Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA: TURKIYA DAVLATIDA MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MISOLIDA'

MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA: TURKIYA DAVLATIDA MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
89
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
implementatsiya / inson kapitali / mexanizm / «Erta bolalik taʼlimi» / “Bolalar bogʻi” / Anaokulu / İlköğretim / Lisans / Lisansüstü. / implementation / human capital / mechanism / “Preschool education (PSE)” / “Kindergarten” / kindergarten / primary school / bachelor’s degree / postgraduate studies

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Murodava Aziza Baxtiyorovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini xorij davlatlardagi ilg'or tajribalar aynan Turkiya Respublikasi misolida qiyosiy tahlil asosida o'rganilgan. Shuningdek maktabgacha ta'lim va tarbiyaga oid Turkiya tajribasini o'rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar o‘rganilgan. Uning metodologik asoslari haqida aniq fikrlar bayoni keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL EDUCATION: AN EXAMPLE OF REFORMS IN THE FIELD OF PRESCHOOL EDUCATION IN TURKEY

In this article, based on a comparative analysis, in particular using the example of the Republic of Turkey, the best practices of the preschool education and upbringing system in foreign countries are studied. Research conducted on the Turkish experience of early childhood education and care was also examined. A statement of clear ideas about its methodological foundations is given

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA: TURKIYA DAVLATIDA MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MISOLIDA»

Murodava Aziza Baxtiyorovna,

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

MAKTABGACHA TA LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA: TURKIYA DAVLATIDA MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MISOLIDA

UO'K: 373.2

DOI: 10.34920/SO/VOL_2024_ISSUE_1_7

MURODAVA A.B. MAKTABGACHA TA LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA: TURKIYA DAVLATIDA MAKTABGACHA TALIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR MISOLIDA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini xorij davlatlardagi ilg'or tajribalar aynan Turkiya Respublikasi misolida qiyosiy tahlil asosida o'rganilgan. Shuningdek maktabgacha ta'lim va tarbiyaga oid Turkiya tajribasini o'rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar o'rganilgan. Uning metodologik asoslari haqida aniq fikrlar bayoni keltirilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: implementatsiya, inson kapitali, mexanizm, «Erta bolalik ta'limi», "Bolalar bog'i", Anaokulu, ilkogretim, Lisans, Lisansustu.

муродава а.б. международный опыт развития дошкольного образования: пример реформ в сфере дошкольного образования турции

В данной статье на основе сравнительного анализа, в частности, на примере Турецкой Республики, изучены лучшие практики системы дошкольного образования и воспитания в зарубежных странах. Также были изучены исследования, проведенные на турецком опыте дошкольного образования и воспитания. Дается изложение четких представлений о ее методологических основах.

Ключевые слова и понятия: реализация, человеческий капитал, механизм, «Дошкольное образование», «Детский сад», детский сад, начальная школа, бакалавриат, аспирантура.

MURODAVA A.B. INTERNATIONAL EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL EDUCATION: AN EXAMPLE OF REFORMS IN THE FIELD OF PRESCHOOL EDUCATION IN TURKEY

In this article, based on a comparative analysis, in particular using the example of the Republic of Turkey, the best practices of the preschool education and upbringing system in foreign countries are studied. Research conducted on the Turkish experience of early childhood education and care was also examined. A statement of clear ideas about its methodological foundations is given.

Key words and concepts: implementation, human capital, mechanism, "Preschool education (PSE)", "Kindergarten", kindergarten, primary school, bachelor's degree, postgraduate studies.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

