Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTI VA UNING RIVOJI BORASIDAGI ILMIY-NAZARIY QARASHLAR'

O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTI VA UNING RIVOJI BORASIDAGI ILMIY-NAZARIY QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2909
268
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
shaxs / is’tedod / ijod / komil inson / musiqa san’ati / san’at tarbiyasi / axloq / ta’lim-tarbiya / folklor / madaniyatb cholg‘u sozlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahamadali Mamasoliyevich Mirabdullayev

Mazkur maqolada musiqa san'ati tarixiy taraqqiyoti, cholg‘u sozlaring paydo bulishi va rivojlanishi, shuningdek musiqa san'ati rivojida sharq allomalarining ilmiy-nazariy qarashlari hamda ularni yosh avlodni tarbiyalashdagi roli aniq misollar bilan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTI VA UNING RIVOJI BORASIDAGI ILMIY-NAZARIY QARASHLAR»

O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTI VA UNING RIVOJI BORASIDAGI

ILMIY-NAZARIY QARASHLAR

Mahamadali Mamasoliyevich Mirabdullayev Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqa san'ati tarixiy taraqqiyoti, cholg'u sozlaring paydo bulishi va rivojlanishi, shuningdek musiqa san'ati rivojida sharq allomalarining ilmiy-nazariy qarashlari hamda ularni yosh avlodni tarbiyalashdagi roli aniq misollar bilan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: shaxs, is'tedod, ijod, komil inson,, musiqa san'ati, san'at tarbiyasi, axloq, ta'lim-tarbiya, folklor, madaniyatb cholg'u sozlari

SCIENTIFIC AND THEORETICAL APPROACHES ON THE CREATION OF UZBEK FOLK MUSIC AND ITS DEVELOPMENT

Mahamadali Mamasolievich Mirabdullayev Namangan State University

Abstract: This article analyzes the historical development of musical art, the emergence and development of musical instruments, as well as the scientific-theoretical views of oriental scholars in the development of musical art and their role in educating the young generation with concrete examples.

Keywords: personality, talent, creativity, perfect person, musical art, art education, morals, education, folklore, culture, musical instruments

Musiqiy madaniyat xalq ma'naviy dunyosining ajralmas qismi bo'lib, uning ma'naviy ehtiyojini barcha davrlarda beminnat xizmat qilgan. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoni. Shuniing uchun dars jarayonida ham sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda o'zbek milliy an'analarimizga, xususan, mumtoz kuy qo'shiqlarimizga e'tiborimizni qaratishimiz lozim. Bunga zamonaviy musiqa ham zarur. Ikkala janrning bir-biriga bog'liqligi ham shunda. Inson hayotda yashar ekan, zamon bilan hamnafas yashaydi. Ayniqsa, XXI asr texnika davrida zamonaviy texnik vositalarning ko'payishi, unga bo'lgan e'tiborning ortishi tabiiydir. Musiqa san'ati rivoji uchun ham zamonaviy, ham mumtoz kuylar hamda qo'shiqlari kerak.

O'zbek qo'shiq, ashulalari va cholg'u musiqasi janrlari o'z bajaradigan funksiyasi va turmushda tutgan o'rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi:

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

1. Ma'lum vaqt yoki ma'lum sharoitdagina ijro etiladigan qo'shiq - ashulalar va cholg'u kuylar. Bular oilaviy - marosim qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari, allalar va boshqalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg'u kuylaridir.

