INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© U.Sh. Yakubova1^_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g'urur tuyg'usini shakllantirish turli omillar ta'sirida murakkab jarayon bo'lib, tarbiyachining pedagogik madaniyati hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu madaniyat o'qituvchilarning bolalar bilan o'zaro munosabatlarida qo'llaydigan, ularning milliy o'ziga xosligiga munosabatini shakllantiradigan qadriyatlar, e'tiqod va amaliyotlarni o'z ichiga oladi.
MAQSAD: ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g'urur tuyg'usini shakllantirishda pedagogning pedagogik madaniyatining ahamiyatini o'rganishga qaratilgan. U bolalarda ijobiy milliy o'zlikni tarbiyalashda o'qituvchilarning rolini ularning o'qitish amaliyoti va o'zaro munosabatlari orqali o'rganishga intiladi.
MATERIALLAR VA USULLAR: tadqiqot o'qituvchilar bilan suhbatlar va ularning bolalar bilan o'zaro munosabatlarini kuzatish asosida sifatli yondashuvdan foydalanadi. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g'ururni rag'batlantirishning samarali strategiyalari haqida tushuncha berish uchun tegishli adabiyotlar va amaliy tadqiqotlar ko'rib chiqiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar shuni ko'rsatadiki, tarbiyachining pedagogik madaniyati bolalarda milliy g'urur tuyg'usini rivojlantirishga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bolalarda milliy g'urur tuyg'usini tarbiyalashda o'zlari milliy o'zlikni anglaydigan, madaniy unsurlarni o'z ta'limiga singdiradigan pedagoglar samaraliroq bo'ladi. Bundan tashqari, milliy merosni targ'ib qiluvchi yoshga mos tadbirlar va materiallardan foydalanish bolalarda daxldorlik va g'urur tuyg'usini kuchaytirishi mumkin.
XULOSA: xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g'urur tuyg'usini shakllantirishda tarbiyachining pedagogik madaniyati hal qiluvchi rol o'ynaydi. Pedagoglar o'z qadriyatlari, e'tiqodlari va amaliyotlari orqali bolalarda ijobiy milliy o'zlikni tarbiyalash orqali o'z milliy merosidan g'ururlanadigan avlod kamolotiga hissa qo'shishi mumkin.
Kalit so'zlar: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy-pedagogik kompetentsiya, metod, holat, ilohiyot, mustaqil ish.
Iqtibos uchun: Yakubova U.Sh. O'qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish metodikasi. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 273-283.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ КУЛЬТУРА ВОСПИТАТЕЛЯ В ФОРМИРОВАНИИ
НAЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА_
© У.Ш. Якубова1 н
1Термизский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: формирование чувства национальной гордости у детей дошкольного возраста представляет собой сложный процесс, находящийся под влиянием различных факторов, решающую роль в котором играет педагогическая культура воспитателя. Эта культура включает в себя ценности, убеждения и практики, которые педагоги используют во взаимодействии с детьми, формируя их отношение к своей национальной идентичности.
ЦЕЛЬ: данная статья направлена на исследование значения педагогической культуры воспитателя в формировании чувства национальной гордости у детей дошкольного возраста. Целью исследования является изучение роли педагогов в формировании позитивной национальной идентичности у детей посредством их педагогической практики и взаимодействия.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использован качественный подход, основанный на интервью с педагогами и наблюдениях за их взаимодействием с детьми. Кроме того, проводится обзор соответствующей литературы и тематических исследований, чтобы получить представление об эффективных стратегиях развития национальной гордости у детей дошкольного возраста.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: полученные данные свидетельствуют о том, что педагогическая культура педагога существенно влияет на развитие чувства национальной гордости у детей. Педагоги, которые сами демонстрируют сильное чувство национальной идентичности и интегрируют культурные элементы в свое обучение, более эффективно воспитывают национальную гордость у детей. Кроме того, использование соответствующих возрасту занятий и материалов, прославляющих национальное наследие, может усилить у детей чувство принадлежности и гордости.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: педагогическая культура воспитателя играет решающую роль в формировании чувства национальной гордости у детей дошкольного возраста. Воспитывая у детей позитивную национальную идентичность через их ценности, убеждения и обычаи, педагоги могут внести вклад в развитие поколения, гордящегося своим национальным наследием.
