Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTОNDA MEVA-SABZAVОTKООPERATSIYASINING IQTISОDIY SAMARADОRLIGINI ОSHIRISH YО`LLARI'

О‘ZBEKISTОNDA MEVA-SABZAVОTKООPERATSIYASINING IQTISОDIY SAMARADОRLIGINI ОSHIRISH YО`LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
29
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meva-sabzavоt / kооpertsiya / qishlоq xо’jaligi / оziq-оvqat / samaradоrlik / ekspоrt / fruits and vegetables / cооperative / agriculture / fооd / efficiency / expоrt

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sоbirоva M. H.

Mazkur maqоlada О’zbekistоnda qishlоq xо’jaligini rivоjlantirish va sоha samaradоrligini оshirishda meva-sabzavоt kооperatsiyasini tashkil etish lоzimligi keltirilgan. Meva-sabzavоt kооperatsiyasini tashkil etish va uni barqarоr rivоjlantirish chоra-tadbirlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE ECONOMIC EFFICIENCY OF FRUIT AND VEGETABLE COOPERATION IN UZBEKISTAN

this article presents the need tо оrganize fruit and vegetable cооperatiоns in the develоpment оf Agriculture and increasing the efficiency оf the sphere in Uzbekistan. Measures fоr the оrganizatiоn and sustainable develоpment оf fruit and vegetable cооperatiоn are presented.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTОNDA MEVA-SABZAVОTKООPERATSIYASINING IQTISОDIY SAMARADОRLIGINI ОSHIRISH YО`LLARI»

UDK: 33.338.43

Sobirova M.H.

QarMII mustaqil izlanuvchisi

O'ZBEKISTONDA MEVA-SABZAVOTKOOPERATSIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOLLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda qishloq xojaligini rivojlantirish va soha samaradorligini oshirishda meva-sabzavot kooperatsiyasini tashkil etish lozimligi keltirilgan. Meva-sabzavot kooperatsiyasini tashkil etish va uni barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: meva-sabzavot, koopertsiya, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, samaradorlik, eksport.

Sobirova M.H. independent researcher QarMII

WAYS TO INCREASE ECONOMIC EFFICIENCY OF FRUIT AND VEGETABLE COOPERATION IN UZBEKISTAN

Annotation: this article presents the need to organize fruit and vegetable cooperations in the development of Agriculture and increasing the efficiency of the sphere in Uzbekistan. Measures for the organization and sustainable development of fruit and vegetable cooperation are presented.

Keywords: fruits and vegetables, cooperative, agriculture, food, efficiency, export.

KIRISH. O'zbekiston aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini uzluksiz va kafolatli qondirish, ichki iste'mol bozorini O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan ta'minlash evaziga, import hajmini qisqartirish natijasida eksport miqdorini oshirish qishloq xo'jaligi salohiyatini yuksaltirishda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki bu tarmoq aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat korxonalarining esa xom ashyo resurslariga bo'lgan talabini uzluksiz qondirish imkoniyatini beradi. Qolaversa, O'zbekiston meva-sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun yuksak potensial va ishlab chiqarish salohiyatiga ega davlatdir.

Ekologik toza va xavfsiz bo'lgan qishloq xo'jalik mahsulotlariga talab dunyo bozorlarida tobora ortib bormoqda. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini ko'rsatmoqda.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Kelgusida qishloq xo'jaligi vazirligi soha korxonalariga ko'rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning o'rniga, vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug'ni to'g'ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy ko'maklashish, mahsulot bozorini topish bo'yicha xizmat ko'rsatishi kerak"[1]. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi tarmoqlari oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi past bo'lishini ta'minlash, mahsulotlar miqdorini ko'paytirish va assortimentini yaxshilash, mamlakat qishloq xo'jaligida mehnat umumdorligini oshirish kabi asosiy vazifalar turibdi.

Rivojlangan mamlakatlarda mehnat resurslarining 2-5 foizi, kam taraqqiy etgan aksariyat mamlakatlarda esa 90 foizgacha qishloq xo'jaligi tarmog'ida mehnat qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha katta rol o'ynaydi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo'jaligining salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda o'rtacha 22 foizni, rivojlangan mamlakatlarda 4 foizni tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining yarmidan ko'prog'i yetishtirilmoqda. BMT ekspertlari fikrlaricha, har yili oziq-ovqat muammosini yechish uchun uning hajmi 6 foiz oshirib borilishi talab etiladi[2].