2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya'ni hamma joyda ijro etiladigan qo'shiq va cholg'u kuylar. Ularga o'zbek xalqining an'anaviy musiqali folklor janrlari - terma, qo'shiq, lapar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o'xshash tipdagi cholg'u pyesalar kiradi.Har bir gruppa o'ziga xos harakterli belgilarga ega. Masalan, ijro etilishi ma'lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi gruppa ashula - qo'shiq janrlarining mavzusi o'zlariga xos ma'lum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog'liq bo'lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Bosh mavzuda ba'zan uchrab turadigan chetlashishlar lirik o'ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo'yliklar doirasida bo'ladi. Misol sifatida, kelinni kuyovning uyiga kuzatayotgan paytda odatda ijro etiladigan «Yor-yor» ni keltirish mumkin: To'y-marosim qo'shiqlarining mavzusi kelinni maqtash, er-xotinlik hayotiga ta'luqli pand-nasihatlar, kelinning kuyov uyidagi odob qoidalari, sodir bo'layotgan marosimning ko'tarinkiligi haqidagi obrazli poetik taqqoslashlar bilan chegaralangan. Misol sifatida keltirilgan «Yor-yor» shakl tuzilishi jihatdan ikki qismli bo'lib, har bir she'riy misrani o'ziga qamrab olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan iborat. Turlicha ohanglar asosida muayyan metr-ritmik tartibga solingan tor diapazonli kuylarning bunday tuzilishi «Yor-yor»larning aksar lokal variantlari (toshkentcha, andijoncha, chimkentcha va boshqalar) uchun ham harakterlidir. Yuqorida eslatilganlardan tashqari, to'y marosimiming u yoki bu protsessi bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa namunalar («Kelin salom», «To'y muborak» va shu kabilar) ham bor. Ularning har biri o'zining tuzilish tartibi, ohang harakteri, emotsional ta'sirchanligi bilan farq qiladi. [2.-B. 69.]

O'zbek musiqa folklorida mehnat qo'shiqlari ham alohida o'rin egallaydi. Garchi ularda mehnat jarayonining harakteri o'z aksini topsada, lirik o'ychanlikning nasriy bayoni katta ahamiyat kasb etadi. Bularga misol sifatida:

«Mayda», «Yozi», «Yorg'ichoq» kabilarni ko'rsatish mumkin. Mana, masalan, g'alla yanchish paytida dalada ijro etiladigan «Mayda» kabilarni ko'rsatish mumkin. Mazkur misolda kuzatilayotganidek, ish jarayonini sifatlovchi misralar bilan bir qatorda lirik mazmunli to'rtliklar, odatda, sigirlar, echkilar hamda qo'ylarni sog'ayotganda aytiladigan «Xo'sh-xo'sh», «Churay-churay», «Turay-turay» deb nomlanuvchi afsunli erkalash qo'shiqlari uchun ham harakterlidir. [5. -B.42.] Afsunli qo'shiqlar ma'lum bir marosimlarni bajo keltirish, masalan, yomg'ir chaqirish, quyosh va oy tutilishini to'xtatishni iltijo qilish hamda boshqalarda ham muhim o'rin tutadi. Birinchi gruppa qo'shiqlariga qarama-qarshi o'laroq, ikkinchi gruppa qo'shiqlarining har bir janrida o'z mavzusining hayot rang-barangligini ko'ramiz.

I [ccñ^^BI 835 http://oac.dsmi-qf.uz

Ko'p qirrali muhabbat lirikasi, satira va yumor, tarixiy mavzu, ijtimoiy norozilik ushbu gruppaga tegishli har bir janr - terma (yoki cho'plama), qo'shiq, lapar, yalla va ashulalar asosini (garchi ular bir-biridan ravshan ifodalangan harakterli musiqali xususiyatlari bilan farqlansa ham) tashkil qilishi mumkin [.1.-B.85.].

Qo'shiq juda keng tarqalgan janrlardan bo'lib, o'z mazmunining xilma-xilligi, ko'p qirraliligi bilan alohida ajralib turadi. Qo'shiq kuylari uchun ritmning ravonligi va aniqligi harakterlidir.

Qo'shiqda har bir misradan so'ng naqorat so'z va shuningdek har bir navbatdagi banddan (yoki uning yarmidan) keyin keladigan naqoratlarni ham juda ko'p uchratish mumkin qo'shiq musiqali poetik asarlarning ko'pgina belgilari lapar uchun ham harakterlidir.