Kirish. Har zamonlarda davlat rivojlan-ishida ta'lim tizimi oliy ahamiyat kasb etishi, bugungi kundagi rivojlangan davlatlar misolida ko'rishimiz mumkin. Xalqni savodini chiqarish, qanday ta'lim berish masalasi XXI asrda ham o'z dolzarbligicha qolmoqda. Xususan, rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish va uni Respublikaga joriy qilishda implementatsiya1 masalasiga e'tibor qaratish lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2G17-yil 9-sentya-brdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-son Qarorida ko'rsatilgan "maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg'un rivojlantirish sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini qayta ko'rib chiqish" masalasi mavzu dolzarbligini ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'zining "Yangi O'zbekiston strategiyasi"2 kitobida bu masalani inson kapitali tushunchasi bilan bog'laydi. Ya'ni, rivojlangan mamlakatlarda ta'limning to'liq sik-liga investitsiya kiritishga, ya'ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e'tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miq-dorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko'rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart deb, yozadi davlatimiz rahbari. Demak, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon-lari va Qarorlari hamda asarlari va ma'ruzalarida belgilangan vazifalar metodologik asos sifatida xizmat qiladi.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimida xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish yuzasidan alohida adabiyotlar, tadqiqot ishlari juda kam, bu boradagi manbalarning faqat-gina elektron resurslari mavjud bo'lib, ularni ham internetning turli veb-saytlaridan topib, tarjima qilib o'rganish mumkin. O'tgan 2G22 yilda Toshkent shahrida kichik yoshdagi bola-larni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masala-lari bo'yicha jahon konferensiyasida so'zlagan

1 Amalga oshirish (angl. — «amalga oshirish», realizatsiya). Материал из Википедии — свободной энциклопедии.

2 Sh.Mirziyoev Yangi O'zbekiston strategiyasi. T:. "O'zbekiston" nashriyoti, 2G21. - 464 b.

nutqida «Biz yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo'lg'usi Renessansn-ing to'rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o'qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz»3, - dedi O'zbekiston Respublikasi Presidenti Shavkat Miromonovich Mirziy-oyev. Nutqi davomida ilgari yurtimizda maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichi 27 foizga tushib qolganligini, bolalar bog'chalarida zamonaviy qo'llanmalar yo'qligi, binolari ta'mirtalab ekanligini ta'kidlab, nutqining avval-ida soha bo'yicha dunyodagi vaziyatga to'xtalib, millionlab bolalarning boshlang'ich bilim olish imkoniyati cheklangani, mutaxassislar birga-lashib, maktabgacha ta'lim qamrovini oshirishi muhimligi bildirildi. O'zbekistonda «inson qadri, uning huquq va manfaatlari - oliy qadriyat» degan tamoyil asosida aholi uchun munosib tur-mush sharoitlari yaratilayotgani ta'kidlandi.

Binobarin, rivojlanishining muhim omillaridan biri, albatta, ta'lim tizimi hisoblanib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida ham belgilab berilgan4.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimida mavjud muammolarni borligini hisobga olib, xorijiy tajribalarni o'rganish orqali yechim va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunda dol-zarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili. Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishda rivojlangan davlatlar tajribasini o'rgangan M.A.Fayziyev5, B.E.Parmonov6, I.G'.

3 Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalari bo'yicha jahon konferensiyasida so'zlangan nutq. 15.11.2022 y.

4 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi "O'zbekiston", 2023. - 80 b.

5 Xorijiy tajribalardan maktabgacha ta'lim tizimida foydalanish. FAN, TA'LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI. ISSN:2181-1776(E). SJIF2023: 6.907.

6 Parmonov B.E. (2018) Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning psixologik jihatlari. —Science and Education^ Scientific Journal. 339-351 -betlar.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

Mamajonov va R.Mamatovlar1, M.X.Qilichova2 va boshqalar o'rganganlar. Mazkur izlanishlarda aynan Turkiya Respublikasining Maktabgacha ta'limini (Anaokulu) boshqaruvi o'rganilmagan.

Maqolaning ilmiy yangiligi. Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishdagi xorijiy tajriba aynan Turkiya davlati misolida yetarli darajada o'rganilmagan.

Tadqiqotning maqsadi. Turkiyadagi maktabgacha ta'lim tizimini o'rganib, bolalarning rivo-jlanishidagi ahamiyatini ta'kidlash, u yerdagi ta'lim nima uchun va qanday ekanligini tushunti-rish orqali maktabgacha ta'limni qo'llab-quvvat-lash edi.

