Научная статья на тему 'ХALQ ОG’ZAKI IJОDI ORQALI YOSHLAR ОNGIDA MILLIY G’ОYANI SHAKLLANTIRISH'

ХALQ ОG’ZAKI IJОDI ORQALI YOSHLAR ОNGIDA MILLIY G’ОYANI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

67
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fоlklоrshunоslik / milliy g‘оyani shakllantirish yo‘llari / yoshlar / оliy ta‘lim tizimida yoshlar оngida milliy istiqlоl g‘оyani shakllantirish imkоniyatlari / ta‘limiy-tarbiyaviy / ma‘naviy / ma‘rifiy / ijtimоiy jarayоn / zamоnaviy pеdagоgikaning didaktik hamda tarbiyaviy xaraktеri / milliy istiqlоl g‘оyasini shakllantirishda хalq оg‘zaki ijоdidan fоydalanish tеxnоlоgiyasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. T. Tilegenov

Ushbu maqolada yoshlarda milliy istiqlоl g‘оyasini shakllantirishda хalq оg‘zaki ijоdidan fоydalanish muammоsi-ta‘limiy-tarbiyaviy, ma‘naviy, ma‘rifiy, ijtimоiy jarayоnning umumiy lоyihasini, mazkur jarayоnlarni tashkil еtishga bо'lgan faоliyat mazmunini ijtimоiy hayоtning rеal talablaridan kеlib chiqqan hоlda zamоnaviy shakl va tеxnоlоgiyalar asоsida tashkil еtish mеxanizmlarini ishlab chiqish yo‘llari muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ХALQ ОG’ZAKI IJОDI ORQALI YOSHLAR ОNGIDA MILLIY G’ОYANI SHAKLLANTIRISH»

XALQ OG'ZAKI IJODI ORQALI YOSHLAR ONGIDA MILLIY G'OYANI

SHAKLLANTIRISH

A. T. Tilegenov

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog'iston

filiali erkin izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanish muammosi-ta'limiy-tarbiyaviy, ma'naviy, ma'rifiy, ijtimoiy jarayonning umumiy loyihasini, mazkur jarayonlarni tashkil etishga bo'lgan faoliyat mazmunini ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy shakl va texnologiyalar asosida tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish yo'llari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: folklorshunoslik, milliy g'oyani shakllantirish yo'llari, yoshlar, oliy ta'lim tizimida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish imkoniyatlari, ta'limiy-tarbiyaviy, ma'naviy, ma'rifiy, ijtimoiy jarayon, zamonaviy pedagogikaning didaktik hamda tarbiyaviy xarakter i, milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanish texnologiyasi.

АННОТАЦИЯ

В дангой CTaTbe на ocHoBe фoльклoра раccмoтрeны пути фoрмирoвания нациoнальнoй идeи в coзнании мoлoдeжи и мoдeрнизирoваны вoзмoжнocти фoрмирoвания нациoнальнoй cамocтoятeльнoй идeи в coзнании мoлoдeжи в cиcтeмe выcшeгo oбразoвания, пocтoяннo ищущeй coврeмeнныe рeшeния. , мeтоды и мeтoды, развивающиe твoрчecкoe мышлeниe мoлoдeжи, ee нoватoрcтвo. Пoдчeркнутo, что задача гоиска тeoрeтичecкoгo и практичecкoгo рeшeния таких важных вoпрocoв, как пoтeнциал, фoрмирoваниe лидeрcкиx качecтв, имeeт актуальнoe значeниe.

Ключевые слова: фoльклoр, cпocoбы фoрмирoвания нациoнальнoй идeи, мoлoдeжь, вoзмoжнocти фoрмирoвания нациoнальнoй cамocтoятeльнoй идeи в coзнании мoлoдeжи в OTCTeMe выcшeгo oбразoвания, oбразoватeльнo-вocпитатeльный, дуxoвнo-вocпитатeльный, coциальный прoцecc, дидактикo -вocпитатeльный xарактeр coврeмeннoй пeдагoгики, тexнoлoгии иcпoльзoвания фoльклoра в фoрмирoвании идeи нац^^ль^й нeзавиcимocти.

ABSTRACT

This article, based on folklore, examines the ways of forming a national idea in the minds of young people and modernizes the possibilities of forming a national

27-mart, 2024

67

independent idea in the minds of young people in the higher education system, which is constantly looking for modern solutions. , methods and methods that develop the creative thinking of young people and their innovation. It is emphasized that the task of finding theoretical and practical solutions to such important issues as potential and the formation of leadership qualities is of current importance.