Tarixdan ma'lumki, ma'naviyatimizning asosiy bo'g'ini bo'lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo'shiqlarimiz, maqom yo'llari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og'ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo'shiq va musiqa ularga hamroh bo'lgan.

Bugungi muborak mustaqilligimizga erishgan kunimizda, o'zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo'lagi bo'lgan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelgan musiqiy madaniyatimizga suyanish, an'anaviy qo'shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasi, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Moziy o'rta asrlarda yashagan talaygina atoqli musiqachilar, shoirlar, san'atkorlarning nomlarini saqlab qolgan "O'rta Osiyo musiqasi haqida qimmatli ma'lumotlarni IX asrdan buyon saqlanib kelayotgan yozma manbaalardan olish mumkin. O'rta asrlarda musiqa matematika va astronomiya qatori fanlarning yagona to'plamga kirganligidan ko'p allomalar unga o'z asarlaridan joy ajratganlar, shuningdek, uning nazariy asoslariga maxsus risolalar bag'ishlaganlar" - degan edi olim Yan Pikker.[3.-B. 27.]

Musiqa ta'limiga nihoyatda katta ahamiyat bergan O'rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasida qomusiy olim Muhammad Forobiy alohida o'rin egallaydi. Olim filosofik va siyosiy masalalar bilan uzviy bog'liq holda maorifni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash va o'qitish masalalariga o'z asarlaridan salmoqli joy ajratgan.

Forobiy o'rta asrlarda matematik fanlar sirasiga kirgan musiqa nazariyasining asoschilaridan biridir. Turli sohalarda ko'rib chiqilgan musiqa ijodi masalalari Forobiy asarlarida muhim o'rinni egallaydi. Uning "Kitob ul-musiqiy al-Kabir", "Qalam fil-musiqiy" hamda "Kitob-fi-ixso-al-ulum va at-tahrif ' fundamental asari

nihoyatda mashxur bo'lgan. Bu asarlar musiqa fani madaniyati sohasidagi keyingi tadqiqotlarga sezilarli ta'sir ko'p'rsatgan.

Temur huzurida yashagan mashxur musiqachi olim Abdul Qodirning musiqa sohasidagi tadqiqotlari taniqli tojik olimi, faylasufi, musiqachisi va shoiri Jomiyning musiqaga oid traktatlar yaratishi uchun asos bo'lgan uning "Risolai dar ilmi musiqi" ("Musiqa ilmi haqida traktat") nomli kitobi katta qiziqish uyg'otadi. Unda ritm, ko'mpozitsiya, lad nisbatlari va hokazo masalalar ko'riladi.

Ulug' o'zbek shoiri, bilimga ega edi. U bir guruh yirik musiqachilarning iste'dodi namoyon bo'lishiga ko'maklashib, ularga rahnamolik qilgan. Navoiyning ijodi Sharq madaniyati va san'atining rivojlanishida ulkan rol o'ynagan. "Boburnoma"da uning faoliyatiga bir qancha sahifalar bag'ishlangan. Navoiyning musiqaviy-estetik mutafakkiri va jamoat arbobi Alisher Navoiy musiqa san'ati sohasida nihoyatda katta qarashlari uning "Sabbai sayyor", "Majolisun nafois", "Mezon ul-avzon", "Mahbub ul- qulub", "Xamsa" va boshqa asarlarida aks etgan.

Darvish Alining XVII asrda paydo bo'lgan "Risolai musiqiy"si ("Musiqa risolasi") nazariy va amaliy musiqa bilimlari avloddan avlodga, bir bilimdondan ikkinchisiga shogirdlik yo'li bilan o'tib kelganini tasdiqlaydi.[3.-B.27.]

