Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI OLIB BORILISHI (1946-1991 YILLAR)'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI OLIB BORILISHI (1946-1991 YILLAR) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim muassasalari / bolalar bog‘chalari / aqliy tarbiya / jismoniy tarbiya / axloqiy tarbiya / “Zumrad va Qimmat” / mashg‘ulot

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odinaxon Akmaljon Qizi Xolmirzayeva

Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda O’zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘payib borishi, ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini olib borilishi, o‘quv-tarbiya dasturlarini ishlab chiqilishi va ularning mazmun-mohiyati ilmiy, tarixiy adabiyotlar va manbalar asosida, qolaversa, hayotiy xotiralar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV-TARBIYA JARAYONINI OLIB BORILISHI (1946-1991 YILLAR)»

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV-TARBIYA JARAYONINI OLIB BORILISHI (1946-1991 YILLAR)

Odinaxon Akmaljon qizi Xolmirzayeva

FDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarini ko'payib borishi, ulardagi ta'lim-tarbiya jarayonlarini olib borilishi, o'quv-tarbiya dasturlarini ishlab chiqilishi va ularning mazmun-mohiyati ilmiy, tarixiy adabiyotlar va manbalar asosida, qolaversa, hayotiy xotiralar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim muassasalari, bolalar bog'chalari, aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya, "Zumrad va Qimmat", mashg'ulot

CONDUCT OF EDUCATIONAL PROCESS IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS (1946-1991 YEARS)

Odinakhan Akmaljon kizi Kholmirzayeva

FSU

Abstract: In this article, the increase of preschool educational institutions in Uzbekistan during the Second World War and the subsequent periods, the conduct of educational processes in them, the development of educational programs, and their scientific and historical content are discussed. it is explained on the basis of literature and sources, as well as on the basis of life memories.

Keywords: pre-school educational institutions, kindergartens, mental education, physical education, moral education, "Emerald and Precious", training

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqillikka erishgandan so'ng ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shu jumladan maktabgacha ta'lim sohasini ham tubdan isloh qilish va takomillashtirish zarurati tug'ildi. Bu, avvalambor, xalqimizning kelajak avlod taqdiriga nisbatan mas'uliyati yuqori darajada ortgani, va ikkinchidan, sovet davrida oliy vazifasi millatning ertasini tarbiyalash bo'lgan ayol-onalardan ishlab chiqarish kuchi sifatida ayovsiz foydalanilganligi, ushbu holat ularga o'zlarining asosiy burchlarini bajarishlariga jiddiy to'siq bo'lib kelgani ularga bo'lgan e'tiborni orttirdi. Har ikki holat ham maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish, shu kungacha bo'lgan davrda tizimda yuzaga kelgan muammolar sababini aniqlash va hal etish yo'llarini izlash bilan bog'liq.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", deb ta'kidlagan edi1. Darhaqiqat, so'nggi yillarda Respublika miqyosida maktabgacha ta'lim sohasi doirasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar ta'limning bu bo'g'ini qay darajada dolzarb ekanligini yaqqol namoyon etdi.

Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarida, xususan, O'zbekiston SSRda Ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish jarayonlarida maktabgacha ta'limni qayta tiklash, uni yanada takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri bo'ldi. XX asrning 40 - 50 yillarida hukumat nigohi birinchi navbatda maktabgacha ta'lim muassasalari qurilishiga, bolalar qamrovini oshirishga shu bilan birgalikda sanoatga ayol-qizlarni tobora ko'proq yo'naltirishga qaratildi. Yuqoridagi ishlar amalyotga tatbiq etilishi barobarida, endilikda bu muassasalarda ta'lim tarbiya jarayonini to'g'ri tashkillashtirib, chinakam "sovetcha mafkura"ga ega avlodni tarbiyalash uchun muayyan dastur lozim edi.

O'zbekiston SSR Maorif ministrligi tomonidan dastlab 1933 yilda me'yoriy dastur ishlab chiqildi. Ammo, ushbu dastur bir talay kamchiliklarga ega edi. Qolaversa, undagi ayrim qoidalar zamonga qarab o'zgartirishni taqazo etardi. Shu bois 1964-yilda "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi" nashr etildi2. Ushbu dastur 1972-yilgacha bolalar bo'g'chalarida asosiy dasturulamal bo'lib xizmat qildi.