Tahlillarga qaraganda, yurtimizda bog' va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, qishloq xo'jaligi rivojlangan AQSH, Xitoy, Italiya, Fransiya kabi davlatlarda bir gektar intensiv bog'dan 80-120 tonna, ayrim mevalardan 140 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna, an'anaviy bog'-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi[3]. Bu albatta iqtisodiy jihatdan samarasiz qishloq xo'jaligidir.

ADABIYOTLAR SHARHI. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish sohasini rivojlantirish borasidagi iqtisodiy muammolar va qishloq xo'jaligida kooperatsiya va integratsiya jarayonini rivojlantirish masalalari xorijlik T.Buzina, N.Kuznetsova, I.Minakov, V.Volodin, L.Antonenko [4] kabi va boshqa agrar soha iqtisodchi olimlari ishlarida o'z aksini topgan. Respublikamiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi sharoitida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy yechimlar R.Xusanov, S.Usmonov, Q.CHoriev, O'.Umurzakov, T.Farmonov, N.Xushmatov, O.Jumaev, X.Xushvaqtova [5] kabi qator agrar iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlanmalari qatoridan o'rin olgan. Lekin yuqorida keltirilgan ishlarning turli davrlarda bajarilganligi, hozirgi paytda sohada agrofirmalar va kooperativlar faoliyatini tashkil etish borasidagi islohotlarning chuqurlashuvi meva-sabzavot mahsulotlarini sotish sohasida tadqiqotlar olib borishda kompleks yondashuvni taqozo etmoqda.

A.Chayanov "Kooperatsiyani, bir tomondan, umuman hech qanday ijtimoiy vazifalarni vazifalarni oz oldiga qo ymaydigan tashkiliy xojalik formulasi bolmish kooperativga va ikkinchi tomondan, keng ijtimoiy harakat yoki aniqroq aytganda o ziga xos mafkuraga ega bo lgan va uzining aniq

mujassamlashuv qurollaridan biri bo'lmish kooperativ shakllaridan foydalaniladigan harakat", deb talqin etadi. Mana shu sunggi haarakat oz oldiga ongli ravishda ijtimoiy maqsadlarni qoyadilar va shu maqsadlarsiz ularni tasavvur etib bo'lmaydi" deydi. Uning fikricha bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ular birlashib kooperatsiyani tashkil etadi. Kooperativlar koproq daromad olish maqsadida kooperatsiyani tashkil etadilar. Natijada 5 - 6 ta dehqonlar birlashib, kooperatsiya nizomi asosida faoliyat korsatadi. Kooperatsiya jarayonini tashkil qilishdan har bir kooperativ a'zosi moddiy manfaatdor bolmasa, kooperatsiya jarayoni oz mohiyatini yuqotadi. Chunki moddiy manfaatdorlik kooperatsiyaning rolini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Kooperatsiya xususiy, kollektiv va jamoa manfaatlari uygunlashuvining shunday bir shakliki, bunda har bir shaxs undan moddiy manfaatdor bolishi kerak[6].

M.I.Tugan - Baranovskiy, kooperatsiya nazariyachisi bo'lib, uning "Kooperatsiyaning sotsial asoslari" (1916 yil) kitobida kooperativ harakatlar, kooperatsiya tushunchasining mohiyati to'liq ochib berilgan. Unda "Kooperativning asosiy aniqlovchi belgisi va uning kapitalistik korxonadan farqi - kapitalning foydaga yo'naltirilmaganligi. Kooperativ korxona quyilgan kapitaldan foyda olish uchun tuzilmaydi, balki xo'jalik a'zolarini jamoa bo'lib faoliyat ko'rsatishi, ularning mehnat daromadlari yoki iste'mol ehtiyojlariga sarfini kamayishiga ko'ra yuksalishini bildiradi"[7].