Tadqiqotning obyekti sifatida. Turkiya dav-latining maktabgacha ta'lim tizimini boshqarish mexanizmlarini o'rganish.

Tadqiqotning empirik manbasi. Turiya dav-latining maktabgacha ta'lim tizimi hujjatlarni tekshirish usuli yordamida ma'lumot to'plangan.

Asosiy qism.

Har qanday davlat rivojlanishining muhim omillaridan biri ta'lim tizimi hisoblanadi. "Maktabgacha ta'lim" tushunchasi xalq tomonidan hali boshlang'ich ta'limni boshlamagan bolalarning ta'lim muassasasida oladigan ta'lim-tarbiyasi sifatida belgilanadi. Ushbu ta'rifda kamchiliklar mavjud bo'lsada, 0 - 6 yoshli bolalarning rivo-jlanishini ta'minlashga qaratilgan tizimli tashkil etilgan va rejalashtirilgan barcha turdagi ta'lim faoliyati «maktabgacha ta'lim» deb ataladi. Turkiya davlatining so'nggi yillarida an'anaviy maktabgacha ta'lim tushunchasi o'rniga «erta bolalik ta'limi (ECE)»3 atamasi qo'llanila bosh-landi. Turkiyda ta'lim tizimi zamonaviy standart-larga to'liq javob berishi bilan bir qatorda, o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Turkiyada bepul majburiy o'rta ta'lim joriy qilingan. Milliy ta'lim tizimi 3 qism (asosiy ta'lim, yordamchi ta'lim -kurslar va ochiq, ya'ni sirtqi ta'lim)dan iborat. Asosiy ta'lim maktabgacha tarbiya, boshlang'ich,

1 Mamajonov I.G'., Mamatov R.(2017) Germaniya davlati ta'lim tizimi. «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali. №6.

2 M.X.Qilichova. "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning xorijiy davlatlardagi ilg'or tajribasi". Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89. 739 b.

3 Prof. Dr. Mahmut Uzer. Okul Uncesi egitimin Turkiye'de gelisimi ve esitsizlikleri azaltmadaki rolu. Kabul Tarihi: 19.03.2021

o'rta va oliy ta'lim muassasalarini o'z ichiga oladi4. Turkiyada 1915 yilda Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom nashr etildi va natijada katta shaharlarda maktabgacha ta'lim muassasalari soni ko'paydi5.

Erta bolalik davridagi ta'limni bolaning omon qolishi, o'sishi, rivojlanishi va g'amxo'rligi bilan bog'liq bo'lgan barcha ishlar sifatida belgilash mumkin. Agar tarixga nazar solsak, Turkiyada maktabgacha ta'limning rivojlanishini ikki asosiy davrda ko'rib chiqish mumkin6: 1) Imperiya davri 2) Respublika davri. Usmonli imperiyasi davrida maktabgacha ta'lim muassasalari bo'lmasada, bu yoshdagi bolalarni tarbiyalashni o'z zimmasiga olgan muassasalar ham bor edi. Bular o'sha dav-rga xos bo'lgan boshlang'ich ta'lim muassasalarini «boshlang'ich maktablar, islohot maktablari va daruleytamlar"7 deb ta'riflangan. Turkiyada Sibyan mahalla maktablar bo'lib, u yerda Qur'on o'qish, hisob-kitob va biroz yozishni o'rgatadigan boshlang'ich ta'lim muassasalari hisoblanar edi8. Yana bir qiziq jihatni aytib o'tish joizki Rasmiy maktabgacha ta'lim muassasalari Bolqon urushlaridan keyin tashkil etilgan va keng tarqaldi, maktabgacha ta'lim muassasalari uchun ayol o'qituvchilar tayyorlanmagan, turk maktablarida arman va yahudiy o'qituvchilar ish-lagan va ular maktablardagi barcha ishlarni o'z zimmalariga olganlar9.