O'zbekiston SSR Maorif ministrining 1972-yil 10-maydagi 302-son buyrug'i bilan yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi" tasdiqlandi va shu yilning 1-sentabridan amaliyotga tatbiq etildi3.

Yangi tahrirdagi maktabgacha tarbiya dasturiga ko'ra, maktabgacha ijtimoiy tarbiya xalq maorifi umumiy tizimining tarkibiy va boshlang'ich bosqichi bo'lib, uning vazifasi oila bilan mustahkam aloqada bo'lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni kommunistik axloq ruhida tarbiyalashni va ularni maktabda o'qib ketishi uchun tayyorlashni ta'minlashdan iborat bo'lgan. Keyingi yillarda maktabgacha ijtimoiy tarbiya ommaviy tus olgan. Shunday bir sharoitda bolalar bog'chasi bilan boshlang'ich maktab birinchi snifidagi ta'lim-tarbiya ishlarida izchillik bo'lishi tobora ko'proq ahamiyat kasb eta boshlagan. Bolalarning bog'chada jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik jihatdan erishgan kamoloti darajasiga maktab bemalol tayana olishi rejalashtirilgan. Ammo ushbu ishlarni amaliyotga tatbiq etishga yetarli darajada mas'uliyat bilan yondashilmadi. "Bolalar bog'chasida

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda so'zlagan nutqidan.

2 Мактабгача тарбия справочниги. - Т., 1974. Б-151.

3 Тухта^ужаева И. Богчаларда болаларни янги программа асосида тарбиялаш. - Тошкент: У^итувчи, 1975. Б-12.

14 wpjournal.dsmi-qf.uz

tarbiya programmasi" ning yangi tahririda uning tuzilish prinsipi saqlanib qolindi, maktabgacha tarbiya nazariyasi sohasidagi yangi yanada kommunistik konsepsiyalar hisobga olindi va ulardan foydalanildi.

Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ta'lim va tarbiyaviy jarayonni tarbiyachi boshqargan va unga rahbarlik qilgan. U "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi" talablarini bajarilishi uchun javobgar hisoblangan. Namunaviy dasturga muvofiq tarbiyachi o'zining tarbiyasidagilar uchun namuna bo'la oladigan axloqiy xislatlarga va madaniy xatti-harakat malakalariga ega bo'lmog'i lozimligi belgilangan(ammo, ushbu talab ko'p hollarda faqat davlat byudjeti tasarrufidagi doimiy maktabgacha ta'lim muassasalarida amal qilgan. Kolxozlar tasarrufidagi bog'chalarda, ayniqsa, mavsumiy bog'chalarda bunga umuman amal qilinmagan. Vaholanki, bu turdagi bog'chalarda tegishli ma'lumotga ega kadrlarni topish ham qiyin bo'lgan).

Bolalar bog'chasida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari muntazam olib borilishi belgilangan bo'lib, bolaning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, uning organizmi funksiyalarini takomillashtirish, bolaning jismoiy jihatdan mukammal kamol topishi uchun muhim bo'lgan. Jismoniy tarbiya bog'cha yoshidagi bolalarda harakat malakalarini, ko'nikma va jismoniy sifatlarni o'z vaqtida tarkib toptirishga, bola uddalay oladigan turli xil harakat faoliyatiga unda qiziqish o'stirishga, bola shaxsida ijobiy axloqiy-tarbiyaviy xususiyatlar tarbiyalashga xizmat qilishi inobatga olingan.

Maktabgacha ta'lim dasturlarida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda: kundalik tartibni, bolalarni ovqatlantirish tartibini, ularni chiniqtirish tadbirlarini belgilashda, o'yinlar va jismoniy mashqlar tanlashda, bu tadbirlar mezonini aniqlashda bolalarga nisbatan differensial yo'l tutilishi belgilangan. Ularning yosh xususiyati. sog'lomlik darajasi, jismoniy kamoloti va tayyorligi, shuningdek, individual xususiyatlari hisobga olingan. Biroq, ushbu me'zonlarga davlat byudjeti hisobida turuvchi doimiy maktabgacha ta'lim muassasalardagina amal qilishgan.

Bolalarni harakat malakalari va ko'nikmalariga o'rgatish, asosan, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida olib borilgan. Amaliy jihatdan sog'lom bo'lgan barcha bolalar uchun jismoniy tarbiya mashg'ulotlari majburiy bo'lgan. Bu mashg'ulotlar to'rt, besh, olti va yetti yashar bolalar guruhlarida haftasiga ikki marotaba, hamma bolalar uchun yalpi suratda yil bo'yi olib borilgan.