Key words: folklore, ways of forming a national idea, youth, possibilities of forming a national independent idea in the minds of young people in the higher education system, educational and educational, spiritual and educational, social process, didactic and educational character. modern pedagogy, technology of using folklore in the formation of the idea of national independence.

Oliy ta'lim tizimida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish imkoniyatlarini modernizatsiyalash, zamonaviy yechimlar, uslub va metodlar ustida doimo izlanish, yoshlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning innovatsion potensiali, liderlik xususiyatlarini shakllantirish kabi muhim masalalarga nazariy va amaliy jihatdan yechim topish vazifasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanish muammosi-ta'limiy-tarbiyaviy, ma'naviy, ma'rifiy, ijtimoiy jarayonning umumiy loyihasini, mazkur jarayonlarni tashkil etishga bo'lgan faoliyat mazmunini ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy shakl va texnologiyalar asosida tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati ko'zga tashlanmoqda.

Haqiqatdan ham, yuksak malakali, intellektual salohiyatli, ma'naviy va huquqiy jihatdan yetuk, madaniyatli kelajak avlodni tarbiyalash davlat va jamiyat buyurtmasining eng asosiy ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.

Auditoriya mashg'ulotlari, darsdan tashqari tadbirlar, tashviqot-targ'ibot ishlari, ilmiy anjumanlarni tashkil etish bo'yicha ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat maqsadi, mazmuni, shakl, metod, usul va texnikasi, talabalar va Universitet yoshlar faoli hamkorlikda gi faoliyati tahlili asosida yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanish texnologiyasining tarkibiy tuzilmasini quyidagicha aks ettirishni lozim topdik.

Ko'rsatib o'tilgan talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirish texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

1. Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish mazmunini optimallashtirishga bo'lgan siyosiy va iqtisodiy jabhada yoshlar ishtirokini ta'minlash nazarda tutilgan.

2.Talabalar uchun qiziqarli va maroqli tarzda zamonaviy pedagogikaning didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta'lim-tarbiya jarayonini

68

samarali, tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui metodologik asos sifatida namoyon bo'ladi.

3. Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish ta'lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit ijtimoiy pedagogik jarayondir.

4. Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish yo'naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.

5. Talabalar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish -shaxsiy xususiyatiga ega bo'lib, muayyan texnologiyalarni ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatda qo'llashga nisbatan yagona, qat'iy, me'yoriy talablar qo'ymaydi. Pedagoglar o'zlari faoliyat yuritayotgan ta'lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik kreativ yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

6. Talabalar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish o'zida ta'lim, tarbiya va shaxs kamoloti birligini ifoda etadi.

Biz bejiz Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish masalalariga urg'u bermadik. Bugungi kungacha OTMlarda Folklorshunoslik vositasida yoshlar o'rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o'rni, go'zalligi va ahamiyatini har tomonlama ochib berishda suhbat va uchrashuvlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlardan foydalanildi. Mazkur an'anaviy jarayondan ko'zlangan maqsad:

- yoshlarni Vataniga fidoyi, jasur, sog'lom, bilimli va har tomonlama etuk, yuksak axloqli, pok inson bo'lishga yo'llash;

- yoshlarda o'z xalqining tarixiy, madaniy, milliy xususiyatlarini anglab olishga bo'lgan zaruratni tarkib toptirish;

yoshlarda bugungi kundagi "ommaviy madaniyaf'ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishdan iborat edi.

Alohida e'tirof etish joizki, tobora texnokratizatsiyalashayotgan zamonda yosh avlodni tarbiyalash uchun poydevor bo'lgan ijtimoiy pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish, talaba-yoshlar o'rtasida milliy mafkuraviy immunitetni amaliy faoliyat imkoniyatlaridan kelib chiqib mustahkamlashni ta'minlash, Folklorshunoslikda mujassam etilgan xalqimizning qadriyat va an'analari, Sharq mutaffakurlarining ma'naviy-ma'rifiy qarashlarini o'ziga jamlagan asarlarni tanlash va ularni o'qishga tavsiya etish, yoshlar ijtimoiy-psixologik portretini tayyorlashda ular faolligini oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi ekzo va endo omillarni belgilab olishning samarali metodlarini qo'llash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.

27-mart, 2024

69

Shu o'rinda Folklorshunoslik tushunchasiga qisqacha to'xtalib o'tishni lozim topdik. Bilamizki, xalq og'zaki poetik ijodini o'rganish sohasini Folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslikda xalq og'zaki adabiyotidagi maqol, qo'shiq, ertak, doston kabi janrlarning o'ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi.