Lekin ba'zi ota-onalar kichik bolalarini bu joyga yuborishgan. Manbalar shuni ko'rsatadiki, bog'cha yoshidagi bolalar urushda oilasini yo'qotgan bolalar joylashtirilgan muassasalarga qabul qilingan. (Akyüz, 1996). Imperiyaning turli viloyatlarida maktabgacha ta'lim muassasalarin-ing ochilishi, Konstitutsiyaviy monarxiyadan old-ingi davrlarga to'g'ri keladi. Ma'lumki, xususiy bolalar bog'chalari 1908-yil 23-iyulgacha ba'zi

4 Prof. Dr. Mahmut Uzer. Okul Uncesi egitimin Turkiye'de gelisimi ve esitsizlikleri azaltmadaki rolu. Kabul Tarihi: 19.03.2021

5 Süleyman Göksoy. Pre-School Educational Process of Turkey. Open Journal of Social Sciences, 2017, 5, 73-83

6 Prof. Dr. Mahmut Uzer. Okul Uncesi egitimin Turkiye'de gelisimi ve esitsizlikleri azaltmadaki rolu. Kabul Tarihi: 19.03.2021

7 "Yetimlar uyi" degan ma'no beradi.

8 Prof. Dr. Mahmut Uzer. Okul Uncesi egitimin Turkiye'de gelisimi ve esitsizlikleri azaltmadaki rolu. Kabul Tarihi: 19.03.2021

9 Süleyman Göksoy. Pre-School Educational Process of Turkey. Open Journal of Social Sciences, 2017, 5, 73-83

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

viloyatlarda va Istanbulda ochilgan (Akyüz, 1996; Öztürk, 1998). Mashhur pedagog Sati Bey Istanbul, Beyazitda xususiy bolalar bog'chasi ochdi (Akyüz, 1996). Pedagog Kazim Nami Duru Kon-stitutsiyaviy monarxiya davrida Avstriya-Ven-griyaga borib, «Bolalar bog'i» o'qituvchilarini tayyorlaydigan maktablarni ziyorat qildi va qaytib kelganida Salonikida bolalar bog'chasi sinfini ochdi (Oqtay, 1999). Bu maktablar hozirgi maktabgacha ta'lim muassasalariga yaqin ta'lim maskani hisoblanardi. Bolqon urushlari bu tad-qiqotlarga katta xalaqit berdi, ammo baribir

1913-17 yillar orasida imperiya chegaralar-ida rasmiy bolalar bog'chalari ochildi. Bu dav-rda xususiy va davlat bog'chalarida malakali o'qituvchilarning kamligi muammosi qiynardi.

1913-yil 6-oktyabrda «Tedrisat-i iptidaiye Hukuk Muvakkat» (Boshlang'ich ta'lim muvaqqat qonuni) nashr etildi. Ushbu qonunning 3-mod-dasida bolalar bog'chalari va boshlang'ich maktablar boshlang'ich ta'lim muassasalari qat-origa kiritilgan. Uning 4-moddasida bolalar bog'chalari va boshlang'ich sinflar quyidagicha ta'riflangan: "Bolalarning yoshiga mos ravishda foydali o'yinlar, ekskursiyalar, qo'l san'atlari, madhiyalar, vatanparvarlik she'rlari, tabiat bilim-lari haqidagi chiqishlar bilan ularning ma'naviy va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muas-sasalardir". Qonunda 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bolalar bog'chalari tashkil etilishi ko'rsatilgan va bu maktablar uchun nizom tayyorlash ham nazarda tutilgan (Akyüz, 1996).

1914-yilda Maorif vazirligi byudjeti tuzilayot-gan bir paytda "Bolalar bog'i" deb nomlangan bolalar bog'chalarini ochish uchun mablag' ajra-tilgan. O'sha yili Fotih Istanbulda, Shehremini, Sultanahmet, Eyüp, Nishantashi, Kasimpasha, Üsküdar va Kadiko'yda jami 10 ta maktab ochilishi rejalashtirilgan (Akyüz, 1996). Ushbu maktablarning ochilishi sabablariga nazar tash-laydigan bo'lsak, oilalardagi ta'lim-tarbiya kamchiliklarini bartaraf etish, kelishmovchiliklarni kamaytirish maqsadida Turkiya davlati tomoni-dan bog'chalarni kengaytirish maqsad qilingan. Bu esa bugungi kunda Turkiya Respublikasining Milliy ta'limning asosiy qonunida (Oqtay, 1999a) «imkoniyatlar tengligi» tamoyiliga ham mos kel-adi.