Bolalar bog'chasida qo'llanilgan aqliy tarbiya mashg'ulotlari bolalarda tabiat va hayotidagi eng oddiy voqealar haqida to'guri tasavvur tarkib toptirishga, ularning tuyg'u va idroklarini takomillashtirishga, diqqat, xayol, tafakkur va nutqlarini o'stirishga qaratilgan.

Tarbiyachi bolalar oson anglab oladigan materiallardan foydalanib, ularda intellektual (aqliy) malaka va ko'nikmalar tarkib toptirgan: bolalarni kuzata bilishga, taqqoslay olishga, idrok qilayotgan voqeasidan eng muhimini ajratib ola bilishga, bu voqealar o'rtasidagi oddiy sababli natija bog'lanishlarini tushunishga (masalan,

o'simliklar rivojlanishi nam, issiqlik va yorug'lik bilan bog'liqligini; va muzning temperatura o'zgarishining suvning muzlashi erishiga ta'sirini va boshqa shu kabilarni tushunishga) o'rgatgan.

Aqliy tarbiya mashg'ulotlarda ta'lim berish va bolalar hayot jarayoni (o'yinlarda, mehnatda va boshqa shu kabilar) yo'li bilan amalga oshirilgan. Bu mashg'ulotlarda ta'lim berish asosiy o'rin olgan.

Og'zaki nutqni tarkib toptirish bolalarning aqliy kamolotida juda katta ahamiyatga egadir. Tarbiyachi bolaning so'z lug'atini boyitgan va faollashtirgan, tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga o'rgatgan, bolaning bog'lanishli jonli nutq, o'z fikrini grammatik jihatdan to'gri va aniq ifoda qilish malakasini o'stiradi. Bolaning katta yoshdagi kishilar bilan bevosita muomalada bo'lishi uning nutqiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bolaga ona tilining eng yaxshi namunalaridan foydalanib ta'lim berish kerak, albatta. Ammo, shu o'rinda eslatish joizki, bolaga o'z ona tilisiga qaraganda ko'proq rus tili o'rgatilgan. Shunga qaramasdan, qishloq joylardagi tarbiyachilarning ko'pchiligi o'zbek tilida so'zlashgani uchun bolalar ham ushbu tilni ko'proq o'zlashtirishgan.

Axloqiy tarbiya. Bolalar bog'chasida axloqiy tarbiyaga alohida e'tibor berish zarur deb bilingan, chunki maktabgacha tarbiya yoshida bolalarning axloqiy his-tuyg'ulari intensiv suratda rivojlanib boradi, xatti-harakatinig eng oddiy va bolalarga tanish mezon va qoidalarini ular osonlik bilan o'qib oladilar.

Bolalarni, ayniqsa bog'cha yoshidagi katta bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularda ko'p darajada murakkabroq xis va munosabatlar tarkib toptirish, jonajon shahariga, qishlog'iga, o'lkasiga, Vatanga hamda V.I.Leninga "muhabbat va hurmat ruhida" tarbiyalash katta o'rin olgan4.

San'at (badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san'at asarlari) bolalar his-tuyg'usiga va uning axloqiy tasavvurlariga nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadi. Sovet davri maktabgacha ta'lim tizimida ham ushbu jixatlar inobatga olingan. Faqat san'atni o'rgatish barobarida kommunistik mafkura ham bola ongiga singdirib borilgan.

Bolalarni savodga o'rgatishga tayyorlash maqsadida tayyorlov guruhining dasturida, alifbegacha bo'lgan davrda, bolalar bilan bu sohada olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Tayyorlov guruhining dasturida, shuningdek, bolalarda miqdor, son to'g'risidagi buyumlarning formasi va o'lchami to'g'risidagi tasavvurini o'stirishga, ko'zga yaqqol ko'rinib turgan ko'pliklarni oddiy suratda taqqoslash, kattaliklarni o'lchash, birinchi o'nlik doirasida hisoblash amallarini, oddiy masalalar yechish va tuzish usullarini o'rgatishga qaratilgan mashg'ulotlar va mashqlarning mazmuni ham belgilab berilgan5.

