Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
672
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
bolalar / tarbiya / vazifalar / metodlar / shakli / sog‘lomlashtirish / fiziologlar / psixologlar / pedagoglar / printsiplar / rivojlantirish / jamoatchilik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nigora Raximovna Abdullayeva, Kamola Vaxidjon Qizi Yuldasheva

Ushbu makolada bolalarda bolalar bog‘chasida bolalar hayotini tashkil etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida kursatib utilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI

Nigora Raximovna Abdullayeva Kamola Vaxidjon qizi Yuldasheva Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu makolada bolalarda bolalar bog'chasida bolalar hayotini tashkil etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida kursatib utilgan.

Kalit suzlari: bolalar, tarbiya, vazifalar, metodlar, shakli, sog'lomlashtirish, fiziologlar, psixologlar, pedagoglar, printsiplar, rivojlantirish, jamoatchilik

FORMS OF ORGANIZING THE PEDAGOGICAL PROCESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Nigora Rakhimovna Abdullayeva Kamola Vakhidjon kizi Yuldasheva Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, the organization of children's life in kindergarten is shown based on a comprehensive approach to the tasks of comprehensive education, on the basis of the unity of the content, form and methods of education.

Keywords: children, education, tasks, methods, form, rehabilitation, physiologists, psychologists, pedagogues, principles, development, public

Bolalar bog'chasida bolalar hayotini tashkil etish har tomonlama tarbiyalash vazifalariga kompleks yondoshish asosida, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakli va metodlari birligi asosida quriladi. Hayotning tashkil etish-bu hayot faoliyatning asosiy jarayonlarini turli yosh guruhlaridagi bolalarning yakka, kichik guruhlar va umumiy guruhlar shaklidagi faoliyati va ta'limini maqsadga muvofiq joriy etish, birga qo'shib olib borish va navbatlashtirib turish, shuningdek har bir bolani har tomonlama va garmonik tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratishdir.

Hozirgi paytda bolalar bog'chalarida o'quv tarbiya jarayoni sifatini oshirish va bolalar hayotini tashkil etish zarurati vujudga keldi. Bolalar bog'chalari ta'lim-tarbiyaviy va sog'lomlashtirish ishining barcha bosqichlarida bolalarning yosh guruhlaridagi hayotini tashkil etish takomillashib kelgan va bunga fiziologlar, psixologlar, pedagoglar:

- E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.P.Usova, N.M.Shelovanov, N.M.Aksarinalarning tadqiqotlari asos bo'lgan. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etishning quyidagi umumiy printsiplarini ishlab chiqqan:

1. Bolalarning har bir yosh guruhlardagi birgalikda hayot tarzi. Bu printsip asosida guruhdagi barcha bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni jamoatchilik ruxida tarbiyalash uchun bir xil sharoitni ta'minlash ko'zda tutiladi.

2. Guruhlarni komplektlashning yosh printsipi bolalarning har bir guruhida bir yoki ikki yoshning bo'lishni taqozo etadi va ularning yosh xususiyatlarini xisobga olgan holda ta'lim va tarbiya jarayonini ta'minlaydi.

3. Guruhning bolalarini har tomonlama faoliyati va muloqoti uchun zarur moddiy muhitini yaratish. Bu printsipga ko'ra guruhlar xonalarini va uchastkalarini pedagogik gigienik va estetik talablarining yagona birligi asosida jixozlash va obodonlashtirish amalga oshiriladi.

4. Kun tartibining doimiyligi va yosh xususiyatiga bog'liqligi. Ilk va maktabgacha tarbiya yoshida asosiy hayotiy faoliyatri bir xil emas. Ilk yoshdagi birinchi va ikkinchi guruh bolalarining o'z xatti-harakatini idora etishdagi ixtiyoriy qobiliyatining yo'qligi nochorligi ular hayotini tashkil etishda har bir bolaga parvarish uchun ko'p vaqt ajratish zaruratini keltirib chiqaradi. Kun tartibini bajarishda o'z-o'zini tashkil eta olish ko'nikmasi tufayli mashg'ulotga, o'yinga, mehnatga vaqt qoladi.

Bolalar hayoti bu faqat kattalarning bo'lg'usi hayotiga tayyorgarlik emas, bolalalik davri bolalarni qiziqtiradigan va uni zavqli qiladigan, ular tomonidan ijtimoiy tajribaning o'zlashtirilishini ta'minlaydigan rang-barang faoliyat bilan qiziqarlidir.

5. Turli faoliyat ko'rinishlarini (o'yin, mehnat, ta'lim) joriy etish: ularning kun tartibidagi o'rni, bolalarning rivojlanish darajasiga ko'ra bu faoliyat turlarini qo'shib va navbatlashtirib turish, bola shaxsiningshakillanishidagi roli.