Muallif o'z risolasida Sharqning mashxur shoir va musiqachilari biografiyasiga keng o'rin ajratgan. Masalan, avtor mashxur shoir Rudakiyning tarjimai holini keltiradi. Bunda u shoirning Rudak qishlog'idan chiqqaligini tasdiqlaydi. Rudakiy o'z davrining buyuk musiqachisi bo'lgan.

"Risolai musiqiy"da iste'dodli musiqachi, musiqaga yangi ritmik aylanmalar kiritgan mavlono Mir G'uruning ajoyib musiqachi, musiqa, musiqaviy o'lchov va davrlar haqidagi risolaning muallifi Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriyning nomlari uchraydi. Biz risola orqali Temurxonning Hisordagi saroyi huzurida yashagan Mavlono Hasan Kavkabiy, 17 yoshidayoq shuhrat qozongan hamda Hirot shahrining mehtari (xon saroyidagi sozandalarga rahbar) bo'lib tayinlangan va bu lavozimni 30 yil davomida egallab turgan, keyinchalik Buxoro saroyidagi sozandalarga rahbarlik qilgan, musiqa nazariyasining bilimdoni Said Ahmad bin Mehayri Miroqiylarning ijodi bilan tanishamiz.

Bu asar katta ahamiyatga hamda Sharq musiqasi tarixi uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.

Darvish Alining "Risolai musiqiy"si ayrim tarixiy hodisalar haqida noaniq ma'lumotlariga, xronologik jihatdan xatolariga qaramay, faqat musiqa nazariyasi asoslari bayon etilishi bilangina emas, balki turli davrlarda yashagan bir qator musiqachilar faoliyati haqida ma'lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir. Risola bizni o'sha paytdagi O'rta Osiyo musiqa madaniyati bilan ko'p jihatdan tanishtiradi hamda uning taraqqiyotidagi asosiy tendentsiyalar to'g'risida tasavvur beradi. Xalqimiz milliy musiqa madaniyatimizning ajoyib yodgorligini ehtiyot qilib saqlab keladi.

I icclT^^^^H 837 http://oac.dsmi-qf.uz

Jomiyning risolasi nazariy xarakterga ega. Muallif o'z davridagi musiqa san'atining katta psixologik ahamiyatini, uning tinglovchilarda qayg'u yoki quvonch, tushkunlik yoki umid singari turli tuman kayfiyatlar hosil qila olish qobiliyatini tushuntiradi. "Shunday bo'ladiki," - deb yozadi Jomiy "Risolai musiqi" asarida, -dilning qayg'u yoki quvonch, mahyuslik yoki umid, tushkunlik yoki ko'tarinkilik kabi eng maxfiy holatlaridan biri tovushni o'z rangiga o'ragan holda unga ta'sir etadi. Shu tufayli tinglovchi bu mahfiy holatdan ogoh bo'ladi va undan alohida lazzat oladi."

Jomiy o'z davrining professional musiqachilari orasida tarqalgan hamda umumiy ta'lim sanalgan 11 ta jo'r ritm yoki ritmik doiralarni sanaydi. U bayon etgan ritmlar soni 19 taga yetadi.

Risolaning xotima qismida muallif ohang (lad) larning tinglovchilarga ta'siri haqida so'z yuritib, shu jihatiga ko'ra ularni 4 kategoriyaga bo'ladi.

a) shijoat va jasurlik uyg'otuvchi ohanglar

b) xursandchilik va quvonch uyg'otuvchi ohanglar

v) qayg'u va mung uyg'otuvchi ohanglar

g) g'am va ma'yuslik aralashgan shodlik va zavq uyg'otuvchi ohanglar

Ohanglarni ularning hissiy ta'sir etishiga ko'ra tasnif etar ekan, Jomiy 12 maqom, 6 ovoz hamda 24 shobadan tashkil topgan umumiy 42 ohangdan 38 tasini qayd etadi. [7.-B. 57.]