Ключевые слова: социальная педагогика, социально-педагогическая компетентность, метод, случай, теология, самостоятельная работа.
Для цитирования: Якубова У.Ш. Педагогическая культура воспитателя в формировании национальной гордости у детей дошкольного возраста. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 273-283.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
PEDAGOGICAL CULTURE OF THE EDUCATOR IN THE FORMATION OF A SENSE OF NATIONAL PRIDE IN CHILDREN OF PRESCHOOL AGE_
©Umida Sh. Yakubova1®
1Termiz State Pedagogical Institute,Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the formation of a sense of national pride in children of preschool age is a complex process influenced by various factors, with the pedagogical culture of the educator playing a crucial role. This culture encompasses the values, beliefs, and practices that educators employ in their interactions with children, shaping their attitudes towards their national identity.
AIM: this article aims to explore the significance of the pedagogical culture of the educator in the formation of a sense of national pride in children of preschool age. It seeks to examine the role of educators in fostering a positive national identity in children through their teaching practices and interactions.
MATERIALS AND METHODS: the study utilizes a qualitative approach, drawing on interviews with educators and observations of their interactions with children. Additionally, a review of relevant literature and case studies is conducted to provide insights into effective strategies for promoting national pride in preschool children.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings suggest that the pedagogical culture of the educator significantly impacts the development of a sense of national pride in children. Educators who exhibit a strong sense of national identity themselves, and who integrate cultural elements into their teaching, are more effective in fostering national pride in children. Additionally, the use of age-appropriate activities and materials that celebrate national heritage can enhance children's sense of belonging and pride.
CONCLUSION: in conclusion, the pedagogical culture of the educator plays a crucial role in the formation of a sense of national pride in children of preschool age. By fostering a positive national identity in children through their values, beliefs, and practices, educators can contribute to the development of a generation proud of their national heritage.
Key words: social pedagogy, social-pedagogical competence, method, case, theology, independent work.
For citation: Umida Sh. Yakubova (2024) 'Pedagogical culture of the teacher in the formation of national pride in preschool children', // Inter education & global study. 2024. No. (4(2)). pp. 268-278. (In Uzbek)
O'quv dasturlari ta'lim standartlarini amalga oshirish vositasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida berilgan rasmiy atama hisoblanadi. Pedagogik atamalar lug'atida o'quv dasturi - o'quv fani mazmunining qisqacha izohi deb keltirib o'tilgan[1;55-b]. O'quv dasturi — ta'lim tizimidagi har bir o'quv fanining mazmuni va
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'tilish tartibini, talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim hamda ko'nikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat hisoblanadi. O'quv dasturi fanning mazmuni qisqacha bayoni, talabalarning bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablardan tashkil topgan. O'quv fan dasturi (o'quv dasturi) - normativ hujjat bo'lib, u har bir aniq o'quv fani sohasidagi bilimlar va ko'nikmalarga oid talablarni, shuningdek, o'quv materialining mazmuni, uni o'rganish izchilligi hamda alohida mavzularga ajratilgan soatlar miqdorini belgilab beradi.
Biz ijtimoiy pedagogika fanining murakkab integrativ xususiyatini hisobga olib o'quv dasturini ko'rib chiqish zarur deb hisoblaymiz. Dasturlarni o'rganib chiqib, taklif qilinayotgan kurslarning maqsadlari va vazifalarini aniqladik. Ko'plab dasturlarda maqsad ikki komponentdan, ya'ni - talabalarga ijtimoiy pedagogik bilimlar berish va ularni ijtimoiy sohadagi amaliy faoliyatni amalga oshirishga tayyorlashdan iborat bo'lib "talabalarda ijtimoiy tarbiya subyektlari va jarayoniga nisbatan gumanistik ijtimoiy qadriyatlar, yangicha ijtimoiy pedagogik tafakkurni, o'zlarining ijtimoiy tajribalarini anglashni shakllantirishni" maqsad qilib qo'ygan.