ASOSIY QISM. Hozirgi vaqtda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy zanjirli oziq-ovqat do'konlari orqali meva-sabzavot savdosi tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda, bu asosan an'anaviy chakana bozorlar hisob iga yaratilmoqda. Aytish kerakki, meva-sabzavotning 65 foizi, go'sht va sut mahsulotlarining 93-95 foizi dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Biroq, shu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar 50-60 foiz quvvatda faoliyat yuritmoqda. Meva-sabzavotchilik mahsulotlari hajmlarining yildan-yilga oshib borishi saqlash va qayta ishlash tarmog'idagi bir qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohani isloh qilishda zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda tub burilishni amalga oshirishni talab etmoqda. Xususan:

- respublikada umumiy ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan mevaning 18,9 foizi, sabzavot va poliz mahsulotlarining 5,6 foizi, uzumning 9,5 foizi sanoat korxonalarida qayta ishlanmoqda;

- yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini hududlarda saqlash uchun sovutgichlar bilan ta'minlanganlik darajasi 3,7 foizni (sovutish omborxonalari yil davomida bor-yo'g'i 20-22% ga mahsulot bilan ta'minlangan) tashkil etmoqda;

- mavjud sovutgichlarning aksariyati ma'nan eskirgan, texnologik jihatdan yangilanmagan, zamonaviy texnologiya va raqamli innovatsion ishlanmalar lozim darajada tatbiq etilmagan;

- soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasiga innovatsion yondashuvni taqozo etmoqda. Ilg'or tajribali zamonaviy uskunalar bilan ishlash

qobiliyatiga ega, qayta ishlash, saqlash yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashga yetarlicha e'tibor berilmayapti;

- saqlash va qayta ishlash korxonalarining zamonaviy-texnologik talablari va hajmlaridagi mahsulotlar bilan yetarli darajada ta'minlash masalalariga tizimli yondoshilmayapti;

- transport va logistika sohasi zamon talabidan ortda qolmoqda;

- so'nggi yillarda meva-sabzavotchilikni yuritish intensiv texnologiya asosida olib borilmoqda. Natijada qishloq xo'jaligida foydalaniladigan resurslar, jumladan, yonilg' i moylash materiallari, kimyoviy vositalar (meva-sabzavot yetishtirish uchun 255 ming tonna fosforli, 290 ming tonna azotli o'g'it yetishmaydi) va urug'lik narxlarining ortib ketishi, qishloq aholisi daromadlarining pastligi, shuningdek, mineral o'g'itlar, kimyoviy vositalarning qo'llanilishi, og'ir texnikadan foydalanish, yer resurslari sifatining yomonlashuvi, ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda[6].

-Hududlarda yetishtirilayotgan mahsulotlar haqida xaridorlarga zarur bo'lgan ma'lumotlarni beruvchi axborot-maslahat markazlari va raqamli texnologiyalar faoliyati yo'lga qo'yilmaganligidadir.

Bundan tashqari respublikada transport-logistika borasidagi mavjud muammolarni hozirgacha hal etilmaganligi mahsulotlarni saralash, qayta ishlash, qadoqlash va xaridorlarga yuborish muammoligicha qolmoqda.

Shu bois qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun qishloq xo'jaligi sohasida mega loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati tug'iladi. Meva-sabzavotchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish hisobiga mamlakat valyuta tushumining sezilarli qismi shakllanayotganligi ham sohani tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirishning ustuvorligidan dalolat beradi.

TAHLIL VA NATIJALAR. Meva-sabzavot mahsulotlarini uzluksiz ishlab chiqarish, kooperativlarga birlashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda mavjud bo'lgan quyidagi jiddiy to'siqlarni bartaraf etish talab etiladi:

- kichik ishlab chiqaruvchilar (dehqon xo'jaliklari) o'rtasidagi huquqiy-iqtisodiy hamkorlikni rag'batlantiradigan tartibga solish muhiti yaratilishi lozim. Buning natijasida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan talab etiladigan katta hajmdagi mahsulotlarni doimiy ravishda yetkazib berish imkoniyati paydo bo'ladi.

- ichki iste'mol bozorini qish-bahor mavsumida ham meva-sabzavot mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash maqsadida ularni zahiraga g'amlash, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ehtiyojini ta'minlash bo'yicha shartnoma asosida davlat buyurtmasi tizimini joriy etish lozim.