Turkiya Respublikasi davrida yosh respub-lika yangi tipdagi fuqaroni yaratishga harakat qilar ekan, uning mablag'larining katta qismi

boshlang'ich ta'lim maktabini rivojlantirishga sarflangan, shuning uchun maktabgacha ta'lim oilalar zimmasiga yuklangan. (Oqtay, 1983a-b). 1925-yil 25-oktabr va 1930-yil 29-yanvarda e'lon qilingan ikkita sirkulyar bilan vazirlikning byud-jet imkoniyatlarini bog'chalardan boshlang'ich ta'limga o'tkazish kerakligi haqidagi fikri maktablarga yetkazildi va shundan so'ng viloy-atlarda ilgari ochilgan bolalar bog'chalari ochildi va tez orada yopildi (Ergin, 1977). Ammo maz-kur sikulyarda "Bog'chalar faqat byudjeti arzon viloyatlarda, zavod va qishloq xo'jaligida ish-laydigan, ish vaqtida farzandini olib beradigan hech kimi bo'lmagan onalar yashaydigan joy-larda ochilishi mumkin" degan qoida borligi sab-abli Istanbulda ishlaydigan kambag'al ayollar o'z farzandlarini tashlab ketishlari mumkin bo'lgan bolalar bog'chalargina ochildi. 1932-yilda Istanbul munitsipalitetiyani o'zini o'zi idora qiluvchi jamoa tomonidan 3-7 yoshli, beva va kambag'al ayollarning bolalarini ko'ngil ochish, kiyintirish, ovqatlantirish va mashaqqatli mehnat bilan kun kechirayotgan oila farzandlari uchun bolalar bog'chasi ochildi (O'qtay, 1983b). 1930-yillardan keyin ayollarning ish bilan bandligi va urbani-zatsiya bilan ishlaydigan onalarning bolalariga qarash muammosi, 1917-yilda tashkil etilgan Bolalarni himoya qilish agentligini (Himoye-i Etfal Jamiyati) kunduzgi parvarish markazlarini ochishga majbur qildi. Himoye-i Etfal jamiya-tining 1934-1935-yillarda Istanbul va Bursada ochilgan uchta bolalar bog'chasi o'z faoliya-tini davom ettirdi va Anqara shahrida kunduzgi bolalar bog'chasining (yasli) o'rnatilishi bosh-landi. Turkiyaning katta shaharlarida bolalar bog'chalarini ochish zarurati kundan-kunga ko'payganligi sababli, bolalar bog'chalarini ko'paytirishda muhim tendensiya kuzatilmoqda1. 1938-1939-yillardagi umumiy kongresslardan keyin qilingan o'zgarishlar natijasida 1942-yilda nashr etilgan Turkiya Bolalarni himoya qilish agentligi Konstitutsiyasining 2-moddasining B bandida «mehmonxonalar va kunduzgi marka-zlar» tashkil etilishi muassasaning vazifalari qat-origa kiradi. Kunduzgi markazlar -ishga borgan ayollar ertalab bolalarini qoldirib, kechqurun olib ketishadi. Bu markaz ikki qismdan iborat bo'lib, chaqaloqlar va ko'krak bolalari va mus-taqil bolalar uchun mo'ljallangan. Kunduzgi

1 www.shcek.gov.tr.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

markazlarga 2-3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan, onalari yolg'iz ishga ketadigan, muassasa mos bo'lsa, bir haftadan yetti yoshgacha bo'lgan sog'lom bolalar qabul qilinadi1.