Turli dasturlarning tarkibida ijtimoiy pedagogika paydo bo'lishi va rivojlanishiga e'tibor qaratilgan bo'lib, bu masalani o'rganish uchun "Xorijda ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanish tarixi", "O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning paydo bo'lishi madaniy-tarixiy ijtimoiy-huquqiy shart sharoitlari", "Mustaqil O'zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi", "Islom ta'limoti va xalq pedagogikasida ijtimoiy pedagogik g'oyalar" kabi mavzular tinglovchilarda gumanistik qadriyatlar shakllanishi uchun qiziqarli va ahamiyatli mavzular sifatida taklif qilinadi.
Talabalar o'zlashtirishi lozim bo'lgan ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari: "Ijtimoiy pedagogika fan sifatida", "Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari", "Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari.", "Ijtimoiy pedagogikaning kasbiy faoliyati", "Ijtimoiylashuv ijtimoiy pedagogik hodisa sifatida", "Ijtimoiy-pedagogik faoliyatida texnologiyalar", "Ijtimoiy pedagogikada me'yorlardan chekinish", "Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tashkil etiladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat" kabi mavzular birinchi modulda tarkib topgan. Ikkinchi modul "Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati" deb nomlanib "Umumta'lim maktablari o'quvchi-qizlarining ijtimoiy faolligini oshirish usullari va metodlari", "Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi", "Mehribonlik uylaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat", "Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi", "Oila, mahalla va ta'lim muassasasi ijtimoiy-pedagogik hamkorligi", "Deviant hulq. Ijtimoiy pedagogik muammo sifatida", "Ijtimoiy pedagogikada oila tiplari va turlari" kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogika fani o'quv dasturida keltirib o'tilgan amaliy mashg'ulotlar yordamida talabalarga ijtimoiy pedagogika tajribasi tahliliga dolzarb tus berish, o'quv mashg'ulotlariga tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy pedagogik texnlogiyalardan foydalanib, adabiyotlar va hujatlar bilan mustaqil ishlash imkonini beradi. Amaliy mashg'ulot vazifasi sifatida berilgan "Oilaning ijtimoiy pasporti" hamda "Xavf ostida bo'lgan oilaning ijtimoiy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
pasporti"larini to'ldirish jarayonida talaba o'zini aynan ijtimoiy pedagog rolida tasavvur qiladi. Shu bilan birga bo'lajak kasbining ahamiyatini, ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish ko'nikmalarini egallaydi. Amaliy mashg'ulotlar talabalarda asosiy ijtimoiy pedagogik qobiliyatlar va ko'nikmalar shakllanishiga xizmat qiladi, maxsus topshiriqlarni bajarish esa asosiy ijtimoiy tarbiya metodlarini idrok qilish va o'zlashtirish imkonini beradi. Seminarlar va amaliy mashg'ulotlar ajratilgan asosiy tushunchalar, shuningdek har bir mavzu bo'ychicha tegishli savollar, topshiriqlar va keyslardan tashkil topgan. Bu savollarni muhokama qilishda ma'ruza mashg'ulotlarida olingan bilimlardan foydalaniladi, pedagogik keys va kazuslarni bajarish davomida talabalar tavsiya qilingan adabiyotlarni qayta idrok qilishib, amaliy va hayotiy tajribalaridan foydalanishadi. Shunday qilib, tahlil qilinayotgan dasturlar ta'limning amaliy yo'nalganligini amalga oshiradi, uning tarkibiga kiritilgan axborotlar talabalarga amaliy faoliyatda mazkur bilimlarni qo'llash imkonini beradi.
O'quv dasturini yana ham samarali o'zlashtirish uchun munozara savollari, seminar va amaliy mashg'ulotlarning rejalari, mustaqil ta'lim va refaratlarning manunaviy mavzulari, asosiy va qo'shimcha adabiyotlarning ro'yxati taqdim qilinadi.