Kun mobaynida o'yinlar, mehnat va ta'lim uchun vaqt ajratiladi. Ularning bolalar bog'chasidagi turli guruhlaridagi o'rni bolalarning yosh imkoniyatlariga yakka tarzda yoki guruh bo'lib harakat qila olish ko'nikmasiga, bir-birlari bilan muloqotda bo'la olish malakasiga bog'liq. O'yin faoliyati va boshqa faoliyat turlarining asta-sekin kuchaya borishi ham ahamiyatga ega bo'la boradi.

6. Yosh guruhlarida bolalar hayotini ular hayoti va sog'ligini muhofaza etishga yo'naltirilgan holda tashkil etish. Mazkur printsip asosida yasli bog'chalaridagi yosh guruhlari uchun xonalar ajratiladi, mebel va jihozlar tanlanadi, qo'llanma va materiallar joylashtiriladi, ovqat tayyorlanadi, chiniqish sistemasi va harakat faoliyati rejimi joriy etiladi. Tarbiyachilar, enagalar va bolalar, shuningdek bolalar o'rtasidagi munosabatlarda vazminlik, olijanoblik, insonparvarlik ruhi hukum suradi. Ziddiyatlar oldi olinadi va odilona hal etiladi, bolalar asabiyligining payi qirqiladi.

7. Bolalar hayotini tashkil etishda estetik talablarga rioya qilish ulardan faqat xonalarni jihozlashda foydalanishni emas, balki pedagogik jarayonda foydalanishni ham ko'zda tutadi.

Bolalar bog'chasiga kelishi bilan bolaning ijtimoiy ahvoli ham o'zgaradi. U oilada cheklangan miqdordagi odamlar bilan muloqotda bo'lar, ko'proq oila a'zolari diqqat markazida bo'ladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida esa u bolalar jamoasi a'zosiga, boshqa bolalar tengdoshiga aylanadi. Shu tufayli bolaga psixologik jihatdan o'zini qayta qurishga o'z xulqini o'zgartirishga, notanish katta kishilar va tengdoshlari bilan aloqaga kirishga to'g'ri keladi.Bularning barchasi bola faoliyati va xulqida shakllangan odatlarning buzilishiga olibkeladi, undan yangi sharoitlarga biologik va ijtimoiy jihatdan moslashishni talab qiladi.

Biologik qayta qurish bolaning maktabgacha tarbiya muassasidagi dastlabki kunlarda ham kechadi. U kun tartibida belgilangan yangi havo va yorug'lik rejimiga, ovqatlanishdagi o'zgarishlarga ko'nikishi lozim. Biologik moslashish qatorida ijtimoiy moslashish amalga oshiriladi, ya'ni o'z xulqini yangi ijtimoiy sharoitga ko'ra o'zgartirish qobiliyati hosil qilinadi.

Bola oila a'zolari o'rtasidagi munosabat normalarini o'zlashtira boshlaydi, ular asosida esa xulqning elementar ko'rinishlari shakillanadi. Bola bog'chaga kelishi bilan shakllangan xulqiy odat va munosabatlar anchao'zgaradi. U tengdoshlari bilan faol aloqaga kirisha boshlaydi. Uning hayoti oila a'zolari tomonidan emas, balki kattalar tomonidan yangi qoida va rejimga ko'ra tashkil etiladi, unga yangi talablar qo'yiladi.

Biologik va ijtimoiy moslashishilar o'zaro bog'liq va ular bir-birini taqoza etadi. Bolalarning o'zlashish imkoniyatlari o'rtasida katta farq mavjud ular ayniqsa bolalar bog'chasida bo'lishning daslabki kunlarida yorqin namoyon bo'ladi. Juz'iy ijtimoiy muhitdagi o'zgarishlarni ko'proq 9 10 oylikdan 1,6 yoshgacha va 3 yoshda 3,5 yoshgacha bo'lgan bolalar kiyinroq kechiradilar. engil moslashishdan nutqiy faollikning susayishida, xatti-harakatdagi ba'zi buzulishlarda, uyquning va ishtaxaning yomonlashuvida namoyon bo'ladigan qisqamuddatli salbiy ruhiy holat kuzatiladi. Odatda, bu holatlar bolalar bog'chasida bo'lishning dastlabki ikki xaftasi davomida kechadi.

O'rta darajadagi moslashish xatti-harakatdagi birmuncha katta va uzoq davom etadigan siljishlarda ifodalanib, u faqat oyning oxirida normallashadi. Bola qisqa vaqt ichida ozadi nutqi buziladi, asoratlarsiz tugaydigan engil 7-10 kun davom etadigan kasalliklar vujudga keladi.

