Научная статья на тему 'MUZEY PEDAGOGIKASI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SIFATIDA'

MUZEY PEDAGOGIKASI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
440
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muzey pedagogikasi / ma’daniyma’rifiy faoliyat / innovatsion rivojlanish / interfaol ko‘rgazmalar / ochiq muzey / interfaol metodlar. / museum pedagogy / cultural-educational activity / innovative development / interactive exhibitions / open museum / interactive methods.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhammadjonova, O‘g‘iloy Bahodirjon Qizi

Mazkur maqolada muzey pedagogikasi va uning rivojlanish tarixi, muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyati, shuningdek muzey va ta’lim muassasalari hamkorligi hamda muzey pedagogikasining funksiyalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSEUM PEDAGOGY AS AN INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGY

This article describes the history of museum pedagogy and its development, the educational activities of museums, as well as the cooperation of museums and educational institutions, as well as the functions of museum pedagogy.

Текст научной работы на тему «MUZEY PEDAGOGIKASI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

MUZEY PEDAGOGIKASI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA

SIFATIDA

Muhammadjonova O'g'iloy Bahodirjon qizi

FarDU 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada muzey pedagogikasi va uning rivojlanish tarixi, muzeylarning o'quv-tarbiyaviy faoliyati, shuningdek muzey va ta'lim muassasalari hamkorligi hamda muzey pedagogikasining funksiyalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: muzey pedagogikasi, ma'daniy- ma'rifiy faoliyat, innovatsion rivojlanish, interfaol ko 'rgazmalar, ochiq muzey, interfaol metodlar.

ABSTRACT

This article describes the history of museum pedagogy and its development, the educational activities of museums, as well as the cooperation of museums and educational institutions, as well as the functions of museum pedagogy.

Keywords: museum pedagogy, cultural-educational activity, innovative development, interactive exhibitions, open museum, interactive methods.

KIRISH

Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o'zgarishlami amalga oshirish jarayonida, jamiyat a'zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g'oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda muzeylarning ahamiyati ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy me'moriy yodgorliklar millatning madaniy uyg'onishi, milliy g'oyani targ'ib etish, xalq ongida milliy g'urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik g'oyalariga sodiqlik hissiyotini, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi. Muzeylar nafaqat tabiat va jamiyatning noyob hamda xilma-xil ashyolari xazinasi, balki muhim ilmiy, ma'rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy kommunikatsiyaning muhim halqasi va markazlari hamdir.

Bugungi kunda ta'lim yoki ijtimoiy-madaniy dam olish faoliyatini muzey komponentisiz, shuningdek muzey ishining o'ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, muzeyning ijtimoiy-madaniy ma'rifiy faoliyatini biladigan malakali talaba va malakali mutaxassissiz tasavvur qilish qiyin. Ta'kidlash lozimki, bu murakkab vazifa yangi pedagogik yo'nalish - muzey pedagogikasi doirasida o'quvchilarni muzey materiali bo'yicha o'qitish, tarbiyalash, ularda nazariy tushunchalarni shakllantirish, shuningdek, muzey muhiti va o'quv yurtlari sharoitida pedagogik muammolarni hal eta oladigan mutaxassislarni tayyorlashni muvaffaqiyatli hal etiladi. Muzeylarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yangi maqomi muzey ta'lim muhitida o'quv jarayonini amalga oshirish uchun mutaxassislar tayyorlashning turli tizimini, muzeylar va umumta'lim maktablari va oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlikning yangi shakl va usullarini ishlab chiqishni talab etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi davrda turli yoshdagi bolalar bilan muzey va ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqa aniq ma'lum bir maqsadga yo'naltirilmagan holda olib borilmoqda. Muzeylar o'sib kelayotgan yosh avlodni moddiy-ma'naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni o'zida jamlaydigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Shuning uchun ham muzey va maktablarning ta'lim sohasidagi faoliyatiga tizimli va dasturlashtirilgan holda yondashish talab etiladi[1;176].

