Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUAMMOLARI VA PEDAGOGIKA FANINING TARAQQIYOTI'

O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUAMMOLARI VA PEDAGOGIKA FANINING TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
muammo / mutaxassis / metodik ishlar / tarbiya / tadqiqot / metodik xona

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boqijonova Madinaxon Abduqaxxor Qizi, M.A.Esonova

Mazkur maqolada xx va xxi asrlar davomida o’zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida olib borilgan tadqiqot ishlari, bolalar bog’chalari va metodika xonalariga yordam ko’rsatuvchi markazlarni ochilishi va kadrlar tayyorlanishi borasidagi fikrlar aks ettirilgan. Shuningdek bugungi kunda maktabgacha ta`limga bo`lgan e`tibor ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUAMMOLARI VA PEDAGOGIKA FANINING TARAQQIYOTI»

O'ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUAMMOLARI VA PEDAGOGIKA FANINING

TARAQQIYOTI

1Boqijonova Madinaxon Abduqaxxor qizi, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 206 -sirtqi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193811

Annotatsiya. Mazkur maqolada xx va xxi asrlar davomida o'zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida olib borilgan tadqiqot ishlari, bolalar bog'chalari va metodika xonalariga yordam ko'rsatuvchi markazlarni ochilishi va kadrlar tayyorlanishi borasidagi fikrlar aks ettirilgan. Shuningdek bugungi kunda maktabgacha ta'limga bolgan e tibor ham yoritilgan.

Kalit so^zlar: muammo, mutaxassis, metodik ishlar, tarbiya, tadqiqot, metodikxona

Аннотация. В данной статье отражены исследования, проведенные по проблемам дошкольного образования в Узбекистане в XX и XXI веках, открытию центров оказания помощи детским садам и методическим кабинетам, подготовке кадров. Также выделено сегодняшнее внимание к дошкольному образованию.

Ключевые слова: проблема, эксперт, методическая работа, обучение, исследование, методический кабинет.

Abstract. This article reflects research conducted on the problems of preschool education in Uzbekistan in the 20th and 21st centuries, the opening of assistance centers for kindergartens and methodological classrooms, and personnel training. Today's attention to preschool education is also highlighted.

Keywords: problem, expert, methodological work, training, research, methodological

office.

XX asrda O'zbekistondagi maktabgacha tarbiyada kadrlar muammolari o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar Toshkent va Marg'ilon pedagogika o'quv yurtlari tomonidan tayyorlanib hal etish amalga oshirilgan. 1957-58 yillar ular 517 ta mutaxassis chiharishgan.

Metodik va tarbiyaviy ishlarni yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg'ona, Chirchiq shaharlarida maktabgacha tarbiya xonalari ochilgan. 1961 yil Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot markazida O'zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida, tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog'chalari va metodika xonalariga yordam ko'rsatuvchi markaz ochildi.

Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo'lib o'tgan zilzila natijasida 225 ta maktabgacha tarbiya tashkilotlari vayron bo'ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu tashkilotlar qayta tiklandi.

XX asrning 60-80-yillarda ommaviy maktabgacha tarbiya quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilgan:

-markazlashgan jamoa xo'jaliklariaro maktabgacha tarbiya tashkilotlarining ish tajribasini o'rganish uchun respublika majlislarini o'tkazish;

- kolxozlar orasida eng yaxshi maktabgacha tarbiya tashkilotsi nomiga musobaqa o'tkazish;

- yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus tashkilotlar tashkil etish;

- bolalar sog'ligini saqlash bo'yicha maktabgacha tarbiya tashkilotlarini tashkil qilish;

- yasli bog'cha va boshqa tarbiya tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlash;

- respublikaning pedagogik va musiqa o'quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o'tkazish;

- maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;

- bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish-o'zbek milliy san'ati asarlaridan foydalanish va boshqalar.

Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda maktabgacha ta'lim alohida e'tibor bilan rivojlantirildi. O'zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo'lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko'paydi va keskinlashdi:

- Birinchidan, siyosiy, ma'naviy, iqtisodiy ustuvor yo'nalishlarning almashishi,

- ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro'y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko'rmoqda.

O'tmish tajribasini o'rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy ajralishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi u milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini yechishga yordam beruvchi, uning rivojiga o'z hissasini qo'shuvchi kuchlarni topishdan iborat bo'lmog'i lozim.

Hozirda dunyoning turli davlatlarida xalqlarning madaniy xususiyatlariga katta e'tibor berilishi avvalgi madaniy yutuqlarning xozirgi zamon talablariga javob berishi, mavjud muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanish masalasining keskinligini tushirmaydi. O'sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko'p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor-iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash mumkinmi? -degan masalada qizg'in bahs munozara boradi.

Qanday qilib xalqning o'z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan bugunning muammolarini yechsa bo'ladi? Shubhasiz, moziy tajribasida, xalq pedagogikasida tarbiya va ta'lim jarayonlariga qo'llash mumkin bo'lgan ko'p narsa bor. Xalq pedagogikasi shaxsga o'z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo'lganpedagogik bilim, ko'nikma va malakalar, ta'lim-tarbiya berish, yo'llari, vositalarining majmuasi hisoblanadi.

Milliy pedagogika xalqning ta'lim-tarbiya masalasi yuzasidagi qarashlari, g'oyalari, an'analari asosida shakllangan. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u birinchidan o'zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega, ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy xarakterga. U o'z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g'oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo'yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi.

Zamonaviy Ozbekistonda maktabgacha talim muammolari O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2707-sonli "2017-2021-yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarori", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrda qabul qilingan PQ-3261-sonli "Maktabgacha ta'lim tizmini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida qarori", "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan) lari asosida hal etilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" Qonuni 595-sonli qonun.2019 yil 22-oktyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 22-dekabrdagi Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti to'g'risidagi 802-sonli qarori.

3. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan)., Toshkent 2022-yil

4. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

5. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.