Og'ir moslashishda bolaning ko'nikishi uzoq va murakkab kechadi, ba'zan bir necha oyga cho'ziladi. U tez-tez qaytalanib turadigan, asoratli kechadigan kasalliklar, xatti-harakatlarning barqaror buzulishi, qator holatlarda asabiy holatlar birgalikda

voqe bo'ladi. Jismoniy rivojlanishning susayishi, nutq va ruhiyatda o'sishning kechishi kuzatiladi.

Moslashish davrining qiyinchiliklari, moslashishga oid siljishlarning ifodalanganlik darajasi tarbiyaning ilgarigi sharoit bilan ham uzviy bog'liqki, uning ta'siri ostida bolaning oliy nerv faoliyati sistemasi shakllanadi.

Bolani ijtimoiy tarbiya sistemasiga olib kirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Tayyorlov bosqichdagi pediatriya xizmati, ota-onalar va maktabgacha tarbiya muassalarining kuch-g'ayrati bola organizmini yangi sharoitdagi hayotga, tayyorlashga uning biologik moslashishini engillashtirishga qaratilgan bo'ladi.

Bunga quyidagicha erishiladi:

a) bola kun rejimini bolalar muassasasi rejimiga o'ta yaqinlashtirish bilan;

b) uni rejim jarayonlariga faol qatnashtirish bilan;

v) chiniqtiruvchi usullardan keng ravishda kompleks foydalanish bilan;

g) bola organizmi ish qobiliyatini o'stirish uchun zarur harakat faolligini oshirish bilan.

Ota-onalarning pedagogik savodxonligi va ularning tarbiyachilar bilan aloqa o'rnatishi ushbu talablarni amalga oshirishning shartidir. Ota-onalar yakka suxbatlar, eslatishlar orqali bola hayotining tayyorlov davrida tashkil etishga oid tavsiyalar oladilar. Bolani bolalar muassasasidagi yangi sharoitlar talablariga o'rgatish izchil tarzda amalga oshiriladi. Bir xafta davomida bola bolalar bog'chasida 2-3 soatdan ko'p bo'lmaydi. Bu vaqt uning ruhiy holatiga qarab asta-sekin ko'paytirib boriladi.

Bolalarni qabul qilishda bog'cha xodimlari bolalar hayotini ularning ahvoli, alohida o'ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda tashkil etishlari uchun uzoq vaqt talab etiladi.

Moslashish davrida (2-3 xafta) bola emlanmaydi, barcha mavjud odatlari, xatto salbiy odatlari ham saqlab qolinadi, uyidagi o'yinchoklardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ijtimoiy moslashishning ko'pchilik bolalarda murakkab kechishi va cho'zilib ketishining asosiy sababi bola qoshida yaqin kishilarining yo'qligi va odamlar bilan muomala tajribasining kamligidir (N.D.Vatutina). Shuning uchun bolaning bog'chadagi dastlabki kunlarida uning yonida onasining ham bo'lishiga yo'l qo'yiladi, u notanish sharoitni o'zgartirishga, tarbiyachi bilan aloqa o'rnatishga, so'ng u bilan hamkorlik qilishga yordam beradi.

Bolalar xayotini tashkil etishga qo'yiladigan talablar. Kunning birinchi yarmida bolalar xayotini tashkil etish, bolalarning bogchada 9-12 soat bo'lishi kun tartibida belgilab qo'yilgan. Bunda ertalabki qabul muxim rol o'ynaydi. Tarbiyachi bolalarning bog'chadagi vaqti qiziqarli, sermazmun o'tishni ta'minlaydi. Buning uchun ertalab bolalarni ochiq chexra bilan kutib oladi, ota-onalari bilan xushmuomala, xayrihoh munosabatda bo'ladi.

Nonushtadan keyin dasturda ko'rsatilgan vaqt mobaynida mashg'ulot o'tkaziladi. Mashg'ulotgacha va mashg'ulot o'rtasi o'yinlar tashkil etiladi. Qanday o'yin o'tkazilishi mashg'ulotning mazmuni va xususiyatiga bog'liq. Bolalar o'tirib shuullanadigan mashg'ulotdan oldin harakatli o'yinlar, jismoniy tarbiya va musiqaviy mashg'ulotdan oldin tinch o'yinlar o'ynashadi. Mashg'ulotdan keyin sayr o'tkaziladi. Tarbiyachi tevarak-atrofdagi tabiatni,kattalar mehnatini, ijtimoiy xayot voqealarini kuzatishni tashkil etadi. Xarakatli o'yinlar o'tkazadi, mustaqil o'yin o'tkazishni taklif etadi. Mana shu vaqt ichida bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, didaktik o'yinlar, ijodiy o'yin turlari bilan shug'ullanishlari uchun katta e'tibor beriladi. Maqsadli sayrlar uyushtiriladi. Sport o'yinlari va mashqlar, jismoniy dam olish va shunga o'xshashlar bolalarning harakatfaolligini o'stirishga ham katta ahamiyat beriladi.

