, architecture, folk music, heritage, jirov, bakhshi, kobyz, dombra, balamon, chinkobyz, artist, variety genre, opera

O'zbek va qoraqalpoq xalq qo'shiqlaring badiiy matnida insoniyatning paydo bo'lishidan tortib, asrlar osha shakllanib kelgan tarixi va orzu intilishlari talqin qilingan. Xalq qarashlarining tadrijida qo'shiqlarning tutgan o'rni, tarixiy asoslari, poetikasi, g'oyaviy- badiy hususiyatlari, xalq turmush tarzidagi maishiy vazifasi, shuningdek, qo'shiqlarning janriy hususiyatlari, ularda talqin qilinayotgan ramz, obraz, tilsimlar mohiyatini ochib berish va funktsional o'zgarishlarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil etish asosida muayyan xulosalarga kelish folklorshunoslikning tadqiq etilishi zarur bo'lgan dolzarb masalalari jumlasidandir.

O'zbek musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega ekanligini butun dunyo tan olmoqda, shuningdek, u o'zining qadimiyligini saqlagan holda, yangi zamonaviy uslublar, janrlar va sohalar bo'yicha rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ham umumta'lim maktablari musiqa madaniyati darslari jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy musiqa ta'limining asosiy maqsadi ham o'sib kelayotgan yosh avlodni

milliy musiqa madaniyatimizni va jahon musiqasini tushuna olishi bilan birga uni farqlay biladigan shaxs sifatida kamol toptirishga qaratilgandir. [1,142]

Har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Chunki, jamiyatning jamiyat sifatida ravnaq topishi va rivojlanishi ana shu kelajak avlodi tarbiyasiga bog'lik. Ma'lumki, tarbiya shahsni jamiyatdagi ijtimoiy-iktisodiy ishlab chikarish munosabatlariga tayyorlash, shuningdek, uning ma'naviy, aqliy, jismoniy va musiqiy rivojlanishiga muntazam ta'sir etib boruvchi o'zluksiz jarayon. Endilikdagi asosiy vazifa ana shu yoshlarga ta'lim va tarbiya berish, o'larning kuch va sadoqatini ana shu Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va osobyishtaligi, respublika mustaqilligini mustahkamlash yulida safarbar etishdir. Buni dunyoning ko'pgina davlatlari qatori Qoraqalpoqiston Respublikasi hukumatining olib borayotgan odilona siyosati natijasida amalga oshirilayotgan keng ishlar qulamida payqash kiyin emas.

Jumladan, mustaqillikning dastlabki yillarida «Qoraqalpoqiston vatanim manim», «Folklor» etnografik ansambllarning Respublika tanlovlari, baxshi-oqinlarning xalqaro tanlovi, Xalqaro «Sharq taronalari» musiqa festivali kabi qator nufouzli tanlovlarni tilga olish mumkin. Qadimiy va boy tajribaga ega qoraqalpoq milliy musiqa madaniyati barkamol yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda asosiy vosita hisoblanadi.

Ma'lumki, xalq musiqasini tashkil etuvchi mahalliy musiqiy uslublar biri-biriga o'xshamagan holda rang-barangligi bilan alohida ajralib turadi. Har bir vohiya, har bir viloyatga xos qo'shiqlar, raqslar, musiqiy asboblar va milliy raqsbop kiyimlar haqida 6-7- sinf musiqa darsliklarida imkon darajasida ma'lumot berilgan va bu ma'lumotlar o'quvchi-yoshlar ma'naviyatini boyitishda katta ahamiyat kasb etadi. Bizning milliy musiqa uslublarimiz haqida gap ketganda, asosan Toshkent-Farg'ona, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm musiqa uslublari alohida ta'kidlanadi. Boshqa viloyatlar musiqa uslublari esa shularga yondoshgan holda shakllangan hisoblanadi.