Folklorshunoslar o'zbek xalq dostonlarini quyidagi turlarga bo'lib o'rganishni maqsadga muvofiq deb topadilar; 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlari. 3. Tarixiy dostonlar. 4. Romantik dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar

Alohida qayd etish lozimki, o'zbek xalq dostonlari jahon xalqlari eposlari singari o'zining yuksak g'oyaviyligi, badiiy kamoloti bilan alohida o'rin tutadi. Doston epik ijodiyotning juda qadimiy turi sifatida barcha xalqlar og'zaki ijodiyotida mavjud. «Alpomish», «Rustamxon», «Go'ro'g'li» kabi o'zbek xalq dostonlarining yaratilishi xalq og'zaki ijodiyoti tarixida noyob uchraydigan hodisalardan bo'lib, ular umummadaniyat xazinasiga qo'shilgan bebaxo ma'naviy hissa bo'lib sanaladi. O'zbek «Alpomish»i qoraqolpoq va qozoqlarning «Alpambis» i o'g'uzlarning «Bomsi-bayrak» asari tatarcha va boshqirdcha «Alpamsha», «Alpamisha va Barchin xiluu», uyg'urcha «Alish Manash» va boshqalar turkiy xalqlarning juda katta xududiga tarqalgan qadimiy eposining muayyan o'zgarishlar bilan bizgacha etib kelgan namunalari bo'ladi. Bular Folklorshunoslikda «Alpomish» dostonining qo'ng'irot, o'g'iz, qipchoq va oltoy versiyalari deb yuritiladi.

Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish jarayonida quyidagi pedagogik vazifalar hal etiladi:

1. Ta'lim muassasasining ichki resurs va imkoniyatlari, mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda talabalarning jamoat ishlaridagi (olimpiada, targ'ibot tashviqot ishlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar) ishtirokini ta'minlash.

2. Jamiyat hayotining barqaror tarzda kechishini ta'minlashda tashabbus ko'rsata oladigan yoshlarda milliy iftixor tuyg'usini rivojlantirishda: izlanuvchi-ta'minlovchi (amaliyotda yuqori faollik va erkinlik kuzatiladi), ijodiy (bilish faolligining oliy darajasi) hamda reproduktiv o'xshatuvchi-faollik (shaxsiy tajriba yetarli emasligi natijasida, tajriba orttiruvchi vosita sifatida ifodalanadi) ni tarkib toptirish komponentlarini shakllantirish masalasiga e'tibor qaratish.

3.Talabalarning ma'lum bir faoliyati jarayonida, tegishli xatti -harakatlarida namoyon bo'ladigan obyektiv voqelikni va shaxsning o'zini o'zgartirish (masalan: ma'rifiy tadbirlar o'tkazishni rejalashtirish) da faolligining qaysi turini rivojlantirish lozimligini inobatga olish.

4.Talabalarning g'oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to'g'risidagi bilimlarini obyektiv nazorat qilish va baholash uchun pedagogik testlar ishlab chiqish.

70

Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish xususiyatini, uning shaxsga ta'sir qilish mexanizmlarini, an'anaviy va zamonaviy o'quv amaliyotini tahlil qilish maqsadli uchta asosiy yo'nalishini ajratib olishga imkon beradi.

1. Ta'lim jarayoniga Folklorshunoslik va ijtimoiy gumanitar fanlar imkoniyatlarining integratsiyasi hamda ta'lim mazmunini boshqa, sifat jihatidan yangicha idrok qilish, ifodalash, tushunish uchun qulay shart-sharoit yaratish. Bunda ilmiy-didakik vositalar:

- ta'limiy axborotning teng manbai bo'lib, o'quv materiallari ichida o'ziga xos "tushuncha", "termin" ob'ektiv va subyektiv holatlar, xalq og'zaki ijodida o'z aksini topgan badiiy qahramonlarning hissiy kechinmalarining nozik nyuanslari, his -tuyg'ularini aks ettirish;

- ta'lim mazmunining shaxsiy-subyektiv tajribasi lahzalarini yaratish, shaxs uchun ahamiyatli jihatlarini aniqlash;

- o'rganiladigan o'quv materialining tarixiy va madaniy kontekstini his qilishning ma'lumot manbai bo'lish;

- turli xil assotsiatsiyalar, hissiyotlar, fikrlar, taassurotlar maydonini axborot bilan to'ldirish yaratish orqali ta'lim mazmunini ishtirokchilarning individual tajribasi bilan boyitish;

-munosabat, pozitsiyalarni idrok etish va baholashning an'anaviy yondashuvlarini o'zgartirishga yordam berish;

-"Men" tushunchasining o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini ifodalashga qaratilgan qiymat-semantik boyitish manbai bo'lish.

