Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI TASHKIL QILISHDA XORIJ TAJRIBASINING NAZARIY ASOSLARI'

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI TASHKIL QILISHDA XORIJ TAJRIBASINING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
382
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAKTABGACHA TA'LIM / TA'LIM TIZIMI / KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI / PEDAGOGIK QOBILYAT / METODIKA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbanov I.G.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiyaviy ishlarni olib borishda xorij tajribasini tahlil qilish, nazariy va amaliy jihatdan asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, chet el maktabgacha ta’lim tizimining ijobiy va salbiy taraflari ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL BASIS OF FOREIGN EXPERIENCE IN ORGANIZATION OF EDUCATIONAL ACTIVITIES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article describes the theoretical and practical basis for the analysis of foreign experience in the conduct of educational work in preschool education. It also highlights the pros and cons of a foreign preschool education system.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI TASHKIL QILISHDA XORIJ TAJRIBASINING NAZARIY ASOSLARI»

Qurbanov I. G.

Xorazm villoyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'i o 'rinbosari

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI TASHKIL QILISHDA XORIJ TAJRIBASINING

NAZARIY ASOSLARI

Annotatsiya: mazkur maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiyaviy ishlarni olib borishda xorij tajribasini tahlil qilish, nazariy va amaliy jihatdan asoslari yoritib berilgan. Shuningdek, chet el maktabgacha ta 'lim tizimining ijobiy va salbiy taraflari ko 'rsatilgan.

Kalit so 'zlar: maktabgacha ta 'lim, ta 'lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, pedagogik qobilyat, metodika.

Qurbanov I.G. deputy head of department Preschool education in Khorezm region

THEORETICAL BASIS OF FOREIGN EXPERIENCE IN ORGANIZATION OF EDUCATIONAL ACTIVITIES IN PRESCHOOL

EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract: This article describes the theoretical and practical basis for the analysis of foreign experience in the conduct of educational work in preschool education. It also highlights the pros and cons of a foreign preschool education system.

Keywords: preschool education, education system, national training program, pedagogical skills, methodology.

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlangich turi hisoblanadi. Hamda O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'grisida» «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim soglom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va davlatga qarashli bo'lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'llanadigan Davlat talablariga muvofiq sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Maktabgacha ta'limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy,

tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma'naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash;

Bolalarda milliy gurur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish;

Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish extiyojini, o'qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta'lim jarayoniga tayyorlash. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlash. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning hamma turlari bilan mustaxkam alohida olib boriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5198-son farmonida ta'kidlagandek, "Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, u har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida Respublikada ta'lim tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarildi. Biroq o'tkazilgan tahlillar maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko'rsatmoqda" O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar)lardagi bo'limlarini tashkil etish vazifasi belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, uning hududiy bo'linmalarining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish belgilangan.

Quyida bir nechta xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil etilgan.

Rossiya Federatsiyasi maktabgacha ta 'lim tizimining xususiyatlari Ta'lim doirasidagi davlat siyosati mamlakat konstitutsiyasi va ta'lim to'g'risidagi qonunida o'z aksini topgan gumanizm va demokratiya g'oyalari asosida qurilgan. Bu hujjatlarda ta'lim insonni davlat, jamiyat va shaxsning o'z manfaatiga maqsadli yo'naltirilgan o'qitish va tarbiyalash jarayoni ekanligi to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan.

Rossiya ta'limining tarkibini o'quv dasturlari va turli pog'onali davlat standartlari hamda yo'nalishlari, shuningdek, boshqaruvchi tashkilotlar ta'lim tizimidan tashqari va ta'lim tizimiga bo'ysunuvchi muassasalar tashkil etadi. Maktabgacha ta'lim Rossiya Federasiyasi o'qitish tizimining birinchi pog'onasidir.

Eng kichik yoshdagi bolalar uchun ham ta'lim olish imkoniyatini berish g'oyasi 1918-yilda "Yagona mehnat maktabi to'g'risidagi Nizom" vujudga kelgandan so'ng paydo bo'lgan. Nizom qabul qilingan kundan boshlab har bir

bola tug'ilganidan boshlaboq o'qish huquqiga ega bo'lishi mumkinligi kafolatlangan.

Maktabgacha ta 'limning Ingliz tizimi

Buyuk Britaniya noyob madaniyat va an'analar davlati hisoblanadi.

Ingliz ta'lim berish tizimi dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri deb hisoblanadi. Britaniya ta'lim dasturlari eng yuqori standartlarga mos keladi. Buyuk Britaniyada maktabgacha ta'lim berish kambag'al ishchi oilalar bolalariga ko'ngilli yordam berish harakatiga asosan vujudga kelgan. 1816 -yilda Robert Ouen ilk bor Shotlandiyada o'z fabrikasi ishchilarining farzandlari uchun ilk bor bolalar bog'chasini ochgan. XX asr boshlarida opasingil Makmillanlarning tashabbusi bilan bir nechta bolalar bog'chalari ochilib, ularda asosan kam ta'minlangan oilalar farzandlarining salomatligi va yaxshi ovqatlanishlari uchun g'amxo'rlik ko'rsatilgan.