- qish-bahor mavsumida aholining arzon mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojini imtiyoz va preferensiyalar berish orqali ta'minlash tizimi yaratilishi muhimdir.

- ichki bozorni himoyalash maqsadida proteksionistik, kompensasion va dempingga qarshi choralar qo'llash tizimi joriy etilishi zarur.

- meva-sabzavotchilik mahsulotlarini qayta ishlash, logistika va eksportni qo'llab-quvvatlash maqsadida sohaga to'g'ridan-to'g'ri investisiyalarni jalb qilish, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, sifatni boshqarish tizimlari, ilmiy tadqiqotlar va xorijda mahsulotlarimizning reklamasiga e'tibor qaratilishi kerak.

- dunyoda elektron tijoratning jadal rivojlanishini hisobga olib, yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini oshirish maqsadida, qishloq xo'jaligida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash borasida yanada samarali faol choralar ko'rilishi zarur. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, klaster va kooperatsiyalar, agrologistik markazlar, qayta ishlab chiqaruvchilar, savdo tarmoqlarini o'z ichiga olgan elektron agrosanoat savdo portalini joriy etish maqsadga muvofiq.

-tarmoqqa innovasion, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, "Aqlli qishloq xo'jaligi" (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalar kompleks tizimi joriy etilishi kerak[7].

XULOSA VA TAKLIFLAR. Yuqoridagi tahlildan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, meva va sabzavotchilik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, eksport qilish hamda tayyor mahsulot holiga keltirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

- hududlar kesimida meva-sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport bo'yicha zamonaviy agroklasterlarni tashkil etish. Bunda asosan mavjud yerlardan foydalanish yaxshi samara beradi;

- innovasion nano texnologiyalarni qo'llash hamda ilmiy-tekshirish institutlari xodimlarining salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish;

-meva-sabzavot mahsulotlari asosan tayyor holda eksportga yo'naltirilayotgani tufayli iqtisodiy samara yetarli bo'lmayapti. Sohaga yangi innovasiyalar va ilmiy ishlanmalar jalb qilinsa, yanada yuqori samaradorlikka erishish mumkin;

- ho'l meva-sabzavot va tayyor mahsulot eksport qiladigan xo'jalik sub'ektlarining ishida yuzaga keladigan tashkiliy muammolarni bartaraf etish hamda imtiyozlar tizimini ishlab chiqish. Bunda davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish ijobiy ta'sir ko'rsatadi;

- meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va bir vaqtning o'zida qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi ishlab chiqarish majmualari, xoldinglar va ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari faoliyatini kengaytirish. Ushbu tarmoqning rivojlanishi natijasida yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Fikrimizcha, yuqoridagi taklif va tavsiyalar meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash tizimiga joriy etilishi sohalarning iqtisodiy samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar.

2. Бузина Т.С. Оптимизация взаимодействия участников в региональных агропромышленных кластерах / Т.С. - Иркутск: Издательство Иркутский ГАУ, 2015.

3. Ergashev, R. K., and A. D. Ravshanov. "Ways of Strategic Development and Increase of Competitiveness of Agricultural Enterprises." JournalNX, vol. 7, no. 1, 2021, pp. 99-105.

4. Rakhmatulla Khidirovich Ergashev, Elchiev Javohir Organizational and Economic Mechanisms for Improving Labor Efficiency in Service Enterprises. https://economics.academicjournal.io/index.php/economics/Vol. 7 (2021):

5. Khamraeva S. N., Alimova M. Y. Scientific and Theoretical Foundations of Social Infrastructure Development //Journal of Marketing and Emerging Economics. - 2022. - Т. 2. - №. 5. - С. 155-160.

6. KHAMRAEVA S. N., ALIMOVA M. Y. Methodological bases for assessing the level of innovative development of agriculture and its service infrastructure activities //Journal of Contemporary Issues in Business and Government. - 2021. - Т. 27. - №. 2. - С. 4062-4068.

7. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - С. 119-121.

8. Dustova M. PROBLEMS OF TRANSITION TO DISTANCE EDUCATION IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - С. 98-105.