Fikrimizcha, Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyani shakllantirish ishlarni samarali tashkil etishdagi uzviyligini ta'minlashda media texnologiyalardan foydalanish tarbiya vositalarini bir vaqtning o'zida bir necha yo'nalishlarda qo'llash imkonini beradi. Ayni vaqtda "Apparat-matnlar" tizimi (video kitoblar, o'quv disklari, matnli albomlar va boshqalar) dan ommaviy ravishda foydalanilmoqda. Bu esa pedagoglarning o'zaro muloqot va bahs-munozara qilish imkoniyatini kengaytirishi bilan birga, grant va loyihalarni yaratishda pedagog-texnolog va metodistlarning kasbiy mahoratlarini oshirishga yordam beradi.

Ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish pedagoglar, Universitet yoshlar faoli va talabalar orasidagi o'zaro ilmiy, ijodiy, demokratik munosabatdan tarkib topgan bo'lishi, talabalarda ijodiy-kreativ daraja, (namuna asosida harakat qilish yo'li) bilan (ijodiy) harakatlar orqali yangi bilimlarni egallash va ularni mustaqil o'rganishga qaratilgan ijodiy harakatlarni tashkil etish, qisman izlanuvchan daraja, (avval o'zlashtirilgan materialni ikkilamchi idrok etish (anglash) orqali obyektlarni bilish va ular asosida ilmiy hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid oddiy harakatlarni bajarish), reproduktiv daraja (avval bajarilgan harakatlarni mustaqil bajarish) larni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanish malakalarini tarkib toptirishda:.

- ta'lim texnologiyasi g'oyalarining ta'lim jarayoniga to'laqonli tatbiq etilishi uchun mintaqaviy ichki imkoniyatlarni puxta o'rganish;

- ijtimoiy pedagogika fanlarini o'qitilishi jarayoniga milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish imkoniyatlarini ilg'or texnologiyalarni joriy etish orqali belgilash, zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- ta'lim sub'ektlarining texnikaviy savodxonligiga erishish;

- tezkor axborot xizmatini yo'lga qo'yish;

-pedagogik jarayonning demokratlashuv va insonparvarlashuviga erishish;

- tahsil oluvchining individuallashuviga alohida ahamiyat berish;

- tadqiqotlar natijalarini tahlil etish, umumlashtirsh, tavsiyalarni ishlab chiquvchi Markazni tashkil etish ijobiy samara beradi.

Biz ilmiy izlanishlarimiz davomida Universitet "Yoshlar faoli" bilan hamkorlikda darsdan tashqari sharoitlarda quyidagi yo'nalishlardagi ishlarni tashkil etdik:

Targ'ibot-tashviqot ishlari (ma'ruza, seminar, suhbat, debat, munozara va uchrashuvlar o'tkazish, turli ma'ruzalarda xususan, "G'oya va mafkuraning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati", "O'zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar" va hokazo mavzulardagi kitob va rasmlar ko'rgazmasi);

b) Ilmiy anjumanlar (yoshlarning an'anaviy fan olimpiadalari, yoshlar ilmiy -nazariy hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalari, davra suhbati, ma'ruza va seminarlar, shuningdek, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, taqdim etish, unda belgilangan topshiriqlarni bajarish va natijalarni ilmiy jihatdan asoslash borasida muayyan ko'nikma va malakalarni hosil qilishga ko'maklashuvchi trening va boshqalar);

v) Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari («Dostonlarda xalq dardi mujassam», "To'maris izdoshlari" kabi ko'rik-tanlovlar);

g) Sport musobaqalari («Alpomish avlodlari», «To'maris vorislari» shiori ostida tashkil etilgan sport bellashuvlari).

