Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYANING YUZAGA KELISH TARIXI'

O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYANING YUZAGA KELISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
turkiston / tarbiya tashkilotlari / “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” / tarbiya dasturlari / Rusiy zabon / metodik xona / pedagogik maslahatlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunova Gulyora Xamitovna, M.A.Esonova

Mazkur maqolada O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelish tarixi yillar davomidagi rivojlanish ko`rsatkichlari bilan yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYANING YUZAGA KELISH TARIXI»

O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYANING YUZAGA

KELISH TARIXI

1Tursunova Gulyora Xamitovna, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 206 -sirtqi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211842

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelish tarixi yillar davomidagi rivojlanish ko 'rsatkichlari bilan yoritilgan.

Kalit so^zlar: turkiston, tarbiya tashkilotlari, "Bog'chalarni himoyalash Kengashi", tarbiya dasturlari, Rusiy zabon, metodik xona, pedagogik maslahatlar

Аннотация. В данной статье история дошкольного образования в Узбекистане освещена с показателями развития на протяжении многих лет.

Ключевые слова: туркестан, образовательные организации, «Совет по охране детских садов», образовательные программы, русский язык, методический кабинет, педагогический совет.

Abstract. In this article, the history of preschool education in Uzbekistan is highlighted with development indicators over many years.

Keywords: turkestan, educational organizations, "Council for the Protection of Kindergartens", educational programs, Russian language, methodological office, pedagogical Council.

O'zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o'tgan asrning 10-20 yillariga to'g'ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog'chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya tashkilotlari bo'lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o'sib kelayotgan avlodning sog'ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta'minlash masalalari bilan shug'ullanuvchi "Bog'chalarni himoyalash Kengashi" tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko'chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg'i, tibbiy yordam bilan ta'minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog'chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo'lgan.

Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning Eski shahrida o'zbek bolalari uchun 4-bolalar bog'chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog'chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo'lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarning 36,4 % dir. Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining ishlab chiqilishi muhim muvaffaqiyat bo'ldi. 1927 yilda boshlangan ayollarning hujum harakati munosabati bilan bolalarning bolalar bog'chasiga berish hollari yanada ko'paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga yana bir yordamchi tashkilot-yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari ta'sis e'tildi.

XX asrning 30-yillarini maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar bog'chalarining tozalik va metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga ko'ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob-uskunalar bilan ta'minlanmaganligi, tozalik me'yorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan.

Qishloqlardagi bolalar bog'chalari va maydonchalari maktabgacha tarbiya tashkilotlariga nisbatan bo'lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga duchor bo'lgan.

1930 yilda O'zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o'z bo'linmalariga ega bo'lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma'rozalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko'rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo'yicha musobaqa ham o'tkazilgan. Pedagogik maslahatlar beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog'chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo'yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan.

1933-1934 yillarda sanab o'tilgan harakatlar natijasida O'zbekistonda 3840 ta

kolxoz maydonchalari bo'lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog'chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiharish yili boldi. Rusiy zabon bolalar bog'chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan.

Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasi shunday markaz vazifasini bajardi.

Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to'siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo'lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70-yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogik o'quv yurtlari zimmasiga qo'shildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o'quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi.

Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog'chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo'lib ularda 152000 bola bor edi. Shu bilan birga bu vaqtda onalar uchun "Bolalar xonalari" nomli maktabgacha tarbiya tashkilotlari ham tuzilgan.

Shu davrda va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko'rilgan:

- joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;

- mebel, o'quv qo'llanmalari, o'yingohlarning standartlarini ishlab chiqish;

- maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e'tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k.

Urush yillari O'zbekistonga 200 ming bola ko'chirib keltirilgan va natijada bolalar bog'chalari tarmog'ining kengayishi, ularda ish kunini uzaytirish zaruriyati paydo bo'lgan. Urush yillari maktabgacha internatlar ham tashkil qilingan. Ulardagi tarbiyaning o'ziga xosligi shundan iboratki, ularda o'z oilasi, yaqinlaridan ajragan bolalar tarbiyalanishgan. Bu holda pedagoglarning har bir bola uchun mas'uliyati tabora oshib borgan.

Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari munosabati bilan kuchsizlangan bolalar uchun sog'lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi. Bu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog'chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida maktabgacha tarbiyaning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan. Bu qishloq ho'jaligi mahsulotlari, ayollar mehnatidan foydalanish zaruriyati bilan bog'liq edi. 1959 yildan maktabgacha tarbiyaning yagona tuzilishni tashkil qilish maqsadida ikki turdagi maktabgacha tarbiya tashkilotlari bitta yasli bog'chaga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi.

REFERENCES

1. Kayumova N.M. "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y

2. Qodirova F., Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova , M.Azamova , Maktabgacha Pedagogika Toshkent2019

3. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y

4. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

5. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.