Kaykovusning XI asrda G'azna shahrida yashagan Sulton Mahmud saroyidagi musiqachilarning xulq atvori haqidagi "Qobusnoma" risolasi ham juda qiziqarlidir. Kitobda, jumladan, bunday deyiladi: "Hamma vaqt og'ir yo'l (maqom)larni chalaverma va hamma vaqt yengil yo'llarni ham chalaverma, chunki yo'lni bir xilda chalmaslik kerak, negaki, odamlarning hammasi bir xilda emas, tabiatlari ham bir-biriga muvofiq emas, chunki xalq xilma-xildir.

Shuning uchun musiqa ilmining ustodlari musiqa asboblariga shunday tartib berganlarki, avval podshohlar majlisi uchun xisravona dostonlar tuzganlar, undan keyin vaznsiz bir og'ir yo'l tuzdilarki, uni ikki musiqa bilan aytsa bo'ladi, bunga og'ir yo'l deb ot qo'ydilar. Bu yo'l keksalarning va o'qigan odamlarning tabiatiga mos keladi. Bu yo'lni shunday qavm uchun yaratdilar. So'ngra (ustodlar) ko'rdilarkim, xalqning hammasi qari va jiddiy kishilar emas. Shuning uchun yigitlarga moslab bir yo'l ishlab chiqdilar. So'ngra yengilroq vaznli shehrlar uchun yengil yo'llar tuzdilar, bularga "xafif' deb nom qo'ydilar, og'ir yo'ldan so'ng bu xafif yo'lni chaldilar, bundan qarilar ham, yigitlar ham bahramand bo'lsinlar deb o'yladilar. So'ngra yosh bolalar va yoqimli tabiatli odamlar bebahra qoldilar. Bu qavm uchun taronani ishlab chiqdilar, toki bu qavm ham bahra olsinlar, rohat qilsinlar, chunki hamma vaznlarning orasida taronadan yoqimli vazn yo'qdir."

"Qobusnoma" matni o'rta osiyolik musiqachi olimlar orasida musiqaga tinglovchiga etika jihatidan ta'sir etuvchi vosita sifatida qarashning keng tarqalganini, keyinroq borib musiqadan shifo berish vositasi tarzida foydalanilganini tasdiqlaydi.

Musiqa faqat hokimlarning saroyidangina emas, balki shahar va qishloq axli turmushidan ham katta o'rin olgan. U milliy musiqa asboblari ijrosida choyxona, xalq sayillari, ommaviy bayramlar, oilaviy bayramlar (to'ylar)da, qo'g'irchoq teatri, dorbozlar, qiziqchilar tomosha ko'rsatgan paytlarda maydonlarda, xalq udumi va rasm-rusumlari bajarilganda yangragan.

Bu haqda XVIII asrning oxiri XIX asr boshlarida yashagan shoir Nizoriy "Dasturnoma" dostonida bunday deb yozadi: "Erkin yigitlar, do'stlar, tengdoshlar, san'atga boy, xush xulqi va yaxshi hayot tarziga ega shon-shavkatli o'rtoqlar. Zakiy, ochiq dil va xush yuzli, nozik qochirma va hazilni tezda ilg'ab oluvchilar. Arfa, doira, ud va nay sadolari ostida kecha-yu kunduz qo'llarda may to'la kosa bilan zarbulmasal, nazm hamda farom ash'orlar bilan, go'zal rivoyatda va yoqimli hikoyalar, yaxshi ashula va dilni qitiqlovchi musiqa bilan, umuman, ko'ngil och va ko'ngil ochish maskanini yoqimli qil."