Shu tariqa 1930-yilda uchta kunduzgi par-varishlash markazlari bilan boshlangan Bolalarni himoya qilish agentligining ishi keyingi yillarda tobora kuchayib bordi. Muassasadagi kunduzgi markazlar soni 1935-yilda 8 taga, 1937-yilda 10 taga, 1940-yilda 24 taga, 1945-yilda 25 taga yetdi. 1960-yillardan so'ng ko'plab dav-lat muassasa va tashkilotlari tomonidan bola-lar bog'chalari tashkil etilishi va xususiy bola-lar bog'chalarining ko'payishi bilan Bolalarni himoya qilish agentligining bu xizmatlari susayib ketdi. 1980-yil ma'lumotlariga ko'ra, muassasadagi bolalar bog'chalari soni 8 tani tashkil etdi (www.shcek.gov.tr, 2006). 1952-yilda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bolalar bog'chasi ta'lim das-turi va bu maktablar uchun o'qituvchilar tayyor-lash bo'yicha turli xil nizomlar tayyorlandi. 1961 -yilda kuchga kirgan 222-sonli "Boshlang'ich ta'lim va ta'lim to'g'risida"gi qonunning 6-mod-dasida maktabgacha ta'lim muassasalari ixtiyoriy boshlang'ich ta'lim muassasalari qatoriga kiri-tilgan. 1962-yil 16-iyunda e'lon qilingan «Bolalar bog'chalari va sinflari to'g'risidagi Nizom»da maktablar va sinflarning maqsadlari, ularni tashkil etish sharoitlari, ularni boshqarish va bu maktablarga qabul qilinadigan o'quvchilarning xususiyatlari hujjatlarda ko'rib chiqildi (Yangin, 1991; Barkchin, 1991). Maktabgacha ta'limning ko'lami, maqsadi, vazifalari va tashkil etilishi 1973-yil 14-iyunda qabul qilingan 1739-sonli «Milliy ta'limning asosiy qonuni» da Rasmiy ta'lim sarlavhasi ostida kiritilgan2.

1977-yilda Boshlang'ich ta'lim Bosh boshqar-masi qoshida birinchi marta "Maktabgacha ta'lim bo'limi" tashkil etildi (Yangin, 1991). 1992-yil 12-maydagi 21226-sonli Rasmiy gazetada chop etilgan Milliy ta'lim vazirligining tashkil etilishi va vazifalari to'g'risidagi 3797-sonli qonun bilan «Maktabgacha ta'lim Bosh boshqarmasi»tashkil etildi (Yilmaz, 1992; Konakli, 1992) va 1992-yil 2-iyulda (Ate§), 1993-yilda ishga tushdi. 1983-yil 25-mayda qabul qilingan 2828-sonli qonun bilan Sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam vazirligiga qarashli «Ijtimoiy xizmatlar va bolalarni himoya qilish agentligi (ShÇEK)» tashkil etildi va ijti-

moiy xizmatlarni yagona tom ostida to'plash yo'lida muhim qadam tashlandi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ochilgan xususiy bolalar bog'chalari va bolalar bog'chalari 1983-yil 29-dekabrda kuchga kirgan «Xususiy bola-lar bog'chalari va bolalar bog'chalarini tashkil etish va faoliyat yuritish tamoyillari to'g'risida»gi Nizomga muvofiq ochiladi va ishlaydi. Bundan tashqari, ishlaydigan onalarning mehnat faoli-yatida yanada samarali bo'lishlari uchun dav-lat muassasalari va tashkilotlari tarkibida bola-lar bog'chalari va bolalar bog'chalarini ochish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Milliy ta'lim kengashida ilk bor muhokama qilinib, oilalarning burchlari, demokratlash-tirish jarayonida nimalar qilish kerakligi haqida quyidagi fikrlar bildirildi: "Kitobxonlik yoshiga yetmagan kichkintoylarni tarbiyalash": Yangi avlodni mamlakatimiz kirib kelgan demokratik hayot ruhi va xohish-istaklariga moslab voyaga yetkazish onaning bag'ridan boshlanadi. Chunki bola tug'ilgandan boshlab o'z muhitidan olgan har bir taassuroti uning xarakterining ma'lum bir shakl olishiga ta'sir qiladi. Inson xarakterining poydevori ayniqsa bolalik davrida qo'yiladi". Milliy ta'lim kengashida (18-22-iyul 1988-yil) qilingan bo'lib, bolalar bog'chasi 48-72 oylik bola-larning ta'limini, bog'cha esa 60-72 oylik bola-larning ta'limini qamrab olganligi ta'kidlangan.