"Ijtimoiy pedagogika" fanining o'quv dasturi pedagogika va psixologiya, pedagogika (qo'shimcha tarbiya fani o'qituvchisi), maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi ixtisosligi yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Bizning tadqiqotimiz nuqtai nazaridan dasturning maqsadlari quyidagilardan iborat: talabalarning boshlang'ich pedagogik tayyorligini ta'minlash, kundan-kunga yangilanayotgan jamiyatda hayotiy faoliyatni tashkil qilishga shaxsning psixologik- pedagogik tayyorgarligini shakllantirish;ijtimoiy pedagogik tafakkur, ijtimoiy kompetentlik, shaxsning pedagogik savodxonligini rivojlantirish, oilaviy hayotga tayyorlash, ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish, o'z hayotini mustaqil tashkil qilish va ta'minlashning ba'zi asoslari sifatida shakllantirish;kasbiy ta'lim, mustaqil hayotiy tajribani refleksiya qilish vositalari, turli ijtimoiy amaliyotga jalb qilish natijasida talaba shaxsini rivojlantirish.
Ko'rinib turibdiki, dastur keng ixtisoslik doirasidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Yosh mutaxassis shaxsini uning kasbiy shakllanishi sharti sifatida rivojlatirish dasturning asosi bo'lib xizmat qiladi.
Pedagogikaning boshqa soxalariga nisbatan ijtimoiy pedagogika fani ilmiy adabiyotlari kamchiligini aytishimiz joiz. Fanning asosiy adabiyotlari sirasiga pedagogika fanlari doktori, professor N. Egamberdiyeva tomonidan 2009-yilda chop etilgan Ijtimoiy pedagogika darsligi, R. A Mavlonova, N.X. Vohidovalarning "Ijtimoiy pedagogika" o'quv qo'llanmasi[7;1112], M. A. Galaguzova va hammualliflari birgalikda 2008-yilda yozilgan "Ijtimoiy pedagogika" hamda 2013-yilda A.V. Mudrik tomonidan yaratilgan "Ijtimoiy pedagogika" darsliklari mavjud.[2;59,99,124]
Ijtimoiy pedagogika fani o'quv dasturlari Davlat ta'lim standartini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va biz uni davlat ta'lim normalari sifatida qabul qilingan asosiy parametrlar tizimi sifatida tushunamiz. O'rganayotgan dasturlarimiz asosan ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy hodimlarni tayyorlashga yo'naltirilgan. Xozirgi kunga kelib yurtimizda ijtimoiy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
pedagog shtati mavjud emas. 2021-yilda Oliy ta'limda tyutor lavozimi joriy qilinishi va Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2020-yil 13 oktabrdagi PQ-4860-sonli "alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida inklyuziv ta'lim tizimi joriy qilingan umumta'lim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida tegishli malakaga ega volontyorlar va oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishidagi yuqori kurs talabalari pedagogik amaliyot davrida ixtiyoriylik asosida faoliyat yuritishlari mumkinligi aytib o'tilgan[5]. Biz ijtimoiy pedagogika fanini yuqorida ko'rib chiqqan pedagogika va psixologiya, pedagogika, maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi yo'nalishlari bilan bir qatorda barcha pedagogik yo'nalish talabalari o'qitilishi kerak deb hisoblaymiz. Maktabda ta'lim olayotgan o'quvchilarning ijtimoiy muammolari bir talay bo'lib, bu ular o'z vaqtida bartaraf etilmasa, muammoning murakkablashishi va bolani hayotiy vaziyatini qiyintlashtirishi mumkin. Biz bunday vaziyatdan chiqish uchun har bir o'qituvchini ijtimoiy pedagogik faoliyatni amalga oshirishga tayyorlash kerak deb hisoblaymiz. Ijtimoiy pedagogik yondashuv bugungi kunda, ayniqsa dolzarb bo'lib, o'qituvchi kasbiy kompetentliligining o'zagi tizimli ijtimoiy pedagogik bilim sanaladi.
"Ijtimoiy pedagogika" fani bo'yicha "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi" yo'nalishi talabalari o'quv dasturi ishlab chiqdik.
O'quv fanining dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi: fanlararo xususiyatga ega va tarbiya vazifalari bilan bog'liq fanni o'rganish maqsadlari; fan mazmuni, hajmini ko'rsatgan holda o'quv mashg'ulotlari bo'yicha tizimlashtirish; asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati, o'qituvchiga metodik tavsiyalar (materiallar) va talabalarga metodik ko'rsatmalar bilan birga fanni o'quv-metodik ta'minlash; talablarning dasturni o'zlashtirish darajasiga ko'ra joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat shakllari.
