ZAMONAVIY SHAROITDA MAKTABGACHA TALIMNI VAZIFALARI HAMDA UNI RIVOJLANTIRISHDA ILGOR XORIJ TEXNOLOGIYALARINI QOLLASH
1Maloxat Esonova Akilovna, 2Jo'rayeva Shaxloxon Rashidxon qizi
1Qo,qon davlat pedagogika instituti dotsenti, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11205033 Annotatsiya. Maqolada Maktabgacha ta'lim tizimini oldiga qoygan vazifalari, maktabgacha talim tizimida xorij texnologiyalarining ahamiyati hamda maktabgacha ta'lim tizimiga xorij texnologiyalarini qollash haqida bayon etilgan.
Kalit so^zlar: maktabgacha talim tizimi, talim-tarbiya, xorij texnologiyalari, nazariya hamda amaliyot, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya talim tizimi.
Аннотация. В статье описаны задачи системы дошкольного образования, значение иностранных технологий в системе дошкольного образования, а также применение иностранных технологий в системе дошкольного образования.
Ключевые слова: система дошкольного образования, образование, зарубежные технологии, теория и практика, система образования Японии, Германии, Великобритании.
Abstract. The article describes the tasks of the preschool education system, the importance of foreign technologies in the preschool education system, and the application of foreign technologies to the preschool education system.
Keywords: pre-school education system, education, foreign technologies, theory and practice, Japan, Germany, Great Britain education system.
Respublikamizda o'sib borayotgan yosh avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik hamda jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko'rib chiqishni shuningdek, maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni va bunda ilg'or xorij texnologiyalarini qo'llashni talab qiladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, bolalarning rivojlanganligi darajasini hamda ularning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishlarini baholash asosida amalga oshirilishi kerak. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyida berilganlar nazarda tutiladi:
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini, hamda bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorlik darajasini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va uni joriy etish;
-maktabgacha ta'lim tizimining muqobil shakllari uchun yangi o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va uni amaliyotda joriy etish;
-"Ilk qadam" davlat o'quv dasturini kengroq talqinda joriy etish;
-tarbiyalanuvchilarning kartochkalar, tarqatma hamda sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o'rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
-rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo'lgan bolalar ta'limining yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta'lim, eng yangi reabilitatsiya hamda abilitatsiya
usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta lim umumiy tizimining integratsiyalashuviga ko'maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta'lim yo'nalishlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
-maktabgacha talim tizimida fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish;
- mashg'ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini hamda ularning ketma-ketligini aniqlash uchun o'quv rejalari va ta'lim dasturlarini optimallashtirish;
- yosh avlodni sog'lom turmush tarzini yuritishga o'rgatish, gimnastika va faol o'yinlar bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg'ulotlari hamda sportga qiziqish uyg'otishni shakllantirish, jismonan sog'lom va yetuk o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya, shuningdek, talim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o'qitish asoslarini amaliyotga joriy etish;
-bolaning kelgusida o'zini o'zi muvaffaqiyatini namoyon etishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko'nikmalarini rivojlantirish;
- maktabgacha ta lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta lim xizmatlari turlarini: pullik ta'lim xizmatlari yoki qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
-maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasida eng ilg'or xalqaro xorij tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ularni amaliyotga joriy etish maqsadida xorijiy mamlakatlariga o'quv safarlarini tashkil etish;
-xalqaro talablarga javob beradigan yagona ko'p darajali uzluksiz talim tizimini tashkil
etish;
-talim va amaliyotni integratsiyalashtirgan holda xalqaro ta'lim standartlari, o'quv-metodik reja hamda dasturlar, interaktiv va muammoli-vaziyatli o'qitish usullari va treninglari, ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tashkil etish va amaliyotda qo'llash;
-xorij mamlakatlarining yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish va maktabgacha ta'lim sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasida ularning filiallarini ochish;
-tajriba almashish, ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug'ullanuvchi ta'lim va ilmiy-tadqiqot, shuningdek, xorij mamlakatlarining muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish.
Bu vazifalarni amalda oshirish uchun bir nechta xorij davlatlarining Maktabgacha ta'lim tizimini ko'rib chiqamiz va bu tajribalardan milliy qadriyatlarimizga mos keladiganlarini amaliyotga tatbiq qilishimiz mumkin.
YAPONIYA Maktabgacha ta'lim tizimida bolalar bog'chalari va imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktablar bor. Yaponiya maktabgacha ta'limida bolalarni bog'chalari bolalarni 6yoshgacha bo'lgan davrdac qabul qiladi, lekin hech qanday ta'lim bermaydi. Shu bois ham bolalar bog' chalari rasmiy ta' lim tizimidan tashqarida, shuningdek, barcha ta' lim tashkilotlari kabi Madaniyat va ta'lim vazirligiga emas, balki farovonlik va mehnat vazirligiga bo'ysunadi. Bolalar bog'chalari bolalarni 3yoshdan 6yoshgacha bo'lgan davrda boshlang'ich maktabga tayyorlaydi. Bolalar bog'chalarida bolalarni forma kiyishlari majburuydir. Ba'zi bir bolalar bog'chalari maktablar yoki unversitetlar bilan bog'langan bo'ladi.