Afsuski, o'sha uzoq vaqtlarda qo'llanilgan o'qitish tizimi qayd etilgan yozma manbalar saqlanib qolgan emas. Faqat badiiy obidalar, zamondoshlar xotiralarida, madaniyat tarixiga oid umumiy asarlarda aks etgan bilvosita materiallar, ma'lumotlar mavjud. O'zbek xalqi yaratgan musiqiy merosning ildizlari juda uzoq asrlarga borib taqaladi. Ajdodlarimizning maftunkor tasviriy san'ati tufayli bizgacha yetib kelgan yodgorliklar o'zbek cholg'u musiqasi qadim zamonlardan boshlanganini ko'rsatadi. 1932-yil oktyabr oyida rus kemasi bortiga o'lkamiz o'tmishining bebaho boyligi -rang-barang suratli tosh plita chiqarildi. Tabiat manzarasi ifodalangan zangori fonda uch musiqachi ayol tasviri chizilgan: ulpardan biri arfa, ikkinchisi lyutra, uchinchisi esa barabanga monand cholg'u asbobi ushlagan. Termizdan 13 km yuqorida joylashgan sobiq shahar xarobalaridan qazib olingan boshqa musiqachilar tasviri tushirilgan topilmalar Ayritosh nomi bilan fanda mashxur bo'lgan nodir yodgorliklar sanaladi. Bu topilmalar hozirgacha noma'lum desa bo'ladigan qadimgi musiqa madaniyatining allaqachon unutilib ketgan so'qmog'idan yorqin izdir. 1946-yilda Xorazm vohasining qoq yuragida - Sulton Uvays tog'ining janubiy tizmalari boshlanadigan tekislikdagi qadimiy Tuproqqal'adan yana bitta arfa chaluvchi ayol tasviri topiladi. Musiqashunos-arxeolog R. Sadokovning fíkricha, bu topilmalar III-IV asrlarga mansub ekan. Bu tarixiy manbalar O'rta Osiyoda musiqa san'ati yuksak darajada rivojlanganini ko'rsatadi. Eramizning dastlabki ming yilligidayoq o'zbek musiqasi va qo'shiqlari mashhur bo'lgan ko'rinadi. Chunki , XI asrning tarixchisi va tilshunosi Mahmud Qoshg'ariy o'zining "Devonu lug'otit turk" asarida juda ko'p cholg'u asboblari nomini tilga oladi. Ayniqsa ud, qo'biz keng tarqalganini alohida ta'kidlaydi. Olim bu davrda qo'shiq hamda maqom ijro etish ancha taraqqiy

I [ccñ^^BI 839 http://oac.dsmi-qf.uz

etganligini tasdiqlab, quyidagilarni yozadi: "ko'ch - kuy, maqom, ashulada maxsus qoidaga muvofiq ovozni past-baland qilish" [ 4. -B.253.]

Musiqa zamonlardanoq keng tarqalibgina qolmasdan, balki ancha rivolangan edi. Mashshoqlar cholg'u asboblarida alohida va ansambl bo'lib dilrabo kuylarni chalishgan. O'rta asrlarda va undan keyin musiqaga oid juda ko'p ilmiy asarlar yozilganligi ma'lum. Shulardan ayrimlari, masalan, yirik matematik Abu Abdulla Muhammad ibn Muso Xorazmiyning "Musiqa bo'yicha traktat" asari bizgacha yetib kelmagan yoki haligacha topilmadi.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'zbek musiqa madaniyatining rivojlanishida Folklor janrlarining ahamiyati katta bo'lib, u xalq turmush tarzi va ijtimoiy hayotini o'zida aks ettirgan. Shuningdek, zamonaviy musiqa janrlarini yaratilishiga asos vazifasini o'tagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbek folklori ocherklari. Uch tomlik,1-tom, Toshkent, 1990.

2. Musurmanova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. -Toshkent: O'qituvchi. 1996.

3. Yan Pikker. Osiyo xalqlari tarixi.-Moskva, 1970.

4. Mahmud Koshg'ariy. Devoni lug'otit turk. 3-tom.-Toshkent: Fan, 1992.

5. Masharipova Z. O'zbek xalq og'zaki ijodi.-Toshkent, 2001.

6. Matyoqubov Otanazar. Maqomot.- Toshkent, 2004.

7. Mirzayev Q.T.Vokal (xor) jamoalari bilan ishlash uslubiyoti.-Toshkent,2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.