Fikrimizcha, yoshlarni g'oyalarning turlari, mazmun mohiyatini to'la anglashlari uchun quyidagi yo'nalishlarda pedagogik shart-sharoit, imkoniyat yaratish talab etiladi:

-faoliyat mahsuldorligiga erishish uchun talabalarda kreativ va mustaqil ishlash faoliyati motivlarini faollashtirish;

-kreativ, ilmiy-ijodiy va mustaqil ishlash uchun faoliyat mazmuni bo'yicha talabalarda bilim va tasavvurlar tizimini shakllantirish;

-talabalarning qobiliyat va layoqatiga qarab kreativ, ilmiy-ijodiy va mustaqil ishlash kompetensiyalarini aniqlash;

-ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish, qobiliyatlariga qarab festival' va ijodiy kechalarga ishtirok etishlarini ta'minlash

72

Mazkur yo'nalishlardagi ishlarni tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonlarida muayyan samaradоrlikka erishish bilan bir qatorda kоnfоrmizmga yo'l qo'ymasdan, ya'ni nоto'g'ri echimga оКЬ keluvchi g^ya va folatlarga berilib ketmasdan o'z vataniga sidqidilgan хizmat qiladigan barkamоl yoshlarni tarbiyalashga im^n beradi. Milliy tarbiya mazmun va ko'lam jihatidan keng qamrovli bo'lganligi sababli, ularning samarali, muvaffaqiyatli оКЬ bоrilishi tanlangan shakl, metod hamda vоsitalarning o'zarо vоbastaligi hamda ulardan maqsadga muvоfiq foydalanish darajasiga bоg'liq bo'ladi.

Shu bоis, tajriba guruhidagi talaba-yoshlarni qiziqish va qоbiliyatlariga qarab psiхоlоgik-pedagоgik bilimlar va hayotiy tajribaga tayanib ularning maqsad, intilishlarini ifoda etuvchi faоliyat turlariga jalb etildi. Yoshlar o'rtasida o'zaro ham^rlik, hamfikrlilikka tayanilishi, ular o'rtasida o'zarо is^^Ming qarоr tоpishi оldinga qo'yilgan maqsadga erishish kafolatidir degan хulоsaga kelindi.

Bilamizki insоniyat tariхi bu g^yalar tariхidir. Xo'sh, g'оya nima, nega unga bu qadar katta e't^r va ahamiyat beriladi? Ma'lumki, har qanday millat va хalq, har qanday ijtimоiy tuzum va davlat muayyan bir tamоyillar va qadriyatlar asоsida hayot kechiradi hamda o'z manfaatlari, maqsad-muddaоlari, оrzu-intilishlarini ko'zlab harakat qiladi. Binоbarin, ular hayotdagi ma'lum bir mafkuraga tayanadi.

Yoshlar оngida milliy istiqlоl g'оyasini shakllantirishda хalq оg'zaki ijоdidan foydalanishning muhim jihatlaridan biri - talaba va o'qituvchi faоliyatining о'zarо uzviyligini ta'minlashdan Лога! Birоr uslubni tanlash uchun pedagоg ta'lim оluvchilarning izlanish faоliyatiga tayyоrgarlik darajasini, materialning deduktiv о'zlashtirilishi, unga yuklatilgan tоpshiriqni mustaqil bajara о^эш, о'qitishdan о'z-о'zini bоshqarish darajasining rivоjlanishi hamda ish qоbiliyati hоlatini, albatta, оldindan bilishi kerak. Bu jarayоnning asоsiy vazifasi talabalarni о'qishi va ilmiy faоliyatga yо'naltirish hamda tarbiyaviy tadbirlarda ishtirоkini ta'minlashdan ^ratd^.

Kuzatishlarimiz davоmida yoshlarda milliy istiqbl g'оyasini shakllantirishga dоir уоЫу samaradоrlikka erishish uchun оlib Ьоп^п tahlillar asоsida Fоlklоrshunоslik asоsida yoshlar оngida milliy istiqlоl g'оyani shakllantirish murakkab tuzilishga ega bo'lib, g^yalarning mazmuni va namоyon bo'lish shakli, g^yalarning turlari (diniy g'оyalar; ilmiy g^yalar; falsafiy g'оyalar; badiiy g^yalar; ijtimоiy-siyosiy g'оyalar; milliy g'оyalar) to'g'risidagi bilimlar, milliy iftiхоr, milliy o'zlikni anglash, ma'naviy va madaniy qadriyatlar tizimi kabi kоmpоnentlarni o'z ichiga qamrab оlishi aniqlandi.