Muzey pedagogikasi pedagogika, psixologiya va muzeyshunoslikning o'zaro uyg'unligi natijasida shakllangan fan yo'nalishi hisoblanib, muzeylarning madaniy ma'rifiy faoliyati tarixi, xususiyatlari, muzeylarning turli toifadagi tashrif buyuruvchilarga ta'sir etish usullari, ularning ta'lim muassasalari bilan o'zaro aloqalarini o'rganuvchi fan sohasidir. Dastlab muzey pedagogikasi tushunchasi XX asr boshlarida Germaniyada shakllangan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Uni hayotga tatbiq etish A.Lixtvark, A.Reyxven va R.Froydental nomlari bilan bog'liq. Avvaliga soha o'qituvchilar bilan ishlashga mo'ljallangan muzey faoliyatining bir yo'nalishi sifatida talqin etildi. 1913 yili A.Lixtvark birinchi marta muzeyning ma'rifiy maskan sifatidagi ahamiyati g'oyasini shakllantirdi va tashrifchi bilan muloqotda yangi usullarni taklif qildi[2;230].

Nemis olimi R.Froydental ilk bor muzeylarda maktab tizimidagi mashg'ulotlarni o'tkazish metodikasini yaratib, muzey muhitida ta'lim jarayonini tashkil etish uchun pedagog mutaxassis zarurligini ta'kidlab, unga «muzey pedagogi» nomini berishni tavsiya qildi. Shuningdek, R.Froydental muzeyda darslarni o'tkazish uchun bugungi kunga tegishli bo'lgan bir qator talablarni bayon qildi:

muzeyga har bir tashrif mashg'ulot sifatida o'tkazilishi, unda aniq (o'quv, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) maqsadquyilgan bo'lishi kerak;

o'qituvchi va bolalar muzeyga tashrif buyurish shunchaki ekskursiya emas, balki jiddiy ish ekanligini va shuning uchun unga tayyorgarlik ko'rish kerakligini bilishlari lozim;

bolalarni charchamagan va idrok qilishga tayyor bo'lgan holda muzeyga tashrif buyurishi maqsadga muvofiq;

"nafaqat bolaning ongi, balki kattalar uchun ham og'ir bo'lgan" umumiy ekskursiyadan voz kechib, diqqatga sazovor joylarni tanlab olish muhim;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

ekskursiyani o'tkazish uchun eksponatlami mavzuga oid hamda bolaning yosh hususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tanlash lozim;

muzeyga tashrifning natijasida bolalar mustaqil ijodiy ish yaratishlari muhim(rasm chizish, ko'rgan narsasi asosida esse yozish, modellar yaratish va h.k.)[3;29].

B.A.Stolyarov tomonidan muzeyning o'quv-tarbiyaviy faoliyati, tarixiy voqelikka, atrofimizdagi olamga qimmatli munosabatini shakllantirish vositasi sifatidamuzey va tashrif buyuruvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning yangi shakllarini izlab topish, aholining ijtimoiy va madaniy faoliyati masalalari, badiiy idrokni rivojlantirish, muzey orqali estetik tarbiyani shakllantirish masalalari atroflicha tahlil etilgan[3;84].

AQShning yirik muzeylaridan sanalgan Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida talimiy maqsadga katta ahamiyat berilgan. Bu yerda nafis sanatni o'rganish va rivojlantirish maqsadida nemis va ingliz muzeylarining tajribasi qo'llanilganligi malum. Bugungi kunda Metropoliten kengligi, kolleksiyalarining sifati va tashrif buyuruvchilar bilan o'tkaziladigan ekskursiyalar, konsertlar, ma'ruzalar, kinofilmlar namoyishi kabi tadbirlar muzeyda talim shakllariga katta etibor berilganligini ko'rsatadi.

Metropoliten san'at muzeyida ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilarni ekspozitsiyalar bilan tanishtiradigan birinchi yo'l ko'rsatgich va o'qituvchilar uchun qo'llanma nashr etilgan.Dam olish kunlari jamoatchilikka ma'ruzalar o'qilgan. Muzey ta'limiga bag'ishlangan maxsus"Metropoliten Byulleteni" nashr etilgan bo'lib, unda tashrif buyuruvchilarning barcha toifalari uchun turli xil dasturlarni, shu jumladan "keng jamoatchilik", talabalar, o'qituvchilar, dizaynerlar va hatto ko'zi ojizlar uchun ham ma'ruzalarni o'qitish masalalari muhokama qilingan. Lekin muzey talimi masalasida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan bo'lsa ham talimiy faoliyat bilan muzey talimi o'rtasida jiddiy farq mavjudligi malum bo'ldi. Shuning uchun ham Metropoliten muzeyi birinchilardan bo'lib, tarixiy predmetlardan foydalangan holda tarix, geografiya va boshqa maktab o'quv fanlari bo'yicha darslarni liboslar, mebel namunalari, va boshqa asl tarixiy obyektlardan foydalanib qanday o'tkazish bo'yicha birinchi namuna ko'rsatdi.