4 MaKTaörana Tapöna cnpaBOHHHra. - T., 1974. E-158.

5 MaKTaörana Tapöna cnpaBOHHHra. - T., 1974. E-158.

Maktabgacha tarbiya yoshida o'yinlar bolaning eng muhim mustaqil faoliyati bo'lib, uning jismoniy va psixik kamoloti uchun, bolaning idividual xususiyatining qaror topishi va bolalar jamoasining tarkib topishi uchun nihoyatda muhim axamiyatga egadir. O'yinlar bolalarni juda qiziqtiradi, ularga quvonch baxsh etadi, ijobiy his-tuygular uyg'otadi, uning hayoti taassurotlarini ijodiy aks ettirishga bo'lgan qiziqishlarini qondiradi. O'yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jamoat hayotidagi o'ziga xos bir ko'rinishidir: o'yinga bolalar o'z xohishlaricha uyushadilar, mustaqil suratda ish ko'radilar, o'z niyatlarini amalga oshiradilar. O'yinning mazmuni bola shaxsining kamolotiga katta ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun o'yinlarda bolalarning tevarak-atrofdagi kishilar hayoti va faoliyatining(asosan Lenin hayoti) ijobiy tomonlarini ifodalashga o'rgatilgan6. Albatta, ushbu jarayon barobarida kommunistik mafkura ham singdirib borilgan.

Maktabgacha muassasalarning 80 foizini kolxoz hamda mavsumiy bog'chalar tashkil etganini hisobga oladigan bo'lsak, aqliy tarbiya , estetik tarbiya, san'at mashg'ulotlari umuman ta'lim-tarbiya berish jarayonlari bilan atiga 20 foiz byudjet tasarrufidagi doimiy maktabgacha ta'lim muassasalari shug'ullangan, xolos7. Mavsumiy maktabgacha ta'lim muassasalarida esa kun bo'yi bolalar o'yin bilan mashg'ul bo'lishgan.

Sovetlar mafkurasining markazida ishchilar jamiyati turishi inobatga olingan holda o'yin bilan mehnatni birga qo'shishga qaratilgan metodlardan ko'proq foydalanilgan. Xususan, bolalar bog'chasida bolalarga o'qib beriladigan ertaklarda ham mehnatga muhabbat hissini uyg'otish birinchi o'rinda turgan. Shuningdek, mafkura masalasi ham e'tibordan chetda qolmagan. Jumladan, bugungi kunda ham maktabgacha ta'lim dasturidan keng o'rin olgan "Zumrad va Qimmat" ertagi ayni sovet mafkurasi ostida sayqallangan8. Ertagdagi sehirgar kampir tomonidan qahramonlarga ko'rsatiladigan ikki eshikning rangi sovet davri mafkurasini tom ma'noda ifodalab bergan. Ya'ni Zumrad kirgan qizil eshik ortida mislsiz xazina, farovon hayot mujassam bo'lsa, Qimmat kirgan oq eshik ortida esa yovuzlik, halokat yashiringani tasvirlangan.

Bolalar bog'chasida bolalarni tevarak-atrofdagi jamiyat va tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini o'stirish, elementar matematik tasavvurlarini o'stirish yuzasidan mashg'ulotlar, musiqa mashg'ulotlari, tasviriy san'at mashg'ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib borilgan. Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning maqsadi

6 MaKraörana Tapöua cnpaBOHHuru. - T., 1974. E-159.

7 TumaöoeBa H. Y36eKHCTOHga MaBcyMHH öo^a^ap öorna^apu Ba y^apHHHr $aonnaTH(1945-1970 HH^ap). // Y3ÖeKHCTOH MunnuH yHHBepcHTeTH xaöap^apu. . - 2021, № 1.3.1, E-29-30.

8 Madayev O., Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. T., "Sharq", 2010, 68-bet.

bolalarning nutqi va harakatini o'stirib borishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bosqichi hisoblangan; go'daklarda ixtiyoriy diqqat o'sib borgan sari bunday mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruhdagi bolalar bilan bir yo'la olib borilgan9.

Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktikaning asosiy prinsiplariga muvofiq suratda olib borilishi belgilanib: mashg'ulotlar muayyan bir tizimda, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan, ta'lim mazmunini asta-sekin va izchillik bilan murakkablashtirilgan holda olib borilishi belgilangan. Biroq, ayrim maktabgacha ta'lim muassasalarida guruhlarga bola yetishmagani uchun turli yoshdagi bolalar birgalikda tarbiyalangan10.