Har qanday faoliyatni tartibga soluvchi tamoyillari bo'ladi. Ular xatti-harakatni meyorlashtiradi va ma'lum bir doiradagi xulqni belgilab boradi. Fоlklоrshunоslik asоsida yoshlar оngida milliy istiqbl g'оyasini shakllantirishda pedagоg va talabalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'ziga xos xususiyatlarini ta'minlaydigan pedagоgik tamоyillar asosida amalga oshiriladi. Tadqiqоt natijalari Fоlklоrshunоslik asоsida

73

yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozimligini ko'rsatdi:

- pedagogik va badiiy salohiyatni integratsiyalash tamoyili;

- pedagogik mazmunni badiiy-obrazda taqdim etish tamoyili;

-xalq og'zaki ijodi namunalari orqali milliy istiqlol g'oyasi mujassamlashgan ma'lumotlarni ifodalashning ilhomda namoyon bo'lish tamoyili;

-ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining ijodiy hamkorlik voqelik prinsipi; -bir butunlik, yaxlitlik tamoyili. Ushbu tamoyil ikki jihatni o'zida aks ettiradi: -ta'lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti birligi; (talaba yoshlarning yosh xususiyatlarini, biologik va psixik, ijtimoiy va ma'naviy, anglash va o'z-o'zini anglash, ratsional va irratsional birlik sifatida tushunish);

-pedagogik texnologiyaning muayyan, qat'iy tizimga egaligi, "tizimlilik" tushunchasi bu o'rinda ham ma'lum o'quv fanini o'qitish ham umumiy ta'lim jarayoniga xoslikni anglatadi.

-artpedagogik hamkorlikda xalq og'zaki ijodi namunalarini talqin qilish erkinligi tamoyili;

-tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi; (tarbiya komponentlari o'zaro uyg'unligini ta'minlash)

-tarbiyada insonparvarlik va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilinishi;

- tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi;

- tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirning uyg'unligi va uzluksizlik;

- talabalar egallayotgan diniy va dunyoviy bilimlarning hayot bilan hamnafasligi;

- ta'lim - tarbiyaviy shakl, metod va vositalarning rang-barangligi, mutanosibligi;

- o'rganiladigan mavzu mazmunining umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan boyitilgani, fan-texnika yutuqlari asosida shakllantirilganligi;

Yuqoridagi tamoyillar asosida ta'limiy tarbiyaviy faoliyat jarayonini tashkil etish, ko'zlangan maqsadga erishishga poydevor vazifasini o'taydi. Buni biz quyidagi shaklda oydinlashtirishni lozim topdik. Masalan: dostonlarning xususiyatlari va uni idrok qilish muallif - ijrochi - tomoshabin, tinglovchi ishtirokida kechadi. Bu esa mazkur asarining ma'nosini tushunish, talqin qilishda turlicha qarashlar bo'lishining tabiiyligini bildiradi. Dostonlarni o'quvchilarga etkazish talqin qilishda cheklovlar bo'lmaydi. Chunki talaba yoshlarning hayotiy tajribasi, doston tinglovchilarning o'sha paytdagi tafakkur tarzi, stereotiplari, qadriyatlari, ma'naviy boyligiga bog'liq bo'ladi.

Shunga ko'ra talabalarni pedagogik qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj sezuvchi, individual munosabatda bo'lishni talab etuvchi shaxs deb qarash, bunda yuksak ijtimoiy qadriyatlarning inson shaxsini rivojlantirishdagi o'rni, har bir talabaning individualligi va takrorlanmas ekanligi hurmat qilinishi; uning ijtimoiy xuquq va erkinliklari e'tirof etilishi; tarbiya maqsadi, ob'ekti, sub'ekti, samaradorligi ko'rsatkichlari va natijalari

74

o'quvchi shaxsi namoyon bo'lishi; o'quvchilarga ushbu jarayondagi asosiy sub'ekt deb qaralishi muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.

Kuzatishlarimiz davomida Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda ijobiy samaradorlikka erishish uchun olib borilgan tahlillar pedagogik jarayonning quyidagi jihatlariga e'tibor qaratish muhimligini ko'rsatdi: maqsadga yo'naltirilganlik, ya'ni qo'yilgan maqsadga erishish va aniq shakllantirilgan masalani yechishga yo'naltirilgan jarayon; yangilik izlash - original g'oyalarni ilgari surish va asoslash, ularni amalga oshirish yo'llarini izlash, avvaldan ma'lum bo'lgan hodisa va voqealarni yangicha nuqtai nazardan yoritish; xulosa va umumlashtirishlarning xolisligi, oson esga olinishi, isbot qilish mumkinligi.