Rivojlanish bosqichlari:

1988-yilda "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni kuchga kirib, unda nafaqat ta'lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta'lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. O'qitishni boshlash muddati Yevropada eng erta deb hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim ustuvor yo'nalish toifasiga 1996-yilda maktabgacha ta'lim tizimi haqidagi qonun qabul qilingandan keyingina tushgan. Uni qabul qilishdan asosiy maqsad bolalar bog'chalarida ta'lim berish sifatini yaxshilash, ta'lim standartlarini oshirish va erta ta'lim berishni moliyalashni oshirishdan iborat. Taklif qilingan tizim doirasida o'ziga xos o'quv rejasi o'rnatilib, uning bajarilishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat ta'lim tizimi talablariga javob berishi lozim. Maxsus ehtiyojlarga muhtoj va ingliz tili ularning ona tili bo'lmagan bolalarga alohida e'tibor berilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, bolalar tarbiyasi va ta'lim olishi o'rtasidagi farq hamma mamlakatlarda mavjud emas. Buyuk Britaniyada esa ikkalasi ham ahamiyatli va zarur, deb tan olingan. Birlashgan Qirollikda bunday xizmat ko'rsatuvchi 25 turdagi muassasalar faoliyat olib boradi va shuning uchun bu yerdagi ta'lim tizimi turlicha va ahamiyati teng emas.

Germaniyada maktabgacha ta 'lim tizimi:

Germaniya qonunlarida maktabgacha ta'lim olishning bepul huquqi belgilangan. Bolalarni 4 oyligidanoq yasliga olib borish mumkin. Ko'pchilik nemislar bu huquqdan foydalanadilar. Nemislarda keksa avlod vakillari bo'lmish buvi va buvalar nevaralar tug'ilgandan so'ng nafaqaga chiqib, ularga qarash majburiyatlari tushunchasi yo'q. Shuning uchun ota-onalar bolalarini bolalar bog'chalari va yasliga berishga majbur bo'ladilar.

Maktabgacha tarbiya muassasalarining (MTT) rang-barang shakllari va turlari hayratlantiradi. Eng qiziqarli bolalar bog'chalari turlari quyidagicha:

Waldkindergarten (nemischa Wald so'zidan o 'rmon, Kindergarten -

bolalar bog 'chasi).

Bunday bolalar bog'chalarini yaratish fikri Skandinaviyada boshlangan. Ko'pincha bunday bog'chalar o'rmonda joylashadi. Bolajonlar doimo ochiq havoda bo'ladilar, daraxtlar va boshqa o'simliklarni o'rganadilar, tabiiy materiallardan turli narsalar yasaydilar. Bolalarga tabiatni sevish va uni asrab-avaylash o'rgatiladi.

Bauernhofkindergarten (nemischa Bauernhof so'zidan - dehqon hovlisi, qo 'rg'oni; Kindergarten bolalar bog'chasi).

Bunday bog'chalar dehqon xo'jaliklarida, fermalar yoki ularga yaqin yerlarda joylashgan bo'ladi. Bolalar kuchlari yetguncha fermerlarga mollarni boqishda, dala va bog'larda sabzavot va mevalar o'stirishda yordam beradilar.

Yaponiyada maktabgacha ta 'lim: Yaponiyada bolalarni tarbiyalash metodi to'g'risida quyidagi keng tarqalgan iborani keltirish mumkin: "Bola 5 yoshgacha - qirol, 5 yoshdan 15 yoshgacha - qul, 15 yoshdan keyin esa barcha bilan teng huquqli inson". Bu iboraning turli talqini boshqa millatlarda ham uchraydi. Albatta, bu falsafiy iborani boricha qabul qilish shart emas. Lekin bolaning hayoti bir necha davrlarga bo'linadi va bulardan birinchi davrida bola hammani o'ziga maftun etadi, uni asrab-avaylashadi, erkalashadi. Yoshi ulg'aygach bolada lazzatlanishdan tashqari o'zining harakatlari uchun mas'uliyat va qator majburiyatlar paydo bo'ladi. Ulg'ayishning ma'lum yoshiga yetgach kechagi bolakay bugun jamiyatning teng huquqli va teng maqomga ega a'zosiga aylanadi. Buning hammasi Yaponiyaning ta'lim tizimida bir marom va ketma-ketlikda kuzatilib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. «Bolalar bog'chasining katta tarbiyachisi» - Toshkent 1991 y.

2. «Inspektirovanie detskogo sada» M-1995 g.

3. V.G.Nichaeva. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatda tarbiyalash -Toshkent. Oqituvchi -1995 y.

4. L.P.Tarasova «Bolalar bog'chasi» mudiralar kitobi- Toshkent 1988 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.