Mashg'ulotlar ro'yxati tevarak-atrof bilan tanishtirish, ona tili mashg'ulotlari va bolalarni savodga o'rgatish yuzasidan tayyorlik mashg'uloti, musiqa, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, loy mashg'ulotlari, elementar matematik tasavvurlari o'stirish mashg'ulotlari, applikatsiya yoki qurish-yasash mashg'ulotlari, rasm chizish mashg'ulotlaridan iborat bo'lgan11.

Aqliy zo'r berish talab qilinadigan mashgulotlar harakatli o'yinlar bilan almashinib turishi lozimligi inobatga olingan. Masalan, matematik tasavvurlar hosil qilinadigan mashg'ulotlar jismoniy tarbiya yoki musiqa mashg'ulotlari bilan almashinib turishi, ona tili mashg'ulotlari esa loy yoki plastilindan buyumlar yasash yoxud qurish-yasash mashg'ulotlari bilan almashlab turishi lozim bo'lgan.

Xulosa qilib aytganda sovet davri maktabgacha ta'lim tizimi dasturi g'oyaviy jihatdan to'liq kommunistik ruhda bo'lgan. Shuningdek, dasturdagi jismoniy, aqliy tarbiya mashg'ulotlari garchi bola psixikasi va jismoniy normativlaridan kelib chiqib belgilangan bo'lsada, ushbu mashg'ulotlar respublikada mavjud muassasasalarning atiga 20 foizinigina tashkil qiluvchi davlat byudjeti tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalaidagina amaliyotga tatbiq etilgan. Kolxozlar tasarrufidagi yoki mavsumiy bolalar bog'chalarida esa ushbu mashg'ulotlarni yo'lga qo'yish uchun yetarlicha sharoit va mutaxassis yetishmagan. Ayrim muassasalarda mutaxassis bo'lsada,guruhdagi bolalarning soni ko'pligi, qolaversa, ular yosh jihatdan o'zaro mutanosib emasligi tegishli mashg'ulotlarni o'tish imkonini bermgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabr "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 5198-son farmoni;

9 Мактабгача тарбия справочниги. - Т., 1974. Б-161.

10 Тухтадужаева И. Богчаларда болаларни янги программа асосида тарбиялаш. - Тошкент: У^итувчи, 1975. Б-12.

11 Тухтадужаева И. Богчаларда болаларни янги программа асосида тарбиялаш. - Тошкент: У^итувчи, 1975. Б-35.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 19 oktyabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda so'zlagan nutqidan.

3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

5. 94-фонд. Годовые отчёты о работе управлении и селов Министерства Просвещения УзССР. (1945-1980 гг.)

6. 1125-фонд.Отдел народного образования Ферганского областного исполкома и Наркомата просвещения, с 1946 г. Министерства просвещения УзССР г. Фергана. (1938-1982 гг.)

7. 604-фонд. Материалы по личному составу детских яслей Ферганского городского отдела Народного образования города Ферганы. (1941-1950 гг.)

8. 664-фонд. Скобелевский городской отдел народного образования испольнительного комитета совета рабочих, крестьянских и красноармейский депутатов города Скобелева. (1938-1963 гг)

9. 2494-фонд. Детский сад № 1 города Маргилана (1951-1954 гг)

10. 3058-фонд. Багдод тумани халк маориф булими. (1974-1975гг.)

11. 2350-фонд. Маргиланское городское народное образование. (19461990гг.)

12. Баратова М. Кишлокларда болалар богча ва яслилари тармокларининг кенгайиши. - Тошкент: Узбекистон, 1978. - 378 б.

13. Воспитание детей в сезонных дошкольных учреждениях. (А.Говорковой тахрири остида). - Москва: "Просвещение" нашриёти, 1988. 267-С.

14. Бадалова М. Из истории развития дошкольного воспитания в Узбекской ССР (1946-1965 гг.). - Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. -Ташкент, 1974. - 68- Б.

15. Тухтахужаева И. Богчаларда болаларни янги программа асосида тарбиялаш. - Тошкент: Укитувчи, 1975. 167-б .

16. Мактабгача тарбия справочниги.- Т., 1974. 521-б.

17. Madayev O., Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: "Sharq", 2010, 68-

bet.

18. Тишабоева И. Узбекистонда мавсумий болалар богчалари ва уларнинг фаолияти (1945-1970 йиллар). // Узбекистон миллий университети хабарлари. -2021,№ 1.3.1, Б-22-24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.