"Ijtimoiy pedagogika" fani bo'lajak o'qituvchilarni kasbga tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta'limning asosiy yetakchi maqsadini biz talabalarning fanga oid bilimlarni o'zlashtirishlari va uni oliy ta'lim o'quv jarayni doirasida qo'llash bilan bir qatorda talabalar faoliyatining turli sohalarida amalga oshirish qobiliyatlarini rivojlantirish sifatida ko'rib chiqamiz. Ta'lim maqsadlarining bunday interpritatsiyasi bizga ijtimoiy pedagogik bilimlarni yakuniy natijasi va ta'lim sifati ko'rsatkichi sifatida emas, balki fanning yo'naltirilgan asosi sifatida belgilash imkonini beradi.
Bu fan pedagogikaning bir sohasi hisoblanib boshqa fanlar ("Psixologiya", "Ijtimoiy psixologiya", "Sotsiologiya") bilan yaqindan bog'liq bo'lib, talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, umumkasbiy qobiliyatlarni takomillashtirish va bo'lajak pedagoglarning kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
"Ijtimoiy pedagogika" fanining mazmuni o'z ichiga ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlarining mazmuni, talabalarning mustaqil ishlari dasturi va uni nazorat qilish shakllarini o'z ichiga oladi. Ta'lim murakkabligi, hajmi va mazmuni teranligi bo'yicha optimal tanlash uchun N.I. Liginaning tadqiqotida D.K. Babanskiy, P.I. Pidkasistiy tomonidan tanlangan quyidagi mezonlar va prinsiplardan foydalanish taklif qilinadi[3;129]: fan, ishlab
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
chiqarish, ijtimoiy hayot va madaniyat rivojining asosi yo'nalishlarida aks etadigan mazmun yaxlitligi mezoni; muayyan malumotlarni o'rganishga ajratilgan vaqtning ta'lim mazmuniga mosligi mezoni; ta'limning mazmun va protsessual jihatlari birligini hisobga olish mezoni; ta'lim mazmuni komponentlarining o'zaro muvozanati va uyg'unligini nazarda tutadigan ta'lim mazmunining strukturaviy yaxlitligi mezoni.
O'quv materiali talabalar nafaqat lokal (predmet) bilimlar va ko'nikmalarni, balki shaxsiy ijodiy, dunyoarash va xulq-atvor xislatlarini ham o'zlashtira oladigan tarzda tanlangan. Mazkur fanni o'rganishi natijasida talaba quyidagilarni bilishi kerak: ta'lim dargohida ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni, shakli va turlarini; o'quvchilarni ijtimoiy tarbiyalash va ijtimoiylashuvi (ijtimoiylashuv natijalarining mazmuni, bosqichlari, omillari, mexanizmlari)ning o'ziga xos jihatlarini; ijtimoiy pedagogika prinsiplari va ijtimoiy pedagogik tadqiqot metodlarini; oila va uning turlarini, turli tipdagi oilalar bilan ijtimoiy pedagogik ishlash shakllari va metodlarini; bolalar va kattalar bilash ishlashning barcha turlarida ijtimoiy pedagogik yondashuvlarni; ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari va mezonlari mazmunini ochib berishi; o'quvchilarning indiviual imkoniyatlarini rag'batlantirish va rivojlantirish uchun ijtimoiy muhitning pedagogik ahamiyatini aniqlashi; bolalar va kattalarning ijtimoiy faoliyatni tashkil qilishni: kommunikativ madaniyat talablariga binoan pedagogik muloqotni amalga oshirishni; o'quvchi shaxsi rivojlanishi jarayonida hayotiy faoliyatning asosiy sohalari imkoniyatlarini baholashni: ta'lim muassasalarida ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy pedagogik faoliyat tajribasi va amaliyotini tahlil qilishni.