Ko'plab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan foydalanmoqda. Bu ayniqsa, tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi. Mazkur tomoshalar bir guruh muzey xodimlarining ma'lum bir davrni o'zida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki muzey xodimlarining mavzu bo'yicha libos kiyishi bilan namoyon bo'ladi. Bu sahnalar bolalarni jalb qilishda, ularning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Bugun muzey pedagogikasi oldida turgan vazifalar ko'p qirrali bo'lib, tashrifchilarni muzeyda namoyish qilinayotan voqea-hodisalarni his etish, eshitish, mulohaza yuritish va saboq olishga o'rgatadi. Muzeyda turli toifadagi avlodlar uchrashuvi va muloqot uchun shart-sharoit yaratish esa yaxshilik va yovuzlik, donolik va nodonlik, haqiqat va yolg'on kabi jihatlarning mazmun-mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muzey pedagogikasi yo'nalishida asosan muzeyning talim muassasalari bilan o'zaro hamkorligi ko'zda tutiladi. Mazkur yo'nalishning keng ommalashuvining sababi muzeylarga tashrif buyuruvchi turistlarni keng jalb qilish, turli noananaviy talim-tarbiya metodlaridan foydalanib, yosh avlodda mamlakatimiz tarixini o'rganishlarida va ularning talim-tarbiya olish jarayonlarida o'z xissasini qo'shishdan iborat. Bunda muzey xodimi va pedagoglar oldiga quyidagi faoliyat maqsadlari qo'yiladi:

• muzey va uning jamlanmalari orqali milliy qadriyatlarimizga tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg'otish;

• yoshlarda muzeyyodgorliklariga ehtiyotkorona, hurmat bilan munosabatda bo'lishni o'rgatish;

• yoshlarda o'zlarini mamlakatimiz tarixi, madaniyatining bir qismi sifatida anglash tuyg'ularini shakllantirish, tashkil etilgan muzey-pedagogik dasturlari asosida umumiy mavzu va pedagogik maqsadga oid tadbirlarni kiritishdan iborat.

«Muzey pedagogikasi» tushunchasi o'z mazmun-mohiyatida quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni ifoda etadi:

Axborot berish — muzey, avvalo, tashrif buyuruvchilarga qaysidir sohada axborot beradi.

Talim berish — muzey o'zida jamlangan materiallar vositasida tashrif buyuruvchilarning bilim doirasini kengaytirishda muhim o'rin tutadi, bundan tashqari, muzeydagi kommunikatsiya jarayonida tashrif buyuruvchilar muzey sohasida ayrim malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladilar. Muzey boshqa talim muassasalarida olingan bilimlarga qo'shimcha bilim olish imkoniga ega maskandir.

Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni rag'batlantirish— muzey ayrim sohalarda tashrif buyuruvchining manaviy madaniyatini shakllantirish, uningshaxsiy ijodiy xislatlarini ochishga ijobiy tasir etuvchi maskan. Muzeyda shaxsni ijodiy jarayonlarga undovchi alohida sharoitlar mavjud. Eng muhimi uning tasirchan «ilxom baxsh etuvchi» imkoniyatga egaligi, o'tmish qadriyatlari, anana va urf-odatlar aks etganligidir.

Muloqotchanlikni shakllantirish — muzey mavzusiga oid mavzularda qiziqishlar bo'yicha turli tadbirlarning tashkil etilishi jarayonida o'smir-yoshlar faol

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

muloqotga chorlanadi. Muzey taqdim etadigan muzey-axborotlari muloqotchanlikka qulay imkoniyat yaratadi, bunda mazmunli, qiziqarli, norasmiy shaxsiy muloqot yuzaga keladi. Muloqot uchrashuv, seminar, viktorina va boshqa tadbirlar shaklida o'tkazilishi mumkin.