Mazqur tadqiqotning maqsadi, o'zbek va qaraqalpoq xalq qo'shiqlarining janriy hususiyatlarini tadqiq etish, tasnifi masalalarini qiyosiy o'rganish, ilmiy jahatdan asoslash va ushbu jihatdan jarayonga yunaltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqishga urinish. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar quyildi:

- o'zbek va qoraqalpoq xalq qo'shiqlarining tasnifi masalalarini qiyosiy o'rganish;

- xalq qo'shiqlari janrlarining yuzaga kelishiga asos bo'lgan poetik modellarning shakllanishida qadimgi ishonch-e'diqodlar va arxaik miflarning o'rni va vazifalarini oydinlashtirish. [2, 69]

Mazqur tadqiqot ishida o'zbek va qoraqalpoq xalq qo'shiqlarining fol'kloshunos va musiqashunos tadqiqotchilar tomonidan o'rganilishi masalalari, qo'shiqlar

tasnifini, qiyosiy tahlillari, marosim va namarosim qo'shiqlarining o'rganilishi, ulaming tasnifi va nomoddiy madaniy merosda to'tgan o'rni, ularning o'ziga xos jihatlari, poetikasi va janriy hususiyatlari yoritilgan. Shuningdek marosim folklorida xalq qo'shiqlarining kelib chiqishi shomonizm, anemizm, totemizm kabi qadimiy diniy e'tiqodlar bilan bog'liqligi, nomarosim qo'shiqlarining o'ziga hos hususiyatlari, ularning marosim qo'shiqlaridan farqli jihatlari qiyosiy tahlil etilgan.

VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og'ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movarounnahr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o'zgartirishga majbur etdi. Birin-ketin O'rta Osiyoda tohiriylar, safforiylar, somoniylar davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bo'lgan bunday siyosiy o'zgarishlardan so'ng Movarounnahr Xurosondan ajralib o'z mustaqqilligini to'la tiklab olish imkoniga ega bo'ldi. Movarounnahrni birlashtirib mustahkam davlat tuzgan davlat arbobi Ismoil Somoniy, 900 yilda Xurosonni ham safforiylardan tortib olib ulkan dav-lat barpo etdi. Xalifa somoniylar davlatini tan olishga va unga hukmronlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ldi. Shu tariqa IX asr oxirlariga kelib Movarounnahr xalqlari Arab xalifaligidan abadiy xalos bo'ladi va arab xalifaligidan mustaqil bo'lgan yirik feodal davlat-Somoniylar davlati tashkil topadi. [3,243]

Somoniylar mamlakatni boshqarishda davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. Mamlakat o'nta devon (devoni vazir, devoni mustafi, devoni amir al-mulk, devoni sohib ash-shurat, devoni sohibi muayid yoki borid, devoni mushrif, devoni mumallikayi xos, devoni muhtasib, devoni avqof, devoni qazo az-ziya) boshqaruvida idora etilgan. Somoniylar hokimiyati yirik zamindorlarning manfaatini himoya qiluvchi mustaqil feodal davlat edi («mulki sultoniy», «mulk erlari», «vaqf yerlari») X asr oxiriga kelib mamlakatda avj olib ketgan o'zaro urushlar uning iqtisodiy va siyosiy qudratiga katta putur etkazdi va somoniylarning qoraxoniylar davlatidan mag'lubiyatga uchrashiga olib keldi. XI asr boshlarida somoniylar davlati hududlarida ikki davlat: qoraxoniylar va g'aznaviylar davlatlari paydo bo'ldi.

Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo'lib idora qildilar. XI-XII asrlarda O'rta Osiyoda mulkchilikning yangi turi-iqta' tartiboti o'rnatiladi («mulki sultoniy», «iqta'», «vaqf erlari», «mulk yerlari»). XII asrning 30-yillari oxirida Movarounnahr Sharqdan kelgan ko'chmanchi Qoraxitoylar hujumiga duchor bo'ldi.[4, 249-250].

IX-XII asrlarda mamlakat ma'naviy hayotining asosi islom mafkurasi edi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi.

Eng mashhur madaniyat markazi shu davrda Bag'dod shahri edi. Bag'dodda «Bayt ul hikma» (donishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. «Bayt ul hikma»da Ahmad Farg'oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar ta'lim

olganlar. IX-X asrlarda O'rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi. Uning ildizlari O'rta Osiyo, ayniqsa, Xorazm, shuningdek Bobil, Eron, Hindistonning antik dunyosiga va qadimgi madaniyatiga borib taqalar edi.

IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yoz-gan eng mashhur olimlar Ahmad Farg'oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abusalx Masihiy, Abulhayr Xam-mar, Abunosir Arron va boshqalar edi. 1998-yil Ahmad Farg'oniyning 1220 yilligi nishonlandi. Ahmad Farg'oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag'dod yaqinda Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir. Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi.

Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Sur'at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari SHarq va o'arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta'sir ko'rsatdi. Abu Nasr Farobiy SHarq falsafasining ulug' mutafakkiri bo'lib, qadimgi dunyo falsafiy merosini saqlashda va rivojlantirishda katta hissa qo'shdi. U 160 dan ortiq asar yozgan, ulardan «Aristotelning «Metofizika» asari maqsadlari haqida», «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga», «Siyosat al-madoniya» shular jumlasidandir.[5, 93-95]

Abu Ali ibn Sino ikki sohaga- meditsina va falsafaga qiziqdi va bu sohalarda katta yutuqlarni qo'lga kiritdi. («Al-qonun fit-tib», «Kitob ush-shifo», «Donishno-ma», «Risolat at-tayr»). XVII asrga qadar Evropada tibbiyot tajribasi va fani Ibn Sino g'oyalari ta'siri ostida bo'lgan. Xorazm madaniyati xorazmlik ulug' olim Abu Rayhon Beruniyning nomi bilan bog'langan. Abu Rayhon Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo'lib, «O'tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Meteorologiya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix fanlarga katta hissa qo'shdi.

XI-XII asrlarda ijtimoiy fanlar ham anchagina taraqqiy etdi. Masalan, shoir Abu Abdullo Rudakiyning prozaik asarlari, Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma»si, Gardiziyning «Zayn-ul-bahor» («Go'zal xabarlar») asari, Majididdin Admoning «Tarixi mulki Turkiston» («Turkiston tarixi»), Nizomulmulkning «Siyosatnoma»si, YUsuf Xos Xojibning «Qutadg'u bilik» asarlari shu davrga oid bo'lib, undan tashqari shu davrlarda Zamaxshariy, Mahmud Qoshg'ariy, Amak Buxoriy, So'zani Samarqandiy kabilar ham ijod etdilar.[6,43-44]

Bu davr O'rta Osiyoda me'morchilik san'ati ham gurkirab rivojlandi. Buxoroda Dehgaron, Masjidi kalon, Namozgoh, Mag'oki Attoriy masjidlari, Surxondaryodagi Jarqo'ton minorasi, Ko'hna Urganchda Faxriddin Roziy maqbarasi, Marvdagi Sulton

Sanjar maqbarasi, Talxojanbobo masjidi va boshqa yodgorliklar me'morchilik san'atining yorqin namunalari hisoblanadi.

IX-XII asrda dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar ham keng rivojlandi. Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Burxonuddin Marg'iloniy, Abu Xafs Kabir Buxoriy kabi ulamolar islom ta'limotining rivojiga ulkan hissa qo'shdilar. Islom dini ta'limotining ravnaqi va targ'ibotining kengayishida Buxoro shahri markaziy o'rin egalladi.Tasavvuf ta'limoti rivojlanib O'rta Osiyoda uning turli xil yo'nalishlari (XII asrda Turkistonda Yassaviya, XIII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya) paydo bo'ldi va tarqaldi.

Bulardan tashqari yana bitta o'ziga xos uslub - qoraqalpoq musiqiy uslubi ham o'zbek milliy musiqa madaniyatida alohida o'rin tutadi. Biz bu haqda umumta'lim maktablari musiqa darsliklarida ma'lumot bermas ekanmiz, o'quvchi-yoshlar ongida milliy musiqamiz tarixi, uning yuksakligi, dunyoda uning alohida o'rni borligini va eng asosiysi uning naqadar rang-barangligini tushuntirishimiz ancha qiyin kechadi. [7, 32-33]

Qoraqalpoq musiqiy uslublari mazkur xalqning maishiy turmush tarzi, mintaqaviy geografik hususiyatlarni o'zida mujassam etgan bo'lib, bevosita ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan. Agar uning musiqiy janrlariga nazar solsak ular ham juda xilma-xildir, ayniqsa, "Jirov-baxshichilik" uslubi alohida o'ringa ega. Jirov-baxshi ijrochiligi juda qadimiy bo'lib, "qo'biz" musiqa asbobidan foydalanishadi. "Qo'biz"- musiqa asbobi g'ijjaksimon asbob bo'lib, ikkita tori mavjud va kosa qismi ochiq, hech narsa bilan qoplanmagan holatda bo'ladi. Uning ovozi esa o'ziga xos. Bo'g'iq ohangda bo'lib, kuylovchi ham unga jo'r ohangda bo'g'iq ovozda kuylaydi. Baxshilar bu cholg'u sozida doston qo'shiqlari va xalq termalaridan ijro qilishadi.