Har bir berilgan mavzu oldingi keltirilgan mavzuni puxta o'zlashtirishni taqozo qiladi, bunga ko'ra o'zlashtirish umumiylikdan xususiylikka o'tish prinsipiga binoan kechadi. Ma'ruzada berilgan ma'lumotlar vositasida o'qitish ijtimoiy pedagogika bo'yicha bilimlarga asos yaratadi, talabalarni ilmiy tadqiqot metodologiyasi bilan tanishtiradi va o'quv mashg'ulotlarining qolgan barcha shakllari bo'yicha ishlar yo'nalishini ko'rsatadi. Ko'rsatilgan mavzularga oid har bir ma'ruza uchta: ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fani bo'yicha ma'ruzalari kursining mazmunini falsafiy, nazariy va metodologik jihatlarni o'rganishni nazarda tutadi, ular ta'limni faollashtiradigan turli shakllar va metodlardan foydalanish imkonini beradi. Shu bois amaliy mashg'ulot jarayonida bo lajak o qituvchilarning ijtimoiy pedagogik kompetentliligini rivojlantirishda metodlardan foydalanishning ahamiyati katta. Quyida keltirilgan metod va usullar mashg'ulot jarayonining yanada qiziqarli bolshini ta'minlaydi.
«Charhpalak» metodi. Metodning maqsadi: ta'lim oluvchilarda muayyan mavzu bo'yicha o'zlashtirilgan axborotlarni analiz-sintez qilish, baholash va mustaqil-ijodiy ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
1-bosqich. Talabalar to'rt kishidan iborat kichik guruhlarga bo'linadi va ularga aniq mavzu bo'yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatiladi;
2-bosqich. Berilgan harakat hususiyatlari ichidan o'zlari to'g'ri deb topgan harakatni ko'rsatilgan kataklar ichiga maxsus belgilar bilan belgilash tushuntiriladi;
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
3-bosqich. Har bir guruh a'zosi individual tarzada ko'rsatilgan kataklarga o'z javoblarni belgilaydi va o'qituvchi navbatdagi bosqichda guruhlarning javoblar varaqasini soat strelkasi tartibida almashtiradi;
4-bosqich. Bu harakat to har bir guruhning dastlabki ishi o'ziga qaytib kelguniga qadar takrorlanadi. Tarqatma materiallar o'z egalariga etib kelganidan so'ng o'qituvchi to'g'ri javoblarni o'qib eshittiradi.
5-bosqich. Talabalar to'g'ri javoblarni dastlabki belgilari bo'yicha tekshirib, har bir to'g'ri javobni «1» ball bilan baholaydilar.
6-bosqich. Trening yakunida o'qituvchi baholash mezonini o'qib eshittiradi va har bir talaba o'z-o'zini baholaydi. (Masalan, harakatlar 20 ta bo'lsa, bunda: 18-20 to'g'ri javob uchun «a'lo», 15-17 ta to'g'ri javob uchun «yaxshi», 12-14 ta to'g'ri javob uchun «qoniqarli» baho beriladi.)
3x4 organayzerini to'ldiring
Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va "3x4" texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.
_3x4 organayzerini to'ldiring_
Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va "3x4" texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.
Ta'lim tizim sifatida-bu......
"Muammo" organayzerini to'ldiring_
Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixiga doir muammoli masalalami yechimini topishga yordam beradi va "Mjammo' usuli orqali muanimo hal qilinadi._
Muammoning turi Muammoning kelib chiqish sabablari Muammoni echish yollari va sizning harakatingiz
Tarbiya borasidagi shaxs nazariyaiarining Rivojlanish psixologiyasi fanidagi ahamiyatini asoslang?
FSMU texnologiyasi: Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o'quv jarayonini bahs-munozarali o'tkazishda qo'llaniladi, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o'rgatadi. Talabalarga tarqatilgan oddiy qog'ozga o'z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F- fikringizni bayon eting, S- fikringiz bayoniga sabab ko'rsating, M- ko'rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring, U- fikringizni umumlashtiring.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1-guruh Savol Ijtimoiy pedagogika fanining shakllanishi omillari.....
F- fikringizni bayon eting
S-fikringiz bayoniga sabab ko:rsating
M- ko'rsatilgari sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
"Munosabat" metodi
O'quv jarayonida metoddan foydalanish o'rganilayotgan muammo bo'yicha muayyan masalalarni hal etish, ma'lum jarayonning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yo'llarini topish asosida talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, fikrni isbotlash va turli vaziyatlardan chiqa olish ko'nikma va malakalarni hosil qiladi.