Qayd etish lozimki, yuqoridagi parametrlar bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonida talabalarni o'zgaruvchan hayotiy vaziyatlar, jumladan, "raqamli texnologiyalar" sharoitida jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalash pedagogikaning muhim masalalaridan biri ekan, talabalar ijtimoiy faolligini takomillashtirishda quyidagi jihatlarga e'tiborni qaratish lozim degan xulosaga keldik.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Birinchidan - geografik, mutaxassislik, Universitet ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglar faoliyati, o'quv reja va metodik ta'minot masalalarini qayta o'rganib chiqish maqsadga muvofiq. Chunki bugungi oliy ta'lim dasturlari modelida talabalar Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish masalasiga yuzaki qarash holatlari kuzatildi. (Fikrimizcha, jamiyatning ma'naviy darajasi unda iste'dodli, ziyoli, ijodkor shaxslarni tarbiyalashga bog'liq).

Ikkinchidan - Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishga oid trening, talabalar pedagogik va ijrochilik mahoratiga qarab amaliy mashg'ulotlarning ishlanmalarini takomillashtirish lozim.

Uchinchidan - "Hamkorlik strategiyasi" faoliyatining uyg'unligini ta'minlash, mazkur tizim ichida "talabalar faoliyatini to'g'ri tashkil etish" yuzasidan asosiy yo'nalishlarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratish lozim.Alohida qayd etib o'tish lozimki, ta'lim sohasida kechayotgan islohotlar, jamiyatning ustuvor qadriyatlari shaxs shakllanishidagi talablar va maqsadni belgilab beradi. Shundan kelib chiqqan holda pedagogik tizim ham o'zgarib boradi. Pedagogik tizim deganda, ma'lum sifatlarga ega bo'lgan shaxsni shakllantirishga nisbatan aniq maqsadli, tashkillashtirilgan, pedagogik ta'sir ko'rsatish uchun talab etiladigan, bir-biri bilan o'zaro bog'langan uslub, vosita va jarayonlar majmuasi tushuniladi.

Xalq og'zaki ijodi bilan tarixchilar tarixiy voqealarning unda qanday aks etgani bilan, elshunoslar xalqning urf-odatlari bilan, san'atshunoslar Folklordagi musiqa, raqs, uyini va boshqalarni, tilshunoslar uning laxja va shevalari bilan, adabiyotshunoslar uning yozma adabiyot bilan munosabatlarini tekshiradilar, - deydi Folklorshunos K.Imomov. Biz esa bu ta'rifga pedagogika fani ta'lim-tarbiya masalalari xalq og'zaki ijodida qanday ifodalangani bilan

27-mart, 2024

75

shug'ullanishi, uning aqliy, axloqiy, mexnat, nafosat, jismoniy tarbiyada muhim manba ekanligini alohida ta'kidlamoqchimiz. Zero, xalq og'zaki ijodi xalq xayotining badiy ifodasi bulib, xalqning ijtimoiy-tarixiy, falsafiy, badiy-estetik qarashlarini o'zida aks ettiradi.

Shuning uchun xam xalq og'zaki ijodining qimmati, uning ma'rifiy, g'oyaviy tarbiyaviy va estetik ahamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi. U xalqimizning uzoq tarixi, urf odati, ijtimoiy xayoti, dunyoqarashining kengligi, ijtimoiy munosabatining xilma-xilligi, orzu-umidlarining ulug'vor va teranligi bilan bilim beradi va ma'naviy-axloqiy tarbiya manbai bo'lib xisoblanadi.

Ayni vaqtda yoshlar tarbiyasi tabiiyki xalqimizning qadriyatlari bilan uzviy bog'liqdir. Ular o'z millati, elati haqida muayyan tasavvurga ega bo'lishlari uchun, aynan qadriyatlar qalamga olingan asarlarni o'qishlari, ularda avlodlarimizning azaliy bayramlariga va an'analariga, umuminsoniy qadriyatlariga qiziqish va muhabbat uyg'onadi. Shuningdek, kitobxonlikka jalb qilish orqali Sharq mutaffakurlarining tarbiyaviy-axloqiy qarashlarini o'ziga jamlagan asarlarni tanlash va ularni o'qishga tavsiya etish muhim ahamiyatga egadir.

Biz zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimida Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish masalasiga oddiy texnologik o'zaro ta'sir, texno -pedagogik fenomendan ijtimoiy buyurtma sifatida foydalanish ijobiy samara berganligini tadqiqotlarimizda kuzatdik. Unga ko'ra biz Folklorshunoslik asarlarini elektron dasturini jamlab, amaliyotga joriy etdik. Mazkur dasturda yoshlarda milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanish masalalariga alohida urg'u berilgan edi.

