Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI'

OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
936
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim / ta’lim –tarbiya jarayoni / uzluksiz ta’lim tizimi / axborot texnologiyalari / tarbiyachilar / Pre-school education / educational process / continuous education system / information technologies / teachers

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Ergasheva Barno

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu soha bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv maqolada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN

The science of preschool education pedagogy identifies the most important main pedagogical relationship causes, studies it in the pedagogical process. This field prepares future educators for educational activities in preschool educational institutions. For this reason, special attention was paid to explaining the theoretical and practical issues of preschool pedagogy in the educational article.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI»

O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY

TIZIMI Ergasheva Barno

Oriental universiteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7793394

Annotatsiya: Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o'rganadi. Ushbu soha bo'lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o'quv maqolada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e 'tibor qaratildi.

Kalitso'zlar:Maktabgacha ta'lim, ta'lim -tarbiyajarayoni, uzluksiz ta'lim tizimi, axborot texnologiyalari, tarbiyachilar,

MODERN SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN

UZBEKISTAN

Abstract: The science of preschool education pedagogy identifies the most important main pedagogical relationship causes, studies it in the pedagogical process. This field prepares future educators for educational activities in preschool educational institutions. For this reason, special attention was paid to explaining the theoretical and practical issues ofpreschool pedagogy in the educational article.

Key words: Pre-school education, educational process, continuous education system, information technologies, teachers,

СОВРЕМЕННАЯ СИСТЕМА ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация: Наука педагогика дошкольного образования выявляет важнейшие основные причины педагогического отношения, изучает его в педагогическом процессе. Данное направление готовит будущих воспитателей к образовательной деятельности в дошкольных образовательных учреждениях. По этой причине в учебной статье особое внимание уделено разъяснению теоретических и практических вопросов дошкольной педагогики.

Ключевые слова: дошкольное образование, образовательный процесс, система непрерывного образования, информационные технологии, педагоги,

KIRISH

Maktabgacha ta'lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, ma'rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim -tarbiya jarayonida ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan to'ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yo'nalishlaridan biridir[1].

Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta'lim bosqichiga e'tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha yoshdagi ta'lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish mamalakatimiz ilmiy texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlar

yo'nalishlarining bir qsmi sifatida qaralishi mumkin. Zero, ta'kidlab o'tganimizdek, uzluksiz ta'lim bosqichlarining samarali ishlashi ma'lum darajasida maktabgacha ta'lim sifata bog'liq bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo'ladi. uncha to'g'ri mazmun va yo'nalish berish pedagogika fani, ta'lim amaliyotining dolzarb muammosidir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda, ota -onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shug'ullanishadi. Ota -onalarga maktabgacha ta'lim shaklini tanlash huquqi beriladi[2].

6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim -tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilar asosiy shart hisoblanish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko'rik vazifasini o'tashini, oila yoki maktabgacha ta'lim muassasadagi ta'lim -tarbiya sharoitlarida maktab ta'limiga ozorsiz o'tkazishni ta'minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta'limiga o'tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munsoabatlarida anchayin jiddiy o'zgarishlarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta'limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo'lmagan bilim, tushuncha, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari - O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassalarining turi bo'lib, turli yo'nalishdagi maktabgacha bo'lgan davrdagi umumta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta'lim muassasasining mol-mulki va pul mablag'lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta'lim jarayoni qatnashchilari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni "O'zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida Nizom" dan olishinigiz mumkin[3].

Maktabgacha ta'lim muassasalari, faoliyat yo'nalishiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi:

• Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog'chasi, bolalar bog'chasi, uydagi bolalar bog'chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).

• Maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta' lim mussasasi (bolalar bog'chasi-maktab).

• Tarbiyalanuvchilami bir yoki bir nechta yo'nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta'lim muassasalari.

• Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi.

• Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog'lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog'lomlashtirish bog'chasi.

• Birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog'lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi)[4].

Maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo'lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta'lim sifat va darajasiga bo'lgan talablari, nizom, maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta'sischilar tomonidan belgilanadi.

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil qilingan bo'lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta'limni boshqarish va sog'liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. MUHOKAMA

Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag'lari, maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv-ta'lim va sog'lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta'lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta'lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to'liq ma'lumotlar "Maxsus davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risidagi Nizom" da ko'rsatilgan.

Maktabgacha ta'lim, olinish shakli va usullaridan qat'iy nazar, quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi:

Maktabgacha ta'lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg'iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi[5].

✓ Maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta' lim mussasasi (bolalar bog'chasi-maktab).

✓ Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo'nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta'lim muassasalari.

✓ Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi.

✓ Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog'lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog'lomlashtirish bog'chasi.

✓ Birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog'lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi).

✓ Bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;

✓ Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste'dodlarini rivojlantirish;

✓ Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;

✓ Bolalarda yuqori ma'naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;

✓ Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini mustahkamlash. XULOSA

Maktabgacha ta'lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg'iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Adabiyotlar

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim -tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari. T., O'z.PFITI, 2000y. Tuzuvchilar M.Rasulova, X.Abduraxmonova va boshqalar.

2. Bolalarni maktabga o'qishga tayyorlash. T.: O'z.PFITI. 1997y

3. Maktabgacha ta'lim davlat standarti O'z.PFITI., T.: 1995y

4. "Bolajon" tayanch dasturi. T.: 2010 y

5. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'limga qo'yilgan Davlat talblari. T.: 2000y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.