Muammo Muammoning kelib chiqish sabablari Muammoni hal qilish yechimlari Sizring xulosangiz
Individual o'qitishda faoliyatnirig mazmuni, metadlari va surati talabanirig xususiyatlariga moslashtirilishi bu doim ham ta'lim sifatini oshirmaydi aksincha bilirn ko'rsataichini Dasavtirmoada.
"Tushunchalar tahlili" metodi
Maqsadi: talabalarda mavzuga oid bilimlarni amalda qo'llash va tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish.
Ma'ruza o'quv jarayonini tashkil qilishning an'anaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Biroq talabalar tomonidan nafaqat tayyor bilimlarni o'zlashtirish va idrok qilishga, balki faol bilish faoliyatida bilimlarni mustaqil o'zlashtirishlariga qaratilgan. Ma'ruza darslarida interfaol metodlaridan foydalanish talabalarga ta'lim berishning amaliy shakliga aylantiradi. Ijtimoiy voqelik, ijtimoiy pedagogik hodisalar va faktlarning tahlili bizga ma'ruzalarni yangi ko'rinishlarda tashkil qilishni, muammoli ma'ruza kabi shakllardan foydalanish imkonini beradi.
Tushunchalar Mazmuni
Oila
G'annxo'rlik
Ziddiyatli tarbiva
Qattiqqo'llik
Tarbiya
Ta'lim
Muammoli ma'ruzalar ma'ruzaning mazmuniga, maqsadiga yo'naltirilgan holatda qo'shiladi. Ma'ruza mashg'ulotlarini muammoli bayon qilishdan foydalanish muhim didaktik ahamiyatga ega bo'lib zamonaviy fan va amaliyotning dolzarb muammolarini hal qilishga talabalar e'tiborini qaratadi. Biz ma'ruzalarni ishlab chiqishda asosiy didaktik tamoyillar va talablarga amal qilgan holda- yaxlitlik, ilmiylik, ochiqlik, onglilik, tizimlilik, oshkoralik kabi ta'lim shaklining o'ziga xosliklarini hisobga oldik. Yaxlitlik tamoyiliga ko'ra ma'ruza mashg'uloti maqsadi va mazmunining o'zaro bog'liqligiga asoslanib yagona tuzilishini
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yaratishni ta'minlaydi. Ilmiylik tamoyili zamonaviy fan asosiy qoidalariga ma'lumotlarning mos kelishi, obyektiv faktorning ustuvorligi va ilgari surilayotgan qoidalarning isbotlanganligini taqozo qiladi. Ta'limning ochiqligi tamoyili o'quv materialining mazmuni talabalarga tushunarli, hajmi o'zlashtira olish darajasida bo'lishi kerak. Onglilik tamoyili talabalarning diqqat-e'tiborini faollashtirish natijasida amalga oshiriladi va faol hamda mustaqil faoliyatni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogika kursi bo'yicha amaliy yo'nalganlik mazmundan tashqari seminar mashg'ulotlari dasturida borligi bilan belgilanadi. Seminar oliy maktabda ta'lim turi (shakli) sifatida muhokama qilinayotgan mavzuning mazmuni va strukturasi yana ham to'la ochilishiga yordam beradi, talabalarning eng yuqori faolligini ta'minlaydi, ta'lim va tarbiya vazifalari hal qilinishiga ko'maklashadi. Seminar mashg'ulotlari turlarining qulayligi murakkab, ko'p qirrali ijtimoiy pedagogik muammolarni keng taqdim qilish imkonini beradi.
Biz seminar mashg'ulotlarining quyidagi turlaridan foydalandik: talabalarga oldindan ma'lum reja asosida batafsil suhbat; seminar-munozara; ijtimoiy pedagogik vazifalar va pedagogik kazuslar yaratish va ularni yechish; aniq ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar materiallariga oid seminar; -keyinchalik muhokama qilish maqsadida alohida savollar (mavzular) yuzasidan nazorat (yozma) ish va boshqalar.
Biz fanni o'rganish jarayonida seminarlarning turli shakllaridan, seminarlarning har xil turlaridan, jumladan, elementar foydalaniladigan aralash turdagi o'qitish shaklini qo'lladik.