9. Рамазонов Ш.У. Каперсы (кавар) лекарственное растение и его экономическая эффективность // Экономика и социум. 2022. №10-1 (101). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/kapersy-kavar-lekarstvennoe-rastenie-i-ego-ekonomicheskaya-effektivnost

10. ZS Shokhujaeva, AS Eshev, N O' Murodova, FS Temirova. Changes, problems and solutions in the water system in the connections of innovative economy. AIP Conference Proceedings. 2023/3/15. Стр. 050031.

11. NS Xushmatov, ZS Shoxo'Jaeva. Suv resurslarining agrar tarmoqni barqaror rivojlantirish bilan o'zaro bog'liqligini baholash. Ж.: Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2022. №3, стр.1121-1129.

12. FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //Journal of Contemporary Issues in Business and Government! Vol. - 2021. - Т. 27. - №. 2. - С. 4052.

13. FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //Journal of Contemporary Issues in Business and Government. - 2021. - Т. 2021. - С. 4052.

14. Normamatov I.B. REDUCTION OF EXTERNAL BANK CIRCULATION OF CASH AS A COMPULSORY CONDITION IN DEVELOPMENT OF PAYMENT BY CHEQUE IN COUNTRIES OF CIS // Экономика и социум. 2020. №12 (79). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/reduction-of-external-bank-circulation-of-cash-as-a-compulsory-condition-in-development-of-payment-by-cheque-in-countries-of-cis

15. Курбанов А.Б., Равшанов А.Д. РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ // Экономика и социум. 2022. №10-1 (101). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-investitsiy-v-razvitii-predprinimatelskoy-deyatelnosti (дата обращения: 24.10.2023).

16. Номазов Б.Б. О ЗАДАЧАХ МОДЕРНИЗАЦИИ НАЛОГОВОЙ СИСТЕМЫ УЗБЕКИСТАНА // Экономика и социум. 2023. №5-1 (108).

17. Номазов Б Курбанов А.Б.,. ИНВЕСТИЦИОННЫЕ ТРЕНДЫ И ПРИНЦИПЫ РЕГИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ // Экономика и социум. 2022. №10-1 (101).

18. Курбанов А.Б. РОЛЬ УСЛУГ В АГРАРНОМ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВЕ // Экономика и социум. 2023. №4-1 (107). URL: https://cyberleninka.ru/article/n7rol-uslug-v-agrarnom-predprinimatelstve (дата обращения: 24.10.2023).

19. Самиева Г. Т., Очилова М. Т. ПОВЫШЕНИЕ ПРОДУКТИВНОСТИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА И НАРАЩИВАНИЕ ОБЪЕМОВ ПРОИЗВОДСТВА В УСЛОВИЯХ СОЦИАЛЬНОЙ, ЭКОНОМИЧЕСКОЙ И ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ //Экономика и социум. - 2022. - №. 12-1 (103). - С. 895-901.

20. Самиева Г. Т., Номазов Б. УЗБЕКИСТАН НА ПУТИ К СОКРАЩЕНИЮ БЕДНОСТИ: ОПЫТ КИТАЯ //Экономика и социум. - 2022. - №. 10-1 (101). - С. 530-536.

21. Шодиев Б.Т. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ СТИМУЛИРОВАНИЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В АГРАРНЫХ ОТРАСЛЯХ // Экономика и социум. 2023. №5-1 (108). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/teoreticheskie-voprosy-stimulirovaniya-predprinimatelstva-v-agrarnyh-otraslyah

22. БУТУНОВ Ш. ВЛИЯНИЕ Макроэкономических и банковских факторов на уровень недействующих кредитов: результаты по странам снг //ECONOMICS. - Т. 3. - С. 33-42.

23. Аминов Ф.Б. ЖИЗНЕННЫЙ УРОВЕНЬ НАСЕЛЕНИЯ ПО РЕГИОНАМ УЗБЕКИСТАНА // Экономика и социум. 2023. №2 (105). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zhiznennyy-uroven-naseleniya-po-regionam-uzbekistana

24. Аминов Фазлитдин Баходирович РОЛЬ ФИНАНСОВЫХ РЕСУРСОВ В ИННОВАЦИОННОМ РАЗВИТИИ ЭКОНОМИКИ // Economics. 2022. №1 (51). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-finansovyh-resursov-v-innovatsionnom-razvitii-ekonomiki

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.