Bolalarning sayrdan qaytishlari, echinib yuvinishlari, tushki ovqat va kunduzgi uyqu ham juda uyushqoqlik bilan o'tishi kerak.

Kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarni uyg'otib, faoliyatga kirishlarini ta'minlaydi va kechki nonushta tashkil etiladi. Keyin musiqaviy yoki jismoniy tarbiya mashg'uloti o'tkazilishi mumkin. Kechki sayrga quyidagilar kiradi: hamma ijodiy, didaktik o'yinlar, tinch harakatli o'yinlar, kuzatish, qo'l mehnati, bolalarning mustaqil tasviriy faoliyati, ko'ngil ochishlar (haftada bir marta). Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etishga qo'yiladigan asosiy talab har bir bolaning mazmunli va qiziqarli faoliyat bilan shug'ullanishini, ularning har tomonlama rivojlanishi va baxtli bolaligini ta'minlashdir.

Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtiasidagi o'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga, shuningdek kun tartibida egallagan o'ringa qarab birbiridan farq qiladi.

Bolalar bog'chasida ta'limning frontal (umumiy), gruppaviy va yakka tartibdagi shakillardan foydalaniladi. Bundan tashqarii, bolalarga ta'lim berish ishlari ekskursiya, dedaktik o'yinlar orqoli, kun davomida bolalarning Mashg'ulotdan tashqarii har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida va shunga o'xshashlarda amalga oshirib boriladi.

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlangich bo'g'ini bo'lib, bola shaxsini ta'lim-tarbiyasiga qo'llanadigan Davlat talablariga muvafiq sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning o'ziga hosligini hisobga olish shart. Buning uchun bolalar bo'g'chasining raxbari mudiradan tortib hatoki enagagacha bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning mazmuni, maqsad va vazifalari, bolalarning yosh guruhlarida tarbiyalash va ta'lim berish mohiyatini chuqur anglab yetishi kerak. Bu borada ko'proq ma'suliyat guruh tarbiyachilari zimmasiga yuklanadi. Har bir

guruh tarbiyachisi bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning asosiy va tashkiliy shakllari to'g'risidagi bilimlarga ega bo'lishi talab etiladi.

Guruh tarbiyachilari mashg'ulotlar - bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning asosiy va yetakchi shakli sifatida quyidagilarni ham nazarda tutishi shart:

- Mashg'ulot bolalar bog'chasida bolalarga ta'lim berishning asosiy shakli;

- Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishi;

- Mashg'ulot maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiyligi: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lim o'rin va vaqt ajratilgan.

- Mashg'ulotning tarbiyachi rahbarligida o'tkazilishi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qilishi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlashi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashki etishi;

- Mashg'ulotning o'quv materialini mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib borilishi va h.k.

Shunday qilib, mashg'ulotlar mazmuni xam ta'limiy ham tarbiyaviy vazifalarni ular birligida va o'zaro xarakatda xal etishga yo'naltirilgandir. Xar bir mashg'ulotdagi o'quv mazmunining xajmi uncha katta bo'lmaydi. U turli yosh guruhlardagi bolalarning xotira va qobiliyatlarini xisobga olgan xolda belgilanadi. Masalan kuzatish chog'ida yangi obektlar bilan tanishtirishda kichik tarbiya yoshi guruxdagi bolalar 2-3 yorqin belgini eslab qolish, o'rta tarbiya yoshi guruhiga mansub bolalar 3-4 tagacha katta tarbiya yoshi guruhdagilar esa 5-6 tagacha belgini eslab qolishga qodirdirlar

Guruh tarbiyachisi bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning kundalik hayotdagi tashkiliy shakllari haqida ham ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Bu borada bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshirilishini nazarda tutishi shart. Tarbiyachi kundalik hayotdagi tashkiliy shakl orqali bolalarning:

- bilimlarini boyitadi, madaniy-gigienik, xulq madaniyati, gaplashish nutiqi,

- sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2017-yil, 6-son,70-modda.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini tahminlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. "O'zbekiston", 2017.

3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'yiladigan davlat talablari-T.:Kvinta print. 2012 y. n

4. Ilk qadam davlat o'quv dasturi

5. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.