Pedagogik adabiyotlar tahliliga ko'ra har qanday pedagogik tizim invariant elementlarining quyidagi o'zaro bog'langan majmuasi ko'rinishida ifodalanadi: 1-ta'lim oluvchi; 2-ta'lim maqsadi; 3-ta'lim mazmuni; 4-ta'lim jarayoni; 5-ta'lim beruvchi; 6-ta'limning tashkiliy shakllari. Shundan kelib chiqib aytishimiz

mumkinki, talabalar ijtimoiy faolligini oshirishda bir-biri bilan uzviy bog'liq ta'lim va tarbiya jarayonining invariant elementlariga alohida e'tibor qaratish lozim.

Ko'rsatib o'tilganidek, pedagogik Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda metod va vositalarni to'g'ri tanlash ijobiy samara beradi. Shuningdek:

- amaliy ta'lim jarayonidagi talabalar o'z iste'dod va qobiliyatlarini minimum darajaga namoyon etishi va uni oldindan loyihalash hamda keyinchalik ma'naviy -ma'rifiy tadbirlar jarayonida yoki o'quv mashg'ulotlariga tatbiq etish;

-talabalarni o'quv materialini o'zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va mustaqil fikrlash hamda o'z fikrini bayon etish;

76

- Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirish jarayonini "ma'lum bir qolipda" bajariladigan, o'qitishga mo'ljallangan alohida ishlanmalardan farqli ravishda kreativ yondashuv asosida talabalarning bilish faoliyati tuzilmasi va mazmunini belgilovchi o'quv-tarbiya jarayonining loyihasini ishlab chiqish;

-ma'lum bir ijtimoiy loyiha asosida umumta'lim-tarbiya jarayonlari tuzilmasini mazmun jihatidan o'zgartirishda intellektual salohiyat, liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar yaratish, layoqatni shakllantirishga yo'naltirilgan dastur, o'quv reja, ma'ruza matnlarini modernizatsiyalash asosida ish olib borish imkoniyati mavjud.

Zamonaviy sharoitlarda, pedagogik jarayonlarni kompyuterlashtirish - ta'lim jarayonini pedagogik loyihalash, uni samarali amalga oshirishning yagona yo'nalishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimida Folklorshunoslik asosida yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishga yo'naltirilgan texnologik xarita, loyiha, shuningdek, alohida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Insoniyat tarixida har bir zamonning yoshlarini ilmli qilish, ma'naviy yuksaltirish masalasi asriy qadriyat ekanligi ma'lum jarayondir. Bu qadriyat har bir hududning turmush tarzida, madaniyatida, ilmiy-ma'rifiy tafakkurida o'z aksini topadi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda tadqiqotimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib yuksak ma'naviyatli, ma'rifatli yoshlarni tarbiyalashda, fan va ishlab chiqarish integrasiyasiga tayanish, fan bo'yicha egallangan malakalar darajasini nazorat qilish va baholashda yoshlarni mustaqil mutolaa madaniyati hamda badiiy-ilmiy tafakkurini shakllantirish masalasi bugungi kun oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Shu bois, oliy ta'limning davlat ta'lim standartida bel gilangan intellektual salohiyati, axloqiy-ma'naviy kamolotda muhim o'rin tutuvchi talabalarni milliy ruhda tarbiyalash bilan bog'liq samarador usullarni amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Milliy g'oya va O'zbekistoiming taraqqiyot strategiyasi [Matn]: o'quv qo'llanma. Q.Nazarov, A.Safarov, A.Rahmonov, K.Haydarov, N.Alimuxamedova, D.O'rinboyev, B.Qandov, — T.: «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2019.

2. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

3. Бабашев, Ф. А. (2023). УЗБЕКИСТОН ТАЪЛИМ ТИЗИМИГА МЕДИАТАЪЛИМНИ ЖОРИЙ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 216-220.

4. Бабашев, Ф. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ОЛИЙ ТАЪЛИМНИ ТИЗИМЛИ ИСЛОХ, ^ИЛИШНИНГ УСТУВОР ЙУНАЛИШЛАРИ. Архив научных исследований, 2(1).

27-mart, 2024

77

5. Mirzaeva F.O. Bo'lajaK o'qituvchilarda shaxslararo munosabat madaniyatini rivojlantirish. P.f.b.f.d (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Namangan 2020

6. Mavlonova R.A., Normurodova N. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. - T.: Fan, 2007. -320 b.

7. Ro'zieva D.I. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg'usini shaKllantirishning ilmiy-pedagogiK asoslari. PedagogiKa fanlari doKtori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. ToshKent-2007.

78

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.