Yaponiyada maktabgacha ta'limga kata e'tibor qaratiladi. Chunki psixologlarning aytishicha, 7yoshgacha inson bilimlarni 70%ini, qolgan 30%ini esa qolgan butun umri mobaynida
o'zlashtirib borar ekan. Maktabgacha tarbiya, eng avvalo, oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi darajada turadi. Ko'pchilik yapon ayollarining ta'kidlashlaricha, bola tarbiyasi- ular hayotining maqsadlaridan biridir. Yaponiyada tarbiyachilar bolalarni kichik guruhlarga, ya'ni «xanDlarga bo'lib o'qitishlari tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bu tarzda o'qitish bolalarda jamoa bo'lib ishlashga, qaror qabul qilishga, o'zgalar fikrini xurmat qilishga, guruh a'zolarini barchasini tashabbuskor bo'lishga o'rgatadi.
BUYUK BRITANIYA Maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim berish o'rganilayotgan predmet yoki tarbiyachiga emas, balki bolaga qaratiladi. Bu yondashuvning rivojiga Russo, Frebel va Montessori hissa qo'shganlar. Bu olimlar bolaning individualligini rivojlantirish va ularning mustaqilligini himoya qilish zarur, deb hisoblaganlar. Maktabgacha tarbiyaning eng asosiy maqsadlari: har bir bolaning extiyoji, hamda uning manfaatlarini qondirish va bolalar o'rtasidagi farqlarni xurmat qilishdan iborat.
Ingliz Maktabgacha ta'lim sohasidagi deyarli barcha tarbiyachilar bolalarning ham rivojlanishi, ham ruhiy shakllanishi darajasini diagnostikasi uchun mazmunli-rolli o'yinlar, rasm chizish hamda narsalar yasash usulidan foydalanish lozim, deb hisoblaydilar. Amalda ingliz Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amaldagi til va matematika mashg'ulotlaridan tashqari, suv, qum bilan o'yinlar harakatli o'yinlar bilan tadqiqot faoliyatiga juda katta ahamiyat beradilar. Buyuk Britaniya Maktabgacha ta'lim o'quv rejasida 4-5 yoshdagi bolalar rivojlanishining 6yo'nalishidagi aniq ko'nikma va bilimlari belgilandi. Bular: shaxsiyatlik, ijtimoiy-emotsional, kommunikativ, xabardorlik, matematik, jismonan va ijodiy. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'proq o'ynashlari kerak, ammo adabiyot va matematikani bilish talablari shunchalik yuqoriki, o'yin uchun vaqt qolmaydi. Xususan, savodxonlik borasida 5yoshlik bola quyidagilarni bilishi kerak: so'z boshi va oxiridagi tovushlarni aniqlay olishi, tovush hamda harflarni ajrata bilishi, alifbodagi barcha harflarni ayta olishi, oddiy so'zlar hamda gaplarni o'qiy olishi, o'z ismini yoza olishi va oxirgisi oddiy so'zlarni yozishda fonetika bilimlaridan foydalana olish.
Bunday maqsadlar yuqori texnologiyali dasturlar yaratilishiga hamda har bir mashg'ulot uchun pedagog tarbiyachi tomonidan anniq harakatlar ketma-ketligi va ulardan olinadigan natijalar yuqori bo'lishiga sabab bo'ladi.
GERMANIYA Maktabgacha ta'lim tizimida ota-onalar bolalarini 4 oyligidanoq yasliga olib borishlari mumkin. Chunki nemislarda buva hamda buvilar nevaralarini qarash majburiyati degan tushuncha yo'q.
Germaniyada Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rang-barang shakllari hamda xayratlanarli turlari ko'p. Eng qiziqarli Maktabgacha ta'lim tashkilotlari, ya'ni bolalar bog'chalari quyidagicha bo'ladi:
1. Waldkindergarten, ya'ni nemischa, wald-o'rmon, kindergarten- bolalar bog'chasi degan ma'noni bildiradi. Bu turdagi bolalar bog'chasini yaratish Skandinaviyada boshlangan. Deyarli ko'p hollarda bunday bog'chalar o'rmonda joylashgan bo'ladi. Bolalar doimo ochiq, toza havoda bo'ladilar, hamda daraxtlar va turli xildagi o'simliklarni o'rganadilar, tabiiy materiallardan turli xildagi narsalar yasashni o'rganadilar. Bu orqali bolalarga tabiatni sevish va uni asrab-avaylash o'rgatiladi.
2. Bauernhofkindergarten, ya'ni nemischa bauernhof- dehqon hovlisi, kindergarten-boalar bog'chasi degan ma'noni bildiradi. Bu turdagi bolalar bog'chasi dehqon xo'jaliklarida, fermalar yokida ularga yaqinroq joylarda joylashgan bo'ladi. Bolalar o'z kuchlari yetgunicha fermerlarga uy hayvonlarini boqishda, dala va bog'larda sabzavot hamda mevalarni o'stirishda yordam beradilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bolani barkamol, komil shaxs bo'lib yetishi barcha davlatlarning eng asosiy vazifalaridan biridir. Biz Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning maktabgacha ta'lim tizimi bilan tanishib chiqdik. Biz sharqona an'analarimizga mos keladigan ilg'or zamonaviy texnologiyalarni maktabgacha ta'lim sohasida qo'llashimiz mumkin.
REFERENCES
1. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi Toshkent-2022.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi".
3. Xasanboeva O. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. O'quv qo'llanma. 2007 yil.
4. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma. Toshkent-2022.