Respublika davrida, 1990-yillargacha bo'lgan davrda maktabgacha ta'limning rivojlanishi (olt-mish yil) quyidagicha. 1932-33 va 1991-92 o'quv yillari orasida maktabgacha ta'lim muassasalari soni 92 tadan 4360 taga ko'paydi; jami tarbiya-lanuvchilar soni 3895 dan 131 023 gacha, Tarbi-yachilar soni 32 dan 7763 taga ko'paydi3.

Ta'lim strukturasi (tuzilishi) 6 bosqichni o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'limdan tortib to ilmiy darajagacha. Ushbu bosqichlarning bar-chasi ham majburiy emas. Demak, ta'lim tizimi quyidagi tuzilishga ega:

Maktabgacha ta'lim (Anaokulu) - bog'cha 1 yoshdan 3 yoshgacha va maktabga tayyorlov 3 yoshdan 5 yoshgacha.

Boshlang'ich ta'lim (ilkógretim) - 4 yil boshlang'ich maktab va 4 yil o'rta maktab.

O'rta ta'lim (Ortaógretim (Lise)) - 4 yillik ta'lim.

1 www.shcek.gov.tr.

2 www.meb.gov.tr.

3 Suleyman Goksoy. Pre-School Educational Process of Turkey. Open Journal of Social Sciences, 2017, 5, 73-83

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

Qo'shimcha proffesional ta'lim: kollek/texni-kum/kasb-hunar maktablari (Meslek Yükse-kokulu (Ön Lisans) - 2 yillik ta'lim, oliygohga o'qishni ko'chirish imkoniyati mavjud.

Oliy ta'lim/Universitetlar (Lisans) - 4 yillik ta'lim.

Darajalar (Lisansüstü) - magistr/doktor. Turiya Respublikasining Maktabgacha ta'limi Davlat ta'lim dasturiga qo'shimcha bo'lgan maktabgacha ta'lim 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Biroq juda yosh bolalarni ham qabul qiladigan muassas-alar mavjud. Bolalar tarbiyalanishni (o'qishni) "yasli"da yoki bolalar bog'chasida boshlashi va tayyorgarlik sinfida davom ettirishi mumkin.

Maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni to'liq kun yoki yarim kunga berish mumkin. Bu davlat yoki xususiy bolalar bog'chasi bo'lishi mumkin. Davlat bolalar bog'chasiga qatnash-ish bepul, lekin ota-onalar kanstovar, kitoblar, qo'llanmalar va boshqa zarur narsalar uchun pul berishi kerak. Xususiy bolalar bog'chasi faqat to'lov asosida qabul qiladi. Narxi oyiga o'rtacha 1000 lirani tashkil qiladi. Ota-onalar, shuningdek, kanstovar, darsliklar va boshqalar kerakli narsalar uchun qo'shimcha pul to'laydilar.

Maktabgacha ta'lim muassasalari bola-larni jamoaga moslashishga, boshqa bolalar bilan munosabatda bo'lishga, ta'lim jarayo-niga ko'nikishga, ularning malakasini oshirishga va ta'limning keyingi bosqichga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib aytganda:

Turkiya Respublikasining maktabgacha ta'lim tizimini o'rganish jarayonimizda turk bolalar bog'chasida (Anaokulu) maktabgacha ta'lim tizimining asosiy maqsadi har bir bolaga erkin o'z fikrini bayon qilish imkoniyatlar yaratib ber-ishda, Anaokulu tarbiyachilari o'yin metodlardan foydalanib, o'yin davomida uqtirish yo'li orqali emas balki yon bosish, qo'llab - quvvatlash yo'li bilan turli materiallar shuningdek borliqdagi voqea-hodisalar to'g'risidagi bilimlarni shakl-lantirishdan iborat ekanligi;