Xalq qo'shiqlaridan "Chimboy", "Dem bermes", "Qiz munoyim", "Poshshoyi ko'ylak", "Bo'zatov'" kabi qo'shiqlar xalq orasida ommalashgan bo'lib, hozirgi paytda ham san'atkorlar tomonidan sevib ijro etilmoqda. Qoraqalpoq milliy raqslari alohida o' ringa egaki, yigit va qizlar raqs tushganda ularning tez va chaqqon harakatlari e'tiborni o'ziga tortadi.

Mamlakatimizda keng tus olgan "Mustaqillik va Navro'z" bayramlarida, ayniqsa Toshkentda bo'lib o'tadigan boshqa katta anjumanlarda Qoraqalpoq san'atkorlarining chiqishlari umumxalq diqqatiga sazovor bo'lmoqda.

Qoraqalpoq san'atkorlari "estrada" janrida ham ancha muvaffaqiyatga erishmoqdaki buni ham alohida ta'kidlash zarur. "Opera" janrida ham ko'zga ko'ringan san'atkorlar ijod qilishmoqda va muvaffaqiyat qozonmoqdalar. Qoraqalpoq milliy cholg'u ansambllarida - qo'biz, do'mbira, bulamon, chinqovuz kabi musiqiy asboblar mavjud bo'lib, hozirda Qoraqalpoq musiqachilari o'zbek cholg'u asboblaridan rubob, doira, g'ijjak, chang, nay va boshqa musiqiy asboblardan

ham foydalanishadi. SHuning natijasida bu musiqiy asboblar biri-biriga uyg'unlashib, ular taratayotgan "ohang" ham o'ziga yarasha koloritda eshitiladi.

Qoraqalpoq xalqining yuksak milliy qadr- qimmati, or-nomusi va shon-sharafi o'ning uta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir.[8, 334].

Farzand tug'ilishi bilan unga alla orqali ota-onaning orzu umidlari, xis-xayajonlari, o'y-kechinmalari ohang orqali singdirilib boriladi. Bola ulg'ayib borgan sari unga turli janrdagi ko'shiq-aytim va quy-ohanglar hamrox bo'ladi. Qo'shiq aytimning quy-oxang va she'riy ma'no mazmuni o'sib kelayotgan yosh avlodni o'z tarbiyasiga oladi. Bolaning hatti-harakatlarida namoyon bo'la boshlaydi. Bu jarayonda farzandlarimiz qanday kuy-qo'shiq eshitayotganligi orqali uning xatti-harakatlaridagi o'zgarishlarni ko'zatib borish mumkin bo'ladi.

Mana shu milliy va ma'naviy boyligimizni asrash va uni kelgusi avlodga bekamu-ko'st etkazish har birimizning zimmamizdadir.

Qoraqalpoq musiqa uslubini ilmiy tadqiqot qilish va uni keng targ'ib qilish, bizning ma'naviy dunyomizni yanada boyishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev SH.M. Biz kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga ko'ramiz.- Toshkent, «O'zbekiston», 2017.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora- tadbirlar to'g'risida»gi Qarori. www.lex.uz.

3. Akbarov I. Musiqa lug'ati G'afur Hulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti T.

4. Botirov Y., Toshmuxamedova D. "O'qituvchi uchun metodik qo'llanma"

5. Qodirov R. «Musiqa pedagogikasi»-T.»Musiqa» 2009 y.

6. Umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va ukuv dasturi «Ta'lim tarakkiyoti». -T.: «SHark» 1999 y.

7. Musaqulov A. O'zbek xalq qo'shiqlarining tarixiy asoslari. - Toshkent, 1994.

8. Maqsetov Q. Qaraqalpaq xalqmm awizeki dóretpeleri. - Nókis: Bilim, 1996

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.