Biz ma'ruza, seminar va amaliy darslarni tashkil etishdan asosiy maqsadimiz- bo'lajak o'qituvchilar ijtimoiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish uchun ijtimoiy pedagogika bo'yicha bilimlar va ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlikdan iborat deb belgiladik. Binobarin oliy o'quv yurtlari oldida xar tomonlama yetuk, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun talabalarning bilimi va o'quv faoliyatini faollashtirish lozim bo'lib, o'quv faoliyatining mustaqil ishlash turiga alohida ahamiyat beriladi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga ko'ra pedagogik kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun 4+2 tarkibida to'rt kun oliy ta'limda nazariy hamda ikki kun ta'lim muassasasida amaliyot o'tishlari belgilib berildi. Bu dastur ko'magida talabalarimiz olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olishlari, ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy muhitni o'rganishlari, bo'lajak o'qituvchi sifatida o'zlarini amaliyotda sinab ko'rishlari mumkin[4]. Talabalarda mustaqil ishlash davomida bo'lajak kasbiga ijodiy yondashuv shakllanadi, insonning individual xislatlari va qobiliyatlari ochiladi, talaba tomonidan bilish faoliyatining usullarini o'zlashtirish ta'minlanadi, ilmiy va kasbiy vazifalarni hal qilish qobiliyati shakllanadi. Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi mazmuni talabalarga mustaqil tafkkkurni rivojlantirish, vazifalarni tahlil qilish, ijtimoiy muhit sharoitlarini hisobga olish, topshiriqlar berish hamda ularni hal qilish usullarini loyihalashtirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Ijtimoiy pedagogik bilimlar bo'lajak o'qituvchining ijtimoiy pedagogik kompetentligining asosini tashkil qiladi. O'zlashtirilishi zarur bilimlarning majmui qanchalik yaxshi tizimlashtirilgan bo'lsa, talabalar ta'lim olishning maqsadlari hamda bilimlar va
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qobiliyatlarning mazmkur tizimini o'zlashtirish ahamiyati shuncha yuqori darajada bo'ladi. Ijtimoiy pedagogika fani bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy- pedagogik kompetentliligini rivojlantirishning muhim omili bo'lib hizmat qiladi. Ushbu omil "Pedagogika" va "Psixologiya" fanlarini o'zaro bog'lovchi vazifasini bajaradi. Shu bilan bir qatorda ta'lim jarayonida foydalaniladigan ijtimoiy-pedagogik tadqiqot natijalari ish faoliyatida uchrab turadigan ijtimoiy muammolar to'g'risida to'g'ri tasavvurni shakllantiradi. Ijtimoiy pedagogikaga xos bo'lgan insonparvarlik tuyg'ulariga yo'g'rilgan, har bir insonning muammolariga, uning ichki kechinmalariga, shuningdek emotsional holatiga maqsadli e'tibor berishni nazarda tutuvchi o'qituvchi uchun yagona metodologik platforma bo'lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risidagi qonuni".
2. Galaguzova.M.A. umumiy tahriri ostida. Ijtimoiy pedagogika ma'ruzalar matni. M.: 2000 -y. 416-b
3. Лигин^ Н.И. Технологии профессионального педaгогического обрaзовaния. - М.: Издaт. центр «Акaдемия», 2001. - 272 с.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayorlovchi oliy ta;lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-289-sonli qarori.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohidfa ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-sonli qarori.
6. Abdullayeva K., Muslimov N.A. Bo'lajak kasb-hunar kolleji o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ayrim masalalari. / "Oliy ta'lim muassasalari pedagog va boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish nazariyasi va amaliyoti" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Toshkent: TDPU, 2012. 26-28-b.
7. Yakubova U.Sh. Social pedagogical competence as the basis of the future teacher\'s activity. Web of scientist: international scientific research journal. -, 2023 y. - B. 13111318.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
H Umida Yakubova Sharifovna, o'qituvchi [Якубова Умида Шарифовна,
преподaвaтель], [Umida Sh. Yakubova, teacher, (PhD) ]; manzil: O'zbekiston, Termiz shahar, Mehrobod MFY, Islom Karimov ko'chasi, 136\30uy ^дреа Узбекистaн, город Термез, мaхaлля Мехробод, улицa Ислaмa Кaримовa, дом 136\30], [address: Uzbekistan, Termez, Islam Karimov street 136\30]; E-mail: [email protected]