Bolalar bog'chalarida maktabgacha tarbiya muassasalarining rang - barang shakllari va tur-larining mavjudligi kishini hayratlantiradi qolav-ersa bolalarni yoshlikdan boshlab mustaqil hamda erkin fikrlash uchun yaratiladigan shart-sharoitlar bola kelajagi uchun zarur bo'lgan

pedagogik-psixologik ko'nikmalar, ya'ni o'ziga bo'lgan ishonch, jasorat, tevarak-atrofdagi voqealarni tez tahlil qila oladigan, eng asosiysi o'zining mustaqil fikriga ega inson bo'lib shakl-lanishi uchun sharoit yaratilganligi;

Bu tizimning O'zbekistonda ham o'ziga xos va mos yo'nalishi borligini alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz. Zero 2020-yil 23-sentyabrda "Ta'lim to'g'risida"1gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi unga muvofiq ta'lim eng birinchi bosqichi hisoblanmish Maktabgacha ta'lim va tarbiya turi alohida ko'rsatilgan bo'lib, bu bos-qichda olib borilishi lozim bo'lgan chora-tadbir-lar mazkur qonunda va boshqa qonunosti huj-jatlarda ham o'z aksini topgan.

Bolalarni har tomonlama estetik, axloqiy, jis-moniy hamda intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada xorij tajribasidan andoza olishni maqsadga muvofiq deb bilamiz;

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, xulosa tariqasida aytish joizki xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tizimlarini o'rganish, ularning ilg'or tajribasini tahlil etish va Respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlaka-timiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillash-tirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Keltirilgan xulosaga asosan, maktabgacha ta'limni rivojlantirishda xalqaro tajribasini o'rganib, uni joriy etish masalasida quyidagi takliflarni beramiz:

1. Turkiya Respublikasining Maktabgacha ta'lim (Anaokulu) - bog'cha 1 yoshdan 3 yosh-gacha va maktabga tayyorlov 3 yoshdan 5 yosh-gacha bo'lgan bolalar bilan ishlash modelini o'rganish orqali, mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish lozim.

2. Turkiya Maktabgacha ta'lim tizimida bolalarning kognitiv, intellektual, ijtimoiy, his-siy, jismoniy, lingvistik rivojlanishi uchun alohida dastur joriy etilgan.

3. Anakuluda "Kitobxonlik yoshiga yetma-gan kichkintoylarni tarbiyalash" dasturini respu-bikamiz maktabgacha ta'lim tizimi dasturlariga qo'shish.

1 O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabr, O'RQ-637-son.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

c 50 MAKTAB TAt^MMM / WKOHbHOE 0BPA30BAHME y

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Sh.Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2021. - 464 b.

2. Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalari bo'yicha jahon konferensiyasida so'zlagan nutqi. 15.11.2022 y.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2023. - 80 b.

4. Xorijiy tajribalardan maktabgacha ta'lim tizimida foydalanish. Fan, Ta'lim va amaliyot integratsiyasi. ISSN:2181-1776(E). SJIF2023: 6.907.

5. Parmonov B.E. (2018) Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning psixologik jihatlari. —Science and Education^ Scientific Journal. 339-351 -betlar.

6. Mamajonov I.G'., Mamatov R. (2017) Germaniya davlati ta'lim tizimi. «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali. № 6.

7. Qilichova M.X. "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning xorijiy davlatlardagi ilg'or tajribasi". Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89. 739 b.

8. Prof. Dr. Mahmut Uzer. Okul Uncesi egitimin Turkiye'de gelisimi ve esitsizlikleri azaltmadaki rolu. Kabul Tarihi: 19.03.2021

9. Süleyman Göksoy. Pre-School Educational Process of Turkey. Open Journal of Social Sciences, 2017, 5, 73-83.

10. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabr, O'RQ-637-son.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Internet manbalari:

1. www.shcek.gov.tr.

2. www.meb.gov.tr.

3AM0HABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OEPA3OBAHME 2024, 1 (134)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.