Xorij muzeylarida muzey xodimlari tomonidan muzey-pedagogik dasturlari joriy etilgan, dasturlar asosan o'quvchi-yoshlar, talabalar auditoriyasiga mo'ljallangan muzey zallari bo'ylab interaktiv sayoxat, turli tadbirlardan tashkil etiladi. Umuman olganda, muzeyda marifiy sohada tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyati juda ko'p qirralidir. Mazkur ishlarning asosiy shakllari: ananaviy (ekskursiyalar, leksiyalar, ommaviy tadbirlar o'quv mashg'ulotlari), noa'anaviy (onlayn darslar, vebinarlar, video konferensiyalar)kabilardan iborat.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida muzey pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanishni takomillashtirish bo'yicha quyidagi ilmiy-uslubiy tavsiyalarni shakllantirdik.

- Muzey va ta'lim muassasalari o'rtasida uzviy hamkorlik mexanizmlarini yaratish;

- Turli yoshdagi auditoriya bilan ishlashda muzey ta'limining pedagogik-psixologik xususiyatlarini xisobga olish;

- Muzey xodimlari va ta'lim muassasalari o'qituvchilari hamkorligida maktab va muzey ta'limini integratsiyalovchi innovatsion dasturlarni ishlab chiqishva amaliyotga joriy etish ( "Muzey o'quv muhitidagi maktab", "Maktabdagi muzey pedagogikasi", "Muzey va ta'lim", " Salom,muzey!" "Madaniyat orqali ta'lim" va x.k.);

- Muzey pedagogikasi faoliyatiga noananaviy talim shakl va metodlarini kiritish(onlayn darslar, vebinarlar, video konferensiyalar, kino namoyishlari, o'yinlar, teatrlashtirilgan dars va b.).

Xulosa sifatida aytish mumkinki zamonaviy muzey pedagogikasi birinchi navbatda, o'sib kelayotgan avlodda o'tmish ajdodlari ruhiga hurmat bilan munosabatda bo'lish, o'z Ona Vatani tarixiga qiziqishni o'stirish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, bolalar va o'smirlarda muzey madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Исмаилова Ж.Х., Нишанова К.С., Мухамедова М.С. Музей ва жамият. - Т.: Чинор ЭНК, 2015. - 176 б

2. Lichtwark A. Obungen in der Betrachtung von Kunstwerken. - Berlin: Verlag von Bruno Cassire, 1909. - 230p.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

3. Столяров Б.А. Музейная педагогика История, теория, практика- М.: Высш. шк., 2004 —29-84с.

4. Marayimova, K. I. (2020). Museum excursions as an innovative approach in continuous education of students. Solid State Technology, 63(4), 5080-5085.

5. Marayimova, K. I. A SYSTEM FOR TRAINING FUTURE TEACHERS IN TOURISM THROUGH MUSEUM PEDAGOGY Marayimova KI Email: Marayimova17148@ scientifictext. ru.

6. Marayimova, K. I. Q. (2022). MUZEY PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TURISTIK FAOLIYATGA YO'NALTIRISHNING MAZMUNI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(1), 17-26.

7. Qizi, M. K. I. (2020). A system for training future teachers in tourism through museum pedagogy. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)), 56-58.

8. Qizi, M. K. I. (2021). The role of museums in the development of tourism.

ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 121-124.

9. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

10. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO'LAJAK O'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O'RNI. Academic research in educational sciences, 3(1), 10-16.

11. Tuychiyeva, I., & Jo'Rayeva, S. (2022). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING AHAMIYATI. Science and innovation, 1(B7), 1349-1354.

12. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

13. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

14. Джалалов, Б. Б. (2019). Важные аспекты формирования инновационных компетенций у будущих учителей. In european research: innovation in science, education and technology (pp. 43-44).

15. Джалалов, Б. Б. (2022). BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

16. Марайимова, К. И. (2022). ИННОВАЦИОННЫЕ ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ЭКСКУРСИЙ В МУЗЕИ. Heraldpedagogiki. Nauka i Praktyka, 2(6).

17. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION.

18. Уринова, Н. М. (2020). ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТЛАРИДА БУЛАЖАК УКИТУВЧИЛАРНИ МУЗЕЙ ПЕДАГОГИКАСИ ФАОЛИЯТИГА ТАЙЁРЛАШ БУЙИЧА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБАЛАР. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 7).

19. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),

80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.